Tayanch tushunchalar: boshqaruvni strategik rejalashtirish, ijroni
ta’minlash, nazorat usuli, kasbiy faoliyat.
Boshqaruvni rejalashtirish bevosita rahbarlik qilish yoki uni amalga oshirish
yо‘lidir. Boshqarishda belgilangan maqsad, tadbirlarni hayotga tatbiq etish uchun
rejalashtirish kerak. Sо‘ng uni ijrochilar hukmiga havola qilish lozim. Rejalashtirish
qaror qabul qilish va ijrosini nazorat qilishdir. Rejalashtirishning mohiyati
shundaki, unda boshqarishning maqsad va vazifalari aniqlanadi, har bir tadbirni
bajarish muddati, mas’ul shaxs, uning ijrosini tekshirish va nazorat usuli
aniqlanadi.
Boshqaruvni rejalashtirish modelini, fikriy nusxasini ishlab chiqish
demakdir. Rejalashtirish pedagoglar malakasini oshirish tizimini rivojlantirish
maqsadini va bunga erishish vosita, yо‘llarini belgilaydi. Bunda amalga oshirilishi
lozim bо‘lgan talablar ketma-ketligi, bajarish muddati, shakli belgilanadi.
Rejalashtirish boshqarish lozim bо‘lgan sohalarni ma’lum ketma-ketlik, chizmali,
grafik yoki model tariqasida amalga oshirilishi mumkin. Rejalashtirishda
boshqarish bilan bog‘liq harakatlar о‘zaro muvofiqlashtirilib, yuqori natijaga
erishishni ta’minlash mumkin. Bu esa, о‘z navbatida, jarayonda ishtirok
etuvchilardan harakat va munosabatlarni ongli va qat’iy tashkil etishni talab
qiladi. Shu asosda yagona maqsadga erishish mumkin bо‘ladi.
Rejalashtirish – murakkab analitik jarayon. U о‘ziga xos ishlab chiqish va uni
UО‘TM (umumiy о‘rta ta’lim muassasalari) amaliyotida qо‘llash bosqichlariga
PEDAGOGIKA
2016, 1-son
31
ega. UО‘TM faoliyatini rejalashtirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Tahlil bosqichi. Mazkur bosqichda UО‘TMdagi о‘quv-tarbiya jarayonining
mavjud holati tahlil etiladi; rejani amalga oshirishga ta’sir etuvchi omillar
aniqlanadi. Bu rejalashtirishning muhim bosqichi hisoblanib, UО‘TM faoliyatining
samaradorligi rejalashtirish jarayonining qanchalik tо‘g‘ri bashorat qilinganligiga
bog‘liq. UО‘TMning avvalgi yildagi faoliyatini tahlil etish chuqur va haqqoniy
amalga oshirilishi zarur.
Maqsad boqichi. U о‘z ichiga ijtimoiy buyurtma bilan bog‘liqlikda
rejalashtirilgan bosqichdagi UО‘TMning umumiy maqsad va vazifalarini belgilash,
natijalarni tahlil etish, rejalashtirilgan topshiriqlarni bajarishga ta’sir kо‘rsatuvchi
sabablarni aniqlash; UО‘TM faoliyati turli ish rejalarining mazmunan bir-biriga
mosligi, rejada belgilangan ishlarning pedagogik jamoa imkoniyatlari va UО‘TM
faoliyatining moliyaviy-iqtisodiy holatiga muvofiqligi kabilarni qamrab oladi.
Mazmun bosqichi: Unda davlat hujjatlari va qо‘yilgan maqsadlarga muvofiq
о‘quv-tarbiya jarayoniga yо‘nalganlik ajratib kо‘rsatiladi. UО‘TM faoliyatining
alohida yо‘nalishlari bо‘yicha rejalashtirilgan topshiriqlarni bajarish ketma-
ketligini aniqlash.
Me’yoriylik bosqichi. Mazkur bosqichda ajratilgan yо‘nalishlar uchun mas’ul
kadrlar taqsimlanadi, qо‘yilgan vazifalarni hal etish uchun vositalar ajratib olinadi,
ishni amalga oshirish muddatlari belgilanadi.
Nazorat bosqichi. Bunda reja bо‘limlarining bajarilishi yuzasidan
о‘tkaziladigan nazorat turlari va mazmuni aniqlanadi.
Rejalashtirishga kirishish uchun UО‘TM direktori butun ta’lim muassasasi
faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishga imkon beruvchi asosiy qoidalarga tayanishi
zarur. Rejalashtirish tamoyillariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Rejalashtirishning ilmiyligi. Rejalarni boshqaruvning ilmiy metodologik
nuqtayi nazariga asoslangan holda tuzishni talab etadi. Bu yerda rejadagi asosiy
nuqtayi nazarning aniqligi, uning hayotiyligi, rejalashtirilayotgan chora-
tadbirlarni о‘tkazishning pedagogik maqsadga muvofiqligi va zarurligi muhimdir.
2. Istiqbollilik. Rejalashtirish g‘oyasini о‘zida aks ettirib, nafaqat yaqin va olis
kelajak, balki aniq maqsad va vazifalarga yо‘naltirilganlikni hisobga olib,
maqsadga qaratilgan tarzda ishlashni talab etadi. Istiqbolli va oraliq
rejalashtirishni uyg‘unlashtirish ta’limiy vazifalarni bir necha yilga mо‘ljallab
qо‘yish, ulardan qanchasini bir yilda hal qilib bо‘lmasligini aniqlashni talab qiladi.
3. Ishni real rejalashtirish sharoitida muayyan pedagogik jamoaning о‘ziga
xosliklarini hisobga olish muhim hisoblanadi. U yoki bu rejani qо‘yishda
boshqaruvchi UО‘TMning asosiy tarkibi, о‘qituvchilarining malakaviy darajasi,
Do'stlaringiz bilan baham: |