226
5.
|
FANNI O‘ZLASHTIRISH KO‘RSATKICHINI ANIQLASHGA QARATILGAN SAVOLLAR TO'PLAMI................................................................
|
235
|
6.
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.....................................................................
|
238
|
KIRISH
Mazkur ma’ruzalar matni tarbiyaning–shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon ekanligi, insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan chora-tadbirlar yig‘indisi hamda insonning insonligini ta’minlaydigan eng qadimgi va abadiy qadriyatdir ekanligi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Chunonchi, tarbiya keng sotsial ma’noda ijtimoiy hodisa sifatida qo‘llanilganda jamiyatning barcha tarbiyaviy vositalarini o‘z ichiga oladi.
Tarbiyaning ob’ektiv qonunlari – o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va ijtimoiy hayotning shaxsni, uni o‘ziga xosligi hamda sifatlarini shakllantirish talabalardagi turg‘un bo‘lgan an’analar hisoblanadi.
Darhaqiqat, tarbiya ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan hodisalardir. Tarbiya yuksak ma’naviy, jismoniy barkamollik, yaxshining yomondan farqini anglash, yuksak insoniy fazilatlarini shakllantirish qudratiga egadir. Tarbiya kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida rivojlanib, o‘sib, avloddan-avlodga vorislik vazifasini bajaradigan hodisa shakllanib kelmoqda. Lekin har bir jamiyatda tarbiyaning maqsadi, vazifasi, mazmuni o‘ziga xosligi bilan farq qiladi.
Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo‘la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o‘tadi.
Shu nuqtai nazardan kelib chiqib mazkur o’quv uslubiy majmua talabalarda milliy tarbiya, milliy g’oya ruhida tarbiyalash ko’nikmalarini shakllantirish. O’zbekistonda olib borilayotgan tub islohatlar mazmunini yosh avlodni ma’naviy yetuk, intellektual salohiyatli barkamol avlod qilib tarbiyalashga qaratilgan. Mustaqillikni mustahkamlash uchun olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy sohalardagi islohatlar inson manfaatlari yo’lidagi bosh maqsad. Milliy qadriyatlarni tiklash, ma’naviyatni yuksaltirish, ayniqsa sharqona odob-ahloq an’analariga e’tiborni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Mazkur o’quv-uslubiy majmua 60110500-Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |