Kuchliroq oyinlardan esa:
- Ot va tuyaga minish;
- Kajava va aravalarga tushishni tavsiya qiladi.
Xalq oyinlarining kuchli turlariga maydonda bajariladigan quyidagi harakatlarni kiritadi:
- Kishining oz soyasi bilan olishishi;
- Chapak chalish;
- Sakrash;
- Nayza uchi bilan sanchish6
Ozbek xalq oyinlari ozlarning serharakatligi, barcha organizm va muskullarni orgatuvchanligi, chidamlilikka orgatuvchanligi, chiniqtiruvchi haraktlardan tashkil topganligi bilan boshqa xalqlar oyinlaridan farq qiladi.
Xalq oyinlari har bir faslga mos bolgan. Xalq oyinlari xalq pedagogikasining manbalaridan biri bolib, bolalarda koplab insoniy sifat va xususiyatlarni shakllantirish imkonini beradi. Har qaysi malum darajada xalqning mehnat faoliyatiyatini aks ettiradi, yani bolalarda mehnat uchun zarur konikmalar va xislatlarni hosil qilishga qaratilgan boladi.
Bolalarning jismonan baquvvat, qorqmas, qiyinchiliklarni mustaqil yengib otadigan, ozini va Vatanini himoya qilishga shay, gozallikni his etuvchi bolib etilishida xalq oyinlarining imkoniyatlari katta. Xalq oyinlari yoshlarda badantarbiya bilan muntazam shugullanish extiyojini tugdirish vazifasini ham tolaroq hal etadi. Eng asosiysi, xalq oyinlari xalq oyinlari xalqning yashash ehtiyojlaridan kelib chiqqanligi sababli bolalarni kelajakda aynan shu milliy-ijtimoiy muhitda muvaffaqiyatli turmush kechirishni taminlashaga qaratilganligidir.
Ozbek halq milliy oyinlarining kelib chiqishi va rivojlanishi
Ozbek xalq oyinlari qadim zamonlarda bizning eramizgacha bolgan davrlarda vujudga kelgan. Buni arxeologik qazilmalar va qadimgi rim yozuvchisi Elianning etnografik materiallari ham tasdiqlaydi. Chunki ularda saklar qabilasida oyin musobaqalar juda keng tarqalgan va ular xalqning sevimli odati bolgani haqida malumotlar bor. Uning guvohlik berishicha saklar qabilasining yigitlari ana shu oyin musobaqalarda ozlari yenggan qizlarga uylanish huquqini olganlar Milliy xalq oyinlari qadimgi tomoshalar sifatida bir necha yuz yillar muqaddam maydonlarda vujudga kelgan.
Buni arxeologik qazilmalar va qadimgi rim yozuvchisi Elianning etnografik materiallari ham tasdiqlaydi. Ularning paydo bolish tarixi bizning hududimizda sport, teatr, raqs va tsirk sanatining rivojlanishi bilan bogliqdir. Xalq oyinlarining mazmuni goyat boy, rang-barang va juda xilma-xil bolib, muayyan tarixiy xarakterga egadir. Ular xalq tantanalari va tomoshalarining eng yaxshi ananalarini ozida jamladi, betakror oziga xosligi va xususiyatlari bilan milliy madaniyatini boyitdi, oz avlodlarining xalq ananalarini mujassamlashtirdi.
Oyinlar ozbek xalqining kop avlodlari turmushi va ijtimoiy hayotining zarur elementi sifatida asrlar boyi takomillashib keldi hamda rivojlanishning har bir tarixiy bosqichida turli ijtimoiy vazifalarni bajardi. Ozbek xalq oyinlari tarixning ijodiy kuchini, moddiy va manaviy boyliklarini ozida mujassamlashtirilgan,
Milliy xalq oyinlari orasida, ayniqsa, qadimiy dorboz va simbozlik sanati alohida ajralib turgan. Ilgari dor oyini juda mashxur bolgan. Ommaviy va mahalliy bayramlar, mavsumiy bozorlar dorbozlarsiz otmagan deyish mumkin. Registonda bozor maydonlarida, chorsularda dorlar qurilgan. Karnay-surnay va nogoralar sadolari tomoshalarning boshlanishidan darak berib turgan. Odamlar toplangach, oyinlar boshlangan. Tomoshabinlar baland qilib tortilgan arqon ustida oynayotgan dorbozning dadil harakatlarini hayajon bilan kuzatishgan.
Bir vaqtlar bizning hududimizda yogoch oyoq oyini ommaviy ravishda tarqalgan. Yogoch oyoqlar yugurib, sakrab, raqsga tushib, karnay, surnay kabi milliy cholgu asboblarda kuylar ijro etib, ajoyib tomoshalar korsatgan. Mana shular haqida Zaxriddin Muxammad Bobur ozining Boburnoma asarida anchagina malumotlar bergan. Xorazmda Tayoq oyini” keng tarqalgan.
Ozbek xalqining ananaviy turmushini organishidan malum bolishicha, hozirgi Ozbekiston Respublikasi hududida bir vaqtlar asosan kochmanchi va yarim kochmanchi elatlar yashagan. Ularning asosiy mashguloti chorvachilik bolgan. Chorvachilik bilan nafaqat yarim otroq, balki otroq dehqonlar ham shugullangan. Dehqonlar mollarni yer haydashda, bugdoy yanchishda, daryo va quduqlardan suv tortishda ishlatgan.
Shuningdek, chorva mollaridan savdogarlar va hunarmandlar ham foydalangan. Mana shular tufayli Podachi, Oqsoq bori va qoylar, Echkilar va choponlar, “Oq tuya, Bori keldi singari qator ozbek xalq oyinlari kelib chiqqan Xalqimiz orasida hayvonlar va qushlar mavzuidagi juda qiziqarli Kaptar oyini, Chagalak, Yumronqoziq, Ot oyini kabi raqslar keng rasm bolgan. Ozbeklar orasida Karnaymi, surnay, Nina, ip va tuguncha, Tapir-topur qayragoch, Qovoq ekish, Xorozlar jangi, Xoroz va tovuq, Qoch bolam, qush keldi, Oq terakmi-kok terak kabi oyinlar ham mashhur bolgan.
Milliy xalq oyinlari juda qadim zamonlarda vujudga kelgan, rivojlanishining har bir tarixiy bosqichida mazmunan ozgarib, turli ijtimoiy vazifalarni bajargan . Ananalar, fanlar, shu jumladan, xalq milliy oyinlari, millatimiz hayoti bilan bogliq bolib, avloddan avlodga meros bolib otib kelgan. Avlodlar egallagan bilim va tajribalar amaliy hayotda sinalgan, keyingi avlodlar tomonidan mustahkamlangan va takomillashtirilgan.
Ularning mazmunini har bir avlod, jamiyat rivojlanishining bosqichlari yangilab borgan. Bolalar jamiyat rivojlanishining osha bosqichida kattalar oynagan xalq milliy oyinlarini oynaganlar. Kopgina milliy oyinlar otalar va bobolardan bolalarga va nabiralarga otgan. Xalq milliy oyinlarida xalqning ijtimoiy hayoti, mehnat faoliyati va turmush tarzi oziga xos shakllarda aks etgan. Ularda juda boy hissiyot va kechinmalar, oz Vatanini sevuvchi, himoya qilish orzu-umidlari mujassam bolgan.
Oyinlarning tabiiy-tarixiy paydo bolish asosi va taraqqiyoti mehnat jarayoni bilan bogliq. Oyinning ilk boshlangich korinishi ibtidoty jamiyatda sinkrelik (qorishiq) sanat qismi sanalib, insonning mehnat va kundalik faoliyatini ifodalagan. Ular qoshiq, raqs, musiqa bilan ajralmas bolgan. Ishlab chiqarish qurollarining takomillashuvi va tilning taraqqiyoti bilan oyinlar fikrlash faoliyatining mustaqil turiga ajragan hamda oz mazmuniga kora boyib borgan, ularning harakatni talab qiladigan shakllari paydo bolgan.
Oyinlar faoliyatning mustaqil turi sifatida muayyan darajada hamma vaqt jamiyat hayot tarzini belgilagan desak mubolaga bolmaydi. Kopgina mamlakatlarning olimlari va pedagoglari oyinlar mohiyatini, uning kelib chiqishi, taraqqiyoti va ahamiyatini organmoqdalar. Shunga kora oyinlarning mohiyati va kelib chiqishini ifodalovchi turli xil nazariyalar, fikrlar va qarashlar ham mavjud.
Kishilik taraqqiyoti tarixida mehnat oyinlari katta orin tutgan, ammo inson hayotida oyinlarning kelajakdagi mehnat faoliyatidan oldin turadi. Masalan, bola oynab rivojlanadi, undagi shartli reflekslar birinchi va ikkinchi signallar tizimi, dotmiy ravishda organizm atrof-muhit bilan ozaro faoliyat va tarbiyaning hal qiluvchi tasiri paytida tashkil qilgan pedagogik jarayon sifatida shakllanadi.
Shaxsning shakllanish va rivojlanish jarayoni insonning ijtimoty tajribasini ozlashtirish jarayoni hamdir. Ozbek xalq oyinlarining paydo bolishi bizning eramizgacha bolgan davrlarga, aniqrogi ibtidoty jamoa tuzimi davrlariga togri keladi. Buni tarixiy, arxeologik, etnografik. folklor va boshqa manbalar tola-tokis isbotlaydi.
Qadimgi rim yozuvchisi Elianning guvohlik berishicha, ajdodlarimiz bolgan saklar qabilasida oyin musobaqalari juda keng tarqalgan va ular xalqning sevimli odati sanalgan. Uning tasdiqlashicha, saklar qabilasining yiginlari ana shu oyin musobaqasida ozlari yenggan qizlarga uylanish huquqini olganlar.
Ozbek xalq oyinlari mazmunan goyatda boy, shaklan xilma-xil bolib. muayyan ijtimoty- tarixiy tavsifga egadir. Demak, ajdodlarimizning ovchiligi asosida - ovchilik oyinlari», chorvachilik asosida hokiz, ot, ayiq oyinlari», dehqonchilik asosida - mehnal oyinlari» shakllandi.
Milliy oyinlarimiz serharakatligi barcha organizm va muskullarni ostiruvchanligi, chidamlilikka orgatuvchi, chiniqtiruvchi harakatlardan tashkil topganligi bilan boshqa xalqlar oyinlaridan tubdan farq qiladi.
Halqimiz orasida har bir faslga mos oyinlar mavjud bolib oynalib kelingan.
Ozbek milliy oyinlari hatiyligi, har tomondan yaratilganligi uchun xam katta-yu kichik va hatto xotin-qizlartomonidan sevib uynalgan. Ota-bobolarimiz oz farzandlarini qiyinchiliklar oldida dovdiramaslik, qurqmaslik ruxida tarbiyalab uni yechishga orgatganlar.
Kop yillar davomida yiqqan malakalariga tayanib oz farzandlariga badan tarbiya va aqliy oyinlardan foydalanish yol yoriqlarini korsatganlar Ogir mehnatdan keyin kishilar bir joyga toplanishib turli milliy oyinlar bilan mashgul bolganlar, dam olganlar .
Grek tarixchisi Gerodot xorazmiylar bilan yonma-yon yashagan saklar qabilasidagi mohir merganlar haqida bunday deb yozgan: Saklar dunyodagi merganlar orasida oqni zoe ketkazmaydigan juda mohir merganlar sifatida shuhrat qozongan edi.
Mashhur adib Oybek ozining Bolalik» qissasida xalq milliy sporti turlaridan bolgan uloq oyini»ni juda yaxshi bayon qiladi: Uloq» xalqning qadimiy oyini. Uni ilk bor korgan Muso hang-mang bolib qoladi. Qalin odamlar orasidan jonivor ot oqday uchib ketdi. Bir ongina sarosimaga tushgan uloqchilar kopirgan, quturgan daryoday, duv etib, orqadan quvib ketdi. Uloqchilar biridan biri uloqni olib qochadi, yana butun otliq duv quvadi...”
Bu oyinlar ular kayfiyatlarini kotargan, tetiklashtirib kuch toplaganlar. Ayniqsa bahorgi va kuzgi fasllarga mos bolgan oyinlarni butun-butun qishloqlar uynashib, ozlarini shod etishga harakat qilganlar. Bu oyinlar hosil bayramlarida. Sayl va toylarda tantanali ravishda otkazilgan. Eng kuchli qurqmas botir chaqqon ishtirokchilar taqdirlangan va sovrinlar olgan. Bu esa ozbek badantarbiya oyinlarining rivojlanishiga katta yol ochib bergan.
Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoev yosh avlod tarbiyasi haqidagi fikrlari katta ahamiyat kasb etadi; yosh avlodni tarbiyalash biz uchun eng asosiy vazifadir7 Shundan kelib chiqib, hozirgi vaqtda Ozbekiston pedagogik jamiyati tarbiyaning odatiy bolgan shakllari va usullarini izlab topish, osib borayotgan avlodda mustahkam umuminsoniy ishonch va qarashlarini shakillantirish; shaxsda milliy madaniyat va milliy qadriyatlarni hurmat qilish,avaylab asrash tuygularini ostirishga diqqatini qaratmogimiz lozim.
Xalq milliy oyinlari milliy qadriyatlar tarkibidagi xalqning eng sevimli ommaviy manaviy tadbirlaridan biridir. «Navroz», hayit, toylar va turli xil ananaviy marosimlar, udumlar qadimdan kurashsiz, kopkarisiz (uloq), poygasiz va boshqa kop milliy oyinlarisiz otmagan. Bunday tadbirlar xalq ogzaki ijodining barcha turlarida, dostonlarda ifoda etilgan. Ular ulug allomalar Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur va undan keyingi otgan adiblar, shoirlaming asarlarida qiziqarli hamda tola bayon etilgan.
Yaqin otmishda va ayniqsa, mustaqillik yillari davrida xalq milliy oyinlarini oiganish va ulami qayta tiklash bilan oquvchi yoshlarning manaviy hamda jismoniy kamolotlarini tarbiyalashda ulardan maqsadli foydalanish amalga oshirildi. Bu yolda madaniyat va sanat arboblari, taniqli olimlar M.Murodov, U.Qoraboev, T.S.Usmonxojaev, R.Abdumalikov, F.N.Nasriddinov kabilarning xizmatlari goyat katta boldi.
Xalq milliy oyinlari bir necha yonalishlarga ega bolib, ularning tarkibida raqslar, laparlar, aytishuvlar, askiyalar va juda kop janrlardagi sanat ancha ustun turadi. Shuningdek, ular qatorida ajdodlardan meros bolib kelayotgan qator harakatli oyinlar va sportga xos oyinlar ham juda kop. Ularni quyidagi asosiy guruhlaiga ajratish mumkin, yani:
1. Kurashchilar (Buxoroga, Fargonaga, Xorazmga va x.k.).
2. Ot oyinlari (kopkari-uloq, poyga (yayov), qiz quvmoq, otdan agdarish, chovgon va h.k.).
3. Dorboz (dor ustidagi mashqlar, hazil va aytishuvlar).
4. Tosh (gir) kotarish.
5. Arqon tortishish.
6. Bilak kuchini sinash.
7. Harakatli oyinlar (quloq chozma, eshak mindi, yelkada kurash, xorozlar jangi, chillik, poda top va h.k.).
Bunday oyinlaring deyarli barchasi hoziigi davrdagi ommaviy bayramlar, musobaqalar va toylarda keng qollanmoqda. Ulaming mazmunlari xalqqa malum.
Qolaversa, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Toshkent va boshqa viloyatlarning togli hududlari va yangi ozlashtirilgan joylarida bolayotgan katta toylarda kurash, kopkari-uloq, poyga va turli xil harakatli oyinlar doimiy ravishda qollanilmoqda.
Bu oyinlar toylaiga fayz, baraka kiritish bilan birgalikda tomoshabinlar olqishiga sazovor bolmoqda, ayniqsa, oquvchi yoshlarning milliy oyinlar, zamonaviy sport turiga qiziqishini tobora oshirmoqda.
Bolalar oyinlarida shu bilan bir qatorda yengil hazil, musobaqa, jamoaviy birlikka yonaltiruvchi sifatlar koproq kozga tashlanadi. Ozbek xalq oyinlarini turlicha tasniflash mumkin. Masalan, oyin ishtirokchilarning yoshiga nisbatan (bolalar, osmirlar, kattalar), jinsga nisbatan (ogil va qiz bolalar yoki erkak va ayollar), mavsumga nisbatan (baxorgi, qishgi, yozgi, kuzgi), oynaladigan joyga nisbatan (maydon, suv, xona), kasbga nisbatan (dehqon, hunarmand, chorvador va boshqa), hududga nisbatan (shimoliy, janubiy, sharqiy yoki shimoliy).
Oyinlarni paydo bolish jarayoniga nisbatan quyidagilarga bolinadi:
ovchilik oyinlari (Gang, Jambil, Lappak, Oshiq, Xappak, Chirgizak va boshqa);
chopon oyinlari (Toptosh, Kotarma tosh, Echki oyin, Chopon va shoqol, Qadama tayoq, Chillik, Podachi, Chanta, Chuv-chuv va boshqa);
hunarmandlik oyinlari (Dandarak, Charxpalak, Besh barmoq, Paqilloq, Lanka, Chigiriq, Uzuk soldi, Varrak, Sartarosh, Koz boglar va boshqa);
dehqonchilik oyinlari (Palaxmon, Jon burgam, Somon sepdi, CHanoq oyin, SHaftoli shakar, Qoriqchi va boshqa);
taqlidiy oyinlar (Xola-xola, Topaloq, Kim oladi-yo, Ayiq oyin, Xoroz urishtirish, Oqsoq turna, Bosari, Asalari, Gozlar va boshqa);
harakatli oyinlar (Chonka shuvoq, Chim otish, Kim tez, Xurkach, Tufaloq, Chori chambar, Mushuk-sichqon, Yogoch oyoq, Durra solish, Halinchak va boshqa);
soz oyinlari (Kim chaqqon, Bolqon-bolqon, Botmon-botmon, Juftmi-toq, Oq quyonim alomat, Oq terakmi, kok terak, Pirr etdi va boshqa);
yigin oyinlari (Gap-gashtak, Topiq oyin, Podsho-vazir, Podsho-ogri, Arshi alo va boshqa);
kurash va u bilan bogliq oyinlar (Milliy kurash, Polvonbozlik, Yelkada kurash, Bel olish kurashi va boshqa);
chavandozlik oyinlari ( Chavgon, Uloq-kopkari, Piyoda poyga, Oltin qoboq, Shoguloq, Qiz quvish, Eshak mindi va boshqa).
Ozbek xalq milliy oyinlari ozining uzoq otmishi, boy tarixiga ega bolgan, ajdodlardan avlodlarga meros sifatida otib kelayotgan, manaviy boyligimiz, qadriyatlarimizdan sanaladi. Zero, bolalar va osmirlarni har tomonlama soglom, jismonan baquvvat, manan zukko va topqir bolib ulgayishlarida har bitta milliy oyinimizning oz orni bor.
Bugunda unutilib borayotgan qator milliy oyinlarni kengroq targib etish yoli bilan yoshlarimizni soglom turmush tarziga targib etish, ularning intellektual salohiyati bilan birgalikda jismonan barkamol bolib voyaga yetishlariga xizmat qiluvchi qadimiy xalq oyinlarini yana bir bor yodga olish festivalning asosiy maqsadi.
Bolalar va osmirlar ortasida ovchilik oyinlaridan «Oshiq-moshiq, “Xappak tosh, hunarmandlik oyinlaridan “Lanka, “Kuz boglar, dehqonchilik oyinlaridan “Qoriqchi, taqlidiy oyinlardan “Kim oladi-yo shuginani-yo, “Xoroz urishtirish, harakatli oyinlar turkumiga kiruvchi “Halinchak, soz-harakat oyinlaridan “Oq terakmi - kok terak, “Arqon tortishuv, kurash va u bilan bogliq oyinlar sirasiga kiruvchi “Milliy kurash, “Yelkada kurash, “Bel olish kurashi, chavandozlik oyinlaridan “Piyoda poyga, “Eshak mindi kabi asrlar elagidan otib kelayotgan milliy oyinlarni tarib qilish maqsadga muvofiqdir.
Milliy oyinlarimizning har birida mardlik, jasurlik, rostgoylik va zukkolik talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |