O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA YO‘NALISHI
RIVOJLANISH PSIXOLOGIYASI VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: SHAXS SHAKLLANISHIDA OILANING TA'SIRI
BAJARDI:
20.21 GURUH TALABASI: ___________________________
QABUL QILDI: ____________________________
Farg‘ona 2022
MAVZU. SHAXS SHAKLLANISHIDA OILANING TA'SIRI.
REJA.
Kirish.
Asosiy qism.
Bob. Oilaviy munosabatlarning shaxs rivojlanishidagi ro’li.
Shaxs shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar.
Shaxs shakllanishida oilaning ta'siri.
Bob. Oila ijtimoiylashuvining muhim instituti sifatida.
2.1. Oiladagi muhitning bola psixologiyasiga ta’siri.
2.2. Shaxs sotsializatsiyada oila institutining roli.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Tadqiqodning dolzarbligi: Bola xarakterini tarbiyalash ham oilada amalga oshadi. Ota-onalar farzandining ijobiy va salbiy fazilatlarini shakllantirishga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Ota va ona o'g'il yoki qiz uchun ilhom manbai bo'lishi mumkin bo'lgan o'rnak bo'lib, ular uchun uzoq yillar davomida o'ziga xos yo'l-yo'riq bo'la oladi. Xarakterning bir qismi har bir inson uchun individualdir, lekin jamiyat nimani belgilaydi. Oila kichkina odamning xarakteriga bevosita ta'sir qiladi. Ota-onalar farzandiga biron bir yaxshi narsani o'rgata olmasalar ham, oilaning bolaning shaxsini shakllantirishga ta'sirini e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydi.
XXI asrning ikkinchi o‘n yilligi ham yarimladi. Jahon miqyosida kechayotgan jarayonlar ko‘lami va chuqurligi, birinchi navbatda, fan, texnika va texnologiya sohalarida yuz berayotgan inqilobiy o‘zgarishlar sur’ati nafaqat miqdoriy – matematik aniqlikda baholanishni, balki, eng muhimi, insoniy mezonlarda qarab chiqishni dolzarb qilib qo‘ymoqda. Zero, bu sohalardagi misli ko‘rilmagan jarayonlar Sayyoramizni beqaror qilib, insoniyat kelajagi nuqtayi nazaridan ekspertiza qilishni to‘g‘ridan to‘g‘ri taqozo etmoqda.
O‘zbekiston xalqi bolsheviklarning inson tabiati bilan hisoblashmay, barchani baxtli qilish da’vosi bilan o‘tkazgan va g‘oyat katta qurbonliklarni keltirib chiqargan ijtimoiy eksperimentidan qutulib, milliy davlat istiqloli yillarida turmushning barcha sohalarida tub o‘zgarishlarni amalga oshirdi.
Endigi vazifa – yuksak ma’naviyatga ega bo‘lish, huquqiy demokratik davlat qurish va iqtisodiyotda erkin bozor munosabatlarini qaror toptirishni jadallashtirishdan iborat. Buning uchun milliy va umuminsoniy qadriyatlarni muvofiqlashtirish orqali jahon hamjamiyatining ko‘p jihatlardan mushtarak, ilg‘or sivilizatsiyaviy yangi tartibotiga qo‘shilib ketishni ta’minlash muhimdir. Bularni zarur nazariy bilim mezonlarida o‘zlashtirish va ta’lim sohasida kechayotgan yangilanishlarda keng aks ettirish muhimligi ayon. Ma’lumki, insonga tug‘ilganidan berilgan, uni o‘rab turgan olamni o‘zlashtirishning biologik imkoniyatlari barkamol shaxs bo‘lib yetishishi uchun poydevor hisoblanadi. Ayni vaqtda, shaxsning shakllanishida ta’lim, ayniqsa, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni o‘zlashtirish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
XX asrning oxirgi o‘n yilliklarida bu sohalar fanlari o‘zining ahamiyatiga ko‘ra, markaziy o‘ringa chiqib, boshqa sohalar bilimlariga ijroiya vazifalarini topshira boshlagan edi. Hozir esa bu jarayon tobora kengayib va chuqurlashib bormoqda. Zero, bu sohadagi bilim va tajriba tufayli inson nafaqat o‘tmish avlodlar qoldirgan qadriyatlarni o‘zlashtiradi, saqlab qoladi, balki yangi ma’naviy boyliklar ham yaratadi. Yuqoridagilar ta’lim tizimida «Shaxs va jamiyat» o‘quv predmeti doirasida umumiy tarzda o‘z ifodasini topadi. Predmetning mazmuni inson, uning shaxsiyati, kishilik dunyosi, jamiyat va uning sivilizatsiyaviy tarzlari hamda hozirgi dunyo muammolarining eng asosiy jihatlarini bevosita o‘z ichiga oladi. Ayni vaqtda, bular dolzarb dunyoqarash mo‘ljallarini ham tegishli tarzda ifodalaydi. Inson, uning jamiyatini o‘rganishda antropologiya, madaniyatshunoslik, sotsiologiya, ba’zi o‘rinlarda siyosatshunoslik, davlat va huquq asoslari, iqtisodiy bilim asoslari, dinshunoslik va umumiy tarixga tegishli bilimlarga ham tayaniladi.
Albatta, bunda predmet o‘qituvchisining ushbu bilimlar sohalari bo‘yicha ham tayyorgarlik darajasi muhim hisoblanadi. Ko‘rinadiki, «Shaxs va jamiyat» predmetini o‘rganish orqali ko‘pgina fanlarning umumiy jihatlari bo‘yicha ham muayyan tasavvurlar hosil etiladi. O‘rta maxsus, kasb-hunar tizimida bularni chuqurroq o‘rganishga bo‘lgan qiziqish talabalarning ma’lum qismini oliy ta’lim muassasalaridagi muayyan kasbiy yo‘nalishlarda o‘qishni davom ettirishga olib keladi, deyish mumkin. Bulardan ko‘rinadiki, «Shaxs va jamiyat» predmetining o‘qitilishiga jiddiy munosabat talab etiladi.
Darslik bunda asosiy tayanch manba hisoblanadi. O‘quvchilar predmetni o‘zlashtirganligi natijasida, birinchidan, ijtimoiy hodisa, jarayon yoki faktlarni qiyosiy farqlash va bularga oid bilimlarni «Shaxs va jamiyat» predmeti tushunchalarida ifodalay olishi, ikkinchidan, o‘rganilayotgan obyektlarni shaxslararo, shaxs va jamiyat, jamiyat va tabiat, har xil kichik 8 tizimlar o‘rtasidagi aloqalarda ko‘rsata bilishi va tushuntira olishi, uchinchidan, shaxs, ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, xalqaro subyektlarning xatti-harakatlarini axloqiy me’yorlar, siyosiy demokratiya va ilmiy ratsionallik nuqtayi nazaridan baholay olishi, to‘rtinchidan, referat, og‘zaki chiqishlar, ijtimoiy muammolar bo‘yicha ijodiy ishlar, taqrizlar va hokazolar tayyorlay olishi, beshinchidan, turli maslak va qadriyatlar tashuvchilari bilan muloqot qila bilish va hokazolarni uddalay olishi lozim.
Tadqiqod ishining metodologik asosi: K. Raximova va A.Abdullayevning ”Oilaviy munosabatlar psihologiyasi” kitobi,Vasila Karimova ” Oila psixologiyasi” kitoblarida shaxs shakllanishida oilaning ta’siri haqida ko'plab fikrlar aytib o’tilgan. L.E.Kovalevaning "Oiladagi mikroiqlim"kitobida oilalardagi muhit haqida fikrlar bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |