25
tanishish, Bitiruv malakaviy ishini yozish muddatini belgilash.
3- bosqich - tuzilgan reja buyicha birlamchi materiallarni to'plash va maxsus
adabiyotlarni tahlil qilish.
4 - bosqich - yig'ilgan materiallarni qayta ishlash, ularni tahlilini o'tkazish va
Bitiruv malakaviy ishini yozib ilmiy rahbarga takdim etish.
5- bosqich - Bitiruv malakaviy ishiga tuzatishlar kiritish va unga taalluqli
chizma, model yoki buyumni tayyorlash.
6- bosqich - tuzatishlardan keyin ishni ilmiy rahbarga ko'rsatib, uning
roziligini olish va ishni himoyaga tayyorlash.
7 - bosqich - himoya va uning tantanasini o'tkazish. Bitiruv malakaviy ishini
bosqichma - bosqich amalga oshirish muddatlari
jadval shaklida tuzilib uch
nusxada tayyorlanadi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. jadvalning bir
nusxasi kafedrada, ikkinchisi ilmiy rahbarda va uchinchisi diplom ishi muallifiga
bo'ladi.
Jadvalning muddatlari yuzasidan talaba rahbariga va zarur hollarda
kafedrada hisobot berib turadi.
Mavzuni tanlash va adabiyotlar bilan dastlabki tanishish.
Bitiruv malakaviy ishining mavzusi olimlar oldiga qo'yilgan masalalarning
biriga qaratilgan bo'lishi lozim. Odatda bitiruv malakaviy ishi ilmiy ish sifatida
kafedra o'ziga bir necha yilga tadqiqot rejasiga kiritilgan mavzularning birortasini
talabalarga beradi. Bizning fikrimizcha bu to'g'ri. Talabalar Bitiruv malakaviy ishi
to'g'risida olib borilgan tadqiqotlar mohir bir ilmiy rahbar qo'l ostida bajarilganda
uning ilmiylik darajasi oshadi va amaliyotda qo'llash mumkin bo'ladi. Biroq
mavzu kafedraning umumiy tadqiqot mavzusiga
muvofiq kelishiga qaramay, uni
tanlab olish erki talabiga beriladi. bu ishga majburlash man qilinadi. Chunki zo'rlab
berilgan mavzuni tadqiqotchi chin yurakdan bajarmaydi.
Bitiruv malakaviy ishini yozishda rahbarlik kafedrada mavzuni muhokama
qilinayotganda, kafedradagi o'qituvchilarga ajratilgan o'quv yuklamalari asosida
belgilanadi. So'ngra o'quv muassasasining ma'muriyati Bitiruv malakaviy ishi
mavzulari to'g'risida chiqarilgan buyrugida uning ilmiy rahbari ham kayd qilinadi.
Kafedra Bitiruv malakaviy ishi yozadiganlarni metodik qo'llanmalar bilan
ta'minlaydi. Bu qo'llanmalar Bitiruv malakaviy ishiga qo'yiladigan talablar, uning
hajmi va boshqa bir qator ko'rsatmalar va qoidalar, ko'rsatilgan bo'ladi.
Bitiruv malakaviy ishining rahbari:
- mavzuni tanlashga va adabiyotlar ro'yxatini tuzishga yordam beradi.
- dessertasiya rejasini tuzishga ko'maklashadi.
- asosiy va maxsus adabiyotlar ro'yxatini tuzishga va birlamchi materiallar
to'plashga yordam beradi.
- ilmiy ish vaqtida bajarilishini nazorat qilib boradi.
- talaba bilan birgalikda tuzilgan va kafedra tomonidan tasdiqlangan jadval
asosida konsultasiya berib boriladi.
- Ilmiy rahbar ish qanday yozilayotganini tekshirib, kuzatib boradi. Agar ish
mavzudan chikib ketgan bo'lsa, yoxud uni to'la asoslanmagan bo'lsa, to'g'ri yo'lga
solib, unga tegishli yordam beradi. O'z navbatida talaba
ilmiy rahbarning vaqtini
26
tejash uchun tayyor savollar bilan keladi, qo'lyozma savodli va tushunarli yozilgan
bo'lishi kerak.
Ish tayyor bo'lgandan keyin ilmiy rahbar unga kengaytirilgan taqriz yozib,
kafedra mudiriga topshiradi.
Taqrizga quyidagilar qayd qilinishi shart.
1. Muallif o'z oldiga qo'ygan masalani qanchalik hal qilishga erishganligi.
2. Bajarilgan ishning qismlari buyicha qisqacha tasnifi.
3 Maxsus adabiyotlar va birlamchi materiallardan foydalanish.
4. Mavzudagi qaysi masalalar yaxshi yoritilgani, qaysilari sust tahlil
qilganlik darajasi.
5. Ishni mustaqil bajarish darajasi.
6.
Dessertasiya
ishidaga
yakuniy
fikrlarni
asoslanganligi
va
tavsiyanomalarning amaliy ahamiyati, zamon va makon talabiga mosligi.
7. Himoyaga qo’yish mumkin yoki mumkin emasligi.
Kafedrna va dekanat bitiruv malakaviy ishini jadvaldan chikmay
bajarilayotganini, ularning sifatini nazorat qilib turadi.
Bitiruv malakaviy ishi odatda kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar ro'yxatidan tashkil topadi. Uning qismlari o'zaro uzviy bog'liq bulib
mantiqan bir- biridan kelib chiqishi va asosiy maqsadga xizmat qilishi kerak.
Ish tarkibiy tuzilishini
shakllantira-yotganda, uning konsepsiyasi ham
tuziladi. Ya'ni tadqiqotni amalga oshirish jarayoni ilmiy asoslab beriladi. Bunda
tadqiqot yakunida nimaga erishish kerakligi, buinng uchun qanday ilmiy tadqiqot
usullraidan va qaysi birlamchi materiallaridan foydalanish zarurligi va kuriladigan
adabiyotlar tavsiloti bayon etib boriladi.
Mazkur ishga taalluqli adabiyotlarni ko'rishda yoki birlamchi materiallar
to'plash va ishlash jarayonida yoxud ilmiy ish yozish paytida avvaldan to'zilgan
reja o'zgarishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ishi umumiy hajmi qo'lyozmada 100-120 betdan
oshmasligi kerak. Bitiruv malakaviy ishi matinini yozish, unga taallukli jadval,
rasm
vaboshqa birlamchi materiallar, kulyozmalar nashrga tayyorlash qoidalari
asosida bajarilgan bo'lishi kerak.
Kirishning xajmi 3- 5 betdan oshmasligi kerak. Unda mavzuning dolzarbligi,
amaliy ahamiyati, unga ijtimoiy buyurma borligi aytib utiladi. Sungra bu
mavzuning ishlanganlik darajeasi yoritilib ishlanmagan javhalarni aniqlanadi va
ulardan mazkur mavzuni tanlab olinganligini isbotlab beriladi.
Mazkur tadqiqotning kutilgan natija, ya'ni maqsadga etish uchun echilishi
zarur bo'lgan masalalar majmui va ularni hal qilish uchun bajariladigan ishlar
hamda bunda ishlatiladigan ilmiy amaliy usullar tizimi keltiriladi.
Asosiy qism dessertasiyaning umumiy xajmi 80 foizini tashkil qilish kerak.
Dessertasiyaning nazariy qismini (ko'pincha unga alohida bulib ajratilgan) bayon
qilishdan oldin, ushbu mavzuda chop etilgan adabiyotlarni chukur o'rganib chikib,
ulardagi
tushuncha, Qonun va qoidalarni tahlili beriladi.Sungra ular asosida
nazariy asoslari ko'rsatilab, ilmiy asoslanadi.
Xulosa dessertasiya matnining boshidagi nazariy asoslari tadqiqotlar yakuni
27
bilan solishtiriladi va yangi natijalar aniqlanadi. Xulosaning oxirida tadqiqot
natijalaridan kelib chikib, amaliyotchilarga uni hayotga tadbik etish buyicha
tavsiyalar beriladi. Shu bilan bitiruv malakaviy ishi xomaki nusxasi tayyor bo'ladi.
Bitiruv malakaviy ishining bu nusxasi ilmiy rahbarga ko'rsatilib uning kamchiligi
va analiz joylari to'zatiladi, adabiy taxrirdan utkaziladi va oxirgi nusxasini bosish
uchun mashinaga yoki kompyuterga beriladi.
Bitiruv malakaviy ishini yozish buyicha tavsiyalar. Bitiruv malakaviy ishi
adabiy bog'liq bo'lishi shart. Bitiruv malakaviy ishida boshqa mualliflarning fikri
va adabiyotlaridan iktisoslar qilingan bo'lsa, manbalarning to'liq ko'rsatkichlari
beriladi.
Bitiruv malakaviy ishida keltirilgan rakamlar tadqiqot mavzusini ochib
berishi kerak.
Bitiruv
malakaviy ishi matni, undagi jadval, diogramma,rasm va kurgazma
materiallar nashrga tayyorlash qoidalariga muvofiq bo'lishi shart. Bitiruv
malakaviy ishi yozgan talaba kulida kolgan nusxasini ukib, ma'ruzani qisqacha
matnini yozadi va ximoyaga ruxan tayyorlaydi.
Ximoya vaktida tadqiqotchining o'zini bardam tutib, xotirjamlik bilan
ma'ro'za qilib beradi.
Tushgan savollarni yozib olib, javob berishga tayyorlaydi.
Savollarga javoblar qisqacha, lunda, maqsadga yunaltirilgan va malakali bo'lishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: