PEDAGOGIKA 2018, 5-son
49
Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino (980-1037), Maxmud ibn
Muhammad ibn Umar al-Chag‘miniy (vaf. 1221) kabi buyuk allomalarimizning
har biri о‘z ijodi, buyuk kashfiyotlari bilan О‘rta Osiyoda fan va madaniyatni
yuksak chо‘qqilarga kо‘targan va jahon sivilizatsiyasi
taraqqiyotiga salmoqli
hissa qо‘shgan buyuk fan sohiblaridir. Ularning aql-zakovati, tafakkur dunyosi
va yuksak ilmiy salohiyatining mahsuli bо‘lgan bebaho asarlari-yu buyuk
kashfiyotlari ming yillar osha nafaqat bizning diyorimiz,
balki jahon ahlining
qudratli ma’naviy mulki sifatida ham ardoqlanmoqda. Mustaqilligimizning
dastlabki yillaridan e’tiboran bu buyuk zotlar ilm-fan rivojidagi yuksak
maqomlariga yarasha munosib hurmat-e’tibor topmoqda.
Ularning ibratli
hayot yо‘llari va boy ilmiy-ma’naviy meroslarini har tomonlama chuqur
о‘rganib, keng xalq ommasiga yetkazish davlatimiz siyosatining ustuvor
yо‘nalishlaridan biriga aylandi. 2014-yil 15-16-may kunlari Samarqand shahrida
bо‘lib о‘tgan “О‘rta asrlar sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi,
uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati”
mavzusidagi nufuzli
xalqaro konferensiya bu yо‘nalishda amalga oshirilgan tom ma’nodagi ulug‘vor
ishlardan biri bо‘ldi
1
.
Muhammad al-Xorazmiy ana shu buyuk allomalarning peshqadami va
yо‘lboshchisi edi. О‘zbek diyoridan, aynan Xorazmdan ilk bor yetishib chiqqan
olim Bag‘doddagi “Ma’mun akademiyasi”ning tashkilotchisi,
uning yetakchi
rahbari, fanning turli sohalarida, ayniqsa, matematika, astronomiya, geografiya,
tarix va boshqa sohalarda bebaho ilmiy meros qoldirgan buyuk siymolardan biri
edi. Al-Xorazmiy jahon ilmiy jamoatchiligi tomonidan hozirgi zamon algebrasi,
geometriya, astronomiya va geografiya fanlarining otasi deb e’tirof qilingan
qomusiy ilm sohibidir.
Al-Xorazmiy ijodiy faoliyati Movarounnahr, xususan,
Xorazmning
islomgacha bо‘lgan о‘ziga xos madaniyatiga, shuningdek, qо‘shni Hindiston va
yaqin Sharq, Ellin davlatlarida ilmiy tafakkur erishgan beqiyos yutuqlarga
asoslanadi.
Xorazmda miloddan avvalgi birinchi ming yillikdayoq ilmiy tafakkurning
rivoj topgani ma’lum. Zardushtiylik kitobi “Avesto”da antik Xorazmda falakiyot,
matematika, geometriya, tabobat, adabiyot va boshqa ilmlarning taraqqiy
etgani qayd etilgan. Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”
1
Уватов У. Буюк юрт алломалари. – Тошкент: Ўзбекистон НМИУ, 2016.