Reja:
1.Ko`priklar va yo`l otkazgichlar
2.Tunellrni loyihalash va qurush
3.Tunellar qurushning yutuqlari va kelajagi
Ko‘priklar va tonnellar
1.Ko`priklar va yo`l otkazgichlar
Kafedraning asosiy ilmiy ishlari yo’nalishi quruq issiq iqlimda va lessli gruntlar sharoitlarida transport inshootlari konstruksiyalarining ishonchliligini tadqiqot qilish bilan bog’liq bo’lgan. Oraliq qurilmalarni, qoziqli poydevorlarni, transport va fuqaro binolari (inshootlari), lessli gruntlarning mustahkamlik va deformatsion tavsiflarini ishonchlilikga o’tkazilgan tadqiqotlar natijalari o’sha yillardagi xo’jalik shartnomalarning asosiy xajmini tashkil etgan bo’lib, ushbu natijalar amaliyotda ishlab chiqarishga joriy etildi va iqtisodiy va ijtimoiy samarani ta’minladi. 80 yillardan boshlab kafedra hisoblash texnikasi va shaxsiy kompyuterlar bilan ta’minlandi, talabalar bilan individual ishlash uchun maxsus auditoriyalar yaratildi. Shahsiy kompyuterlarning kurs va diplom loyixalarini ishlab chiqishda qo’llanilishi talabalarning amaliy tayyorgarliklari darajasini yuqori pog’onaga ko’tarilishiga olib keldi.
Ishlab chiqarish korxonalari bilan aloqani mustahkamlash uchun, tajribali ishlab chiqarishdagi mutaxassislarni o’qituvchilik faoliyatiga jalb etish maqsadida, kafedra laboratoriya ishlarini va amaliyot darslarini ishlab chiqarish korxonalarida o’tkaza boshladi. Qurilish transport vazirligiga qarashli «№7 chi ko’prik qurilish» tresti qoshida «Muhandislik inshootlari va geodeziya» kafedrasining yana bir filiali tashkil qilindi. Diplom loyihalarini ishdab chiqishda ishlab chiqarish mutahassislarining takliflari inobatga olina boshladi. 1985 yildan boshlab kafedralarga tegishli filiallarda diplom loyihasini himoya qilishni amalda qo’llana boshlandi.
1990-1995 yillar o’qitiladigan fanlarga kompyuter texnikasi va dasturlashtirishning joriy etilishi bilan tavsiflanadi. Bu yillar ToshTYMI rektorati kafedralarni va institut bo’limlarini kompyuter texnikasi bilan ta’minlash, fakultet kompyuter markazlarini tashkil etish va kompyuterda ishlash uchun o’qitish kurslarni tashkil etish borasida faol ish olib bordi. «Ko’priklar va tonnellar» kafedrasining bir qator o’qituvchilari kompyuter dasturlarini ilmiy-tadqiqot ishlarida qo’llay boshladilar.
Ta’lim etalon darajasi sifatida bakalavr va magistrlar tayyorlash asosiy yo’nalishlari va mutahassisliklari bo’yicha Davlat ta’lim standartlari qabul qilingan. Shu munosabat bilan «Ko’priklar va tonnellar» kafedrasi tomonidan qo’yilgan masalalarga javob beradigan bir qator xujjatlarni ishlab chiqarishda katta ish qilindi. Xususan bakalavriat yo’nalishlari yoki magistratura mutaxassisliklari uchun «Davlat ta’lim standartlari», O’quv rejalar va kafedrada o’qitiladigan fanlar bo’yicha namunaviy dasturlar ishlab chiqildi. Bu davrda «Ko’priklar va tonnellar» kafedrasida o’zbek tilida ilmiy-uslubiy adabiyotlar yaratish b yicha ulkan ishlar olib borildi.
2006 yilda boshqa kafedralardan bir necha fanlar kafedraga biriktirilganligi munosabati bilan va «Ko’priklar va transport tonnellaridan foydalanish» magistratura mutaxassisligi ochilganligi uchun kafedraga «Qurilish konstruksiyalari, ko’priklar va inshootlar» deb yangi nom berildi.
Kafedra mudiri bo’lib Rossiya arxitektura va qurilishi fanlar akademiyasining a’zosi qurilish konstruksiyalarni va ko’priklarni nazariy va uslubiy hisoblashlar sohasida respublika hamda xorijda mashxur mutaxassis, tajribali murabbiy va pedagog, g’ayratli tashabbuskor t.f.d., prof. A.A. Ashrabov saylangan. U ijodiy ilmiy-pedagogik jamoani shakllantirdi.
Bularga t.f.d., prof. R.K. Mamajanov., t.f.n., prof. Nizamov Sh.R., t.f.n. dots. Raupov Ch.S., t.f.n., dots. Krasin N.A., t.f.n. dots. RaxmanovU.I., t.f.n. dots. Bocharova L.V., t.f.n. dots. Nizamutdinova R.Z., t.f.n. dots. Saydullayev K.A. kirdilar. Kafedrada t.f.n., dots. Safayeva N.R., t.f.n. dots. R ziyeva M.V., assistentlar Baxritdinov A.X., Xasanova N.T., Saminov I.A., Safiyulina L.G., Krestovnikova M., laboratoriya mudirasi Morskaya N.A., Laborantlar Oltiboyeva K.X., Malaxova T.V. muvaffaqiyatli ish olib bordilar.
Kafedrada qisqa vaqt ichida o’zbek tilida 60 dan ortiq ilmiy-uslubiy adabiyotlar yaratildi, 20 dan ortiq ma’ruzalar matni tayyorlandi. «Ko’priklar va transport tonnellaridan foydalanish» magistratura mutaxassisligining o’quv-uslubiy xujjatlar majmuasi yaratildi. Barcha fanlar bo’yicha UM larning qog’oz va elektron variantlari yaratildi.
Kafedra imiy-tadqiqot ishlari ancha kengaytirildi. O’zbekiston Respublikasi regional sharoitlari hisobga olgan holda konstruksiyalarni hisoblash va loyihalash, transport bino va inshootlarining ekspluatatsiyasi va ularni rekonstruksiya qilish, tiklash, kuchaytirish metodlarini takomillashtirish sohasida yaqin kelajakdagi istiqbolli rejalari ishlab chiqildi. Izlanishlar natijalaridan ilmiy maqola, o’quv qo’llanma va ko’rsatmalar yozishda foydalanildi. Kafedrani ilmiy-tadqiqot ishlarida magistrant va yosh olimlar faol ishtirok etadilar.
Kafedrani a’zolari (t.f.n., prof. Ashrabov A.A., Mamajanov R.K., t.f.n. dots. Raupov Ch.S., Krasin N.A., Nizamutdinova R.Z. va hokazolar) respublikadagi qator ko’priklarni qurish, rekonstruksiya qilish va loyihalashda konsalting xizmatlar ko’rsatdilar.
Kafedra professor-o’qituvchilari beton va temirbetonning nazariyasi, temirbeton konstruksiyalarni tiklash, kuchaytirish va ta’mirlash usullarini takomillashtirish va hisoblash usullarini ishlab chiqish bo’yicha respublikaning turdosh OO’Yu va ilmiy tadqiqot institutlari TDTU, TAYI, TAQI, SamDAQI, FerPI) hamda chet el institutlari (Malayziyaning Putra universiteti, Moskva Davlat ochiq universiteti, MMI-MISI, MTYMI-(MIIT), MAYI-(MADI), TBITI-(NIIJB), TMITI-(SNIIS) va b. olimlari bilan yaqin ijodiy hamkorlik va aloqalarni faol amalga oshirayapti.
Sun’iy inshootlarning turlari temir yo’l qanday mahalliy sharoitlarda o’tkazilganiga bog’liq holda aniqlanadi. Daryo bilan kesishishda yo’lni ko’prik bo’ylab (1.1-rasm) va kamdan-kam hollarda daryo tubidan tonnellar ichra yotqiziladi.
Ko’prik tayanchlardan va tayanchlar aro fazoni (oraliqni) yopadigan oraliq qurilmalardan iborat. Ko’prikning ikkala boshiga yaqinlashuvlarning tuproq ko’tarmasi tutashadi. Ko’pchilik daryolarda, ayniqsa yiriklarida, suv yo’naltiruvchi (regulyatsion) inshootlar va ko’prik hamda unga yaqinlashuvlarni toshqin suvlari bilan yuvilishidan yoki muz ko’chishi oqibatida buzilishdan muhofazalovchi istehkomlar qo’llaniladi. Zarurati bo’lganida regulyatsion inshootlar va istehkomlar ko’prikning yuqori (suvning oqimiga qarshi yo’nalishda) va past tarafidan quriladi. Ushbu inshootlarning ko’prik osti o’zani bilan birgalikdagi umumiy majmui ko’prik kechuvidan iboratdir (1.2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |