PEDAGOGIKA
2015, 2-son
20
zo‘ravonlik konfliktni juda ham chuqurlashtirib yuboradi. Zo‘ravonlik
tomonlarni hech vaqt bir-biriga yaqinlashtirmaydi, balki uzoqlashtiradi, xolos.
Psixologiya fanida agressiyaga quyidagicha ta’rif beriladi: “Agressiya
boshqa insonga nisbatan ko‘rsatilayotgan psixologik yoki jismoniy zo‘ravonlik
holati bo‘lib, tomonlar to‘qnashuvining psixologik-ruhiy natijasi, o‘zga tomonga
nisbatan qo‘qqis shakllangan his-tuyg‘u, o‘zini muhofaza qilish yoki o‘zga
odamga bosim va tazyiq o‘tkazish usuli sifatida
ziddiyatli vaziyatlarning
odatdagi hamrohi hisoblanadi”
1
. Tabiiy ravishda o‘qituvchi agressiyaning har
qanday ko‘rinishlari namoyon bo‘lishidan pedagogik jarayonni va uning barcha
ishtirokchilarini muhofaza qilmog‘i zarur.
Agressiya odatda zo‘ravonlik, g‘azab, jahl, qahr kabilar orqali namoyon
bo‘ladi. Agressiv his-tuyg‘ular avj olgan odam o‘zida
agressiya qaratilgan
shaxsga nisbatan behurmatlik, bepisandlik, undan g‘azablanish, uni so‘kish, unga
yomon gaplarni aytish va o‘z qahrini sochish, depsinish, qo‘liga erk berish kabi
xususiyatlarni ochiq namoyon etish bilan xarakterlanadi. Odatda, bunday
agressiyaga moyillikni ishlatishga majbur bo‘lgan odam his-tuyg‘ulari nihoyat
darajada taranglashgan, psixologik
charchagan va tang ahvolda, o‘z ichki
tuyg‘ularidan qaerga qochishni, ularni qanday qilib jilovlay olishni bilmayotgan
bo‘ladi. Psixologik tang ahvoldagi odam o‘zining mana shu holatini har doim
ham o‘zi to‘g‘ri anglayvermaydi. Demak, o‘qituvchilar
pedagogik jarayonda
agar biror-bir odam agressiyaga moyillikni namoyon eta boshlagan bo‘lsa,
bunday odamni mana shu holatdan chiqarishga ko‘maklashishi, agressiyani
chuqurlashtirib yubormasligi, o‘zi ham o‘ziga qaratilgan
agressiyaga qurbon
bo‘lmasdan, mana shu agressiyani to‘g‘ri talqin qila bilishi taqozo etiladi.
G‘azab, jahl, qahr shunday his-tuyg‘ularki, ular haqiqatan ham g‘azablangan
odamga ham, g‘azab yo‘naltirilgan odamga ham juda katta salbiy ta’sir, ayniqsa
uning salomatligiga juda qaltis ta’sir ko‘rsatadi. Tez-tez g‘azablanadigan
odamlar va mana shunday tez-tez birovlarning g‘azabini o‘ziga qabul qilgan
odamlar tinchligini yo‘qotadilar, osuda hayot kechira olmaydilar,
tashqaridan
kelayotgan va o‘zining ichida bo‘lgan agressiya ularni ichdan yemirishga xizmat
qiladi.
G‘azab, jahl, qahr oddiy his-tuyg‘ular emas. Inson g‘azablanayotgan
vaqtida uning organizmi juda katta ichki to‘polon, bosim, jismoniy, ruhiy,
psixologik holat zamirida yotgan ichki tabiiy o‘zgarishlarni boshidan o‘tkazadi.
Eng avvali o‘zgarishn insonning bosh organlaridan hisoblangan miyada sodir
1
Do'stlaringiz bilan baham: