Asosiy qism.
Amaliy mashg‘ulotlarda individual, juftlik va guruh tarkibi-da ish tashkil etiladi, tadqiqot loyihalari, rolli o‘yinlar qo‘lla-niladi, hujjatlar va turli axborot manbalari bilan ish olib boriladi, ijodiy ish elementlaridan foydalaniladi.
O‘quv jarayonida keys bilan ishlashning texnologiyasi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
tinglovchilarning keys materiallari bilan yakka tartibda mustaqil ishlashlari (muammoni aniqlashtirish, tayanch muqobil variantlarni shakllantirish, yechim yoki tavsiya etiladigan harakatni taklif qilish);
tayanch muammo va uning yechimini topish bo‘yicha kichik guruh-larda ishlash;
umumiy diskussiya jarayonida kichik guruhlar ishi natija-larini prezentatsiya qilish va ekspertizadan o‘tkazish (o‘quv guruhi doirasida).
Xulosa (refleksiya).
Interfaol metodlarni qo‘llashda tinglovchi o‘zlashtirish jarayonining to‘laqonli ishtirochisiga aylanadi, uning tajribasi o‘quv bilimining asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi. O‘qituvchi tayyor bilimlarni bermaydi, balki tinglovchilarda ularni mustaqil izlashga qiziqish uyg‘otadi. Mashg‘ulot olib borishning an’anaviy shakllariga nisbatan interfaol o‘qitishda o‘qituvchi va tinglovchi-ning o‘zaro munosabatlari o‘zgaradi: o‘qituvchining faolligi tinglovchining faolligiga yon beradi, tinglovchilarning tashabbuskorli-giga sharoit yaratib berish o‘qituvchining vazifasi bo‘lib hisoblanadi.
O‘qituvchi o‘quv axborotini o‘zidan o‘tkazuvchi o‘ziga xos filtr rolidan voz kechib, ma’lum bir axborot manbai bilan ishlashda yordamchi vazifasini bajaradi. Interfaol o‘qitish hamjihatlik, o‘zaro aloqadorlik, bir-birini boyitishni ta’minlaydi. Interfaol metodlar hech qanday tarzda ma’ruza materiallarining o‘rnini bos-maydi, biroq uni yaxshiroq o‘zlashtirishga ko‘maklashadi.
8-AMALIY MASHG‘ULOT. ILMIY TADQIQIOTNING YANGILIGINI ANIQLASH
Ilmiy tadqiqiotning yangiligi
Ilmiy natijalar yangiligi mezonlari
«FSMU» METODI
«FSMU» metodi munozarali masalalarni hal etishda, bahs munozaralar o‘tkazishda samarali hisoblanadi. Bu metod tinglovchi-larni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda tinglovchilarni o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi. Odatda, ushbu metod seminar mashg‘ulotlari yakunida va o‘quv rejasi asosida biron bo‘lim yoki mavzu o‘rganib bo‘lingach qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |