2-MAVZU: ADABIYOTLAR USTIDA ISHLASH. REFERAT VA
KURS ISHLARINI YOZISH (2-СОАТ)
Reja:
1. Ilmiy ish ustida ishlash.
2. Adabiy manbalarni yig'ish.
3. Bibliografiya va adabiyotlar ro'yxati tuzish.
4. Adabiy manbalarni o'rganish.
5. Foydalanilgan muhim manbaning konspekti.
6. Referat ishi uchun mavzu tanlash.
7. Kurs ishi.
8. Egallangan bilimlarni amaliyotda qo'llash.
9. Kurs ishini himoya qilish tartibi.
Asosiy tushunchalar:
“ilmiy ish”, “adabiy manba”, “bibliografiya” va
“adabiyotlar ro'yxati”, “konspekt”.
Ilmiy ish ustida ishlashning dastlabki qismida ilmiy xodim, ishni mavzuda
belgilangan vazifa uchun zarur bo'lgan adabiy manbalarni yig'ishdan boshlaydi. Bu
ishni bibliografiya tuzish yoki foydalanilishi zarur bo'lgan adabiyotlar ro'yxati
deyiladi. Ro'yxat tuzish uchun kutubxona kartochkalaridan foydalaniladi.
Kartochkalarda vatanimizda Rossiyada va boshqa chet ellarda mavjud bo'lgan shu
muammo yuzasidan kerakli kitoblar, makolalar, yoklangan dessertasiyalar va arxiv
materiallari yozib boriladi. Yigilgan materiallar bilan tanishish davomida ilmiy
xodim, tanishgan materiallarni tanqidiy karab undan ko'chirmalar oladi. Ya'ni o'z
mavzusining qaysi qismiga yoki rejaning qaysi bo'limi uchun zarurligini
aniqlaydi. Agar o'z ishi uchun foydalanish zarur bo'lsa, foydalanilgan manbadan
olingan sitatalar qo'shtirnoq ichiga olib yoziladi.Ayniqsa bu erda o'z mavzusiga
yakin bo'lgan ishlarni, aniq va keng axborot tariqasida yoritish maqsadga muvofiq.
Ayrim o'qilgan narsalardan qaysi biriga ilmiy xodim qo'shilishi , va qaysi ishlarga
o'z fikri bilan qarshi chiqishi ham aytiladi. Bu olingan materiallar va faktlarni
dissertasiyaning qaysi bo'limida foydalanishni ham rejalashtirib qo'yadi.
Adabaiy manbalardan foydalanilgan materiallar-ning natijasi odatda
dissertasiyaning kirish qismida tahlil qilinadi va ayrim bo'limlarda foydalaniladi.
Adabiy manbalar nafaqat kitoblar, jurnal va dissertasiyalarni ko'rishdan
iborat bulmay, balki ayrim institut va laboratoriyalar tomonidan chiqarilgan
to'plamlar, ilmiy ishlar to'plami, instruksiya va chizmalar, loyihalardan ham iborat
bo'ladi.
Adabiyotlar bilan ishlashda ayniqsa chet ellardan chiqarilgan adabiyotlarni
o'qish katta o'rin tutadi. Ayrim hollarda institut va korxonalarda bajarilayotgan
ilmiy ishlarda takrorlanishlar ro'y berib qoladi. Chunki, ilmiy xodimlarning
ko'pchiligi chet ellarda bajarilayotgan ilmiy muammolardan xabarsizligi tufayli
bunday hollar yuz beradi. Buning asosiy sababi ilmiy ish bilan shug'ullanayotgan
xodimning chet tillarini bo'sh bilishidan kelib chikadi. Shuning uchun ham ilmiy
20
ish bilan shug'ullanuvchi kishilardan ingliz tili, nemis tili va fransuz tillarini chukur
bilish va texnik adabiyotlarni o'rgani qattiq talab qilinadi. Bu adabiyotlarni
o'rganish esa mustaqil o'qish orkali amalga oshiriladi. Shu tufayli nemis va ingliz
tillarida ilmiy xodimlarning imtihon topshirishi talab etiladi. Bu imtihon
nomzodlik imtihoni deb ataladi. Eng zarur adabiy manbalarni va chet tilida
chiqarilgan adabiyotlarni ishlab chiqish uchun institutlar, universitetlar, ilmiy
tadqiqot institutlari va maxsus kutubxonalarga hamda respublika kutubxonasiga
murojaat qilish zarur. Bu kutubxoonalar orkali aloqa qilib kerakli jurnallar,
adabiyotlar olib o'qilsa, ilmiy ishlar bilan tanishish va chet ellarda chiqarilgan
kitoblar va ilmiy ishlar bilan tanishish uchun bevosita o'sha markaziy
kutubxonalarga borib ishlansa maqsadga muvofiq bo'ladi. Ilmiy ishlar bilan
tanishishdan tashqari ilmiy ishlarning mualliflari (o'z mavzusiga yaqin) bilan
tanishish va yaqin muammolar haqida maslahatlashishi ham juda muhim. Chunki
ilmiy ishni, chiqarilgan kitob va maqolalarni ko'rganda tushunilmagan,
anglashilmagan mavhum muammolar oson hal bo'ladi, ishni formalizmdan
saqlaydi.
Mavjud mavzu yuzasidan o'rganilgan adabiy manbalar bibliografik
ko'rsatkichga yozilib boriladi. Bibliografiyani tuzishning umumiy tartibiga
muvofiq, har bir ishga etarli va to'liq annotasiya qisqa tavsiya yoziladi.
Yigilgan va o'rganilgan adabiyotlarning o'zi bilan kifoyalanib qolmasdan,
mavzu yakin bo'lgan pedmetlarning ayrim mavzulari va bo'limlari bilan tanishish
ham ilmiy ishning maqsadga muvofiq bajarilishini ta'minlaydi.
Demak adabiy manbalarni o'rganish va ular bilan ishlash quyidagicha
bo'lmog'i lozim.
a) Annotasiya tuzish - o'z mavzusida foydalanish nuqtai nazaridan ishga
qisqacha tasnif berish va mavzuini yoritish.
Ayniqsa, ishning nomi va paragrafi, beti, chizmasi formulasi va ifodalanishi
haqida tasavvurga ega bo'lish.
b) Foydalanilgan muhim manbaning konspekti ( ayniksa yosh ilmiy
xodimlar uchun juda zarur)
v) Adabiyotlarni ilmiy tahlil qilish uchun avvalo shu fan klassiklarining
fundamental asarlarini ko'rish, masalaning metodologiyasini o'rganish lozim.
g) Fanning asosiy g'oyasi, ilmiy tekshirishning asosiy g'oyalarini bilish zarur.
Keyin bibliografiyani sinchiklab o'rganish va birinchi galda qaysi adabiyotlarni
o'qish, nimalarga e'tibor berishni bilish maqsadida o'qituvchilarga murojaat qilish
zarur.
Bunda o'qilgan adabiyotlarni muammoning bo'limlari buyicha tahlil qilish
kerak bo'ladi.
Har - xil olimlar o'rganilayotgan muammo, masalaning mohiyatini qanday
tushunganlar, tekshirish ob'ektini qanday belgilaganlar, qanday muhim vazifalarni
ajratib ko'rsatganliklariga e'tibor beriladi.
-Shu
muammo
yuzasidan
olim
tushunchaning mohiyatini qanday ifodalaydi, uni nima bilan tushuntirish mumkin.
-Bu hodisaning boshqa shunga o'xshash voqealarga qanday bog'liqlik va
o'xshashlik tomonlari bor.
21
-Qanday hollarda olimlarning fikricha bu jarayon kulay o'tadi.
- O'rganilayotgan hodisaning qanday ichki harakatlantiruvchi kuchlari
mavjud, ularning rivojlanish dinamikasi qanday.
Ilmiy tekshirish ishida olim o'z pozisiyasini qanday belgilaydi, qaysi
o'rganilayotgan masalalariga tanqidiy ko'z bilan karaydi.
Adabiyotlardan foydalanish zarur bo'lganda ularni sitatalar keltirish kerak
bo'ladi. Olingan material qo'shtirnoq ichida yoziladi hamda avtorning ismi,
familyasi yozilgan ishning nomi, kaerga qachon chiqqanligi, olingan material qaysi
betdan olinganligi aniq ko'rsatiladi.
Adabiyotlar bilan ishlaganda, avvalo uning muallifi nomi, chiqqan shahri,
chop etilgan nashriyoti, yili hamda anotasiyasi bilan tanishish kerak.
Bu ma'lumotlar olingandan keyin, uni 6x8 yoki 8x10 o'lchamli qattiq
qog'ozga ma'lum bir qoida asosida yozib qo'yiladi.Bu qoidani kutubxonachilardan
bilib olish mumkin. Bu qaydnoma bilan tadqiqotchi o'ziga maxsus adabiyotlar
kartotekasini tuza boshlaydi.
Sohaning nazariyasiga bagishlangan adabiyotlarni ko'rish uchun alohida
daftar tutib, unga o'qilgan kitobdagi shu soha faniga tegishli turgun tushuncha,
qonuniyat hamda qonun va qoidalarni yozib boriladi. Keyinchalik ular guruhlarga
ajratilib tartibga solinganidan keyin tadqiqot ishida ba'zilaridan umumiy,
ba'zilaridan esa xususiy metodologik asos sifatida foydalaniladi. Kitobni o'qib
konspekt qilib bo'lgandan sung yakunida kitob to'g'risida umumiy fikr -
muloxazani qayd qilib qo'yiladi.Bu ma'lumotlar ilmiy ishning yozilishi jarayonida
qo'l keladi.
Chop etilgan monogdafiya, ilmiy risola, ilmiy maqola yoki anjumanlarda
qilinadigan ma'ruzalarning qisqacha mazmuni (tezisi)ni, shuningdek, dissertasiya
yoki uning aftoreferatini o'qish tartibi nazariyaga asoslangan kitoblarni o'qishdan
farq qiladi.
Ilmiy tadqiqot ishining umumiy yoki bir qismining yakuniga atalgan
adabiyotlar bilan ishlaganda, uning hamma ko'rsatkichlarini - muallifi, nomi
qachon va kaerda, qaysi muassasa yoki nashriyot tomonidan chop qilinganini
kartotekaga mo'ljallangan kogozga tushiriladi.Shuning uchun stolga bir yo'la uch
varaq qogoz tayyorlab qo'yiladi.Bu varaqlarni bosh - boshiga kartoteka kogoziga
tushirilgan ma'lumotlar yozib qo'yiladi va kogozlar 1, 2, 3 raqamlar bilan
belgilanib qo'yiladi.
Birinchi raqamli qogozga, ilmiy nuqtai nazardan to'g'ri fikrlar kqchirilib
yozib boriladi. Har bir fikrni kqchirib yozgandan keyin, qavs ichida adabiyotni
qaysi betidan olinganligini qayd qilib boriladi.Bu keyinchalik dissertasiya yozish
jarayonida foydalanilgan adabiyotga sahifa ostida izoh berishda kerak bo'ladi.
Ikkinchi raqamli kogozga o'qiyotgan ilmiy adabiyotdagi galiz yoki noto'g'ri
ko'ringan fikrlarga muallif bilan munozara yuritib, unga alternativ holatdagi fikrlar
kayd qilib boriladi. faqat munozara ilmiy asoslangan bo'lib, holisona , axloq
darajasida olib borilishi shart. Shunday qilib, o'qiyotgan adabiyotingizni tahlil
etgan bo'lasiz.
Uchinchi raqamli kogozga, shu adabiyot bilan ishlash jarayonida echimini
22
kutayotgan masala va muammolar to'g'risida yangi fikrlar tushirib boriladi.
Shu yo'sinda uch turdagi kogozlarni uch xil papkaga yigiladi. Papkalar ham,
kogozdagi raqamlarga muvofiq 1,2,3 deb belgilab qo'yiladi.
O'ttiz - qirq adabiyot ko'rilgandan keyin manbalar bilan ishlash nash'asini his
qilina boshlaydiAdabiyotlarni bir- biriga solishtirib ko'rib sarasini puchagidan
ajratish oson kechadi.
Tadqiqot ishi mavzusiga oid ilmiy nazariy adabiyotlarni ko'rish bilan birga
boshqa ilm - fan tarmoqlaridan ham minimum bilimlarga ega bo'lish zarur.
Ilmiy faoliyat bilan shug'ullanishi uchun inson bir necha yillar davomida
o'zini bu ishga tayyorlab borishi kerak.
Yuqori ilmiy ish adabiyotlar bilan ishlashdan boshlanadi, dedik. Adabiyotlar
bilan ishlash ko'nikmasi ilk bor izlanuvchi kishida talabalik davrida referatlar
yozish paytidan boshlab shakllanib boradi. Kurs ishini bajarganda bu ko'nikmalar
malakaning birinchi bosqichlariga chiqadi. Adabiyotlar bilan ishlashning haqiqiy
malakasi, magistrlik va fan nomzodligi dissertasiyasi ustida ishlash jarayonida
shakllanib, takomillashib boradi hamda fan doktori ilmiy darajasini olish uchun
olib borilgan izlanishlar jarayonida maromiga etib, tadqiqotchining hayot tarziga
aylana boshlaydi.
Referat deb, talabani qiziqtirgan va davrning dolzarb muammosiga aylangan
mavzudagi yirik asar yoki adabiyotlar majmuini tahliliga bag'ishlangan kichik bir
ilmiy ishga aytiladi.
Bunda talaba ilmiy rahbari bilan birgalikda, o'zining qiziqtirgan dolzarb
mavzularning birini referat ishi uchun tanlab oladi. So'ngra shu mavzu ustida
boshqa tadqiqotchilar olib borgan izlanishlar monografiya, ilmiy risola va
maqolalar ro'yxatini tuzadi. Odatda bu ro'yxat kamida ikkita - uchta kitob va ikki -
uchta maqoladan kam bo'lmaydi.Ba'zi referat yirik bir asarni tahlil qilishga ham
yo'naltirilgan bo'ladi.
Maxsus adabiyotlar ustida ishlash, yuqorida ko'rsatilgan yo'l bilan olib
boriladi. Ya'ni talaba oldida raqamlangan uch varaqni ko'yib olib, adabiyot muallifi
va o'zining fikrlarini ularga tushunrib boradi.Ro'yxatdagi adabiyotlarning hammasi
tahlil berib chiqilgandan keyin referat yozish boshlanadi. Misol uchun talaba “
Ma'naviyat asoslari” fanidan referat yozmoqchi.Uning mavzuyi qilib,
davrimizning dolzarb muammolaridan biri bo'lgan ishlarda “Milliy ma'naviyatni
shakllantirish” degan masalani tanlab olishi deylik. Referatni yozish taxminan
quyidagi satrlar bilan boshlansa yanglish bulmaydi.
“ Mustaqil O'zbekistonning milliy g'urur va erkin fikr yurita oluvchi
fuqarolarining shakllantirish uchun, yoshlarda milliy ma'naviyatni shakllantirish
darkor. Yosh avlod milliy ma'naviyatini shakllantirish muammosi bilan
O'zbekiston bir qator olimlari va tadqiqotchilari shug'ullanmokdalar. Shular
qatoriga - deb falonchi- flonchi mualliflarning ismi va sharifini hamda ular yozib
chop ettirgan kitob va maqolalarning nomi avvaldan to'zilgan ro'yxat buyicha kayd
qilib, sungra bu adabiyotlarning tahlili boshlanadi. Adabiyotlarning qisqacha
tahlilini yozib bo'lgandan keyin mualliflarning hammasining fikrlari falondaka
masalada yakkadil, mana bu masalalarda ular orasida farq bor deyiladi.Bu farqlar
23
nimalardan iboratligi ko'rsatiladi. Oxirida kurib chiqilgan adabiyotlar tahlilidan
kelib chikib, referat muallifining shaxsiy fikri keltirilib, shu muammoning
echimidagi asosiy yo'nalishini ko'rsatib beriladi. Shu bilan referat nixoyasiga etadi.
Talabalar referat yozdirishdan maqsad ularni mustaqil ravishta bilim
egallashga urgatish. Shu bilan birgalikda adabiyotlar bilan ishlash va ularni tatbiq
qilishda tayyorlash. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda bilim egallashning bu
turiga juda katta etibor berilib, o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlarini talabalari
birinchi kursdanoq referatlar yoza boshlaydilar.
Kurs ishi referat yozishdan ancha farq qiladi. Talabalardan kurs ishi
yozishdan maqsad o'quv yurtida yil davomida tuplagan bilim va ko'nikmalarni
mustahkamlash, egallangan bilimlar asosida yangi bilimlarni aniqlay olishga
urgatish. Ya'ni asotir bilimlar asosida ilmiy bilimlar shakllanishiga ko'nikma hosil
qoldirishdir. Yoki boshqacha qilib aytganda talabalar sunna yoki ibrat bosqichdan
ma'rifat bosqichiga, ya'ni tafakkur yuritishdan tasavvur qilishga ko'tarishlikdir.
Kurs ishini yozdirishdan bir maqsad tanlangan kasbi buyicha bilim olishning
ma'lum bir bosqichda barcha fanlardan olgan bilimlarni mustahkamlash, o'zaro
bog'lab, ularni umumiy maxrajga keltirib qo'shishlikdir.
Kurs ishini yozish ham, referat yozish kabi mavzuni tanlashdan boshlanadi.
Kurs ishi bir necha yil davomida har turli fanlardan egallagan nazariy bilimlarni va
amaliy mashg'ulotlarda orttirgan ko'nikmalarini bir yo'nalishga birlashtirish yo'li
bilan mavzu tanlanadi.
Kurs ishi yozganda kishi tadqiqot ishida zarur bo'lgan bir yo'la bir necha
vazifani bajaradi. Ya'ni avvalo kurs davomida kasbi bo'yicha o'tilgan maxsus
fanlardan olingan bilimlarni amaliyotda kompleks qo'llashga o'rganadi.
Ikkinchidan, kurs ishi yozish jarayonida o'qish davomida turli fanlardan egallagan
bilimlarga bir necha bor qayta va qayta murojat qiladi.Bu bilimlar xotirasiga
qaytarilaverib, uning malakasiga aylana boshlaydi.Uchinchidan, kurs ishini
yozganda talaba har turli adabiyotlar ko'radi va ularni tahlil qiladi.Shu tufayli
uning adabiyotlar bilan ishlash ko'nikmasi malakaga aylana boradi.Va nihoyat kurs
ishini yozganda talaba o'z fikrini boshqalarga yozma til orkali ifoda eta olishni
ko'nikmasini egallaydi.
Kurs ishi yozishda o'tilgan fanlarning nazariy asoslarni qaytadan ko'rib
chiqib, xotirasiga tiklab olishdan boshlanadi. Buning uchun talaba kurs davomida
o'tilgan fanlardan o'zi to'zgan konspektlarni va darsliklarini yig'ib olib ularni
solishtiradi.Konspektida tafovut bo'lsa, sababini aniqlaydi va to'zatib kuyadi.Ilmiy
rahbari bilan bir necha bor muloqotda bo'lgandan keyin, kurs davomida olgan
bilimlarni amaliyotda kullatishni o'rgatadi. Shundan so'ng turli fanlardan olgan
bilimlarni ma'lum bir vaziyatda qo'llash yo'lini ishlab chiqadi va o'ni kurs ishi qilib
yozadi.
Kurs ishi bajarishda egallangan bilimlarni amaliyotda qo'llash uslubini faqat
yozma ravishta ifoda etish yo'li bilan kifoyalanmaydi, bu bilimlar hayotda ishlatish
yo'llarini ham o'rganadi.Jumladan kurs ishi bulib kompleks geografik haritani yoki
bir binoni tizimsiz loyixasini chizish, faqat tayyor bino loyixasini tizimini ishlab
chiqish, bir maxsulotni yoki uning modilini ishlab berish, kino lavxaga senariy
24
yozish va hakozolarni ham kiritsa bo'ladi. Ammo har qanday amaliy ish bajarganda
o'ni qanday bajarganligini va qaysi bilimlardan foydalanganligini bayoni ham
bo'lishi kerak.
Kurs ishi bajarilib, ilmiy rahbarni kurigidan utib, uni qoniqarli javobi
olingandan sung, kurs ishi oliy o'quv yurtlarida qabul qilingan tartibda shaklga
keltirilib, kafedraga topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |