2.2. Xalq oyinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishining shakl, metod va vositalari
Ozbek xalq milliy oyinlari ozining uzoq otmishi, boy tarixiga ega bolgan, ajdodlardan avlodlarga meros sifatida otib kelayotgan, manaviy boyligimiz, qadriyatlarimizdan sanaladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab, milliy qadriyatlarimiz, anana-yu udumlarimiz, shu jumladan, xalq oyinlarini qayta tiklashga katta etibor qaratildi.
Sportning ananaviy turlari bilan birgalikda milliy sport turlari hamda xalq oyinlari ham tobora rivojlanib borayotir. Bugungi kunda dunyoning koplab mamlakatlarida ozbek kurashi boyicha musobaqalar tashkil etilib, sportning shu turi ustalari ortasida jahon chempionati muntazam otkazib kelinayotgani Ozbekistonda yashayotgan har bir fuqaro qalbini gururga toldiradi. Aslida biz faxrlansak arziydigan milliy sport turlari juda kop. Ularning orasida Turon kurashi, Ozbek jang sanati, uloq, kopkari, chovgon, belbogli kurash va kamondan oq otish alohida etiborga molik. Ayniqsa, oxirgi yillarda Ozbek jang sanatiga bolgan qiziqish kuchayib bormoqda. Bu sport turi milliy ruh bilan sugorilgan bolib, yoshlarda abjirlik, epchillik kabi xususiyatlarni shakllantirishda, ularning otkir zehnli va korkam qaddi-qomatli bolib ulgayishlarida muhim orin tutadi.
Tarixga nazar tashlaydigan bolsak, ota-bobolarimiz azal-azaldan insonni jismonan chiniqtiruvchi, salomatlikka ijobiy tasir etuvchi mashqlarga jiddiy etibor qaratishganini koramiz. Masalan, kopkari musobaqasi har bir ishtirokchidan chavandozlik mahoratidan tashqari jismoniy kuch, otkir zehn va yetti olchab bir kesish salohiyatiga ega bolishni talab qiladi.
Ajdodlarimiz shunga mos ravishda tayyorgarlik korib, ham ruhiy, ham jismoniy osishga erishganlar. Umuman olganda, milliy sport turlarining barchasi ota-bobolarimizning yashash tarzi, madaniyati va dunyoqarashidan kelib chiqqan holda rivojlangan. Osha kezlarda kimdir chavandoz, kimdir qilichboz, yana kimdir mergan sifatida tanilgan. Shuningdek, turli oyinlar va mashqlar tufayli ajdodlarimizda har qanday holatdan olib chiqadigan chaqqonlik, yakkama-yakka olishuvga xos uquv shakllangan.
Milliy sport turlari bilan bir qatorda xalq oyinlari ham aksariyat yoshlarda katta qiziqish uygotmoqda. Bu oyinlar, ayniqsa, bolalar orasida keng yoyilgan. Xususan, mahallalarda otkazilayotgan turli tadbirlarda aksariyat bolalar Quloq chozma, Oq terakmi, kok terak, Podachi, Charxpalak, Orda top, Chigi, Qotir echki kabi oyinlarda ozaro bellashib, kim epchilu, kim chaqqonligini aniqlab oladilar. Shuningdek, Uzuk olish, Igna sanchish, Poyondoz, Sultonchalar jangi, Igna, ip, angishovna singari xalq oyinlari ham yillar osha bizgacha yetib kelgan.
Mazkur oyinlar ishtirokchilariga sinchiklab qarasangiz, har birida abjirlik, murakkab holatni togri baholash, qiyin vaziyatdan chiqib ketish xususiyatlari qaror topganiga amin bolasiz. Shundan xulosa qilish mumkinki, milliy sport turlari va xalq oyinlari yoshlarni soglom voyaga yetkazish, ularga talim-tarbiya berishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, milliy qadriyat va urf-odatlarni asrab-avaylashda ularning orni beqiyos. Shuningdek, xalq oyinlariga etibor yildan-yilga ortib bormoqda.
Darhaqiqat, milliy sport turlari va xalq oyinlari oziga xos qadriyat sifatida avlodlardan avlodlarga otib boradi. Ularni ardoqlagan yoshlar qalbida Vatanga muhabbat tuygusi qaror topadi, milliy ruh shakllanib, xalqimizning anana va urf-odatlarini ezozlash hissi yanada kuchayadi. Xullas, milliy oyinlar yoshlarni ozbekona tarbiyalashning eng tasirchan vositalaridan biridir. Bu oyinlar qanchalik keng yoyilsa, vatanparvar yoshlar safi shunchalik kengayadi.
Oyinlarning takomillashuvi, oyin faoliyati dastlab syujet va mazmundan tashkil topadi. Odatda syujet deganda oyin faoliyatida bolalar aks ettiradigan voqelikning doirasi tushuniladi. Oyin syujeti turli davrga sinfiy xususiyatga, oilaviy turmush tarziga, geografik va ishlab chiqarish sharoitlariga bogliq holda yaratiladi.
7-8 yoshli bolalarga xos oyinlarni jismoniy sifatlarini rivojlantirishiga kora quyidagi guruhlarga ajratish mumkin
1. Tezkorlikni tarbiyalovchi oyinlar.
2. Kuchni oshiruvchi oyinlar.
3. Chaqqonlikni rivojlantiruvchi oyinlar.
4.Chidamlikni rivojlantiruvchi oyinlar.
5.Egiluvchanlikni tarbiyalovchi oyinlar;
Ayrim oyin turlari bolalarning barcha boginlariga mos kelishi mumkin, yani jismoniy sifatlarni yaxlit holda tarbiyalashga qaratilgan oyinlar ham borki, ularda turli jismoniy sifatlar ketma-ket rivojlanishi mumkin. oyinlardagi bunday izchillik bolaning bilim saviyasi, turmush tajribasini kengayishi, uning katta yoshdagi odamlarning turmushiga chuqurroq kirib borishi bilan bogliqdir.
Darhaqiqat oyinlarning oddiyidan murakkabga tomon osishi turmushning tobora yangi qirralarini aks ettirish bilan cheklanib qolmay, muayyan oyinning oziga xos boshqa korinishlari bilan boyishi sababli ham amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |