Reja: Ko`priklar va yo`l otkazgichlar Tunellrni loyihalash va qurush Tunellar qurushning yutuqlari va kelajagi



Download 31,83 Kb.
bet2/9
Sana04.08.2021
Hajmi31,83 Kb.
#138119
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ko‘priklar va tonnellar

2.Tunellrni loyihalash va qurush

Huddi daryo kabi, ko’prik ostidan yo’l ham o’tishi mumkin (1.3-rasm). Yo’llarning turli sathlarda kesishuvida ko’prikni yo’l o’tkazgich deb, bunda yo’l o’tkazgichning ustida qanday yo’l o’tganligiga qarab, u temir yo’l yoki avtoyo’l o’tkazgichi deb nomlanadi. Ko’priklar va yo’l o’tkazgichlar faqatgina yetarli ishonchlilikka ega bo’libgina qolmay, balki ularning ostidan suvni, daryo yoki yer usti transportini erkin va havfsiz o’tkazish uchun yetarli bo’lgan kattalikdagi sof sahnga (oraliqqa) ega bo’lishi kerak. Bunda sof sahn (oraliq) kengligi bo’yichagina emas, balki balandligi bo’yicha ham yetarli bo’lishi kerak. Kema qatnovi mavjud bo’lgan katta daryolarda ataylab yirik kemalarni o’tkazish uchun o’ta baland ko’prik kechuvlarini qurmaslik maqsadida ba’zan ajratma ko’priklar ham bunyod qilinadi.

Chuqur vodiylar, jarlar va daralar ustidan qo’pol ko’tarmalarni to’kib ko’tarish o’rniga ba’zan viaduk deb nomlanadigan ko’priklar solinadi (1.4-rasm). Shaharlar ichida katta ko’tarmalar o’rniga estakada–ko’prigini (1.5-rasm) qurish o’ng’ayroqdir, chunki ular ko’tarmadan kichik, hamda shahar ko’chalarini to’smaydi, o’zlarining ustidan va ostidan o’tib yurishga halaqit qilmaydi. Suvi yoyilib oqadigan keng qayirli daryolar ustidan solingan katta ko’priklarga yaqinlashuvlarda ham, shuningdek yaqinlashuv yo’llarini, masalan, zavod transporti uchun, bunyod qilishning boshqa hollarida ham estakadalar qurish maqsadga muvofiqdir.

Viaduk va estakadalardan tashqari, mahsus vazifali ko’priklarning boshqa turlari ham farqlanadi. Shundaylariga, masalan, suv o’tkazish uchun novli ko’priklar kiradi, u sug’orish arig’i yoki suv o’tkazgich bo’lsin bari-bir akveduk deb nomlanadi (1.6-rasm).

Daryoning kengligi, joyning relefi va boshqa shart-sharoitlardan kelib chiqib katta ko’priklar uzunligi bo’yicha bir necha kilometr, balandligi bo’yicha – 100 m va undan ortiq o’lchamlarga ega bo’lishi mumkin. Unchalik katta bo’lmagan doimiy va davriy faoliyat ko’rsatadigan suv oqimlarida kichik ko’prikni (1.6-rasm) yoki hatto suv o’tkazuvchi bir yoki ikki ko’zli quvur qurish yetarlidir (1.7-rasm). Avvallari keng qo’llanib kelingan kichik ko’priklar, hozirgi kundagi yangi qurilish, shuningdek eski inshootlarni qayta qurishda, ko’pincha, qurilishi va foydalanishi tejamkorroq bo’lgan quvurlarga o’z o’rnini topshirmoqda.



Sun’iy inshootlarning ko’rib o’tilgan turlari yo’lni to’siqlar ustidan o’tkazish imkonini beradi. Yo’lni to’siqlar ustidan o’tkazish eng keng tarqalgan usullardandir, biroq, uni har doim ham qo’llab bo’lmaydi. Тog’li sarhadlarda bunday usul juda ham baland ko’tarmalar yoki viaduklarni tog’ va chuqur o’yiqlar bo’lmagan joylarda qurishni talab qilar edi. Bunday hollarda yo’lni tog’ ichra tonnel o’tkazish tejamkorroqdir (1.8-rasm). Тog’ tonnellaridan tashqari suv osti tonnellari ham quriladi, bunda yo’l daryo ustidan emas, balki daryo tubidagi (gruntda yoki hatto suvda) tonnel ichidan o’tadi (9–12-rasmlar). Yirik shaharlarda ko’chalardagi harakatga halaqit qilmaslik uchun, metropoliten tonneli quriladi. Тonnel qattiq qoya jinslari orasidan o’tmaganida tonnel o’yig’ini ichkaridan mustahkam obdelka bilan mahkamlanadi. U gruntning yo’l ustiga o’pirilibtushishidantutibturadi.

  • Har xil turdagi ko’priklar – temir yo’lga oid, ajratma, piyodalar (yo’llar ustidan), yo’l o’tkazgichlar, estakadalar va viaduklar, quvurlar, tonnellar, galereyalar va seleduklar, tirama devorlar temir yo’llardagi sun’iy inshootlarning asosiy turlarini tashkil qiladi. Тizimlari va turlaridan tashqari inshootlar materiallariga, ahvoliga va boshqa ekspluatatsion ko’rsatkichlariga ko’ra ham barobar emasdir. Chunonchi quyidagi sun’iy inshootlar farqlanadikonstruksiyalarining kapitalligiga ko’ra – kapital, bir necha o’n yillar davomida xizmat qilishga mo’ljallangan, hamda vaqtincha (muvaqqat), bir necha yil mobaynida – unchalik uzoq foydalanishga mo’lajallanmagan, masalan, kapital inshootlar qurilgunigacha;


  • materiallariga ko’ra – metall, tosh va beton, temirbeton, yog’ochdan. Shuni nazarda tutmoq lozimki, kapital ko’priklarda oraliq qurilmalarning materialini belgilovchi deb hisoblash qabul qilingan, masalan, oraliq qurilmalar po’latdan bo’lsa, bunda uning tayanchlari toshdan, betondan yoki temirbetondan qilingan bo’lsa ham, ko’prikni metalldan qilingan deyiladi;



  • qatnov xili va joylashishiga ko’ra – temir yo’lga yoki avtoyo’lga oid, ba’zan esa aralash. Bunda temir yo’l izlarining miqdoriga qarab ko’priklar, tonnellar, galereyalar bir izli, ikki izli va h.k. lariga bo’linadi. Qatnovi tepadan va qatnovi pastdan bo’lgan oraliq qurilmalar farqlanadi. Qatnovi o’rtadan bo’lsa, unda oraliqning boshi va oxirida yo’l tepadan, qolgan qismida esa – pastdan yotqizilganlari ham uchrab turadi;



  • xizmat muddatiga ko’ra (ya’ni, inshootni bunyod qilish vaqtidan boshlab foydalanish davomiyligi) – eski va zamonaviy. Inshootlar o’zining qurilgan yiliga yoki, mazkur inshootni loyihalashda qo’llanilgan hisobiy me’yorlarning kiritilgan yili bo’yicha yanada muayyan tavsiflanadi.



  • uzunligiga ko’ra – ko’priklar uchun: kichik (to’la uzunligi 25 m gacha), o’rtacha (25 dan 100 m gacha) hamda katta (100 m dan ortiq). Bo’lak sun’iy inshootlar uchun, uzunliklaridagi tafovutga qaramay bunday farqlanish belgilanmagan. Biroq ular uchun ham uzunlik muhim xossalardan bo’lib, hususan, ularni asrashning mehnat sarfiga ta’sir ko’rsatadi. Shuni ko’zda tutmoq lozimki, ko’priklarning uzunligi yo’lning yo’nalishi bo’ylab o’lchanadi, chunki u ko’proq kesib o’tilayotgan to’siqning kengligiga bog’liqdir, quvurning uzunligi esa, aksincha, yo’lga ko’ndalang yo’nalishda o’lchanadi, chunki tuproq ko’tarmasi asosining kengigiga ko’ra aniqlanadi;



  • oraliqlarning soniga ko’ra – ko’priklar uchun: bir oraliqli, ikki oraliqli va h.k., quvurlar uchun esa ko’zlarining, ya’ni alohida-alohida teshiklarining soniga qarab (bir ko’zli, ikki ko’zli va h.k.);



  • gabaritlariga ko’ra – gabaritli, ya’ni S gabaritini qoniqtiruvchi, hamda nogabaritli, ya’ni buralishda bo’lgan harakatlanuvchi tarkibning o’tishini u yoki bu darajada cheklaydigan;



  • ahvoliga ko’ra – soz, ya’ni joriy beto’siq foydalanish uchun ta’mirlov ishlarini o’tkazishni talab qilmaydigan; nuqsonli, jumladan qoniqarsiz ahvoli foydalanishda u yoki bu cheklanishlarni keltirib chiqaradigan; nuragan, kuchsiz inshootlar; tajribaviy, ya’ni inshootning foydalanish sifatlariga oydinlik kiritish uchun mahsus kuzatuvlarni talab qiladigan, avval qo’llanilmagan yangi konstruksiyalar.





  • Download 31,83 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish