3. Chaqqonlikni tarbiyalovchi oyinlar. Aniq harakat qilish zarur bolgan, bajarish sharoitlari ozgaruvchan milliy oyinlarda chaqqonlik yaxshi rivojlangan bolishi kerak. SHunga tayangan holda chaqqonlikni tarbiyalash uchun Almash qadamlar, Tiriltirishma, Urdi-qochdi, Olacha tovuq, Kim chaqqon kabi oyinlarni tavsiya etdik.
Misol uchun Almash qadamlar oyinini korib otish mumkin. oyinni butun sinf oquvchilari ikkiga bolib oynashi mumkin. Oyinning qoidasi: bolalar uzunasiga saflanadilar, songra tartib bilan tortilgach, chiziq ustidan qadamlarini chillak qilib (ketma-ket) qoyib otadilar. Oyinning uch xilidan foydalanish mumkin:
1.Chiziq ustidan qollarini yon tomonga uzatgan holda.
2.Qollarni orqaga qilgan holda.
3.Qollar bilan boshning orqasini ushlagan holda.
Kim shu oyinni chaqqon va xatosiz bajarsa, osha golib sanaladi. Chiziq ustidan yurish harakatda kim muvozanatni buzsa, xato qilgan hisoblanadi va oyindan chiqadi. Oyin shu zaylda davom etadi.
Oyinni dars vaqtida ham, tanaffusda ham bajarish mumkin. Bu oyinning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, u bolani ruhan sezgirlikka chaqiradi. Jismoniy jihatdan chaqqonlikni (oyin malum muddatda bajarilishi yani qaysi guruh chiziqni tezda birinchi bolib bosib otishi kerakligi bunda bolalar oyinlarining ruhi, tabiati, xarkteri, ishtirokchilarning hatti-harakatlari v.h. kabi tomonlariga etibor berish kerakligi nazarga tutilyapti) tarbiyalaydi, qomatni tik togri tutishga orgatadi. Bu oyinni guruhlarga bolib oynash bolada jismoniy madaniyatga bolgan qiziqishni oshiradi. Bu oyindan qadimda ota-bobolarimiz juda kop foydalanishgan.
4. Chidamlilikni tarbiyalovchi oyinlar. Kopchilik milliy xalq oyinlarida nihoyatda jadal bajariladigan mashqlar tufayli tezkorlik va chidamlilik kabi jismoniy sifatlar tarbiyalanadi. Bunday oyinlarda jismoniy yuk (nagruzka) ham asta-sekin oshirib boriladi. Masalan, maydonni kattalashtirish; maydonni kichraytirmay turib oyinchilarning sonini kamaytirish; oyin jihozlari sonini kopaytirish (tayoqcha, romolcha, doppi, chopon, top v.h.) yugurish masofasini uzaytirish; tosiqlar sonini oshirish; murakkab mashqlarni qollash va ularning sonini kopaytirish va hakazo.
Korsatilgan bu metodik usullar izchillik bilan qollanilganda maqsadga tezroq erishiladi. Mazkur jismoniy sifatni tarbiyalovchi oyinlarga Oqsoq qarga, Lanka, Podachi kabilarni misol qilib korsatish mumkin. masalan, Oqsoq qarga-estafeta tarzidagi harakatli oyin. Oyinchilarning miqdori teng boladi, ikkita jamoa bir-biriga ropara turib, saf tortadi. Oynovchilardan har biri navbat bilan ozining bitta oyogi bogich (romolcha yoki tasma) bilan boldiridan sonigacha boglaydi.
Har ikkala komandaning oyinchilari Tayyorlan-Bajar! buyrugi berilishi bilan qarshi jamoaning chizigiga qadar bir oyoqlab irgishlab boradilar, undan keyin esa oyoqlaridagi bogichni yechib olib, orqalariga qarab yuguradilar va uni oz jamoalaridagi navbatdagi oyinchiga beradilar. Oyin bogichini oqituvchiga keltirib beradigan songgi oyinchiga qadar shu tariqa davom ettiriladi. Bogichni birinchi bolib oqituvchiga keltirib bnrgan jamoa golib boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |