14-Mavzu: Tarbiya fani va unga oid me‘yoriy hujjatlar Reja Mavzu bo‘yicha me‘yoriy hujjatlarni o‘rganish
Tarbiya fanini o‘qitishning huquqiy asoslari
Oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya fanini o‘qitishning huquqiy asoslarini chuqur o‘zlashtirishi lozim.
Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya fanini o‘qitishning huquqiy asoslari quyidagilardan iborat:
- O‘zbekiston Respublikasi ―Ta‘lim to‘g‘risidagi Qonuni;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil
―Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida ―Tarbiya fanini bosqichma-bosqich tashkil etish to‘g‘risidagi Qarori;
- O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligining 2020 yil 26 noyabrdagi Buyrug‘i bilan tasdiqlangan ―Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida ―Tarbiya fanini o‘qitishning davlat ta‘lim standartlari, malakalari, o‘quv rejalari va dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi Qarori;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi ―Uzluksiz ma‘naviy tarbiya Konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarori;
- umumiy o‘rta ta‘lim maktabalarining 1-11 sinflar uchun ―Tarbiya fani darsliklari;
-―Tarbiya fani o‘qituvchisining kitobi.
Oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bu hujjatlarni o‘zlashtirishi va ularni kasbiy faoliyatida qo‘llay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak. Chunki mazkur huquqiy asoslar ―Tarbiya fanini maqsadli o‘qitishda tayanch hisoblanadi. Ko‘pgina ilg‘or o‘qituvchilarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, muayyan fanni o‘qitishda huquqiy asoslarga tayanilganligi uchun kasbiy muvaffaqiyatga erishgan. Shu sababli oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bu huquqiy asoslar mustaqil ta‘lim mashg‘ulotlari va amaliy mashg‘ulotlarning seminarlari vositasida o‘zlashtirilishi shart.
―Tarbiya fanini o‘qitish vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining quyidagi tarbiya jarayoni amalga oshiriladi:
- o‘quvchilarni huquq tushunchalari bilan tanishtirish;
- o‘quvchilarning dastlabki bosqichda huquqiy ongini shakllantirish;
- o‘quvchilarni huquqiy munosabatlarga o‘rgatish;
- o‘quvchilarda o‘zgalar huquqini hurmat qilish ko‘nikmasini shakllantirish.
Bu ishlarni amalga oshirishda ―Tarbiya fani mashg‘ulotlarining amaliy qismlarini sinfdan tashqari mashg‘ulotlar vositasida o‘tish tavsiya etiladi. Misol uchun, maxsus muzeylarga tashrif chog‘ida o‘quvchilarning huquqiy tushunchalarini shaklantirish imkoniyatlari yuqoriligi bilan muhim ahamiyatga ega. Bunda o‘quvchilar muzey eksponatlari orqali ularni asrash, saqlash va ehtiyot qilish kabi huquqiy tushunchalarga ega bo‘ladi.
Qishloq hududlarida joylashgan maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mahalla fuqarolar yig‘inlarida mashg‘ulot o‘tkazish o‘quvchilarning huquqiy ongini shakllantirishda qo‘l keladi. Chunki mahalla fuqarolar yig‘inlarida me‘yoriy-huquqiy hujjatlar va ish yuritish amaliyoti mavjud.
―Tarbiya fanini o‘qitishning huquqiy asoslari amaliyotga yo‘naltirilganligi bilan o‘ziga xos xususiyatga ega. Mazkur fanning imkoniyatlaridan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini maqsadli tarbiyalashda oqilona foydalanish fan o‘qituvchisi va Sinf rahbarining asosiy vazifasidir.
Tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlari ta‘lim nazariyasidan farq qiladi. Bunda tarbiyaga oid nazariy yondashuvlar amaliyot bilan bog‘lanishi xarakterli xususiyatdir. Shu sababli ushbu mavzuni o‘zlashtirishda quyidagilarga e‘tibor berish lozim:
- tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlarini o‘zlashtirish;
-―Tarbiya fani asoslarini o‘rganish va bunday asoslarning eng muhim jihatlariga e‘tibor berish;
-―Tarbiya fanini o‘qitish zaruriyatini anglash.
O‘zbekiston ta‘lim tizimida ―Tarbiya fani yangi o‘quv predmeti bo‘lganligi uchun mazkur fanning me‘yoriy hujjatlarini o‘rganish va hujjatlardagi eng muhim o‘rinlarni o‘zlashtirish taqoza etiladi. Misol uchun, mazkur fan bo‘yicha asosiy hujjatlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 iyundagi 422-sonli
―Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida ―Tarbiya fanini bosqichma- bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qaroridir. Mazkur qarorni o‘rganish jarayonida quyidagilarga e‘tibor berish lozim:
- 2020 yil iyul oyidan boshlab yangi o‘quv yiliga tayyorlanish jarayonida umumiy o‘rta ta‘lim maktablaridagi ―Boshlang‘ich ta‘lim,
―Milliy g‘oya va huquq, ―Tarix va ―Dinshunoslik mutaxassisligiga ega fan o‘qituvchilari ―Tarbiya fanidan dars berishga tayyorlanib kelmoqda - mazkur tayyorgarlik ishlari ―Tarbiya fani bo‘yicha oliy ma‘lumotli o‘qituvchilar tayyorlangunga qadar davom etadi;
-―Tarbiya fani bo‘yicha darsliklar, o‘quv materiallari va metodik tavsiyalar majmualarini nashr etish va tarqatish davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi;
- Ushbu Qaror bilan tasdiqlangan ―Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalari o‘quvchilari uchun ―Tarbiya fani Konsepsiyasini o‘zlashtirish.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari mazkur Qaror va Konsepsiyada belgilangan vazifalarni, talablarni va qoidalarni o‘zlashtirishi zarur.
Mazkur mavzu bo‘yicha me‘yoriy hujjatlarni o‘rganing va konspekt qiling.