Maxfiylikni saqlash
Tajriba ishtirokchisi haqidagi malumotlarga xurmat bilan karash, ularni maxfiy saqlash ishtirokchidan malumotlarni olishdan kora muhimroq hisoblanadi. Maxfiylik murakkab va kop tarmokli savolni oz ichiga oladi. U ishtirokchi va tadqiqotchi ortasida qanday hollarda ishtirokchi haqidamalumotlarning oshkor etilishi, qaysi hollarda tadqiqotchi malumotlarni kayta ishlatishi va boshqalarga uzatishi mumkinligi haqidagi rozilikdan iboratdir (Sieber, 1992). Diener va Crandall (1978) maxfiylik haqida qaror qabulqilishning uchta muhim jabhasini taklif qildilar: tajriba jarayonida malumotning tasirliligi (davlat yoki xususiy) va malumotning tarqalishi. Ishtirokchi qanday qaysi malumotlar oshkor etilishi mumkinligi, qanday sharoitlarda oshkor etilishi, kimga va qachon oshkor etilishini belgilash huquqiga ega(Singleton, Straits, Straits, & McAllister, 1988).
Ishtirokchilarga malumotlarga bolgan talablar, masalan, noqonuniy harakatlar, ishtirokchi haqida malumotlarning boshqalar bilan almashinilishi haqida rejalar va maxfiylik yuridik jihatdan qay darajada himoyalanganligi haqida axborot berilishi shart (NBAC, 2001) Bu tadqiqot otkazayotgan muassasaning taklif etilayotgan tajriba shaxs daxlsizliginixavf ostida qoldirmasligini isbotlovchi majburiyatdir. Sieber (2000) ishtirokchining shaxsiy hayotiga hurmat bilan munosabatda bolish ishtirokchi tadqiqotchidan jinsi, yoshi, millati va ijtimoiy- iktisodiy darajasi bilan tafovutlanganda qiyinlashadi, deb takidlaydi. Folkman (2000) maxfiylikning buzilishi maxsus guruhdagi aholi uchun zararli bolishi mumkin, deb taxmin qiladi.
Maxfiylikni saqlash qoidasidan chegaralanishlar mavjud. 1992 APA Etika Kodeksida uchinchi shaxsning xavfsizligi uchun maxfiyligini buzishga imkon beradi. Koplab davlatlar esa potensial qurbonlarni himoya qilishda psixolog aniqqoidalarga rioya qilishi kerak, deb hisoblovchi Kaliforniya universiteti regentlar Kengashiga qarshi sud qarori(1976)ga koshilishgan. Klinik diagnostikadatajribaga ega bolmagantadqiqotchilar ishtirokchilarni izlash va ularni tajribaga yonaltirish jarayonida qiyin ahvolga tushib qolishlari mumkin. Oz vaqtida malumotlardan shaxs ismini ochirishning ozi maxfiylikni saqlash uchun etarli boladi.
Garchi davlat va federal sudlar tadqiqot ishtirokchilarining sir saqlash haqidagi vadalarini himoya qilishga tayyor tursalarda, yangi texnologiyalar (Libutti, 1999; Michalak, 1998), davlat xodimlari va uchinchi shaxslarning malumotlarga ega bolish ustavlari bilan bir qatorda sir saqlash haqidagi bitimni xavf ostida qoldiradi. Malumotlar maxfiyligini saqlash usullari mazkur malumotlarni shifrlab qoyish va elektron xavfsizlikni oz ichiga oladi (Bongar, 1988; Fox&Tracy, 1986). Garchi miqdoriy malumotlarning kopchiligi korgazmali korinishda tasvirlangan bolsada, malumotlarning bazi turlari, masalan videoyozuv, fotosuratlar va audioyozuvlar qatnashchilar shaxsiy hayotini himoya qilish uchun alohida kuzatuvni talab qiladi. Tasvir va ovozni buzib talqin etilishini uddalash mumkin, lekin eng muhim kafolat qatnashchidan materialni qollash uchun ruxsat olishdir (Folkman, 2000). Bundan tashqari sifatli tadqiqotlar shaxsiy hayot va maxfiylikni qollab-quvvatlashda alohida qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi(Turnbull, 2000; Wax, 1995). Maxfiylikni saqlash usullari taxalluslar va qalbaki biografiyalarni qollashni (LaRossa, Bennett, &Gelles, 1981), shuningdek, qatnashchi identifikatsiyasini niqoblab bolmaydigan lentalarni hamda boshqa yozuv malumotlarini kodlashtirishni oz ichiga oladi (Bussell, 1994). Sifatiy tadqiqotlarda eng muhim amaliy etika tadqiqotning butun jarayonida, natijalarni elon qilish mobaynida malum qilingan rozilikni olishdir (Smythe&Murray, 2000). Bundan tashqari, ayniqsa, ilmiy-tadqiqot sharoitida boshqalar qatnashchining xulq-atvorini kuzatishi vaziyatida qatnashchilar boshqa qatnashchilarning shaxsiy hayotini hurmat qilishini taminlash uchun ehtiyotkorlikning oqilona usullarini qabul qilishda tadqiqotchilar zimmasiga masuliyat yuklaydi (Bell-Dolan&Wessler, 1994). Lawson (1995) tadqiqotchilik jarayonining shartnomaviy konsepsiyasini taklif etadi, unga kora etik jihatdan muammoli tadqiqotlarning bazi turlari, shuningdek maxfiylik haqidagi masalaga ruxsat berilishi mumkin. Muolajadan qatiy nazar tadqiqotchi sir saqlash masalasini qatnashchi bilan malumotlarni toplagunga qadar muhokama qilib olishi kerak. Tadqiqot davomida ishtirokchi rozilik shartnomasidagi barcha shartlar bajarilgani va uning shaxsi haqidagi malumotlar maxfiy saqlanganidan mamnun bolishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |