PEDAGOGIKA 2018, 5-son
51
Marv о‘sha davrlarda xalifalikning sharqiy yerlardagi noibligining markazi
edi. Xalifalikning sharqiy yerlardagi noibligining markazi sifatida Marvning
tanlanilishi tasodifiy bо‘lmagan. Marv Markaziy Osiyo sivilizatsiyasining eng
qadimgi markazlaridan hisoblanadi. Islomgacha bu shahar Sosoniylar Eronining
yirik harbiy – ma’muriy istehkomi bо‘lgan. Xorazmiy davrida Marv xalifalikning
yirik madaniy markaziga aylangan edi.
Ma’lumki, al-Ma’mun 809-yildan Marvda dastlab otasi xalifa Xorun ar-
Rashidning noibi, sо‘ng 813-yildan boshlab xalifa bо‘ladi va 819-yili Bag‘dodga
kо‘chadi.
Ma’rifatparvar Marv hukmdori al-Ma’mun о‘sha davrda о‘z saroyiga
Xorazm, Farg‘ona, Shosh, Forob, Afg‘oniston va boshqa viloyatlardan iste’dodli
olimlarni tо‘play boshladi. Al-Xorazmiy ham boshqa olimlar qatorida al-Ma’mun
saroyida faoliyat kо‘rsatdi, matematika va astronomiyadan ilmiy tadqiqotlar
о‘tkazdi. Saroyga kelishdan avval Muhammad al-Xorazmiy kо‘zga kо‘ringan
olim bо‘lib tanilgan. Shu sababli Ma’mun uni о‘z saroyiga taklif qilgan. Bundan
yana bir narsa kо‘rinadi – u о‘z vatani Xorazmda VIII asr oxiri va IX asr boshidagi
mahalliy ilmiy an’ana va muhitga tayanib ilm olgan va olim bо‘lib shakllangan.
Demak, Xurosonda ham, Xorazm va Movarounnahrda ham islomgacha mahalliy
ilmiy an’ana bо‘lgan va u islom davrida ham saqlangan. Ana о‘sha an’ananing
mavjudligi IX asr boshidayoq Xorazmiy, Javhariy, Farg‘oniy, Marvaziy va
boshqalarning yirik olim bо‘lib shakllanishiga imkon bergan. Ular antik yunon
va rum olimlari asarlaridagi ilg‘or g‘oyalarning ilmiy mohiyatini birinchilar
qatorida tushunib, sharhlab, ularni yangi g‘oya, xulosa va kashfiyotlar bilan
rivojlantirib, musulmon olamida keng targ‘ib qildilar.
Al-Ma’mun 813-yilda xalifalik taxtiga о‘tirgach, 819-yilda о‘zi bilan
Bag‘dodga Marv saroyidagi olimlarni ham olib ketadi. Ular xalifa Xorun ar-
Rashid (786-809 yillar) davrida ta’sis etilgan mashhur “Bayt ul-hikma” –
“Donishmandlar uyi”da ijodiy ishlarini davom ettiradilar. О‘z davrining
nihoyatda ilmparvar va ma’rifatparvar kishilaridan bо‘lgan xalifa al-Ma’mun
Bag‘dodda ilmiy-ma’rifiy ishlarning haqiqiy jonkuyari va tashabbuskori edi.
Al-Ma’mun xalifa bо‘lishi bilan birga kо‘pgina ilmiy tadqiqotlarning bosh
tashkilotchisi hamda bevosita ishtirokchisi hamdir. Uning zamonida Bag‘dodda
astronomiya, matematika, geometriya, geodeziya, geografiya, tabobat, falsafa,
mantiq, tarix, adabiyot va boshqa fanlarga qiziqish yanada ortgan.
“Bayt ul-hikma” Sharqda tashkil etilgan tom ma’nodagi birinchi Fanlar
Akademiyasi edi. “Bayt ul-hikma”ning barcha xarajatlari xalifalik tomonidan
ta’minlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |