Maruza-4 s.
4 — mavzu: Psixologik tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi
Reja:
1.Ong va xulq-atvor borasidagi falsafiy goyalar.
2.Insonning bilish jarayoniga jismoniy faollik tasiri.
3. Metodologik rivojlanish.
4.Kognitiv jarayonlarning va bilimlarning kuzatilmayotgan umumiy jabhalarni organish.
Psixologik tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi — psixologiya sohalaridan biri bolib, u aql asosida yotgan mexanizmlarni izohlab beradi. Psixologiyaning mazkur sohasi aql va xulq-atvorni biologik mashina — bosh miya mahsuli sifatida talqin etishga qaratilgan. Bu etiqod manbalari muqaddimasi Galiley va Nyutonning dunyoni oz tabiatiga kora mexanik sifatida tushunishlariga asoslangan goyalariga borib taqaladi. Nyuton yulduzlar va sayyoralar mavjudligini tabiat qonunlari bilan tushuntira boshlagandan song faylasuflar “nima uchun tana va aqlni mazkur qonunlar asosida tushuntirish mumkin emas?” degan savolni ortaga tashlashdi. Pirovardida, empirik faylasuflar ong tabiat dunyosining bir qismi sifatida organilishi va ong tabiatning hosilasi ekanligiga ishona boshladilar. Ular fikrlar faqatgina sezgi azolar orqali qabul qilish va ular bilan bogliq jismoniy mashqlarning yigindisi natijasida yuzaga keladi, deb ishondilar. Qoshimcha ravishda ular sezgi tuygularining qabul kilinishi miya orqali shakllantiriladi, deb hisobladilar. Ushbu falsafiy goyalardan kelib chiqadigan bolsak, ong va uning mahsuli, xulq-atvorni miyaning mahsuli sifatida qabul qilishimiz mumkin. Ushbu goyalar rivojlanishni boshlagandan buyon ular uchun empirik asoslar va shu bilan birga metodologik qulayliklar yaratila boshlandi. Ong va miya ortasidagi haqiqiy koprik fiziologik psixologlarga miyani tushunish xulq-atvorni toliqligicha tushunishga imkon beradi, degan xulosani taqdim etdi. Koplab psixologlar xulq- atvorni organish uchun sezgi azolarining qabul qilish va ushbu malumotni xulq-atvorda yuzaga chiqarish jarayoni sifatida jarayonini tushunishni ozi etarli, degan fikrga yopishib olganlar. Bunday fikr nevrologik jarayonlarning orta qismiga etib kelinganidanoq oz kuchini yoqotadi. Bu bir nechta misollar yordamida isbotlangan. Bixevioristlar maxsus stimullarga maxsus tipik javob hisoblangan harakatlarning barqaror qonuniyatlari bilan toqnashdilar. Mazkur barqaror qonuniyatlarni ozgartirishga qodir bolmaslik xulq-atvorning bazi korinishlari murakkab bolishi faktini tan olishga olib keldi. Xuddi shuningdek, Noam Xomskiy, lingvist, turli tillarda umumiy xususiyatlar mavjud degan argumentni ilgari surdi va mazkur qirralar tilni qayta ishlashga masul bosh miya tuzilmalari tashkil etilishini aks ettirishi zarur. Bosh miya rivojlanishi va qarish reaksiya bildirish xususiyatlariga tasir korsatadi. Shuning uchun biz koramizki, bosh miya funksiyalari va ularning tashkil etilishini bilish xulq-atvorni toliq tushunish uchun zarur boladi. Ana shu maqsadda psixologlar ularning xulq-atvor tahlili borasidagi tajribasi bilan bosh miya funksiyalarini xulq-atvor bilan boglash uchun boshqa fanlardan meoddlarni oldilar. Fiziologik psixologiya — bu bosh miya va xulq-atvor aloqalarini biologik hamda xulq-atvor yondashuvlarini birgalikda qollash asosida organishdir.
Juda kop talabalarni olimlar tomonidan bosh miya va xulq-atvor bogliqligini tasvirlash uchun qollanadigan bir qator atamalar tashvishga soladi. Mazkur bobda asosiy etibor shuningdek, “biologik psixologiya” hamda “xulq-atvor neyrofani” nomlari bilan malum “fiziologik psixologiya” sohasidagi tadqiqotlarga qaratiladi. Mazkur atamalardan har qaysisini bosh miya va xulq-atvor aloqadorligini tasvirlash uchun qollash mumkin. Garchi fiziologiya va biologiya boyicha psixologlar psixologiya bolimlarida, xulq-atvor boyicha neyropsiologlar tibbiyot bolimlari doirasida tadqiqotlar bilan shugullansalarda, kopincha ular tadqiqotlarining obekti hayvonlar boladi. "Neyropsixolog" atamasi undan farqli ravishda, insonlarda bosh miya buzilishlari va xulq-atvor xususiyatlari ortasidagi aloqadorlikni organishga qiziqqan tadqiqotchilar tomonidan qollaniladi. SHuningdek, klinitsistlar neyropsixologik testlarni bosh miya buzilishlari diagnostikasi uchun ishlatadilar. SHunday qilib, neyropsixologlar klinik tadqiqotlarda yo fundamental yoxud amaliy sohaga etibor qaratadilar.
Songgi vaqtda “kognitiv neyrofan” atamasi yuzaga keldi. Ushbu atama tanlangan holda asosiy tadqiqot savollariga javoblar olish uchun vizualizatsiya va elektrofiziologik metodlarni qollaydigan tadqiqotchilarni tariflaydi. Mana shu tafovutni aniqlab olib, mazkur bobda biz fiziologik psixologiya yoki hayvonlarda “bosh miya — xulq-atvor” bogliqligi uchun qiziqarli bolgan savollarda diqqatimizni jamlaymiz. Ilgari takidlanganimizdek, tajribachilar murakkab fikrlar sensor taassurotlar ortasidagi natijalar edi. Ana shu erta fikrlarni davom ettirib, eksperimental psixologlar hali hanuz biz qanday oqishimizga qiziqadilar va assotsiatsiyalar oqitish uchun asos bolishiga ishonadilar. Biz bilamizki, oqitish tajriba orqali keltirib chiqarilgan bolajak xulq-atvor uchun salohiyatni ozgartirishdir. Tajriba olib boruvchilarning taxminicha, agar xulq-atvorni bosh miya boshqarsa, unda bolajak xulq-atvor uchun salohiyatni ozgartirish bosh miyadagi ozgarish hisobiga yuz berishi kerak.
Natijada tajriba bosh miyani ozgartirishi kerak. 1911 yilda Cajal (1988), bosh miya qanday qilib xulq-atvor va tajriba orqali ozgarishi mumkinligi haqidagi farazni ilgari surgan birinchi inson bolsa ehtimol. Bu umumiy goya 1960-yillarda kalamushlarning oyinchoqlar bilan toldirilgan qafaslarda yashashi bosh miya ogirligi, korish postlogi qalinligini (Renner & Rosenzweig, 1987) hamda neyronlardagi sinapslarni kopaytirishini aniqlash bilan empirik tasdigini topdi. Mazkur holatlar bosh miya tajriba orqali modifikatsiya qilinishi mumkinligi haqidagi aniq belgilar edi. Keyingi tadqiqotlar mazkur samaralar hayvonlarning har xil turlari va turli hayotiy bosqichlarda kuzatilishini korsatdi. (Greenough, 1984). Bundan tashqari tadqiqotchilar neyronlarning qabul qilish va reaksiya korsatish faolligi neyronli ozgaruvchanlik (plastiklik) yoki organishga bogliqmi yoki yoqmi tekshirib kordilar. Mazkur tadqiqotlar miyacha va motor postlogiga qaratilgan edi.
Bu erda biz bosh miyaning jismoniy faollik darajasi ozgarishiga javoban modifikatsiyaga moyilligi — plastikligini muhokama qilamiz. Xulq atvor oddiy harakat sifatida bosh miya funksiyasiga uzoq muddat tasir korsatishi mumkinligi haqidagi isbotlar soni kopaydi. Bosh miya funksiyasiga mashqlar tasirini organish jamiyatda kamharakatlilik turmush tarzining kopaayishi evaziga dolzarb bolib bormoqda. Jismoniy faollik darajasini kamaytirib, biz oz salomatligimizga, balki bosh miyamiz saolmatligiga tasir korsatamiz. Biz xulq-atvorga xos shunday isbotlarni korib chiqamizki, ularda mashqlar inson bilish jarayonlariga tasir korsatadi. Bunday isbotlarning mavjudligi bosh miya uchun samarali mashqlarni izlab topishga xizmat qiladi. Keyinchalik biz mashqlarning bosh miyaga tasir korsatishini tekshirish uchun hayvonlarda sinab korilgan modellarni qollash strategiyasini muhokama qilamiz. Keyin mashqlarning kemiruvchilarning orgatilishi va xotirasiga tasirini qarab chiqamiz. Mana shu qarab chiqish asosida biz oz etiborimizni mashqlar vaqtida faollashadigan bosh miya tuzilmalarini aniqlash usullariga qaratamiz. Undan keyin biz bosh miya tortta tuzilmasi — miyacha, motor postlogi, targil tana va gippokampdagi mashqlar bilan bogliq uzoq muddatli ozgarishlarni muhokama qilamiz. Va nihoyat biz fiziologik psixologiyadagi metodologik yutuqlar ahamiyati va genlar hamda oqsil ekspressiyasi tahlili yangi usullari haqida mulohaza yuritamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |