Pedagogika va psixologiya fakulteti



Download 2,25 Mb.
bet1/48
Sana14.07.2022
Hajmi2,25 Mb.
#799471
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
wwwww


OZBEKISTO N RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI TOShKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI


AMALIY PSIXOLOGIYА KAFEDRASI


“Tasdiqlayman”


Oquv ishlari boyicha prorektor
N.X.Rahmonqulova _________2021


EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA VA PRAKTIKUM


Fanidan oquv uslubiy majmua
Sirtqi (5 yillik) 1 kurs uchun


Bilim sohasi: 200 000 - Ijtimoiy soxa, iqtisod va xuquq
Talim soxasi: 210 000 - Sotsiologiya va psixologiya
Bakalavriyat 5210200 - Psixologiya (Amaliy psixologiya)

Toshkent — 2021
Ushbu oquv uslubiy majmua 5210200 — psixologiya (umumiy psixologiya) talim yonalishi talabalari uchun moljallangan bolib, xozigi kunda Eksperimental psixologiya va praktikum fanining dolzarb muommolari haqida nazariy, amaliy va seminar mashgulotlarini oqitishning oziga xoc jihatlari bayon etilgan.

Tuzuvchilar: Nizomiy nomidagi TDPU “Amaliy psixologiya” kafedrasi oqituvchisi Sh.Q.Sattarova


Taqrizchilar:
N.Mullajonova — OzMU “Amaliy psixologiya” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlar nomzodi.
Oquv uslubiy majmua “ Amaliy psixologiya” kafedrasining _____ _________ dagi_____ - sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan

Maruza-2s


1 - mavzu: Eksperimental psixologiyaning tarixi.
Reja:
1.Eksperimental psixologiyaning rivojlanish bosqichlari.
2. Eksperimental psixologiyaning evropa maktabi va uning tarqalishi.
3. Xozirgi zamon psihologiyasi fanining taraqqiyoti.
Ushbu kursni organish mutaxassisning psixolog sifatida shakllanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ayrim tadqiqotlarga nazar tashlaganda, izlanuvchilarning noilmiy, soxta ilmiy fikr yuritish va xulosalar qilayotganligi kozga tashlanadi. Noilmiy va soxta ilmiy fikrlash va xulosalar psixologik bilimlarning cheklanishiga va psixologik hodisalarning mohiyatini anglashga hamda ularning qonuniyatlarini aniqlash imkoniyatini cheklaydi. Demak, eksperimental psixologiya kursini organish nima uchun kerak? Psixologik tadqiqot metodlari togrisidagi kursni ozlashtirmasdan turib, aniq va etarlicha ilmiy asoslangan dalillar ustida mulohaza yurita olinmaydi. SHuningdek, tadqiqot metodikalari togrisidagi ushbu kursni organish esa psixologiya sohalarini (sotsial psixologiya, kognitiv psixologiya, taraqqiyot psixologiyasi, pedagogik va yosh psixologiyasi, yuridiik psixologiya va boshqalarni) chuqur va mustahkam organish uchun ham asos bolib xizmat qiladi.
Amerika psixologiya assotsiatsiyasi 1984 yil dekabr Prinston universitetida har yili otkaziladigan uchinchi kengashi 22 ishtirokchisining asosiy faoliyati tashkilotning birinchi Konstitutsiyasini tasdiqlashdan iborat bolgan. Bu kichik hajmli hisobot tarzidagi etti maqoladan iborat hujjat edi. Birinchi maqola psixologiya fanining shakllanishiga doir asosiy masalalarni qamrab olganligi bilan diqqatga sazovor. Bunda assotsiatsiyaning maqsadi, yani qay tarzda “psixologiyaning fan sifatida rivojlanganligi, azolikka huquqi bolgan shaxslar bu ishga jalb qilingan”ligi tavsiflashdan iborat bolgan (Kettell, 1895, 150 b). YAngi rivojlanayotgan bu sohaning ilmiy maqom olishi yashirin bolgan emas. Haqiqatan ham XIX asr oxiri va XX asr boshlarida psixologiya maqomi asosiy masalalardan biri bolgan. Bazilar psixologiya har doim falsafa tarkibida boladi deb qatiy turishsa, bazilar uni fiziologiya tarkibiga kiritishni uqtirar edi. Psixologiya borasidagi turli qarashlarni 1980 yil boshlarida Prinston psixologi Jeyms Mark Bolduin misolida yaqqol tasvirlash mumkin. U Aleksandr Beynning ikki tomli mashhur psixologiya asarini buyurtma qildi va Bolduinga qarshi chiqdi. Hukumatning rasmiy javobida bu kitob “hech qanday ilmiy nufuzga ega emas”ligi mutaxassislar tomonidan belgilanganligi yozilgan edi (O'Donnell, 1985, 132 b).
Boshqalarni ishontirishning (balki, hatto hukumat “ekspertlari”ni ham) bir yoli — bu ilmiy maydonda tan olingan ilmiy metodlarni qollash va psixologlar birinchi qilgan ishi fiziologlar metodologiyasini ozlashtirish (masalan, psixofizika va vaqt reaksiyasi) yoki yangi strategiyalar (masalan, psixik testlar va labirintlar)ni yaratishni oz ichiga oladi. Mazkur maqolaning maqsadi ong va xulq-atvor haqidagi bilim izlanishlarida ilmiy metodologiyaning evolyusiyasini organish hisoblanadi. Men bu bobni Tadqiqot metodologiyasining 4 kategoriyasi asosida shakllantirdim, bularning barchasi XIX asrda oz ildiziga ega edi. Bu kategoriyalar quyidagilar:

  • Aql olchagichi — jezdan yasalgan psixologik olchov asbobi;

  • Ichkariga boqib — oz-ozini tahlil qilish “anketasi”va davri;

  • SHaxsiy farqlar bahosi — psixik test otkazish tartibi;

  • Xulq-atvorni kuzatish — qiyosiy psixologiya merosi.

Bu kategoriyalar bilan bogliq bolgan har bir metodning tavsifidan song, dastlabki psixologlar qay tarzda psixolog olim bolib etishganliklarining qisqacha tavsifi bilan bobni tugataman.
Mashhur ingliz olimi F.Galton 1884 —1885 yillar davomida bir necha seriyalardan tajribalar otkazdi. Bunda 5 dan 80 yoshgacha bolgan hoxlovchilar arzimagan haq evaziga laboratoriyada oz kuchi, reaktsiya tezligi; organizmning xislatlarini 17 korsatkich boyicha tekshirishlari edi. Bu korsatkichlar qatoriga shuningdek, boyi, oqirlik, opkaning triklik siqimi, kalt va musht kuchi, harflarni eslab qolish qobiliyati, korish otktrligi, rangni farqlash kabi korsatkichlar ham kiritildi. Toliq dastur boyicha hammasi bolib 9337 kishi tekshirilib chiqildi. F.Galtonning fikriga kora, testni okazish eksperimentni talab etadi. SHunday qilib, eksperiment fanning haqiqiy asosi, poydevori deb qarala boshlandi. Bu haqida Dj. Kettell ham takidlab otgan: qachonki asosidan eksperiment va olchash, aniqlash tashkil qilar ekan, shundagina psixologiya xaqiqiy va aniq fan bolishi mumkin. 1890 yilda nashr qilingan ilmiy ishida u 50 turdagi laborotoriya testlarining royxatini keltiradi. Hozirgi kunda ularni testdan kora koproq topshiriqlar deb atash togriroq boladi. bu topshiriqlar testlarga qoyiladigan talablardan faqat ikkitasiga ega edi: uni qollash korsatmasi mavjud hamda tadqiqotning (laborotor) ilmiy xarakteri takidlangan edi. Bu talablarga kora laborotoriya yaxshi jixozlanishi; testni otkazish vaqtida begonalar bolmasligi; barcha teshiruvchilarga bir xilda korsatma berilishi, yani ular nima qilishlari kerakligini yaxshi ozlashtirib olishlari lozim edi.
F.Galton va Dj.Kettell dastlabki asarlari nashr etilgach, test metodi goyasi turli mamlakat olimlarining diqqatini oziga tortdi. SHu tariqa uning tarafdorlari va qarshi bolgan olimlar paydo bola boshladi. Bu metodni qollash tarafdorlariga quyidagilarni kiritish mumkin: Germaniyada — G.Myunsterberg, S.Krepilin, V.Onri, Frantsiyada — A.Bine, AЈSHda — Dj.Gilberd va boshqalar. Bu tadqiqotchilar yangi turdagi, yani psixologiyani amaliyot extiyojlari bilan boglashga uringan olimlar edilar. Biroq amaliy tadqiqotlarga intilish psixologiyada fandan yiroqlashish deb baholanadi. Dj. Kettellning takidlashicha, u ozining dastlabki testlarini laborotoriya tadqiqotlarida individual farqlarni aniqlash maqsadida 1885 yilda qollangan, ammo V. Vundtning qarshiligi tufayli ularni nashrdan chiqara olmadi.
Yаngi metodlar yaratilishi bilan birga birlashtirilgan testlar qollanila boshlandi. Masalan, aqlni organish metodlari orasida amerikalik psixolog D.Veksler (1939, 1955) ning subtestlari keng tarqaldi. YAngi proektiv metodlar ham yaratilib, keng qollanila boshlandi (amaerikalik psixolog G. Myurre (1935, 1943) ning tematik appertseptsion testi ( TAT), nemis psixologi S. Rozents Veygning frustratsiyaga bolgan reaktsiyani organish testi va boshqalar ).
Rus psixologiyasida diagnostik metodlaridan foydalanish oz tarixiga ega. Bunda psixodiagnostika rivojlanishining ikki bosqichini ajratib korsatish mumkin.
Birinchi bosqich 20-yillarning boshidan 30-yillarning ortasigacha bolgan davrni oz ichiga oladi. Bu davrda pedagogika va psixotexnikada test metodlari keng tarqaldi. Bu davrda psixologik diagnostikaning rivojlanishida M.S. Bernshteyn, L.S. Vigotskiy, P.P. Blonskiy, S.G. Gellershteyn, N.D. Levitov, G.I. Rossalimo, P.I. SHpilreyn va boshqalar katta hissa qoshdilar. Olimlar tomonidan ilgari surilgan qator ilgor fikrlar keyinchalik rivojlantirilmadi, chunki 1936 yildan keyin bu sohadagi barcha tadqiqotlar toxtatildi va psixodiagnostikaning keyingi rivojlanishiga jiddiy tosiq vujudga keldi.
Psixodiagnostika rivojlanishidagi ikki bosqich 50-60 yillarga togri keladi. Bu davrda aqliy taraqqiyotni organishga katta etibor beriladi.
Rus psizxologi tomonidan ishlab chiqilgan aqliy taraqqiyotni sifatiy tahlil qilish tamoyili qatolr vazifalarni hal qilishda oz mahsuldorligini namoyon qildi va kopgina tadqiqotlarda oz aksini topdi.
Respublikamizda psixodiagnostikaning rivojlanishiga M.G. Davletshin, B.R. Qodirov, G.B. SHoumarov, E.G. Goziev, V.A. Tokareva, R.Z. Gaynuttdinov kabi olimlar oz hissalarini qoshganlar.
Malumki, XIX asr fizika, biologiya, fiziologiya, ximiya va boshqa tabiat fanlarning gurillab osishi bilan xarakterlanadi. Fanda paydo bolgan eksperimental metodning keng qollanilishi fanning bunday osishiga yordam berdi. XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlaridayoq psixologlar ortasida psixik xodisalarni organishda eksperimentni tadbiq qilish mumkin emasmikan degan masala maydonga chiqdi.Bu masala buyicha filosof I.Kant oz fikrini aytdi. Uning fikricha, psixologiyada eksperimentning bolishi mumkin emas, ularga matematikani tadbiq qilish mumkin emas. Psixik xodisalarni olchashning mumkinligi, binobarin, psixologiyada eksperimetning bolishi mumkinligi xaqida nemis psixologi I. Gerbart (1776-1841 y.) ijobiy fikr aytgan. U «psixologiyada matematikani tadbiq etish mumkin va zarurligi xakida» shunday degan: «Mening tekshirishlarim amalda faqat psixologiyaning ozi bilan cheklanib qolmasdan, balki fizikaga va umuman tabiat fanlariga ham qisman aloqadordir».
Gerbartning fikricha, asosiy psixik element tasavvurdir, qolgan barcha processlar — xissiyot, iroda, tasavvurlar kombinaciyasidan va munosabatlaridan iboratdir. Ruxiy xolatlar doimo ozgarish processida boladi. Tasavvurlarning bu doimiy ozgarish va almashish processida malum darajada doimiylik, qonuniyat bor. Bu doimiylikning miqdor tomonini olchash mumkin. SHuning uchun ham , Gerbartning fikricha, psixologiyaga matematikani tadbiq qilish mumkin.
Gerbart, garchan psixologiyada eksperimentdan foydalanishning zarurligi va foydaliligini isbotlagan bolsa ham, lekin uning ozi bu metoddan foydalanmagan.
Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish buyicha dastlabki ishlarni fiziolog Veber (1796-1878 y.) va fizik Fexner (1801-1887 y.)lar amalga oshirdilar. Veber va Fexnerlarning maqsadi tashqi tasirotlar (fizik omillar) va ularning muvofiqi — sezgilarning ozaro munosabatlari soxasidagi qonuniyatlarni topishdan iborat edi. Fexner eksperimental metodlar asosida sezgilarning ortib borishi bilan ularni kuzgatuvchi tasirotlar ortasidagi qiyosiy munosabatni aniqlab, sezgi qozgatkich logarifmasiga proporcionaldir degan psixo-fizik qonunni kashf etdi. Veber va Fexnerlar otkazgan tajribalar «Psixofizika» degan aloxida fanning paydo bulishiga olib keldi.
Veber va Fexner ishlarining aham iyati, asosan, shundan iboratki, ular birinchi bolib psixologiyani, tabiat fanlari singari, eksperimental fanga aylantirish mumkin ekanligini isbotladilar. SHu vaqtgacha faqat kuzatish, asosan, oz-ozini kuzatishdan foydalanib kelinayotgan psixologiya endi aniq fanlardagi obektiv metoddan foydalana boshlaydi.
V. Vundt eksperimental psixologiya taraqqiyotida ayniqsa nemis fiziologi va psixologi Vilgelm Vundt (1832-1920 y.)ning ishlari katta aham iyatga ega boldi. Vundtgacha faqat ichki tajribadan va oz-ozini kuzatishdan foydalanib kelgan psixologiya faqatgina tasviriy fan edi. Vundt eksperiment va olchash metodlarini zarur deb topib, psixologiyani izohli fanga aylantirishni maqsad qilib quydi.
Vundt psixologiya uchun klassik metodlar bolib qolgan bir qancha metodlarni, yani kuzgatish metodi, ifodalash metodi va reakciya metodlarini kashf etdi ham da rivojlantirdi. Vundt 1879 yili Leypsigda birinchi eksperimental psixologiya laboratoriyasini tashkil qildi. Oradan kup vaqt otmasdan (1881 y.) u Berlin universiteti xuzurida eksperimental psixologiya institutini tashkil qildi. Vundt shugullangan masalalardan biri usha vaqtda astronomlar tomonidan ochilgan diqqatni bir vaqtda ikkita xar xil kuzgatkichga toplash mumkin emasligi xaqidagi masala edi. Bu xodisani aniqlash uchun Vundt (laboratoriya tashkil qilingunga qadar) 1861 yilda aloxida mayatnik ish uylab chiqardi (Vundt mayatnigi). Bu mayatnik graduslarga bolingan yoy atrofida xarakatlanadi va xar bir malum vaqtdan keyin shingirlaydi. Bu psixologik elementlar uchun kashf etilgan birinchi asbob edi. Ilmiy (izoxli) psixologiyani oyoqqa turgizish uchun Vundt qoshimcha vosita sifatida yondosh fanlar, ayniqsa fiziologiya, astronomiya, etnografiya, tarix, mifologiya va boshqa fanlardan olingan malumotlardan foydalanish zaruriyatini ilgari surdi. Leypcig laboratoriyasi va institutidan namuna olib, Germaniyaning boshqa universitetli shaxarlarida ham , shuningdek boshqa mamlakatlarda ham , jumladan Franciya, Angliya va Amerikada laboratoriya ham da institutlar tashkil qilindi. XIX asrning oxirida Rossiyada ham bir qancha eksperimental psixologiya laboratoriyalari tashkil qilindi: Moskvada Tokarskiy, Qozonda Bexterev, Odessada N.N.Langerlar tomonidan shunday laboratoriyalar ochildi. 1911 yil Moskva universiteti xuzurida, maxsus qurilgan binoda professor CHelpanov raxbarligida eksperimental psixologiya instituti tashkil qilindi. Xozirgi vaqtda bu institut RF Pedagogika fanlari akademiyasi sistemasiga kiradi. Professor A. F. Lazurskiy (1874-1917 y.) tomonidan eksperimental metodning aloxida turi — tabiiy eksperimental ishlab chiqarilgan.
Eksperimentning bu turidan bizda bolalar psixologiyasini organishda, pedagogika masalalarini, ayniqsa, talim psixologiyasi masalalarini ishlab chiqarishda keng va unumli foydalanilmoqda.
Eksperimental metodning tatbiq qilinishi psixologiya fani taraqqiyotiga juda unumli tasir korsatdi. Bu metod yordamida oddiy kuzatish yoki oz-ozini kuzatish yoli bilan aniqlash qiyin bolgan yoki butunlay mumkin bulmagan kop malumotlar aniqlandi, ayrim psixik xodisalar ortasidagi boglanishlar aniqlangan, psixik processlardagi, ayniqsa, sezgilar, diqqat, idrok, xotira soxasidagi bazi bir qonuniyatlar ochilgan.
Eksperimental analiz yoli bilan murakkab psixik processlar (idrok, xotira, tafakkur)ning aloxida komponentlari tarkibiy qismlari ajratilgan, psixik processlarning fiziologik xodisalar bilan, shuningdek, tashqi fizik muxit hamda ijtimoiy muxit bilan bolgan boglanishlari ochilgan.
Eksperimental tekshirishlarning yakunlari, shuningdek, eksperimental metodning usullaridan foydalanish praktik faoliyatning turli soxalarida — oquv tarbiya ishlarida, medicinada, mexnatni tashkil qilish va ratsionalizatsiyalashtirishda, sud ishlarida, sanatda juda kop foyda keltiradi. XIX va ayniqsa XX asrlarda psixologiya faqat empirik (tajribaga asoslangan) fan sifatida taraqqiy etadi. Bu davrda uning predmeti, yani urganadigan vokelik soxasi kuchli ravishda kengaydi, bu fanning aloxida yangi soxalari paydo boladi va shakllanadi, yangi, yanada samaraliroq tekshirish metodlari kashf qilinadi. Psixologiyaning bergan malumotlaridan amaliy faoliyatning turli soxalarida foydalanila boshlaydi. Ayni vaqtda, XIX va XX asrlarda idealizm bilan materializm ortasidagi kurash yanada chuqurlashadi.
Vundt labaratoriyasi original izlanishlarni olib borgunga qadar, psixofizika metodologiyasi esa ilk bor Fexner tomonidan standartlashtirilib, 20 yildan buyon qollanilib kelinardi va psixofizika (masalan, Ernest Veber)dagi dastlabki qarashlarni organish undan ham oldin boshlangan edi. Fexnerning daholigi shundaki, 1880-yillarning ortalaridayoq u fizik stimullar orqali sezgining sifat holatini miqdor holati bilan aloqadorligini olchab, undagi ozgarishlarni aniqlashga yol topdi (masalan, sezilarli farqlarning psixologik tengligi). Bu metodlar orqali u psixofizikadagi 2 asosiy muammoni har tomonlama organishda foydalandi: fosh etish muammosi va tafovut muammosi. Dastlabki muammo qancha stimullarning hozirda juda kam sezilishi muammosi bilan bogliq bolsa, ikkinchi muammo ikki stimuldagi sezilmas tafovutlarning qanday farqlanishi muammosi bilan boglanadi.
XIX asr songgida psixofizik izlanishlar Fexnerning metodologiyalarini takomillashtirishni maqsad qildi va bu metodlar sezgi sifatlari klassifikatsiyasi yoki Veber qonunidek tajribaga oid aloqalardagi cheklanishlar testini aniqlash uchun xizmat qildi. Masalan, Fullerton va Kettell (1892) maktabiga kora, oddiy psixofizik masala sinovdan otkazildi — ikki obekt ogirligining ozaro bogliqligi haqida xulosalar chiqarish va ozgarmas stimulli psixofizik metodda ijobiy tomonga ozgarish beruvchi kichik ozgarishlarni taklif qildi. Fullerton va Kettell shuni aniqlashdiki, odamlar ikki narsa ogirligini solishtirishda ular “ogirroq” va “yorqinroq” kabi xulosalardan kora “teng” degan xulosa chiqarishni maqul topganlar. Tadqiqotchilar ular dastlab bergan xulosalari, yani “teng” xulosalarini berishgach, ularning fikrlarini ozgartirishga, yani narsalarning qaysi biri yaxshiroq ekanligini aniqlashga undaganlar. Bu undash orqali ogirlikni solishtirishda ozgarmas stimulli metodda aniqlanganda ishtirokchilar faqat “yorqinroq” yoki “ogirroq” degan xulosaga kelishlari zarur deb tavsiya berishgan, shu tariqa, “teng” deb xulosa chiqarish kamayadi.
1890 yillar davomida Kornell laboratoriyasida E.B.Titchener tomonidan psixofizika metodologiyasidan foydalanib, belgining sifati muhim faoliyat ekanligi aytildi. Titchener millati Britaniya, biroq nemis temperamenti vakili, insonlar ongli tafakkur tajribasiga asosan asosiy elementlar aynanlashtiriladi, deb ozining fikrini asoslaydi. Har qanday vaqtda 2 stimuldagi ozgarmas farqliklar aniqlanadi va u ongda aynanlashtiriladi, degan fikriga ishonadi. Bunda ranglarni farqlashni tajriba qiladi, masalan, Titchener ishtirokchilardan (yoki kuzatuvchilardan) eng kichik ranglar orasidagi turli diapazondagi ozgarishlar, toq rangga, och rangga kirayotgani haqidagi xulosalarni soraydi. Bu jarayonda Titchener (1896) minglab yaqqol namoyon boluvchi sensor sifatlarni hisobladi.
Tadqiqotda foydalanilgan psixofiziologik metodlarning yakuniy misollaridan biri koplab amerikalik tadqiqotchilar tomonidan muhim nuqta sifatida qaraldi. Vundt (nemis) va Titchener (ruhan nemis)ni bir-biriga taqqoslaganda, har ikkisi ham labaratoriya ishiga asosiy tadqiqot ishi sifatida yondashdilar, amerikalik tadqiqotchilar amaliy (pragmatik) tajribalarda bolib, juda kichik alomatlarni ham payqay oldilar. Bunga yorqin misol Edmund Sandforning doktorlik dissertatsiyasi bolib, u 1880 yillar oxiriga kelib, G.Stanley Xolldan keyin Jons Hopkins darajasiga erishgan va 1890 yillarda Klark universiteti labaratoriyasiga rahbarlik (Gudvin, 1987) qilgan. Sanfordning loyihasi “kichik harflarning nisbiy aniqligi”ni aniqlashda psixofizik metoddan foydalandi. (402 b). Uning kashfiyoti shunda ediki, Sanford har bir 26 harfni “tabiiy bolmagan izchillikda” namoyish etdi (404 b; buni hozirgi kunda biz tenglashtirish, barobarlashtirish deb bilamiz). Uning natijalari murakkablashtirildi, biroq u turli masofada turgan tovushlarni aynanlashtirish yoki chalkashtirishi mumkin degan xulosasi etiborga molikligicha qoldi. Masalan, keng unlilar (masalan, o unlisi) tor unlilarga nisbatan (masalan, i unlisi) ancha tushunarliroq va bir-biriga oxshash harflar orasida kopincha shunday chalkashlik kuzatiladi (masalan, e va o unlilari). Hozirgi bildirilgan fikrlardan amerikalik tadqiqotchilar yashirin imkoniyat, yani potensialni topdilar, natijada bu yozuv mashinashining ixtiro qilinishiga sabab boldi.

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish