PEDAGOGIKA
2016, 1-son
25
belgilashlari, ya’ni bozor iqtisodi termini bilan aytganda, mamlakatning qanday
pedagogik kadrga ehtiyoji mavjudligini hisobga olgan holda mustaqil
shakllantirishi tо‘g‘risida gap boradi. Bu metodologik hujjat asosida ijodiy
guruhlar bu sohadagi bozorni о‘rganib chiqib, davlatimizga eslatib о‘tilgan bilim
sohasining bir necha variantlarini taklif qilgan. Boshqacha aytganda,
“Klassifikator”ning “О‘qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani” (to 2011-
yilgacha nomlanishi) ta’lim sohasi bakalavriat yо‘nalishlari va magistratura
mutaxassisliklari bizning ijodiy guruhlarimiz tomonidan shakllantirildi
1
, bunga
kо‘ra, mazkur ta’lim sohasi 25 bakalavriat yо‘nalishini, 40 magistratura
mutaxassisligini qamrab olar edi. Bu dastlabki tajriba, sо‘zsiz, ijodiy guruhimiz
mutaxassislarini izlanishga majbur qildi. Ushbu yо‘nalishlar bо‘yicha kadr
tayyorlovchi muassasalar mutaxassislarining fikrlari, uzoq va yaqin chet el
tajribalari о‘rganildi. Uning natijasi о‘laroq, bu ta’lim sohasining tubdan о‘zgargan
varianti ishlab chiqildi hamda u Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil
30-oktabrdagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim yо‘nalishlari va
mutaxassisliklari klassifikatori”ga kiritildi
2
. Mana shu variant qisman о‘zgarish
bilan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi
“Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi 343-sonli
Qarorining 2-ilovasida keltirilgan “Oliy ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklari
klassifikatori”da aks etdi
3
. Ijodiy guruh a’zolari shu ta’lim sohasiga kirgan barcha
ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklarining Davlat ta’lim standartlari, о‘quv
rejalari, fan dasturlarini talablar asosida yaratib, о‘rnatilgan tartiblarda ta’lim
jarayoniga joriy etish huquqini oldi.
Bu me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish bо‘yicha islohotlar davom ettirildi
va 2011-yilda “Oliy ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori” isloh
qilindi hamda “О‘qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani” ta’lim sohasi
“Pedagogika” nomini oldi. Shu munosabat bilan bu sohaga kirgan ta’lim
yо‘nalishlari va mutaxassisliklarining nomlariga ham о‘zgarishlar kiritildi hamda
ular О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limning Davlat
ta’lim standartlarini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi 2001-yil 16-avgustdagi 343-sonli
Qaroriga о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritish haqida”gi 2015-yil 10-yanvardagi
3-sonli Qarori ilovasida 21ta ta’lim yо‘nalishida rasmiylashdi. Vazirlar
Mahamasining bu qarori о‘ziga xos ahamiyatga ham molik bо‘ldi. Unga kо‘ra,
1
Qarang: Олий ва ўрта махсус, касб-ҳунар таълимини дарслик ва ўқув адабиётлари билан
таъминлаш бўйича меъёрий ҳужжатлар ва 1999-2004 йилларга мўлжалланган истиқболли
режалар. – Тошкент: ОЎМММИ, 1999. – Б.73-75.
2
Ўзбекистон Республикаси олий таълим тизимини ислоҳ қилиш бўйича меъёрий ҳужжатлар.
I қисм. – Тошкент: ОЎМММИ, 1998. – Б. 23-24.
3
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2001 йил 16 августдаги “Олий
таълимнинг давлат таълим стандартларини тасдиқлаш тўғрисида”ги 343-сонли Қарори.
Ўзбекистон Республикаси олий таълимининг меъёрий ҳужжатлари. – Тошкент, 2001. – Б.
30-31.
Do'stlaringiz bilan baham: |