PEDAGOGIKA 2018, 5-son
57
nusxasida yetib kelgan bо‘lib, bu nusxa Strasburg universiteti kutubxonasida
saqlanmoqda.
Xorazmiyning “Kitob surat ul-arz” – geografiyaga oid asarida shaharlar,
tog‘lar, dengizlar, orollar va daryolardagi 2402ta geografik punktning
koordinatalari keltirilgan. U yerning ma’mur, ya’ni insonlar yashaydigan obod
qismini yetti iqlimga ajratgan. Shaharlar, daryolar, tog‘lar, orollar va boshqa
obyektlar iqlimlar bо‘yicha taqsimlangan. Xorazmiy ham Ptolomey kabi
uzunliklarni Kanar orollaridan boshlab hisoblaydi.
Ekvatordan janubda 8 shahar, 1-iqlimda 64 shahar, 2-iqlimda 54 shahar,
3-iqlimda 59 shahar, 4-iqlimda 146 shahar, 5-iqlimda 79 shahar, 6-iqlimda
63 shahar, 7-iqlimda 25 shahar va 7-iqlimdan shimolda 40ta shaharning
koordinatalarini keltirgan. Xorazmiy Yaqin va О‘rta sharqdagi hamda Kavkaz va
О‘rta Osiyodagi tog‘larni ham u yerdagi shaharlar kabi batafsil bayon qilgan.
Iqlim sо‘zini fanga Gipparx (eramizdan oldingi II asr) kiritgan. Gipparx
Yerning odamlar yashaydigan qismini 12ta iqlimga ajratgan. Undan sо‘ng
Ptolomey iqlimlarning sonini 8taga kamaytirgan, lekin о‘z “Geografiya”sida u
iqlimlar nazariyasiga tо‘la rioya qilmaydi, chunki geografik punktlarni hududlar
va eparxiyalar bо‘yicha taqsimlaydi. Geografiyani iqlimlar nazariyasiga tо‘la
rioya qilgan holda birinchi marta Xorazmiy bayon qilgan. Xorazmiyning
geografik risolasi о‘rta asrlardagi eng birinchi geografik asar edi. Shuning uchun
uning iqlimlar nazariyasi keyingi davrlarda geografiyaning rivojlanishida katta
ahamiyat kasb etdi. Xususan, uning iqlimlar nazariyasi Yerning ma’mur qismini
iqlim mintaqalari bо‘yicha о‘rganishni osonlashtirgan. Xorazmiy ushbu asarida
dengizlarni, orollarning qirg‘oq chiziqlari va ulardagi punktlarni, mamlakatlarni,
daryolar va buloqlarni tavsiflaydi.
Xorazmiyning ushbu risolasida О‘rta yer dengizining uzunligi
Ptolomeyning “Geografiya”sida keltirilganidan ancha qisqartirilgan va bu bilan
haqiqatga ancha yaqinlashtirilgan. Xorazmiyning “Kitob surat ul-arz” asari kо‘p
olimlar tomonidan о‘rganilgan, lekin asar shu paytgacha tо‘la ravishda birorta
hozirgi zamon tiliga tarjima qilinmagan edi. 1983-yilda olimning 1200 yillik
yubileyi munosabati bilan bu asarning о‘zbekcha tarjimasi Xorazmiyning
“Tanlangan asarlari” tarkibida chop etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |