PEDAGOGIKA
2016, 1-son
26
endilikda Davlat ta’lim standartlari yо‘nalishlar va mutaxassisliklar bо‘yicha emas,
balki ta’lim sohasi bо‘yicha yaratilishi qoidalashtirilgan edi. Universitetimiz ijodiy
guruhlari DTSlarning bu variantini yaratishda ham tashabbus kо‘rsata oldi va bu
variant ham ishlab chiqildi hamda amaliyotga joriy etildi. Bu borada hali ijodiy
ishlar davom etadi. Ayniqsa, xalqaro “Tyuning” dasturlari doirasida ta’limni
yanada rivojlantirish ufqlari paydo bо‘ldi.
2. Ta’lim jarayonining axborot-resurs ta’minoti. Mustaqillik yillarida
amalga tatbiq etilgan Davlat ta’lim standartlari va fan dasturlariga monand
ravishda yangi avlod о‘quv adabiyotlari yaratildiki, bunda universitetimiz
olimlarining faol ishtirokini alohida ta’kidlash mumkin, ya’ni “Pedagogika” ta’lim
sohasiga kirgan barcha yо‘nalishlardagi umumkasbiy va ixtisoslik fanlarining,
deyarli, 90-95% darslik va qо‘llanmalariga pedagog kadrlarimiz mualliflik qildilar.
Keyingi 3 yil mobaynida universitet professor-о‘qituvchilari tomonidan
200dan ortiq nomda darslik va о‘quv qо‘llanmalari, 300dan ortiq nomda metodik
qо‘llanmalar, 90dan ortiq monografiyalar chop ettirildi. 2012-2015-yillarda 46
nafar professor-о‘qituvchilarimiz “Eng yaxshi darslik va о‘quv adabiyoti”
respublika tanlovi g‘oliblari bо‘lishdi.
Universitetda ta’lim jarayonini zamonaviy mazmun, ilg‘or pedagogik va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari talablariga mos ravishda tashkil etish
hamda mustaqil elektron ta’lim muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Universitetda Respublikamizda birinchilardan bо‘lib elektron kutubxonaning
tashkil etilishi bu sohadagi rivojlanishlarni ta’minladi.
Internet tizimiga ulangan optik tolali tarmoqlar, barcha о‘quv binolari,
axborot-resurs markazi va universitet hududining asosiy qismi Wi-Fi internet
tarmog‘i bilan qamrab olinganligi videokonferensiya, dissertatsiyalar himoyalari,
yetakchi olimlar ma’ruzalarini talabalar va tinglovchilar keng auditoriyasini
qamrab olgan holda tashkillashtirish imkoniyatini bermoqda.
Internet resurslaridan foydalanib axborot-ta’lim muhitini shakllantirishga
qaratilgan rahbar xodimlar, professor-о‘qituvchilar, katta ilmiy xodim-
izlanuvchilar, magistrantlar va bitiruvchi kurs talabalari veb-portfoliolari
yuritilmoqda.
Universitet yetakchi pedagoglari hamda kompyuter dasturchilari
tomonidan yaratilgan 50dan ortiq elektron о‘quv qо‘llanmalariga Intellektual
mulk agentligining guvohnomalari olingan bо‘lib, hozirda ulardan ta’lim
jarayonida samarali foydalanilmoqda. Joriy yilda yana 25ta ishlanma Intellektual
mulk agentligiga taqdim etish uchun tayyorlab qо‘yildi. 3 nafar professor-
о‘qituvchi 2015-yilda respublikamizda birinchi marta о‘tkazilgan “Yilning eng
yaxshi pedagogi” tanlovi nominatsiyalarida g‘olib bо‘lishib, zamonaviy
innovatsion texnologiyalarni tatbiq etishda universitet tajribasining samarador
ekanligini tasdiqladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |