Pedagogika kafedrasi


Xohish va didga munosib o’yinlar



Download 1,56 Mb.
bet8/20
Sana20.03.2022
Hajmi1,56 Mb.
#501903
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
2 5431372104438127036

Xohish va didga munosib o’yinlar
Aksariyat xalq o’yinlari qadim o’tmishdayoq turli xalqlar o’rtasidagi kuch sinashuvlari, musobaqalar, bayramona sayr-tomoshalar, xalq sayillari natijasida shakllanib ulgurgan. Natijada ikki ko’rinishdagi xalq o’yinlari shakllangan: turli bayram tadbirlari mobaynida uyushtiriladigan ommaviy o’yinlar hamda bolalar o’ynaydigan ommabop o’yinlar. Bu o’yinlarni yosh, jins, ishtirokchilar soni, shuningdek yil fasllaridan kelib chiqib o’ynash yo’lga qo’yilgan.
An’anaviy xalq o’yinlari
Xalqda har doim ommaviy sevib va turli sabablar tufayli o’ynaladigan an’anaviy o’yinlar bo’lgan. Bu kabi aksariyat o’yinlar bizni uzoq o’tmish sari boshlab, ko’hna tarix madaniyati va san’atining sarchashmalaridan bahramand qiladi, shu bilan birga O’zbekiston hududida yashagan, bir qismi ko’chmanchi, bir qismi o’tror xalqlarning turmush tarzi bilan tanishtiradi. Qadim zamonlarda xalqlarda yoshi, turmush tarzi va e’tiqodidan qat’inazar ishtirokchilar o’rtasida otda yurish, otda chopish va poyga, tosh ko’tarish va musobaqalari, kamondan o’q uzish kabi qizg’in, kuch talab qilinadigan o’yinlar tashkil qilingan. Shuningdek, xalq orasida ko’pkari, kurash, xo’roz urishtirish kabi milliy o’yinlar keng tarqalgan.
O’yinlarning munosib maqsadi.
Umuman olganda, an’anaviy xalq o’yinlari va milliy bellashuvlar inson hayotida nafaqat xalq madaniyati va san’atining azaliy ajralmas bo’lagi, shuningdek, bolalar va kattalarni tarbiyalovchi muhim omil sifatida ham ahamiyat kasb etib kelgan. Bu kabi o’yin-musobaqalar chog’ida abjirlikni namoyish etib samimiy zavqlanishdan ham ko’ra, o’zaro tanishish, qo’shni xalqlar do’stlik munosabatlarini rivojlantirish, yosh avlodni g’alaba sari olg’a borishga odatlantirish, raqibga hurmatda bo’lishni o’rgatish, tang vaziyatda ham to’g’ri qaror qabul qilish ko’nikmasini shakllantirish ulardan ko’zlangan muhim jihatlar bo’lgan.
Har yili bahor kelishi bilan butun olam yangilanadi, inson vujudida shijoat va g’ayrat jo’sh uradi. Shu bois har bahorda, ayniqsa, Navro’z bayrami kunlari milliy o’yinlar o’tkaziladi. Ulardan biri yoshlarni jismonan sog’lom, baquvvat, epchil etib tarbiyalashga xizmat qilsa, boshqasi topqirlikka o’rgatadi.
O’g’il bolalar “Chillak”, “Tortishmachoq”, “Xo’roz jangi”ni yaxshi ko’rishsa, qizlar “Supur-supur”, “Oq terakmi, ko’k terak”, “Happak tosh” kabi o’yinlarga qiziqishadi. Ta’kidlash joizki, milliy qadriyatlarimizni tiklash borasidagi olib borilgan sa’y-harakatlar tufayli Navro’z umumxalq bayrami sifatida qadimiy an’analar asosida keng nishonlanadigan bo’ldi. Endilikda o’zining teran mohiyati hamda chuqur falsafasi, yasharish va yangilanish pallasi, sharqona yangi yilning debochasi sifatida hayotimizda alohida o’rin egalladi.
Navro’z bilan bog’liq tadbirlar, kurash, ko’pkari, poyga kabi ko’plab xalq milliy o’yinlari, folklor namunalari, rasm-rusmlar, urf-odatlar, qadriyatlar tiklandi va ular yoshlarni milliy hamda umumbashariy g’oyalar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Qadimiy tarixga ega bo’lgan xalq milliy o’yinlari o’zining jozibasi, rango-rangligi, aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik va ruhiy tarbiyadagi o’rni bilan beqiyos ahamiyatga ega.
Ular hech qachon shunchaki ermak bo’lmagan, balki kishining go’daklikdan o’sib-ulg’aygunicha eng muhim tarbiya vazifasini o’tagan. Murg’ak bola qatnashgan o’yinlar orqali hayot voqea­lari, tabiat hodisalari, so’z qudrati, insoniy munosabatlar o’rgatilgan. Xususan, “Besh tosh”, “Pichoq”, “Jambul”, “Yong’oq merganlik”, “Varrak”, “Ovchi”, “Mindi”, “Arqon tortish”, “Chillak” kabi o’yinlar kurashishni o’rgatadi, aqlni charxlaydi. O’z-o’zini anglashni, xatolarni tuzatish tuyg’usini shakllantiradi. Jamoaviylik tuyg’usini hech narsa o’yinlarchalik singdira olmaydi.
Xalq an’anaviy milliy o’yinlari nomoddiy madaniy merosga kiradi. Shunday bo’lgach, uzoq ajdodlarimiz yaratgan va bizgacha “suyak surib” yetib kelgan xalq milliy o’yinlarini izlamoq, topmoq, qayta tiklab, yosh avlod kamoloti uchun joriy etmoq har bir vatanparvar yoshu keksaning, ziyoliyu ishchining burchiga aylansa, ma’naviy, madaniy, ruhiy qudratimiz yanada kuchli, baquvvat bo’ladi.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, o’sib borayotgan avlodning tarbiya tizimida halq pedagogikasi tajribalari, jumladan, milliy halq o’yinlari yoshlarning xarakteri va ongini boshqaruvchi vosita, asosiy kuch deb hisoblash mumkin.
Demak, o’yinlar-xalqning tabiiy va tarixiy ehtiyoji asosida shakllangan, ajdodlar turmushi, mehnati, tajribasi, kurashi, yutuqlarini boshqa shaklda aks ettiradigan, inson madaniyatining eng ko’hna shakllari, ko’pgina ma’naviy sohalar chashmasi, sog’lom avlodni shakllantiruvchi tarbiya vositasi va zamondoshlarimizning jismoniy, ruhiy, aqliy rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim omildir.
O’zbek xalq milliy o’yinlarining anchagina qismi bevosita harakatlar bilan bog’liq bo’lib ,ular bolalarni chaqqon, epchil, ziyrak, topqir, kuchli va sog’lom bo’lib o’sishlariga imkon beradi.
Xalq o’yinlari yangi sog’lom avlodni shakllantirishda ham o’ta muhim o’rin tutgani ularni biz ko’z qorachig’idek asrashimiz, e’zozlashimiz va ulardan oqilona foydalanishimiz zarur.



Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish