Biosfera va ekologiya muammolarini o’rganish va tashqi muhit ifloslanishini oldini olish va chora tadbirlar ishlab chiqish



Download 23,7 Kb.
bet1/3
Sana30.03.2022
Hajmi23,7 Kb.
#518932
  1   2   3
Bog'liq
Biosfera


QO’NG’IROT TUMANI ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI SALOMATLIK TEXNIKUMI



Mavzu: “Biosfera va ekologiya muammolarini o’rganish va tashqi muhit ifloslanishini oldini olish va chora – tadbirlar ishlab chiqish”
Topshirgan: U. Qurbanbaeva
Qabul qilgan: Z. Jumamuratova

Mavzu: Biosfera va ekologiya muammolarini o’rganish va tashqi muhit ifloslanishini oldini olish va chora – tadbirlar ishlab chiqish.
Reja:
1. Biosfera. Biosfera chegaralari.
2. Biosferada uglerod va azotning davriy aylanishi.
3. Biosferani muhofaza qilish muammolari.
1. Biosfera (yunoncha bios - hayot, sfera - shar so'zlaridan olingan) - tarkibi, tuzilishi va energiyasi tirik organizmlar tomonidan aniqlanadigan Yerning qobig'i. Yer qobig'ida hayotning tarqalgan sohalari to'g'risida birinchi ma’lumotlar J.B.Lamarkka tegishlidir.
Biosfera tushunchasini fanga birinchi bo'lib avstriyalik geolog olim E. Zyuss 1875 - yilda kiritgan. Biosfera haqidagi toiliq ta ’limotni rus olimi V. 1. Vernadskiy yaratdi va rivojlantirdi.
Biosfer - tirik organizmlar yashaydigan, ular faoliyati natijasida tinmay o‘zgaradigan sayyoramiz qobig‘ining bir qismidir. Yerdagi ham ma biogeotsenozlar umumiy ekologik sistema - biosferani hosil qiladi. Biogeotsenozlar biosferaning elementar (eng kichik) birligidir.
Biosferaning chegaralari. Tirik organizmlar Yerning gazsimon (atmosfera), suyuq gidrosfera) qattiq (litosfera) qismlarida joylashgan. Biosferaning yuqori chegarasi dengiz sathidan 15 - 25 km balandlikda (Yerning har xil hududlarida farqlanadi), atmosferaning quyi qatlami troposferada joylashgan. Bu chegarada quyosh nurlari energiyasi ta ’sirida kislorod ozonga aylanadi va ozon ekrani hosil bo’ladi. Ozon ekrani tirik organizmga ko‘p miqdorda zararli ta ’sir ko‘rsatuvchi kosmik va ultrabinafsha nurlarining asosiy qismini Yer yuzasiga o ‘tkazmaydi.
Biosferaning eng yuqori chegarasida noqulay sharoitga o‘ta chidamli bakteriyalar, zamburug’lar, moxlar va paporotniklarning sporalari uchraydi. (Ular aeroplankton deyiladi). Kapalaklar, o‘rgimchaklar va ba’zi qushlar 6-7 km gacha ko’tarilishi kuzatilgan.
Gidrosferani okeanlar, dengizlar, ko’llar va daryolarning suvlari hosil qiladi. Gidrosfera Yer kurrasining 70 foizga yaqin qismini egallaydi. Hayot gidrosferaning ham ma qismida, hatto eng chuqur - 11 km gacha bo’lgan joylarida uchraydi.
Litosferada hayot uning yuqori qatlamlarida, 3 - 4 km chuqurlikkacha masofada tarqalgan. Missisipi daryosi havzasidan neft quduqlari kavlanganda 7,5 km chuqurlikda anaerob bakteriyalar topilgan.
Shunday qilib, biosfera - Yerning tirik organizmlar yashaydigan geologik qobiqlarining bir qismidir. Sayyoramizdagi hayot chegaralari biosferaning chegaralarini aniqlaydi.
Biosferaning tarkibi. Biosferaning tarkibi xilma-xil b o iib , uni
4 qismga ajratish mumkin:
1. Tirik moddalar.
2. Biogen moddalar.
3. Qattiq jismlar.
4. Biogen va abiogen hosil bo‘luvchi moddalar.
Sayyoramizda yashaydigan hamma tirik organizmlarning yig‘indisi biosferaning tirik moddasini tashkil qiladi. O 'zining massasiga ko‘ra tirik modda biosferaning juda kichik tarkibiy qismi bo’lsa ham geologik davrlar mobaynida ularning faoliyati Yerning rivojlanishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
V.I.Vemandskiy Yerning paydo bo’lishidan ko‘p o’tmasdan unda hayot paydo bo’lgan va u sayyoramizning qiyofasini o ‘zgartiruvchi asosiy omillardan biri bo'lgan deb ta'kidlaydi.
Biogen moddalar - tirik organizmlar faoliyatining mahsulotlaridir. Ularga neft, toshko'm ir, ohaktosh va atmosfera gazlarini kiritish mumkin.
Qattiq jismlar - tirik organizmlar faoliyatiga bog'liq bo'lmasdan tabiiy jarayonlar, masalan, vulqonlar otilishidan hosil bo'lgan tog‘ jinslari.
Biogen va abiogen hosil bo'luvchi moddalarga tirik organizmlar ta’sirida ham da organik tabiat jarayonlari ta ’sirida hosil bo'ladigan tuproq misol bo'la oladi.
Shuningdek, biosferaning tarkibida kam miqdorda radioaktiv moddalar, tarqoq atomlar, meteoritlar, kosmik chang zarrachalari ham uchraydi.

Download 23,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish