1. Tezkorlikni tarbiyalovchi oyinlar. Tezkorlikni tarbiyalash uchun mashqlar maksimal suratda bajarilishi lozim. Signalga binoan tezlikda javob berilishini muayyan vaqt birligi ichida kopgina harakatlar bajarilishini hamda butun tana yoki uning bir qismini fazoda tezlik bilan harakat qilishini talab qilinadigan oyinlar oquvchilarda tezkorlik sifatini rivojlantiradi.
Bunda koproq ikki guruhning faol musobaqalashishiga olib keladigan oyinlar otkazishga etibor qaratish lozim. Harakatdagi obektga nisbatan bolgan reaksiyani tarbiyalovchi oyinlar bu orinda yaxshi natija beradi. Bunday oyinlarga Doppi kiyishda kim golib?, Tort muyush, Bosh joy, Kim tez oynaydi kabilarni kiritish mumkin.
Masalan, Doppi kiyishda kim golib oyini qadimgi ozbek xalqining milliy oyinlaridan hisoblanib, bolalarni tezkorlikka, chaqqonlikka orgatadi. Oyinda oquvchilar ikki guruhga bolinadi. 30 metr masofani ikkita doppi bilan belgilash kerak. Har ikkala guruhdan ikki bola shu masofaga yugurib borib kelishi va oyinni bajarishi-doppi boshidan tushmasligi kerak. Oyin guruhdagi bolalarning hammasi boshiga doppi kiygizulgunga qadar davom etadi. qaysi guruh shartni tez bajarsa, osha golib sanaladi.
2. Kuchni rivojlantiruvchi oyinlar. Bunda oqituvchi kerakli mushak guruhlarining rivojlanishiga ijobiy tasir korsatadigan oyinlarni tanlashi lozim. Kuchni rivojlantiruvchi oyinlarda oquvchilar oz tana ogirligini, bironta tashqi ogirlikni yoki raqib ogirligini (qarshiligini) yengadi. Kuchni rivojlantirish uchun quyidagi oyinlar tavsiya etiladi: Xoroz-xoroz oyini, Uloq, Otdan agdarish, Oqsoq bori va qoylar, Chuqurga tushir kabilar.
Xoroz-xoroz oyinida bolalar soni qancha kop bolsa, oyin shuncha qiziqarli boladi. Bu oyinda asosan ogil bolalar qatnashadi. Bolalar ikkiga bolinib oynaydilar. Ikki tomonda guruh sardorlari saylanadi. Oqituvchi sinf oquvchilarini ikki jamoaga boladi. Ular bir-birlariga yuzma-yuz qarab turadilar. Ular qollarini orqaga tutib bir oyoqlab sakrashib, yelkalari bilan bir-birlarini itara boshlaydilar. Bunda birorta bola oldin oyogini yerga qoyishi yoki orqasidagi qolini boshatib, oynashi mumkin emas. Oyinning asosiy maqsadi, oquvchilarning kuchini sinash, chidamlilikni oshirishdan iborat.
Bu oyinning yana bir boshqacha korinishi ham bor. Bunda ikkita ogil bola qatnashadi.dastlab yerga doira shakli chiziladi. SHu doira ichida har ikki bola ham qollari orqasida, bir oyogini kotarib, ikkinchi oyogida sakrab-sakrab bir-birini yelkasi bilan turtib, doira ichidan chiqib ketgan yoki kotarilgan oyogini yerga qoygan bola yutqazgan hisoblanadi.
Tezkorlik va kuchni rivojlantiruvchi oyinlar malum bir vazifani hal etishda katta yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |