8. Tarbiya o`z-o`zini tarbiyalash, qayta tarbiyalash bilan qo`shib olib boriladi. Tarbiya kuchi, xosiyati haqidagi sharq buyuk olimlarining pedagogik qarashlari katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Al Xorazmiy va boshqalarning g‘oyalari hamda pedagogik qarashlari ijtimoiy pedagogik fikr taraqqiyotining dunyoviy jarayoniga ko`p jihatdan ta’sir ko`rsatadi. Ta’lim-tarbiya haqidagi ta’lim birinchi yozma ma’lumot bo`lgan «Avesto»dan tortib “Qur’oni Karim”, Hadislarda, Kaykovusning «Qobusnoma»sida, K.Sheroziyning «Kalila va Dimna», Nizomulkning «Sayohatnoma», M.Qashg`ariyning «Devonu lug‘ati-turk», Y.X.Xojibning «Qutadg‘u bilig», A.Yugnakiyning «Hibbat ul-xaqoyiq», A.Navoiyning «Mahbub ul-qulb», A.Avloniyning «Guliston yoki axloq» asarlarida ilg‘or pedagogik g‘oyalar ifodalangan, tarbiya kuchi, xosiyati ulug‘lanib asarlarida ilmga tarbiya orqali, yaxshi fazilatlarga ega tarbiya orqali erishiladi deydi. «Aflotun qonuniyatlarini mohiyati» va boshqa asarlarida yosh avlod bilim va madaniyatga erishishda inson tarbiyasi, shaxs kamolotiga alohida e’tibor beradi. Farobiy pedagogik qarashlarda insonning barcha axloqiy imkoniyatlarini baxt saodatga erishishda birdan-bir maqsad mevasi deydi.
“Avesto” kitobida yosh avlodni Ezgu niyatli, Ezgu fikrli va Ezgu faoliyat(amal)li shaxslar sifatida voyaga yetkazish alohida ta‘kidlangan. Keyinchalik bu pedagogik tamoyillar jahon xalqlari tarbiya jarayonida qabul qilingan. Misol uchun, bu tamoyillar milliy pedagogikamizdan tashqari XIX asrda Germaniya pedagogikasida asosiy tamoyillar sifatida belgilangan. Shu sababli mazkur tamoyillar hozirgi zamon tarbiya jarayonida ham amaliyotga tadbiq etilmoqda. Masalan, yangi milliy g‘oyamizning ikkinchi tamoyili Ezgulikdir.
Qur‟oni karimda va Hadisi shariflarda yoshlarni E‘tiqodli, Yaxshilik va Yomonlikni farqlash ruhida tarbiyalash ta‘limi berilgan. Buning natijasida VIII asrdan boshlab to hozirgi kunga qadar Pedagogika fanimizda mazkur tamoyillar tarbiyaning asoslaridan biri bo‘lib kelmoqda. Chunki e‘tiqodli, yaxshilik va yomonlikni farqlovchi shaxs insonparvar, xalqparvar va vatanparvar kishi sifatida faoliyat yuritadi.
Abu Ali Ibn Sino (980-1037) bolalarning kelajagi haqida tug‘ilmasdan oldin g‘amxo`rlik qilish kerak, ilk yoshligidan boshlab unga rostgo`ylik, javobgarlik, mehribonlik kabi fazilatlarni, yahshilik, insoniylik hissini singdirish zarurligini aytadi. Ibn Sino tarbiyada ijtimoiy muhitni katta ta’sirini alohida uqtirib o`tadi. Ibn Sino o`z tarbiya tizimini yaratadi. Bunda odob, tibbiyot, astranomiya, falsafa, mantiqiy, tabiatshunoslik, til va grammatika, musulmon qonunshunosligi kabi bilim sohalari kiritilgan edi. U tarbiya jarayoni axloqiy, jismoniy, aqliy, estetik, mehnat (hunarga o`rgatish) tarbiyaning bir butunligini tashkil qiladi deb ko`rsatadi.
Imom Al-Buxoriy (809-869): «Bir ul-volidayin», «Ota-onani hurmatlash», «Al-adab al-mufrat», «Adab durdonalari», hadislar, «Al- jome’ As-Sahix». Imom At-Termiziy: «Sunnan», nomli xadislar to`plami «Kitob ashshqil an-nabaviyya», «Payg‘ambarlarning Axloq, odob va sayru sulliklar xaqida kitob». Abu Rayxon Beruniyning (973-1048) pedagogik ijodida inson va uning baxt saodati, ta’lim-tarbiyasi, kamolot bosh vazifa bo`lib, u tarbiya maqsadi, vazifalari va roli, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlarini chin ma’noda insonparvarlik asosida rivojlantirgan. Bilish va tarbiyaning tabiatga uyg‘unlik aqidasini Beruniyning hamma asarlarida kuzatish mumkin. «Qadimgi Xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Geodeziya». «Minerologiya», «Munajjimlik san`atiga boshlang‘ich tushunchalar» kabi asarlarida pedagogika va psixologiya bo`yicha muhim ma’lumotlar berilgan. Y.X.Xojib «Qutadg‘u bilik», «Saodatga yo`llovchi bilim» asarida ta’lim-tarbiya, ma’naviy kamolotga erishish yo`llari, axloq odobga doir qimmatli fikrlarni bildirgan.
Burxonuddin Zarnudjiy «O`quvchiga ta’lim yo`lida qo`llanma» asarida ta’lim va tarbiya masalalariga katta e’tibor qaratgan. Shuningdek A.Yugnakiy «Xiybat-ul-haqoyiq», asarida inson shaxsi ma’naviy kamolati, tarbiyaning ijtimoiy mohiyati to`g‘risida fikr yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |