Mavzu: Buyuk ajdodlarimiz va mutafakkirlarning ibratli qarashlarini ssenariylarga kiritish , ularning ibrat va namuna asarlaridan unumli foydalanish mexanizmi.
Reja:
1) Ssenariy yozish tartibi.
2)Ssenariy yozishda buyuk ajdodlarimizning me’rosidan foydalanish.
1) Har qanday tadbir ssenariysini yaratishda yuqorida aytib o‘tganimizdek, o‘ziga xos ketma-ketlikda qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni talab qiladi. Birinchisi, tadbir (ssenariy)ni nomlash: -Tadbimi to‘g‘ri nomlash kerak, zero u butun tadbiming mazmunini ochib bersin. Nomlaganda tadbir to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar mazmuni aks etib tursin. Masalan: 0‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining o‘quv teatrida o‘tkaziladigan Mustaqillikning 25 yilligiga bagishlangan “Mustaqillik muborak” deb nomlangan teatrlashtirilgan konsert dasturining ssenariysi. Yoki, aytaylik, Toshkent shahar Mirzo Uliig ‘bek tumani 1-son madaniyat va aholi dam olish markazida о ‘tkaziladigan “Navro ‘zi ayyomi muborak” nomli adabiy-badiiy, musiqiy kecha ssenariysi, deyish mumkin. Ba’zan biron-bir adabiy asarlardan olingan inssenirovkalami nomlaganda xatoliklami kuzatish mumkin. Masalan, A.P.Chexovning “Ko‘rgoni keldim sog‘inib” deb nomlangan spektakliga taklif qilamiz, kabi afishalarga ko‘zimiz tushib qoladi. Aslida esa, A.P.Chexovning “Iltimos” asari asosida tayyorlangan “Ko'rgoni keldim sog‘inib” spektakli deb nomlash maqsadga muvofiqdir. Yoki Said Ahmadning “Ufq ” romani asosida tayyorlangan “Oh, bolam-a ” deb nomlangan kompozitsiyasi deb nomlash mumkin. Xullas, ssenariyda tadbiming nomlashda sinchikovlik bilan yondoshish talab etiladi. Ikkinchidan, ssenariy o‘tadigan joyi va vaqti ssenariyning eng boshida ко ‘rsatilishi maqsadga muvofiq bo ‘ladi. Masalan: Toshkent shahar, G‘ofur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida о ‘tkaziladigan, Navro‘z tantanalariga bagHshlangan “Yana keldi, yurtimizga Navro‘z ” deb nomlangan bayram tadbiri ssenariysi Tadbir о‘tkaziladigan sana: 2017-yil 21 -mart Vaqti: soat 11.00 Uchinchisi, tadbir o‘tadigan joyni ta’riflash, sahna bezagi, unda joylashtirilgan anjomlar haqida ma’lumot berish kerak bo‘ladi. Masalan: Quyichirchiq tumani madaniyat va aholi dam olish markazi xodimlari tomonidan Markaziy o‘yingohda o‘tkaziladigan “Navro‘z -pok niyatlar ayyomi” ommaviy sayil ssenariysida quyidagicha beriladi: “Bahoriy bayram tongida karnay-surnay sadolari tabiat go‘zalligi-yu, bahor faslining fusunkorligini madh etmoqda. Do‘stobod shahri markaziy o'yingohi hamda markaz ко‘chalari odamlar bilan gavjum. Markaziy o'yingoh va ko ‘chalarga “N avw ‘z bayrami muborak, jon 0 ‘zbekiston!”, “Navro‘z bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!”, “Elim e ’zozlangan, suygan Navro‘zim!” kabi shiorlar osib qo ‘yilgan. Maydonga, hududdagi daraxtlarga havo pufakchalari (sharlar) va bayroqchalar ilinib bezatilgan. О‘yingoh atrofida ko’chma do ‘konlar, qandolatchilik mahsulotlari va ichimlik suvlari bilan savdo do ‘konlari tashkil qilingan. Markaziy о ‘yingohning bir chekkasida tasviriy san ’at turiari, har-xil hunarmandchilik buyumlari ко ‘rgazma savdosi tashkil qilingan. Bayram ning qiziqarli о ‘tishi uchun hofizlar, san ’atkorlar, askiyachilar, badiiy jamoalari, tabarruk qariyalar, Mehnatfaxriylari, Qahramon onaxonlar, shoirlari taklif qilingan. Mehmonlar о ‘z joylarini egallagach, fon orqaliyangrayotgan karnay-surnay sadolari ostida bayram jarchilari milliy kiyimlarda tadbiming boshlanishi, bahor kelganligi haqida jar sola boshlaydi ”. Yoki, Isoqtoy tomonidan yozilgan “AyоI qalbi - bahor elchisi" mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy tadbir ssenariysida bu jarayon quyidagicha tasvirlangan: “Institut oldidagi maydon manzarasi ко ‘ngillarga surur va bahoriy kayfiyat beruvchi lavhalar, bannerlar bilan bezatilgan. Tashrif buyurgan mehmonlarni institutning yosh о‘qituvchilar va iqtidorli yigit qizlari iltifot va yaxshi kayfiyat bilan qarshilaydilar. Universitet foyesi esa kunning mazmun mohiyatini namoyon qiluvchi ко ‘rgazmalar, kitoblar ко ‘rgazmasi, Zulfiyaxonim portreti hamda Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo’lgan tuman oliy о ‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar talabalari rasmlari, idar faoliyatiga oid lavhalar bilan diqqatni tortadi. Sozandalar jamoasi diltortar kuy chalmoqdalar. Institut xotin qizlari kengashi a ’zolari turli yuqori tashkilotdan kelgan mehmonlarni kutib oladilar va institut xotin qizlar kengashi faoliyati bilan tanishtiradilar. Belgilangan muddatda anjumanlar zaliga taklif qiladilar, mezbonlar diplomatiya san ’atining ibratli madaniyatiga xos e ’tibor va iltifot bilan mehmonlarni kutib oladilar. Kuy fonida parda ochiladi. Sahna bahor tarovati, mo ‘tabar va munavvar zot - ayol timsolini aks ettiruvchi gullar, rang-barang gazlamalar, (atlas va adras) bilan bezangan, Zulfiyaxonim va uning bebaho va beqiyos adabiy xazinasidan namunalar ham kechaga alohida mazmun baxsh etib turibdi”.
2) Bu jarayonda ssenarist tadbir tashkilotchilarining fikrini ilg‘ab olib, uni boyitib berishi kerak bo‘ladi. Ssenarist o‘z tasavvuridagi sahnani o‘zining dunyoqarashi, tasavvuri bilan tasvirlaydi. Tadbir tashkilotchilarining ssenarist yozgan, uning tasavvuridagi narsalarni amalga oshirishga imkoniyatlari bo‘lmasligi mumkin. Chunki, hammamizga ma’lumki, hamisha ham tadbir o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud bo‘lavermaydi. Ssenariyda yozilgan hamma vazifalami amalga oshirish imkoni bo‘lmaydigan sharoitlar ham ko‘p uchrab turadi. Ammo, ssenarist tomonidan berilgan shu kabi izohlar tadbir tashkilotchilariga tadbirni muvaffaqiyatli tayyorlashga katta yordam beradi. To‘rtinchisi, ssenariyda mahalliy faktlarga asoslanish katta samara beradi. Bunga misol sifatida agar institut miqyosida olinadigan bo‘lsak, shu institutga xos bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanish tadbirning saviyasini oshirishga xizmat qiladi. 0‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 17-yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik - kelajagimiz garovidir” deb nomlangan bayram ssenariysi bunga misol bo‘la olishi mumkin. Mazkur bayram tantanasi “Mustaqillik - bizning borligimiz, shonu-shuhratimiz, erkin va farovon kelajagimiz garovidir!” bosh g‘oyasi asosida o‘tkazilgan bo‘lib, aynan Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti professor-o‘qituvchilari va talabalarning yutuqlari, muvaffaqiyatlari haqida juda ko‘p ma’lumotlar berilganligi bilan ahamiyatlidir. Unda o‘sha yillarda yaratilgan adbiyotlar, chet ellardagi tashriflar, Xalqaro aloqalarga doir masalalardagi institutning nufuzi, san’at, sport sohasida erishilgan yutuqlarning ssenariyda ko‘rsatilishi tadbiming qiziqarli darajada o‘tishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Beshinchidan, har qanday tadbir ssenariysini tayyorlashda did bilan rasmiylashtirish, so‘zlami to‘g‘ri tanlash, tushunarli holda yozish talab etiladi. Xulosa qilib aytganda, ssenariyni yaratishda ssenarist o‘sha tadbir haqida juda ko‘p ma’lumotlarga ega bo’lishi, uning sahnaviy ko‘rinishini tasavvur qilgan holda yondashishi muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |