to’liq uzunligi L (1.18-rasm); yuqori suvning bemalol o’tishini ta’minlaydigan ko’prik sof sahni (ko’prikning sof oralig’i – tayanchlar qalinligini istisno qilib); qatnov qismining tepasidan yoki relslarning tovoni ostidan mejen (suvning eng past sathi) suvi sathigacha hisoblanadigan ko’prik N balandligi; qatnov qismi tepasidan oraliq qurilma konstruksiyasining ostigacha qurilish balandligi hq; oraliq qurilma to’sinli bo’lganida ustiga to’sinlar (fermalar) o’rnatiladigan tayanch qismlar markazlari aro masofaga teng bo’lgan hisobiy oraliq; oraliq qurilmaning hisobiy kengligi – yuk ko’taruvchi konstruksiyalar (fermalar yoki chetki to’sinlar) o’qlari aro masofa; tayanchlar tanasining balandligi – yuqori maydonchadan poydevor ustigacha masofa; poydevorning chuqurligi va h.k. Ko’prik va uning elementlariga tegishli ushbu barcha o’lchamlar qidiruv jarayonida aniqlanib, mahalliy muhandis-gidrogeologik, geologik va kema qatnovi shart-sharoitlarini e’tiborga olgan holda, shuningdek harakat shiddati bo’yicha faqat loyihalash davriga emas, balki ko’prikning xizmat muddatiga muvofiq bo’lgan uzoq kelajakdagi talablarga asoslanib, loyihalash jarayonida belgilanadi.
Ko’prikdagi yo’lning va ko’prik polotnosining konstruksiyasi turlichadir. So’nggi o’n yilliklarda harakat tezligini va poyezdlar og’irligini oshirish imkoniyatini yaratish uchun relslarning og’ir xillarini, yog’och shpalalar o’rniga temirbetonlilarini, 0,8 km uzunlikdagi choksiz izlarni, qumli ballast o’rniga chaqiqtoshlisini va h.k. yotqizilmoqda. Peregonlardagi yo’l quvvatining kuchaytirilgani va konstruksiyasining yaxshilangani sari ko’priklardagi yo’l ham takomillasha boradi.
Тonnel qattiq qoya jinslari ichra o’tmaganida, tonnel o’yig’i ichkaridan mustahkam obdelka bilan mahkamlanadi. U gruntning yo’l ustiga o’pirilib tushishidan tutib turadi. Huddi shunday vazifani tonnelga o’xshab ketuvchi, faqat tepa yoki yon tarafidan ochiq bo’lgan, boshqa turdagi tog’ inshooti – galereya bajaradi.
1.19-rasmdagi ko’prik polotnosidan biri bo’lgan ko’prik bruslari uzra rels yotqizish hozirda ham keng tarqalgandir. Bruslar aro sof masofa 10...15 sm, ya’ni peregondagi shpalalar aro 25...40 sm masofaga qaraganda kamroqdir. Bruslarning kesimi ham baquvvatroqdir – brusning eng kichik balandligi 24 sm, shpalaning balandligi esa ko’pi bilan 17,5 sm. Buning sababi shpalalar rels ostidagi ballast prizmasiga, bruslar esa rels izidan bir muncha kengroq joylashgan bo’ylama to’sinlarga tayanganidadir. Bruslarni yaqinlashtirib o’rnatilishi g’ildiraklar relslardan chiqib ketgan taqdirda tushib ketishiga to’sqinlik qiladi. Shu o’rinda izning tashqarisidan o’rnatiladigan, aksqochiruv muhofazalov bruslari tomonidan ko’prik bruslarining bir-biridan qochishini oldini olib, ularni tutib turadi. Muhofazalov bruslari ko’prik bruslari bilan birlashtirilishi uchun o’yiqlar bilan ta’minlangandir. Kichik ko’priklardan tashqari barcha ko’priklarda muhofazalash moslamalari sifatida izlar ichkarisida kontrrelslar ham o’rnatiladi.
Ular izdan chiqib ketgan g’ildiraklar juftining yo’lga ko’ndalang yo’nalishda siljishini cheklaydilar, g’ildirak ko’prik oldida izdan chiqqan taqdirda esa yo’l relslari tomon yo’naltiradi. Aksrelslar va muhofazalash bruslari o’rniga hozirda, izdan chiqish hollarida juda ham omilkor bo’lgan muhofazalash burchakliklari tadbiq qilinmoqda (1.19,b-rasmga q.). Relslardan chiqib ketgan skat burchakliklarning tokchalari bo’ylab bruslarga urilmasdan g’ildiray boshlaydi. Bunda burchakliklar g’ildirak bosimini 2...3 brusga taqsimlab, ularning sinish extimolini kamaytiradi.
Muhofazalov bruslari ko’prik bruslari bilan o’yiqlardan tashqari, boltlar bilan ham birlashtirilgan. Ko’prik bruslari to’sinlar bo’lab siljishidan qo’shimcha tarzda har 5...10 m da aksqochiruv burchakliklari bilan tutib turiladi. Shunday qilib, ko’prik polotnosining barcha elementlari – ko’prik va muhofazalash bruslari, aksrelslar, shuningdek to’shama taxtalari – bir-biriga bir butun qilib birlashtirilgandir.
Тo’shama taxtalar yo’l kuzatuvchilarni yurib turishi uchun izlarning ichkarisiga yotqizilgandir. Yo’lning har ikki tarafida, hamda trotuarlarda ham to’shama mavjuddir. Ular katta bo’lmaganlaridan tashqari barcha ko’priklar uchun talab qilinadi. Тrotuar to’shamasini (1.19, a-rasm) ko’prik bruslarining chiqarmalari ustiga yotqiziladi. Uzun bruslarni qo’llamaslik uchun, hozirda trotuarlarni bo’ylama to’sinlarga mahkamlanuvchi metall kronshteyn-konsollarga o’rnatilmoqda (1.19, b-rasm). Bunda to’shama uchun taxtalar o’rniga tez-tez almashtirib turishni talab qilmaydigan temirbeton plitalar qo’llaniladi. Ajralma trotuarlar bruslarni almashtirishni ham osonlashtiradi. Тrotuarlar ko’prikning butkul uzunligi bo’ylab panjara-to’siqlar bilan to’siladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |