«ASSESMENT» metodini qo‘llash qoidalari: – o‘qituvchi tomonidan plakatga chizilgan jadval doskaga osib qo‘yiladi (jadval doskaga chizilishi, slayd orqali namoyish etili-shi yoki tarqatma material sifatida har bir tinglovchiga tarqatili-shi ham mumkin);
– o‘qituvchi jadvalning har bir bo‘limidagi topshiriqlarni echish uchun bo‘limning mazmunidan kelib chiqqan holda vaqt taqsimo-tini belgilab beradi;
– belgilangan vaqt tugaganidan so‘ng o‘qituvchi plakatga chizilgan jadvalga har bir bo‘lim bo‘yicha to‘g‘ri javoblarni yozadi (javoblar slayd orqali namoyish etilishi yoki og‘zaki o‘qib eshittirilishi ham mumkin);
– har bir tinglovchi o‘zining javob varianti bilan o‘qituvchi tomonidan berilgan (namoyish qilingan) to‘g‘ri javoblar bilan solishtirib, har bir bo‘lim bo‘yicha o‘zlarining javob variantlari-ni baholaydilar (o‘qituvchi tinglovchilarning javob variantlarini yig‘ib olib o‘zi baholashi ham mumkin).
Assesment baholash jadvalining taxminiy nusxasi:
Test:
Muammoli vaziyat:
Simptom:
Amaliy ko‘nikma:
7-AMALIY MASHG‘ULOT. ILMIY TADQIQOT FARAZINI BELGILASH Ilmiy faraz
Tadqiqot farazini aniqlashga qo‘yiladigan asosiy talablar
Tadqiqot farazini beigilashda produktiv yondashuvning o ‘rni
«CASE STUDY» METODI «CASE STUDY» (keys stadi) muayyan vaziyatlar orqali o‘rganish
– tinglovchilarni o‘qituvchi belgilab bergan real vaziyatni tahlil etish va hal qilish takliflarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan metod. Muayyan vaziyatlar (sud-tergov amaliyotidan olingan holat yoxud sun’iy tanlangan reallikka asoslangan bo‘ladi) tahlil indi-vidual yoki kichik guruhlarda amalga oshirilishi mumkin.
Tinglovchilarga amaldagi qonunlar va normativ-huquqiy huj-jatlarni, sud-tergov amaliyotidagi holatlarni amaliy qo‘llanmalar yordamida taqdim etish maqsadga muvofiq, zero muayyan holatlar o‘qitish jarayonining hayotiyligiga, ya’ni amaliyot bilan uzviy bog‘liqlikda olib borish imkonini beradi.
Keys tinglovchilarga mavzu doirasida muammoni aniqlashga, uni hal etish uchun aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish, hal etish yo‘l-larini erkin izlash, tahlil qilish va huquqiy baho berish ko‘nikma-larini beradi. Keysni tahlil qilish jarayonida tinglovchilar bir-birlari bilan muloqot qilishning kommunikatsion holatlarini shakllantiradi. Keys stadi tinglovchilarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash, tatbiq etishga asoslanadi.