Birinchi bob boyicha xulosalar
Birinchi bob “Xalq oyinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik mohiyati va tasnifiy xususiyatlari deb nomlanib Xalq oyinlarining tasnifi, Ozbek halq milliy oyinlarining kelib chiqishi va rivojlanishi, Xalq milliy oyinlarning ijtimoiy-tarkibiy fazilatlari nomli bolimlaran iborat bolib quyidagilarni qamrab oldi:
Xalq oyinlarining paydo bolish tarixi jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlari bolgan uzoq moziyga borib taqaladi. Tarixiy, arxeologik va etnografik manbalarda ham xalq oyinlarining kelib chiqishi hamda rivojanishiga doir qiziqarli malumotlarni uchratamiz.
Har bir xalq otmish avlodlaridan qolgan madaniy merosiga ega bolib, uning madaniy boyliklari xazinasiga xalq oyinlari ham kiradi. Xalq oyinlari ozining vujudga kelishi va rivojlanishiga kora gayrioddiy hodisa emas, balki xalqning hayotini obrazli, muayyan aks ettiradigan va jamiyat taraqqiyoti qonunlariga hamohang belgilanadigan faoliyatdir .
Bu haqda Mahmud Qoshgariyning Devonu lugatit turk, Abu Ali ibn Sinoning Tib qonunlari, Kaykovusning Qobusnoma, Umar Xayyomning Navroznoma, Yusuf Xos Hojibning Qutadgu bilig ,Husayn Voiz Koshifiyning Fituvvatnomayi Sultoniy yoxud Javonmardlik tariqati, Alisher Navoiyning Xamsa, Lisonut-tayr, Mahbub ul-qulub, Zayniddin Vosifiyning Nodir voqealar, Amir Temurning Temur tuzuklari, Temurnoma, Zahiriddin Boburning Boburmoma va boshqalar, shuningdek, Oybekning Alisher Navoiy tarixiy romani, Bolalik qissasi, Pirimqul Qodirovning Yulduzli tunlar, Mirmuhsinning Temur Malik Raddiy Fishning Jaloliddin Rumiy va shu kabi tarixiy-ilmiy- badiiy asarlarda xalq oyinlarining paydo bolishi tarixi va rivoji togrisida qiziqarli malumotlar berilgan.
Oyinlar-xalqning tabiiy va tarixiy ehtiyoji asosida shakllangan, ajdodlar turmushi, mehnati, tajribasi, kurashi, yutuqlarini boshqa shaklda aks ettiradigan, inson madaniyatining eng kohna shakllari, kopgina manaviy sohalar chashmasi, soglom avlodni shakllantiruvchi tarbiya vositasi va zamondoshlarimizning jismoniy, ruhiy, aqliy rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim omildir.
Ozbek xalq milliy oyinlarining anchagina qismi bevosita harakatlar bilan bogliq bolib ,ular bolalarni chaqqon, epchil, ziyrak, topqir, kuchli va soglom bolib osishlariga imkon beradi.
Xalq oyinlari xalq ijodiyotining oziga xos janri bolib, kop asrlik tarixga ega. Ularda jamiyat rivojlanishining u yoki bu bosqichidagi ijtimoiy voqealar aniq aks etadi. Milliy oyinlar jarayonida erishilgan ilm va malakalardan ijodiy foyjalanish layoqatini bolalarda tarbiyalashga etibor qaratish lozim, chunki bunday layoqatga bolalar ozlaridagi ishchanlik, mustaqillik, ziyraklik, topqirlik, hozirjavoblik kabi ezgu fazilatlari tufayli erishadilar.
Milliy xalq oyinlariga asoslangan jismoniy madaniyat estetik tarbiyani amalga oshirishga ijobiy tasir korsatadi.
Oyin faoliyatida diqqatni idrokni rivojlantirish mavjud tafakkur tushuncha va moljal olishni aniqlashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi Oyinlar ijodiy hayot xayol, xotira topqirlik fikr yuritish aktivligini rivojlantirishga yordam beradi. SHunday qilib xarakatli oyinlar bolalarning aqliy rivojlanishiga yordam beradi. Bolalarning psixik jarayonlarni takomillashtirishda obrazli oyinlar katta axamiyat kasb etadi. U bolalarda qiziqish uygotadi xayolni jalb kiladi. Oyin harakatalarni ijodiy bajarishgat undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |