Pedagogika va psixologiya fakulteti


Ishtirokchilarni jalb qilishda etik muammolar



Download 2,25 Mb.
bet6/48
Sana14.07.2022
Hajmi2,25 Mb.
#799471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
wwwww

Ishtirokchilarni jalb qilishda etik muammolar
Etik muammolardan eng birinchisi tadqiqotchining ishtirokchilarni tajribaga jalb etishidir. Jalb etish jarayonida, tadqiqotchi erkinlik prinsiplariga rioya qilishi, insonlarni hurmat qilishi va xavfsizlik prinsipi. Tadqiqotchi xatto tajribaning afzalligini maksimal darajasida oshirgan holda ham, ishtirokchiga etadigan zarar minimal holatda saqlabqolinishi zarur(Scott-Jones, 2000).
Ishtirokchilarni tadqiqotga jalb etishning ilk bosqichi tadqiqot loyihasihaqidagi reklamadir. Reklama tajriba loyihasining tabiatini va ishtirokchi qanday xussusiyatlarga ega bolishi kerakligini toliq ozida aks ettiradi. Amerika Psixologik Assotsiatsiyasi (APA) va koplab olimlar reklama orqalitadqiqot ishtirokchilarini jalb etish va tanlab olish, ularni ishontirish, roziligini olish va roziligini olish paytidagi alternativlar, ishtirokchilarni qabulqilishning bir nechta etik muammolarini izohlab berishdi. (APA, 1982; Blanck, Bellack, Rosnow, Rotheram-Borus, & Schooler, 1992; Grisso et al., 1991; Kelman, 1967)
Rosenthal (1994) tomonidan muhokama qilingan “hyperclaiming” (mubolaga qilish), yani ishtirokchilarga tadqiqot natijalarini oldindan xuddi erishib bolingandek sozlab berish, mubolaga kilib maqtanish muammosidir. Ishtirokchilarni tadqiqotga jalb etishdagi yana bir muammo tadqiqot davomida ishtirokchilarning vaqtini olishdir. Pomerantz (1994) bazi foydasiz, natijaga ega bolmagan va nokompetent tajribalar oz vaqtida Institutsional Maslahat Kengashi (IMK) tomonidan maqullanganini tanqid ostiga oldi. Koplab tajribalar ishtirokchilarni jalb qilish yoki qoniqtirish maqsadida ular gap u yoki boshka qimmatbaho narsalar taklif etishadi. Ammo taklif etilayotgan narsa ishtirokchi rad eta olmaydigan darajadagi kuchga ega bolmasligi kerak. SHu bilan birga, tadqiqotchilar ishtirokchining barcha harajatlarini qoplashlari va ularning tajriba uchun sarflayotgan va qtlarini qoplovchi adekvat kompensatsiya summasini taklif etishlari kerak (Scott-Jones, 2000). Himoyasiz aholi qatlami bilan otkaziladigan tajribalarda ularga taklif etilishi mumkin bolgan imkoniyatlarni diqqat bilan hisobga olish kerak (Paradis, 2000; Regehr, Edwardh, & Bradford, 2000; Roberts, Solomon, Roberts, & Keith, 1998). Mahbuslar bilan otkaziladigan tajribalarning maxsus shartlari Qonunlar Federal Kodeksida belgilab berilgan (Title 45, Part 46; Office for Protection from Research Risks, 1991)
Koplab psixologik tajribalar dars vaqtida kongilli ravishda universitet talabalari bilan otkaziladi. Bu esa yana bir etik muammo, yani talabalarni shu dars uchun baholash bilan bogliq muammolarga sabab boladi ( Jung, 1969; Higbee, Millard, &Folkman, 1982; Leak, 1981). Etik amaliyot talabalar tajribada ishtirok etish uchun oz xohishlari bilan, alternativ, malum baho uchun rozilik bergan holda qatnashishlarini talab kiladi (APAsEthicalPrinciplesofPsychologistsandCodeofConduct, 1992, Principle 6.11 d).
Talabalarga taklif etiladigan variantlartadqiqot jarayoniga qaraganda jazolovchi yoki qattiqqol bolishi kerak emas. Jalb qilish jarayonida, tadqiqotchi ishtirokchiga zarar etkazishi mumkin bolgan har qanday omilni yoqqilishi kerak. Institutsional Maslahat Kengashi (IMK) tomonidan qabulqilingan shartnomalarda qoida boyicha tadqiqotchi ishtirokchilarni tanlab olish jarayoni va ishtirokchilarni tadqiqotga qabulqilish hamda ularni chetlatish mezonlarini yozib boradigan bolim mavjud. Skrining jarayoni kompetent bolmagan shaxslarga nisbatan vakil tayinlash (Lynn, 1998) shuningdek, klinik amaliyot jarayonida (Bersoff&Bersoff, 1999; Miller, 2000)amaliy ahamiyatga ega.
Ishtirokchilarni jalb qilish rejasida namoyishqilinadigan namuna aholiga tushunarli bolishi muhim ahamiyatga ega. Blanck et al. (1992) kongillilar va reprezentativ ishtirokchilarni keng qamrab olish kerakligini takidlagan. Rosenthal and Rosnow volontyorlarni tajribaga jalb etish jarayonida kuzatilishi mumkin bolgan notenglik bilan qarash yuzasidan bir nechta tajribalarni otkazishdi (Rosenthal & Rosnow, 1991; Rosnow & Rosenthal, 1993). Bazida aholining malum bir qatlami tadqiqotdan chiqarib tashlanadi, chunki tadqiqotchi bu qatlam bilan amaliyotlarni bajarishni istamaydi. Masalan, Bayer va Tadd (2000) oz tadqiqotlaridan keksa odamlarni chiqarib tashladilar.
Xulosa kilib aytganda, tadqiqotchilar ishtirokchilarni tadqiqotga jalb qilishni majburiy bolmagan usulda olib borishlari, imkoniyatdan kelib chiqqan holda harakat qilishlari va tadqiqotni qabulqilinishini taminlovchi vakillarni ishtirokchi sifatida qabulqilishlari kerak.
Rozilik shartnomasi tadqiqotlar etikasining tub asosi hisoblanadi. Rozilikka ishtirokchi tajriba davomidagi amaliyotlarga chidashi, amaliyot davomida zerikish, yolgon va ilm yolidagi noqulayliklar haqida,tadqiqotchi esa uning xavfsizligi va tadqiqotning muvaffaqiyatli otishini taminlashi togrisida bilgan holda qatnashishga roziligi togrisidagi shartnoma sifatida qarash mumkin. Bundan tashqari rozilik shartnomasini tuzish huquqiy jarayon hisoblanib, tadqiqotchi va ishtirokchining burchlari hamda majburiyatlari jabhalarini ham oz ichiga oladi. “Xavf” va “minimal xavf” ortasidagi tafovutni bilish lozim. Minimal xavf bu ishtirokchi xatto tadqiqot jarayonida bolmagan vaqtda- kundalik hayotda xam yuzaga kelishi mumkin bolgan xavf- xatarlardir yoki noqulayliklardir. Minimal xavflar uchrashi mumkin bolgan tadqiqotlarda yolgon ishlatilishi yoki boshka etik muammoli amaliyotlardan foydalaniladi. SHunga qaramay, xavfni aniqlashda: Rosenthal (1994) ning fikricha, ishtirokchiga minimal xavf bolsa ham tajribaning samarali otishi muhim ahamiyatga ega. Agarda tajriba ilmiy tomondan ahamiyatga ega bolmasa, kamchiliklarga ega va uncha yaxshi loyihalashtirilmagan bolsa, ishtirokchiga etkazilgan bilinmas zarar ham katta qiymatga ega bolib qoladi.
Malumotlarni olishda aktiv ishtirokchi sifatida bolalar qatnashganda muammolar paydo boladi(Edwards & Allred, 1999; Hall, 1991): ishtirokchilar tadqiqotchi bilan turlicha tilda sozlashadilar (Berlin, 1995), tajriba terapevtik korinishga ega, shunga karamasdan bolalardan malumot olish juda qiyin. (Wendler, 2000) Bundan tashqari tadqiqotchi bir ishtirokchini boshqa ishtirokchidan ustun qoyishi ishtirokchilar orasida adolatsizlikning yuzaga kelishiga sabab boladi (Alver, 1995). Bazi tadqiqot metodlari rozilik shartnomasini tuzishda kiyinchilikni yuzaga keltiradi. Bunday tadqiqotlarga yashirin yoki niqobli kuzatish metodlari kirishi mumkin (Goode, 1995). Herrera (1999) bunday turdagi metodlar rozilik shartnomalari ishtirokchilarni asabiylik, qorkuv, tashvishdan saqlash va bazi sodda sud jarayonlari uchun tuziladi, deb hisoblaydi. Davolash yoki terapiya va tajriba uchun tuziladiganshartnoma turlari orasidagi farqlarda ham etik muammolarni korishimiz mumkin.Cannold(1996),Mann (1994) rozilik shartnomasini oqib chiqqan ishtirokchilarning aksariyati uning mazmuniga tushunmasliklarini aniqladilar. Bundan tashqari tadqiqotning toliq mazmuni, ishtirokchilarga qoyiladigan talablar toliq aks etgan shartnomalar sodda va qisqa yozilgan shartnomalarga qaraganda ishtirokchilar uchun tushunarsiz ekanligini aniqladilar. Koplab psixologik tadqiqotlar oz ichiga rozilik shartnomasini tuzish jarayonini ham olsada, federal boshqaruv tomonidan ushbu bosqich quyidagi sabablarga kora olib tashlanishi mumkin:a) agar tadqiqot ishtirokchilar uchun minimal xavfdan kora kuchli xavf tugdirmasa; b) ushbu bosqichdan voz kechish ishtirokchilarning huquq va manfaatlariga dahl kilmasa; v) rozilik shartnomasi tuzilgan tadqiqot otkazish metodi buzilsa(Fischman, 2000).
Sieber (1992) tadqiqotchi rozilik shartnomasiga tadqiqotchi hamda izlanuvchi ortasida ochiqlik va samimiylik munosabatlarini paydo qiladigan jarayon sifatida qarashi kerakligini taklif qildi. Rozilik shartnomasiqabulqilinishining songgi bosqichi dibrifing (tanishuv suhbati, uchrashuv) dir. Bunda ishtirokchiga tajriba natijasida aniqlanadigan bilimlar bilan tanishish imkoniyati beriladi. Tadqiqot jarayonida ishtirokchilar bilan adekvat muloqot ornatish masalasi koplab olimlarning maqolalarida asosiy mavzu bolib kelgan (Blanck et al., 1992; Holmes, 1976a; Stewart, 1992; West & Gunn, 1978), but, as McConnell and Krebs (1993). Dibrifing tortta maqsadda otkaziladi: a) tadqiqot davomida ishtirokchi tomonidan kollanilgan yolgon malumotlarni olib tashlash; b) ishtirokchi tomonidan berilgan tadqiqotni chalgituvchi malumotlarning tasirchanligini yoqotish; v) tadqiqot amaliyoti davomida ishtirokchida yuzaga kelgan salbiy tasirlarni yokotish (Holmes, 1976b; Schwartz & Gottlieb, 1980); g) ishtirokchiga tadqiqotdan davolanish yoki ilmiy malumotlarga ega bolish imkoniyatini taminlash (Landrum & Chastain, 1995). Dibrifingni talim jarayonidagi ahamiyatini organgan Miller (1981), talabalarning bilimini oshirishda tajribalar qadr-qimmati yuqorihisoblansada, eng yaxshi tadqiqot universitetlarida tajribalardan qimmatli talim usuli sifatida foydalanilishi haqida juda kam dalillar topdi. Gurman (1994) tadqiqotdan ishtirokchilar chetlatilayotgan yoki oz xohishlari bilan tajribani tark etayotgan hollarda, ular bilan dibrifing otkazish orqali tajribani nimaga tark etayotganlari sababi haqida malumotga ega bolish kerakligini taklif qildi. Bundan tashqari, tajriba dibrifingi jarayoni va yakuni haqidagi xulosalar biror ilmiy maqolaga kiritilishi kerakligi ham taklif qilindi. (Korn & Bram, 1988; Perry & Abramson, 1980)

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish