Ishning sinovdan otishi: Tajriba sinov ishlari ..................................................... ....................ishtirokida otkazildi.
Tadqiqot natijalarining chop etilganlik darajasi: Muallif tomonidan ... ta respublika jurnalida, ... ta ilmiy maqola va ... ta tezis chop etilgan.
Dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi. Dissertatsiya kirish, 3 bob, 7 paragraf, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ruyxati va ilovalardan iborat.
I BOB XALQ OYINLARINING KOMIL INSON -SHAXS SIFATIDA SHAKLLANISHIDA ETNOPEDAGOGIK MOHIYATI VA TASNIFIY XUSUSIYATLARI
Xalq oyinlarining tasnifi
Etnopedagogika xalq milliy anana, ijtimoiy tajriba, manaviy-marifiy, madaniy-etnik qadriyatlarining psixologik-pedagogik asoslarini aniqlash va amaliyotga tadbiq etishga qaratilgan pedagogika fani tarmogi
Etnopedagogikada insonparvarlik tarbiyasi xalq pedagogik qarashlarining negizini tashkil etadi. Umuman, etnopedagogika manbalarida tasvirlangan barcha obrazlarda insonparvar shaxslar ijobiy obraz sifatida tasvirlanadi.
Xalq oyinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik mohiyati va tasnifiy xususiyatlari quyidagilardan iborat.
Xalq oyinlarining paydo bolish tarixi jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlari bolgan uzoq moziyga borib taqaladi. Tarixiy, arxeologik va etnografik manbalarda ham xalq oyinlarining kelib chiqishi hamda rivojanishiga doir qiziqarli malumotlarni uchratamiz.
Har bir xalq otmish avlodlaridan qolgan madaniy merosiga ega bolib, uning madaniy boyliklari xazinasiga xalq oyinlari ham kiradi. Xalq oyinlari ozining vujudga kelishi va rivojlanishiga kora gayrioddiy hodisa emas, balki xalqning hayotini obrazli, muayyan aks ettiradigan va jamiyat taraqqiyoti qonunlariga hamohang belgilanadigan faoliyatdir .
Tarixiy malumotlarga qaraganda ibtidoiy ovchilar hayotida ovchilik oyinlari muhim orin tutgan. Bazi manbalarda ular ovdan oldin otkazilishi yozilgan bolsa, boshqalarida ovdan songgi oyinlar haqida fikrlar bayon etilgan. Agar bu malumotlarni chuqurroq tahlil etadigan bolsak, unda ovchilik oyinlari ovdan oldin ham, undan song ham otkazilgan, deyish mumkin. Ovdan oldingi oyinlar avvalda mashq (ovga tayyorgarlikni tekshirish, ovga ruhiy va jismoniy tayyorgarlik) vazifasini otagan hamda jiddiy oziga hos kichik ibtidoiy odamlar oljani osongina qolga tushirish, unga yaqinlashishni organishgan, buning uchun niqob kiyib, hayvon qiyofasiga tushishni, uning yurish-turishlari va tovush chiqarishlarini mashq qilishgan.
Aynan ana shunday oyinlar jarayonida yoshlarni ham ov qilishga orgatishgan. Shu boisdan ham u oziga xos maktab vazifasini otab, bir tomondan, ovchilar mahoratini ostirishga yordam bergan bolsa, ikkinchi tomondan esa, ularda taqlid sanatini shakllantirgan va rivojlantirgan.
Paleolit davrining oxirlarida otish qurollari - nayza, keyinroq esa kamon, yoydan otish kashf etildi. Grek tarixchisi Gerodot xorazmiylar bilan yonma-yon yashagan saklar qabilasidagi mohir merganlar haqida bunday deb yozgan: Saklar dunyodagi merganlar orasida oqni zoe ketkazmaydigan juda mohir merganlar sifatida shuhrat qozongan edi.
Xalq oyinlari tasodifan paydo bolgan emas, qadimiy ajdodlarimiz ularni shu darajaga olib kelgunlaricha ogir, mashaqqatli yolni bosib otganlar. Har bir davrda osib kelayotgan yosh avlodni jismonan barkamol qilib tarbiyalash tabiiy va ijtimoiy zaruriyat edi. Demak, ajdodlarimizning ovchiligi asosida ovchilik oyinlari, chorvachilik asosida hokiz, ot, ayiq, bori, tulki va boshqalar oyinlari, dehqonchilik asosida - mehnat oyinlari shakllandi.
Rim yozuvchisi Kliment Aleksandriyskiy (eramizdan oldingi II asr) saklar qabilasining ayollari haqida bunday deb yozgan edi: Sak ayollari ayyorlik bilan qochib keta turib, ot ustida xuddi erkaklarday orqaga burilib oq uzar edilar”2.
Xalqning yashashi, mehnati va oz-ozini himoya qilish ehtiyojlaridan xalq oyinlari kelib chiqqan. Xalqimizning ajoyib dostoni bolgan Alpomish dostonida tirandozlik haqida soz ketadi. Chunonchi, Hakimbek yetti yoshga kirgan edi. Oltinbiy bobosidan qolgan on tort botmon birinchdan bolgan parli yoyi bor edi. Ana shu yetti yashar bola - Hakimbek shul on tort botmon yoyni qoliga ushlab kotarib tortdi, tortib qoyib yubordi. Yoyning oqi yashinday bolib ketdi. Asqar togining katta choqqisini yulib otdi... Dostonning asosiy qahramonlaridan biri bolgan Barchin erga tegish uchun tortta shart qoydi. Shartlarning ikkitasi oq-yoy otish bilan bogliq. Masalan, ikkinchi shart: ...yoy tortishsa, yoyi sinmay qolganga, - men tegaman shul yoyandoz polvonga, deydi. Uchinchi shart:
Do'stlaringiz bilan baham: |