PEDAGOGIKA 2016, 1-son 34 strategik dasturlarning ishlab chiqilishini tashkillashtirish;
4) istiqbolli rejalashtirish bilan bog‘liq ishlanmalarni yaratish.
Strategik rejalashtirish jarayonida quyidagi tamoyillarga amal qilinishi
zarur:
1) strategik reja ta’lim muassasasining raqobatbardoshligini oshirishga
yо‘naltirilgan kichik hajmdagi hujjat bо‘lib, istiqbolni kо‘ra olish bilan bog‘liqlikda
tezkor qarorlar qabul qilishda ma’muriyat va xodimlar uchun mо‘ljalni tо‘g‘ri
olishga imkon beradi. Strategik reja boshqa turdagi rejalarni bekor qilmaydi va
yо‘qqa chiqarmaydi, faqat ta’lim muassasasini rivojlantirishning eng muhim
yо‘nalishlarini aniqlab berishga xizmat qiladi;
2) strategik reja xususiy-umumiy hamkorlik asosida oshkora tarzda ishlab
chiqiladi va amalga oshiriladi. Strategik reja – bu me’yoriy hujjatgina emas, bu
ta’lim muassasasi uchun strategik ahamiyatga ega bо‘lgan faoliyat
ishtirokchilarining о‘zaro birgalikdagi qiziqishlari, aniq chora-tadbirlar bilan
bog‘liq kelishuvlar majmuasi;
3) strategik rejada istiqbolni kо‘ra olish bilan aniq belgilangan harakatlar
uyg‘unlashadi. Bunday reja uchun voqelikning keyingi rivojini chuqur bashorat
qilish va belgilangan harakatlarning davomiyligi xosdir;
4) strategik rejalashtirish uzluksiz jarayon bо‘lib, strategik rejani ishlab
chiqish va amalga oshirish monitoring tizimi vositasida hamda strategik hamkorlik
mexanizmi asosida tuzatish kiritishning uzviyligi orqali ta’minlanadi;
Strategik reja ta’lim muassasasi rivojining umumiy yо‘nalganligi
(strategiyasi)ni aniqlab beradi. Uning markazida ta’lim muassasasining salohiyati,
kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilish asosida kо‘proq istiqbolli yо‘nalishlarni
aniqlash turadi.
Strategik rejaning mazmuni quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bо‘ladi:
1) muayyan bosqichda ta’lim muassasasini rivojlantirishning bosh g‘oyasi;
2) bosh maqsadga erishishning asosiy strategik yо‘nalishlari;
3) strategik yо‘nalishlar doirasidagi maqsadlar;
4) tanlab olingan strategiyalarni amalga oshirishga doir aniq chora-
tadbirlar.
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirish asosida strategik rejalashtirish
masalasiga doir quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. Strategik rejalashtirish ta’lim muassasasining о‘z maqsadlariga maqbul
darajada erishish uchun qо‘llaniladigan harakatlar yig‘indisidir.
2. Strategik rejalashtirishning mohiyati ta’lim muassasasining maqsadlarga
erishishga qaratilgan о‘ziga xos strategiyasini ishlab chiqishdan iborat.