PEDAGOGIKA
2016, 1-son
87
tovushlar va harflar, undosh tovushlar va harflar, jarangli va jarangsiz undoshlar,
alifbo, bosh va kichik harflar, tutuq belgisi (fonetik tahlil); …sо‘z va sо‘z ma’nolari
(lug‘aviy tahlil – bir ma’noli sо‘zlar, qarama-qarshi ma’noli sо‘zlar, kо‘p ma’noli
sо‘zlar)
1
.
Ona tili о‘quv fanidan tuzilgan о‘quv dasturida bilimlar yana ham
konkretlashtiriladi. Masalan, 1-sinf dasturida: Tovushlar va harflar. Unli tovushlar
va harflar; a va o, i va u, e va o‘ unlilarining talaffuzi va imlosi. Undosh tovushlar
va ularni ifodalovchi harflar. Ayrim undosh tovushlarning talaffuzi va imlosi (d-t,
b-p, z-s undoshlarining talaffuzi va imlosi), sо‘z oxirida talaffuzda tushib
qoladigan d, t undoshlari…
2
.
Boshlang‘ich sinflar “Ona tili” darsliklarida
3
dasturiy bilimlar mavzu tusini
olib, har bir mavzu ichki tasnifiy bо‘linishlar, termin-tushunchalar, ta’rif va
tavsiflar, qoidalar sifatida detallashtiriladi. О‘qituvchi davlat ta’lim standarti
talablari, о‘quv dasturida belgilangan mavzulardan tashqari, darslik mavzulari
orqali ifoda etilayotgan ta’lim mazmunini ham aniq tasavvur qilishi darkor.
Shuningdek, har bir mavzuni о‘tish jarayonida о‘quvchilarda ayrim savollar
tug‘ilishi, ushbu savollar ba’zan qо‘shimcha, lekin zaruriy bilim unsurlari sifatida
tanishtirilishi mumkin.
Masalan, -ning va -ni qо‘shimchalarining qо‘llanishi haqidagi nazariy
bilimda -ning qo‘shimchasining ot (predmetni bildiradigan sо‘z) bilan otni, -ni
qo‘shimchasining ot bilan fe’lni (ish-harakatni bildiradigan sо‘zni) bog‘lash
xususiyati asosiy mavqeda bо‘ladi. Bu kabi ma’lumotlar asosiy ma’lumotlar
majmuiga kiradi. Demak, о‘quvchi ikki sо‘zning qaysi turkumga kirishini aniqlashi,
shunga qarab -ning yoki -ni qо‘shimchasini qо‘llash kerakligini qо‘shimcha
ravishda bilib oladi.
Boshlang‘ich sinflarda о‘rganiladigan nazariy bilimlar amaliy ahamiyati
jihatidan ikki turli bо‘ladi: 1) biror nutqiy harakatni egallash uchun xizmat
qiladigan bilimlar, 2) ma’lumot uchungina tanishiladigan, amaliy nutqiy harakat
bilan bog‘lanmaydigan bilimlar. Masalan, gap va matnning farqi haqidagi bilim
bilib qо‘yish lozim bо‘lgan ma’lumot sanaladi. Til haqidagi ma’lumot ham shu
maqsad uchun beriladi, lekin har bir gapning birinchi sо‘zi bosh harf bilan yoziladi
deyilsa, ushbu bilim о‘quvchini gaplarning birinchi sо‘zini kichik harf yozmaslikka
undaydi.
Darsda о‘rganiladigan bilimni mustahkamlashdan ikki xil maqsad kо‘zda
tutilishi kerak: 1) bilimni yangi ma’lumot sifatida esda olib qolish; 2) bilimni
amalda qо‘llash. Bilim yuzasidan kо‘nikma va malaka hosil qilish deganda uni
1
Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi: Ona tili. O‘qish. Matematika.
Atrofimizdagi olam. Tabiatshunoslik (1-4-sinflar). – Toshkent: RTM, 2010. – B. 11.
2
Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi: Ona tili. O‘qish. Matematika.
Atrofimizdagi olam. Tabiatshunoslik (1-4-sinflar). – Toshkent: RTM, 2010. – B. 28.
3
Do'stlaringiz bilan baham: |