Pedagogik tadqiqotlarni modellashtirish



Download 4,52 Mb.
bet31/68
Sana11.06.2022
Hajmi4,52 Mb.
#655298
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   68
Bog'liq
PEDAGOGIK TADQIQOTLARNI MODELLASHTIRISH PED NAZ

Xulosa (refleksiya):

Debat yakunidan so‘ng barcha qatnashchilar faoliyatlarining ref-leksiv tahlili o‘tkaziladi . Jamoalarning debatga tayyorgarlik ko‘r-ganlari, fikr bildirish usullari, raqib savollariga berilgan javoblar va faoliyatning boshqa elementlari tahlil qilinadi.

4-AMALIY MASHG‘ULOT. PEDAGOGIK TADQIQOT MUAMMOSI

  1. Pedagogik tadqiqotlar muammosi

  2. Tadqiqot muammosining dolzarbligi

  3. Tadqiqot mavzusi

SUQROT METODI
Suqrot metodi muammoning asl mohiyatini ochish, murakkab fikrlarni tushunib olish, shubhalarni qat’iy ishonchga aylan-tirish, mavjud ma’lumotlarni tahlil qilish, biladiganlarimizni bilmaydiganlarimizdan ajratib olish , muhokamani boshqarish yoki bildirilayotgan fikrlarning mantiqiy ketma-ketligini ta’minlash kabi keng qamrovli, turli yo‘nalishdagi maqsadlar yo‘lida ishlati-lishi mumkin. Ushbu metoddan foydalanishning afzalliklari, so‘roq usulining tarmoqlanganligi, fikrlashning asosiy jihat-larini to‘liq qamrab olganligi hamda muammolarni hal qilish asos-larini o‘zida mujassamlashtirganidadir.
O‘qituvchining Suqrot metodidan foydalanishdagi asosiy maq-sadi tinglovchining ma’lum ilm sohasidagi bilimini qanchali darajada chuqur ekanligini aniqlash, uning mushohada yuritishini tekshirish, muammoli holatlarni bartaraf etishda amaliy usullar-dan qanchalik foydalanayotganligini kuzatish hisoblanadi.
Ta’lim jarayonida o‘qituvchilar Suqrot metodidan asosan ikki maqsadda foydalanishadi:
– savol berish orqali tinglovchining ma’lum sohani yoki ma’lu-motni qay darajada tushunganligini aniqlash, uning bilimini tekshirish;
– tinglovchilarda darsdan tashqari, kundalik hayotlarida so‘roq-lash orqali muammoning asl mohiyatini ochishga o‘rgatish.
Suqrot metodi ta’limda savol berishning qanchalik darajada muhim va kerakli ekanligini ko‘rsatib beradi. Bu metod orqali o‘rganish usuli izchil tarmoqlangan hamda tartibga solinmagan bilimlar o‘rtasidagi farq oydinlashtiriladi. U bizga fikrlari-mizni yanada chuqurroq mushohada qilishni o‘rgatadi.
Mashg‘ulotlarda o‘qituvchilar tomonidan Suqrot metodining quyidagi olti ko‘rinishidan foydalanish mumkin:
1. Tinglovchilarni o‘z fikrlarini aniqlashtirishga undash. Masa-
lan, «Bu bilan nima demoqchisiz?», «Shu masalada qo‘shimcha tarzda yana nimalar deya olasiz», kabi savollar orqali bildirilayotgan fikrni to‘ldirish, boyitishga undash mumkin.
2. Tinglovchilarni taxmin qilishga o‘rgatish. Bunda «Bu fikr har doim to‘g‘ri bo‘lishi mumkinmi?», «Nega bu taxmin shu fikrga nisbatan o‘rinli deb o‘ylaysiz?» kabi savollar orqali gap ketayotgan
munozaradan tashqariga chiqib, tinglovchining muammoga yana boshqa taxminiy yechimlarni qidirishga harakat qilishiga undashi mumkin.

  1. Bahsning asosini isbot tashkil etishini o‘rgatish. «Nimaga asoslanib shunday deyapsiz?», «Bu fikrga shubha bilan qarashingizga asos bormi?» kabi savollar tinglovchilarni o‘z bildirayotgan fikr-larini isbot bilan mustahkamlashga undaydi.

  2. Qarshi fikr mushohadasini hisobga olish. «Bu aksincha bo‘li-

shi ham mumkinmi?», «Kimda bu holatga qarama-qarshi bo‘lgan fikr bor?» kabi savollar orqali gap ketayotgan mavzu mazmuniga qarama-qarshi fikrlarni o‘rganish, yuzaga keltirish mumkin.

  1. Fikrlashda uzviylikni ta’minlash. «Agar... sodir bo‘lganda,

...qanday natija bilan tugagan bo‘lardi?», «… qanday qilib…ga ta’sir ko‘rsatishi mumkin?» kabi bir tushunchaning boshqa bir tushunchaga ta’sir etishi, uning mazmun-mohiyatini to‘liq o‘zgartirib yuborishi mumkinligini ko‘rsatuvchi savollar fikrlashdagi uzviy-likni ta’minlaydi.

  1. Savolni so‘roqlashga o‘rgatish. «Nega bu savolni berdim deb o‘ylaysiz?», «nega men bergan bu savol shunchalik muhim?», «Savol-lardan qaysi biri ko‘proq foydali deb hisoblaysiz?» kabi berila-yotgan savollarni mushohada qilishga undovchi savollar nafaqat savolning o‘zini yaxshiroq tushunib olishga, balki uning berilishi sabablarini ham tahlil qilishga o‘rgatadi.

Suqrot metodidan foydalanish izchil fikrlashning asosi hisoblanadi, chunki u bahslashilayotgan fikrni mushohada etishning barcha jihatlarini qamrab oladi. Suqrot metodining asosiy maq-sadi haqiqatni topish uni yuzaga chiqarish bo‘lganligi sababli bu usulda o‘rganish sinchkov fikrlash usuli bilan bir xil. Har ikkala-si ham mavjud ma’lumotlarni kuzatish, rivojlantirish, qayta ishlash hamda qayta yo‘naltirish bilan shug‘ullanadi. Ta’limda fikrlashga o‘rgatishning asosiy maqsadlari ham huddi shunday.


Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish