PEDAGOGIKA
2016, 1-son
105
Shu о‘rinda fanlararo aloqadorlikdan
unumli foydalanib, asarda
tasvirlangan voqea-hodisalar, qahramonlarning tarixiy salmog‘i, badiiy qiyofasiga
qiyosiy munosabat bildiriladi. Bunda bevosita tarix
faniga murojaat qilish
mumkin. Bu quyidagi savollarga javob izlash orqali amalga oshiriladi:
1. Dramada qanday tarixiy voqealar va tarixiy shaxslar aks etgan?
2. Drama voqealari sodir bо‘lgan davr va u yaratilgan vaqt о‘rtasida qanday
bog‘liqlik mavjud? Badiiy asarda makon va zamon munosabati haqida fikr
bildiring.
3. Fitrat nega aynan Abulfayzxon hukmronlik
qilgan tarixiy vaziyatlarga
munosabat bildirdi? Aynan shu tarixiy ziddiyatlarni tasvirlashdan dramaturgning
poetik maqsadi nima?
4. Tarixiy haqiqat va badiiy tо‘qima tushunchalariga izoh bering.
5. Tarixiy ziddiyatlar, turmushdagi keskin vaziyatlarning
inson shaxsi va
ma’naviyatiga ta’siri qaysi xarakterlar faoliyati orqali keng ochib berilgan? kabi bir
qator savollar yordamida о‘quvchilarning tarix fanidan о‘zlashtirgan bilim va
kо‘nikmalarini qayta jonlantirish imkoniyati paydo bо‘ladi. Shuningdek, mazkur
savollarga javob izlash jarayonida о‘quvchilar asar ichiga yanada chuqurroq kirib,
uning tarixiy salmog‘ini teran ilg‘ashlari, badiiy ifoda jozibasini tо‘la his qilishlari
uchun ham keng yо‘l ochiladi va tarixiy asar badiiyati, badiiy asarda tarixiy haqiqat
tо‘g‘risidagi mavjud tasavvur va taassurotlari boyiydi. Bu yо‘nalishdagi
savol-
javoblar deyarli barcha о‘quvchilarni о‘ziga jalb qiladi, ularning diqqatini tortib,
mushohada yuritishga undaydi, qizg‘in bahs-munozaraga sabab bо‘ladi, qisqasi,
auditoriyani yanada jonlantiradi, chunki tarix fanida Abulfayzxon hayotini faktik
materiallarga tayanib о‘rgangan, dramaga tegishli konkret taqdirlar (Hakimbiy –
Muhammadhakim, Rahimbiy – Muhammadrahim,
Nodirshoh, Abdumо‘minxon
kabilar), muhim tarixiy ziddiyatlar tо‘g‘risida ma’lum tushunchaga ega bо‘lgan
о‘quvchini bu tarixiy shaxslarning ichki kechinmalari, о‘y-fikrlari, ruhiy iztiroblari,
ma’naviy olami, insoniy fazilatlari qiziqtirishi tabiiy.
Har qanday tarixiy haqiqat badiiy bо‘yoqdorlikka burkanganda kuchli
emotsionallik kasb etishini adabiyot necha bor isbotlagan. “Abulfayzxon”
dramasida ham badiiyatning bunday tamoyillari о‘zining
betakror namunasini
kо‘rsatgan. Unda Abulfayzxon, Hakimbiy va Rahimbiy singari tarixiy shaxslarning
nafaqat siyosiy faoliyati, balki insoniy qiyofasi
ham yetarli darajada badiiy
gavdalantirilgan. О‘quvchi tasavvurida Abulfayzxon shunchaki tarixiy shaxs –
Buxoro xoni, noshud va zolim hukmdorlikdan badiiy obraz darajasigacha о‘sib
boradi, muhim xarakter kasb etadi. Dramadagi bunday holatlar, ayniqsa, xon