Pedagogik ilmiy tadqiqot metodikasi



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/80
Sana23.05.2022
Hajmi1 Mb.
#608340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
МТ илм тад 2021 мажмуа

METODOLOGIYASI (2-SOAT) 
Reja: 
1.“Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari” fanining maqsad va vazifalari.
2. Pedagogika fanining dolzarb muammolari.
3. Pedagogik tadqiqotlar va ularning yo'nalishlari.
4. Pedagogikaning metodologik muammolari.
5. Pedagogik tadqiqotlarning asosiy tarkibiy elementlari. 
6. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarning mazmuni. 
7. Ilmiy tushunchalar haqida tushuncha. 
8. Ilmiy faoliyat va uning qonuniyatlari. 
Asosiy tushunchalar:
“pedаgogik tadqiqotlar”, “ilmiy xodim”, “metodologik 
muammolar”, “ilmiy faoliyat”, “ilmiy tadqiqot”, “ilmiy tushunchalar”, “ilmiy 
tadqiqot”, “metod”, “maqsad”, “vazifa”, “metodologiя”, “element”. 
Pedagogika fani hozirgi davrda har qachongidan ham muhim rivojlanish 
davriga kirdi. Chunki mustaqil O'zbekiston Respublikasining kelajagi unda kamol 
topayotgan yosh avlod tarbiyasiga bog'liq. “Ta'lim to'g'risida”gi Qonun Birinchi 
Prezidentimiz I.Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining I - chaqiriq 2-
sessiyasida “O'zbekiston siyosiy - ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy 
tamoyillari” haqida qilgan ma'ruzasida pedagogik tadqiqotlar oldiga muhim 
talablar qo'ydi. 
“Zamonaviy yuksak texnologiyalarda ishlay oladigan, bozor Qonunlariga 
mos yangicha fikrlay biladigan mutaxassislarni tayyorlash hozirgi kun vazifasi” 
ekanligi va buning uchun “Maktab- o'rta -oliy ta'lim, ilmiy - tadqiqot institutlari 
shaklidagi ilmiy - ma'rifiy komplekslarni vujudga keltirish lozimligini ta'kidladi. 
O'zbekiston Oliy Majlisining IX sessiyasida Prezidentimiz ta'limni isloh 
qilish sohasidagi katta vazifalarni belgilab berdi. “Ta'lim to'g'risida”gi Qonun, 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini qabul qildi. Bu pedagogik ilmiy tadqiqot 
ishlariga yanada ma'suliyat bilan yondoshishni taqozo etadi. Chunki Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturi pedagogik tadqiqotlar oldiga katta va mas'uliyatli 
vazifalarni qo'ydi.Dasturda “Fan bilan ta'lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish” 
sohasidagi vazifalar alohida belgilab berildi.
Pedagogik ilmiy - tadqiqot ishlari bilan faqat ilmiy xodimlargina emas, balki 
maktab o'qituvchilari ham shug'ullanishlari, ularning ijodiy ishlari ta'lim- tarbiya 
jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi. 
Universitet va pedagogika institutlarida talabalarning ilmiy- tadqiqot ishlari, 
asosan, professio-nal-pedagogik, o'quv-tarbiyaviy yo'nalishda amalga oshiriladi. 
Uning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
- talabalarda izlanishga, tadqiqotchilik faoliyatiga, o'quv-tarbiyaviy ishlarga 
ijodiy yondashishni rivojlan-tirish; 
- mutaxassislikka oid va pedagogik- psixologik fanlarga oid o'quv-tadqiqot 
ko'nikma va malakalarini shakllantirish; 



-adabiyotlar va boshqa ilmiy manbaalarni o'rganish va taxlil qilish
qobiliyatlarini o'stirish; 
-o'quvchilar bilan olib boriladigan ta'lim- tarbiyaviy ishlar, shuningdek, 
mutaxassislik fanlari sohasidagi muammolarni ko'ra olish va shu sohada ilmiy-
tadqiqot ishlari olib borish ko'nikma va malakalarini egallash; 
o'z faoliyatini muvafaqqiyatli tashkil qilishda ilmiy- tadqiqot metodlaridan 
froydalanishga o'rgatish. 
Pedagogika oliy o'quv yurtlarida talabalar bajaradigan ilmiy tadqiqot ishlari 
ikki yo'nalishda tashkil qilinadi: birinchisi, o'quv mashg'ulotlari bilan bog'liq 
bo'lgan tadqiqot ishlari, ya'ni o'quv- tadqiqot ishlari; ikkinchisi, auditoriyadan 
tashqaridagi ilmiy-tadqiqot ishlari.
O'quv mashg'ulotlari bilan bog'liq bo'lgan tadqiqot ishlariga quyidagilar 
kiradi: 
- laboratoriya mashg'ulotlarini o'tishda tadqiqot ishlariga o'rgatish; 
-o'quv predmetlaridan amaliy mashg'ulotlar uchun tajriba va eksperiment 
materiallarini to'plash; 
-qo'shimcha 
adabiyotlarni, 
ayniqsa 
ilmiy-tadqiqot 
metodlari 
va 
metodologiyasi masalalari bilan bog'liq bo'lgan adabiyotlarni (vatan va chet el
adabiyotlarini) o'rganish va tanqidiy tahlil qilish; 
-to'plangan tadqiqot materiallari asosida referat va ma'ruzalar yozish; 
pedagogik, ishlab chiqarish va dala amaliyotlari 
davomida, o'quv ekspedisiyalari vaqtida o'quv topshiriqlari bo'yicha 
individual yoki jamoaviy tadqiqot ishlari olib borish; o'quvchilarning qiziqishlari, 
individual xususiyat-larini o'rganish, jamoada shaxslararo munosabatlar, bir 
maqsadga qaratilan ijtimoiy-psixologik va sosiolaogik tadqiqotlar, yoshlar e'tiqodi 
va ideali, maktabda o'quv tarbiyaviy ishlar metodlarini qiyosiy psixologik va 
pedagogik o'rganish, arxeologik-dialektologik tadqiqotlar, gerbariylar to'plash, 
fenologik va meterologik hodisa-larni o'rganish, o'quv ustaxonalarida mehnat 
ta'limi metodlarining samaradorligini tadqiq qilish, o'simliklar va daraxtlar 
o'stirishning samarali vositalarini tadqiq qilish va boshqalar; 
-kurs bitiruv va diplom ishlarini tajriba tadqiqot yo'nalishida bajarish. 
Auditoriyadan tashqaridagi ilmiy- tadqiqot ishlariga quyidagilar kiradi: 
- talabalarning ilmiy to'garaklardagi ishlari. Bunday to'garaklarda talabalar
ilmiy bilish metolarini, tadqiqot usullarini o'rganadilar, adabiyotlar va boshqa ilm 
manabaalari asosida hisobotlar yozadilar, o'zlarining tadqiqot ishlari haqida 
chiqishlar qiladilar, turli maslarning muhokama qilishda, munozaralarda 
qatnashadi-lar; 
- kafedra o'qituvchilari, aspirantlar, shuningdek, maktablar, xalq ta'limi 
tizimidagi ilmiy-metodik muassa-salari tomonidan olib boriladigan tadqiqot 
ishlarida qatnashish; 
- ilmiy- tadqiqot muassasalari tomonidan o'tkazila-digan arxeologik, 
etnografik va boshqa ekspedisiyalarda qatnashish; 
- o'zining tadqiqot materiallari asosida ma'ruzalar va chiqishlar qilish; 

konstruktorlik byurolaridagi ishlarda, shartnoma yoki otaliq asosida olib 



boriladigan tadqiqot ishlarida qatnashish; asboblarni konstruksiya qilish, ta'limning 
texnik vositalari va ko'rgazmalilik vositalarini yasash, jamoa xo'jaliklarida 
mehnatni ilmiy tashkil qilishni o'rganish va boshqalar. 
I-II kurslarda talbalar kafedra o'qituvchilari rahbarligada psixologo-
pedagogik va o'z mutaxassisligi yuzasidan dastur topshiriqlariga muvofiq o'quv 
xarakteridagi tadqiqot ishlarini bajaradilar. O'qigan, bilganlarini yozma bayon 
qilishga o'rganadilar, ilmiy tushunchalarni, qoidalarni o'z tushunchasi bilan 
solishtiradi. Faktlar orasida aloqalarni tushunadi va mustaqil fikrlaydi. Referat 
yozish davomida talabalar adabiyotlar bilan ishlash malakasini egallaydi, muhim 
nazariy masalalarni mustaqil hal qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ilmiy ishlarni 
rasmiylashtirish kabi qoidalar bilan ham tanishadi. 
Ayrim kurslarning oxirida o'tkaziladigan o'quv koferensiyalari ham 
talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga o'rgatishda muxim ahamiyat kasb etadi. Ishning 
bu shakli referativ ishga bog'lanadi va unga suyanadi. Ma'ruzachilar muammo 
yuzasidan eng yaxshi referat yozgan talabalardan tanlanadi. Ularning chiqishlarini 
boshqalar to'ldiradilar. Har bir ma'ruza to'ldiriladi, muhokama qilinadi. Bunday 
konferensiyalar o'quv yili oxirida o'tkaziladi. 
Shuningdek, birinchi, ikkinchi kurslarda o'quv amaliyoti jarayonida talablar 
maktab o'quvchilarining yosh va individual xususiyatlarini o'rganishga jalb etiladi. 
Bunda ular kuzatish, suhbat va anketalar yordamida o'quvchilarning 
xususiyatlarini, qiziqishlarini va intilishlarini o'rgandi-lar va tadqiqotchilik 
malakalarini egallaydilar. 
Talabalarda tadqiqotchilik sifatlari shakllanishining ikkinchi etapi yuqori 
kurslarda o'qish davomida bo'ladi. Bu etapda talabalar laboratoriyada, o'quv va 
ilmiy ekspedisiyalarda turli darajadagi tadqtqot ishlarini mustaqil bajaradilar, ilmiy 
to'garak va kafedra o'qituv-chilari va aspirantlar tadqiqotlarida, talabalarning 
jamoaviy tadqiqot ishlarida qatnashadilar; kurs, bitiruv va diplom ishalri yozish 
bildan 
bog'liq 
bo'lgan 
tadqiqot 
ishlarini 
bajaradilar; 
ilmiy-nazariy 
konferensiyalarda ma'ruza qiladilar, ilmiy ishlar konkurslarida ishtirok etadilar. 
Bu etapda talabalar olib borgan tadqiqot ishlari natijasida mavzu tanlay 
olish, tadqiqot metodikasini tuza olish, tadqiqotni tashkil etish va o'tkazish, 
tadqiqot natijalarini sifat va son jihatidan taxlil qilish, o'z xulosalarini ayta olish, 
o'z ishini talabalar ilmiy ishalri konkurslari uchun tayyorlay olish qobiliyatini 
ko'rsatishi kerak. 
Hozirgi davrda 
tarbiya 
muammosi 
bilan 
juda 
ko'p 
jamoatchilik 
shug'ullanmokda. Bu sohada pedagoglardan tashqari filosoflar, sosiologlar, 
psixologlar ham keng tadqiqot ilarini olib bormokdalar. 
Tarbiya ya'ni pedagogik muammolarga bunday qiziqish-ni shuni bilish bilan 
izog'lash mumkinki, O'zbekiston Respublikasining istiqloli davrida tarbiyaning 
roli yanada oshib bormokda. Pedagogika fani kelajak avlodni tarbiyalashning 
asoslarini belgilab berishi lozim. 
Pedagogika fanining rivojlanishi faqat ilmiy xodimlarning tadqiqotlari 
bilangina kifoyalanib qol-maydi.Bu ishga keng o'qituvchilar ommasi - 
intellegentlar ham bosh qo'shsa, fanning rivojlanishi ancha yuqori bo'ladi. 



Pedagogika tajribalarni umumlashtirish, uning yutuqlarini amaliyotga qo'llash, 
pedagogika fanining va maktabdagi o'quv tarbiyaviy jarayonlar samaradorligiga 
ta'sir qiladi. 
Hozirgi kunda pedagogika fani faqat yosh avlodni shakllantirish uchungina 
muhim bo'lib qolmay, balki uning roli jamiyatning hamma sohalarida muhim 
bo'lmokda. Hozirgi davrda ishlab chiqarishda yoki halq xo'jaligining biror - bir 
sohasida kompleks tarbiyaviy tadbirlarni qo'llamasdan turib biror bir natijaga 
erishish mumkin emas. 
Jamiyatda juda ko'p umumiy, iqtisodiy va tashkiliy muammolar bir vaqtda u 
yoki bu jihatdan tarbiyaviy muammolar ham bo'lib kolmokda. 
Insoniyat faoliyati orkali bo'ladigan munosabatni 2 ga bo'lish mumkin. S-S, S-0 
Hozirgi davrda pedagogikaning metodologik muammolari ayniksa o'tkir tus 
oladi. O'zbekiston Respublikasining istiqloli munosabati bilan istiqlol mafkurasi 
shakllandi.
Halk ta'limi tizimi yaslidan boshlab, oliy o'quv - tarbiya muasasalari 
boshqarmalarini rivojlantirish sohasi-da kompleks tadbirlar ishlab chiqishni, o'quv 
tarbiya - ishlari darajasi hozirgi davr talabi asosida yaxshilashni, ta'lim metodlarini 
takomillashtirishni, pedagogik kadrlar malakasini oshirishni va ularni tayyorlashni 
davr talabi asosida yaxshilashni talab etadi. Bu masalalarni muvaf-faqiyatli hal 
etishi, ko'p tomonlama o'qituvchilarning pedagogika fani arboblari va halk ta'limi
organlarining umummetodologik tayyorgarligiga bog'liq. 
Xozirgi taraqqiyot tarbiyaning muhim masalalarini birinchi planga 
qo'ymokda, 
mafkuraviy 
ishlarni 
kuchaytirish, 
ta'limning 
mazmunini 
milliylashtirish, uni takomillashtirish, ta'limning tashkiliy shakl va metod-larini 
takomillashtirish, nazariy va amaliy masalalarini hal qilishga yangicha 
yondashish,metologik muammolar ustida ko'proq fikr yuritishni talab qilmoqda. 
Umumiy ma'lumot muammosi hozirgi davrdagi eng muhim muammolaridan 
biridir, bu uning hozirgi davr talabiga javob berishi milliyligi, umuminsoniy 
sifatlarni shakllantirishga xizmat qilish, o'quv materiallarini tashkil qilish va 
tanlash prinsplariga mos bo'lishi kabilardir. Bular ilmiy bilimlarning ko'payib 
borayotgan hajmi bilan maktabda ularga o'rganish sharoitlari o'rtasidagi ziddiyatni 
yo'qotishga yordam beradi. Ta'lim - tarbiya metodlari, tajribalarni tushinish va 
unga ijodiy yondoshish, ta'limning tashkiliy shakllari, vositasita va usullarining 
nazariy asoslanish, uni boshqarish va mantiqiy to'zilmasi ko'pincha o'qituvchining 
metodologik tayyorgarligiga bog'liq. 
Metodologiya nima? Metodologiya (metod va logiya so'zlari) - faoliyatining 
strukturasi, logik to'zilish, metod va vositalari haqidagi ta'limot. 
Har qanday ilmiy- tekshirish ishlariga avval faktlar to'planadi va shu asosida 
nazariy xulosalar bayon etiladi. Bunda olim qanday nazariy pozisiyaga turadi, bu 
juda muhim, chunki uning dunyoqarashi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, uning 
kuyilishi, u faktlar qanday oladi, qanday xulosa chiqaradi, bo'lar tadqiqot ishining 
asosini tashkil etadi. Shuning uchun ham metodologiya hozirgi zamon fanining 
dunyoqarash konseasiyasini o'rganadi, yanada tasdiqlangan asosiy bosh qoidalari 
o'rganadi.Bu qoidalarni filosof ham, pedagog ham matematik ham hamma birday 



bilishi kerak. 
Tadqiqotning tashkil qilinishi va borishi ham muhim muammo. Bu yo'llar 
bilan faktlar olinadi, ularni qanday ishlash, baholash va bayon qilish kerak. 
Faktlardan qanday xulosalar chiqarish kerak. Umumlashtirish kerak (bo'lgan) va 
bo'lar saosida nazariyani qanday ishlab chiqish kerak - bo'larning hammasi maxsus 
fan sohasi metodologiya.ir (yoki fanshunoslik). Har bir fanda umumiy asoslardan 
tashqari, o'zining nazariy bosh qoidalari ham mavjud. Bular mazkur fanning 
metodologiyasi ya'ni nazariy fundamentidir. 
Pedagogikaning metodologiyasi biz har qanday pedagogik muammoni 
tashkil qilish asosida yotgan umumiy asosli bosh qoidalarni tushunamiz. Har 
qanday fan dunyoni falsafiy tushunish aks ettirilgan bosh qoidalardan foydalanadi. 
Pedagogika fanining metodologiyasi falsafaning dialektiq prinsip-laridir. 
Birinchi darajali muammo bu voqealarni qarama - qarshiligini o'rganishdir. 
Qarama - qarshiliksiz rivojla-nish bo'lmaydi. Kaerda harakat, rivojlanish o'zgarish 
sezilsa o'sha erda ziddiyatni qidirish kerak. Ichki va tashqi ziddiyat, asosiy va unga 
yondosh ziddiyatlar bo'ladi. 
Ichki qarama - qarshilik bu tarbiyalanuvchining asosiy ehtiyojlari va ularni 
qondirish uchun kuch va imkoniyatlarining bo'lishi bilan, uning maqsadi, xohishi 
va imkoniyatlarining to'g'ri kelmasligi o'rtasida qarama - qarshilik va boshqalar. 
Tashqi qarama - qarshilik hisoblanadi, lekin bularning o'zi mazkur predmet, 
hodisalarning boshqalar bilan bog'lanishi natijasida hosil bo'ladi, ya'ni tashqi 
qarama - qarshilik natijasida sodir bo'ladi. 
Tadqiqotchi hodisalarning mazmunini o'rganishi uning o'zaro aloqasi va ular 
sohasida tashqi ziddiyatni aniqlash, keyin ichki ziddiyatlarga o'tishi, ularning 
paydo bo'lishi, rivojlanishi dinamikasini ko'rsatishi va nihoyat hodisaning 
mohiyatini, uning o'tishi sharoitlarini ochib berishi lozim. Bu har qanday 
hodisalarni, shuningdek pedagogik hodisalarni dam bilishning dialektik 
sxemasidir. 
O'zbekiston Respublikasining mustaqil rivojlanish yo'lidagi taraqqiyoti 
turmushning barcha - ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy sohalarida tub islohatlarni
amalga oshirishni taqozo kilmokda. 
Qizil imperiya o'z mavqeini mustahkam saklash maqsadida hamma 
sohalardagi rivojlanishning me'yorlarini belgilab berib, uni cheklab qo'ygan edi. 
Shuningdek, fanlarning ham ana shu me'yoriy - chegaradan chiqishi mumkin emas 
edi. 
Kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan 
ta'lim - tarbiya sohasidagi ijobiy tajribalar bir necha yillar kamsitilgan, e'tiborga 
olinmas edi. Chunki ular markscha - lenincha nazarichga mos emas, deb qaralar 
edi. Shuningdek ta'lim tarbiya haqidagi ilg'or kapitalistik mamlakatlarda yaratilgan 
g'oyalar burjua g'oyalari deb tanqid qilinar, rad qilinar edi.Vaholanki har qanday 
g'oyaning ijobiy va salbiy jihatlari bo'lishi mumkinligi, uning ijobiy jihatlaridan 
ta'lim - tarbiya jarayonida foydalanish ancha muvaffaqiyatlar keltirishini bilar edik, 
lekin markcha - lenincha nazariyaga mos kelmagani uchun rad qilishga majbur 
edik. Natijada ta'lim-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish rivojiga ancha to'siqlar 


10 
vujudga keldi. 
Jamiyatning rivojlanishi jarayonida inson tarbiyasi, ularning shaxs va 
dunyoqarashida tub sifatiy o'zgarishlar sodir bo'ldi. Lekin bu o'zgarishlarning 
mohiyatini ochib benrishda pedagogka fani ojizlik qilib qoldi. Pedagogika fani 
sohasidagi ilmiy - tadqiqot ishlarida ham bir xillik, nochorlik tobora ko'zga 
tashlanib qoldi. Xayriyatki, Respublikamizning istiqloli hamma sohadagi kabi, 
pedagogika fani sohasidagi chekinishlariga barham berdi. Endi pedagogika tor 
qobig'dan kutildi. Uning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmokda. 
Kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan ta'lim - tarbiya sohasidagi tajriba-larni 
o'rganish, tadkik qilish sohasidagi katta ishlar amalga oshirilmokda. 
Tabiiyki, bu masala hozirgi sharoitda pedagogika fanining metodologik 
asosini takomillashtirishni taqozo etmokda. Ta'lim va tarbiya borasida amalga 
oshirilayotgan tadqiqotlarga metodologik zaifliklar, chalkashliklar ko'zga 
tashlanmokda. Bo'larga chek kuymok uchun avvalo metodologiya-ning o'zi nima? 
- degan savolga javob bermok lozim. O'zbek sovet ensiklopediyasining “ 
Metodologiya (metod va .... logiya so'zlaridan) faoliyatining strukturasi, logik 
tuzilishi, metod va vositalari haqidagi ta'limot”,- deb ko'rsatilgan.( O'zSE, 
Toshkent - 1976, 7 - jild , 172 - bet). 
Ruscha - o'zbekcha lug’atda esa metodologiya so'ziga “ bilimning ilmiy 
metodlari haqidagi ta'limot, shuningdek, ayrim fan tarmoqlarida kullaniladigan 
metodlar majmui”, - deb izog'langan.(Ruscha - o'zbekcha lugat. Toshkent - 1983, 
1-jild. 554-bet).
Falsafa lugatida “ metodologik - biror fanda etila-digan tadqiqot usullarining 
majmui: ilmiy va dunyoni o'zgartirish metodi haqida ta'limot, - deb ko'rsatilgan. 
(Falsafa lugati, Toshkent - 1976, 305 bet). 
Demak, metodologiya barcha fanlarining rivojlanishi uchun, uni o'rganish, 
tanqid qilishda kullaniladigan eng umumiy tushunchalar, prinsplar, yondoshuvlar, 
muammolar shuningdek eng umumiy metodlarning majmuasidan iborat. 
Xo'sh shunday ekan, pedagogika fanining metodologiya asosi nima? Avval 
ham hozirgi ham pedagogika fanining metodologiya asosi falsafa fani bo'lgan, 
falsafaning asosiy masalasi esa olam bilan odam orasidagi o'zaro aloqadorlik 
qonuniyatlarini o'rganishdan iboratdir. Olam bilan odam o'rtasidagi aloqadorlikini 
o'rganishdan maqsad insonning o'zini o'rganishdir. Odamni inson darajasida 
ko'tarishda tarbiya muhim rol o'ynaydi.shuning uchun ham qadimgi faylasuflar 
(Masalan: Aristotel, Farobiy va boshqalar) inson tarbiyasi masalasini falsafaning 
asosiy masalasi katoriga qo'yganlar. Shunday qilib falsafiy ta'limotlar tarkibida 
pedagogik g'oyalar paydo bo'la boshlagan va rivojlanib borgan. Keyinchalik u 
mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan. 
Pedagogika inson tarbiyasi, uni tashkil etish prinsp-lari, yo'llari usullari va 
formalarini o'rganiladigan fandir. Demak, pedagogika inson tarbiyasibilan 
shug'ullanar ekan, u falsafaning olam va odam orasidagi o'zaro aloqadorlik 
qonuniyatlariga asoslanishi lozim. Har qanday pedagogik tadqiqot, izlanishlar, 
tarbiya sohasidagi g'oyalar ana shu metodologiya asosida amalga oshirilishi 
maqsadga muvofiq bo'ladi. Yoki qisqa qilib aytganda pedagogikaning metodologik 


11 
asosi falsafaning dialektik konsepsiyasidir. 
Xush, dialektikaning o'zi nima? Dialektika - bu aloqadorlik, o'zgarish va 
rivojlanish to'g'risidagi ta'limotdir. Pedagogik muammolarni o'rganishda xuddi shu 
ta'limot, ishonchli metodologik asos vazifasini bajaradi. Xuddi shuning uchun ham, 
har qanday pedagogik muammoni o'rganishda quyidagi dialektik prinsiplarga 
asoslanish zarur: 
1. Yaxlitlik prinsipi. Pedagogika jarayonlarni o'rganishda yaxlitlik prinspiga 
amal qilinganda inson tarbiyasi masalalarini to'g'ri tahlil qilishda muvafakiyatlarga 
erishish mumkin. Maslan: Ta'lim jarayoni yaxlit pedagogik jarayon sifatida 
o'rganishgina inson tarbiyasi muammosini to'g'ri berishi mumkin. Shuningdek, 
ta'lim-tarbiyaning barcha bosqichlarida insonni shakllan-tirish masalasi hal etiladi. 
Maktabgacha tarbiya, umumiy ta'lim, o'rta maxsus va oliy ta'lim – insonni 
tarbiyalash maqsadiga xizmat qiladi.Bular orasidagi aloqadorlikni yaxlit tassavvur 
qilish va o'rganishgina ta'lim tarbiya jarayoni muvaffaqiyatini ta'minlashi mumkin. 
Aks holda ta'lim - tarbiya bo'g'inlari har biri o'zicha ish ko'radigan bo'lsa, ta'lim - 
tarbiya tizimi komil insonni shakllantirish muammosini to'g'ri hal eta olmaydi. 
2. Tizimlilik prinspi. Bu prinsip yordamida, eng avvalo ta'lim va tarbiya 
jarayonini bir butun tizim deb qaraladi.O'sha bir butun tizimni tashkil etgan asosiy 
elementlar, komponentlar alohida olib tahlil qilinadi.Har bir element yoki 
komponent bajaradigan funksiya aniqlab beriladi. Shuningdek, tizim ichida yana 
alohida tarkibiy qismlar, borligi inobatga olinadi. Xuddi shu asosida ta'lim - tarbiya 
jarayonining quyi zvenosidan tortib, yuqori pog'onasigacha, har bir etapda bu 
prinspga amal qilinishi lozim. 
3. Sababiyat prinspi. Bu prinsip tasodif yoki zaruriyat,imoniyat va voqelik 
kabi kategoriyalar orqali ochib beriladi. Har qanday ijtimoiy tuzum tarbiya 
sohasida o'z manfaati yo'lidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishni zaruriyat 
qilib qo'yadi. Ushbu zaruriyat esa ba'zi imkoniyatlarni mavjud bo'lishini talab 
qiladi. Imkoniyat-larni etarli yoki etarli emasligi tarbiyaning maqsad va 
vazifalarini ro'yobga chiqarishni ta'minlaydi. Imkoniyat-larni hisobga olmasdan 
qilingan har qanday harakat tarbiya sohasida katta xatolarning kelib chiqishiga olib 
keladi. (Masalan: maktablarni ixtisoslashtirish sohasidagi harakatlar, 6-yoshlilarni 
o'qitishga yoppasiga o'tish va hakozolar imkoniyatlarni hisobga olinmasligi 
oqibatida biror bir natija bermadi). 
4. Tarixiylik prinsipi. Bu prinsip har qanday pedagogik tadqiqotlarda 
tarixiylikka asoslanishni taqozo qiladi.Tarixiy ma'lumotlar xronologik izchillikka 
o'rganilishi va bayon qilinishi ob'ektiv xulosalar chiqarish-ga yordam beradi. 
Xulosa qilib aytganda, pedagogik tadqiqotlarni amalda oshirishda falsafa fani 
va uning dialektik konsensiyasiga asoslanish zarur. 
Har qanday fanning falsafa bilan bog'liqligi bu bilan tugamaydi.Hozirgi 
zamon fanining ma'lumotlari falsafaning rivojlanishi uchun baza bo'lib xizmat 
qiladi: faktlar, qonunlar har qanday fanning nazariyasi - falsafaning asosiy 
dalilidir. 
Biz shunday davrda yashayapmizki, bu davrda fanlar bir-biri bilan uzviy 
aloqada rivojlanmokda va shular asosida qiziqarli ilmiy kashfiyotlar vujudga 


12 
kelmokda.Shuning uchun bugungi kunda tarbiyani pedagoglar, filosoflar, 
psihologlar va sosiologlar, gigienistlar va boshqalar birgalikda o'rganmoklari 
lozim. Lekin bular orasida pedagogika hal kiluvchi o'ringa ega. Pedagogka fani 
faqat pedagogik tadqiqotnigina emas, balki bolalarning rivojlanishi, shaxsning 
shakllanishini o'rganuvchi boshqa fanlar uchun ham qimmatlidir. 
Tarbiya yosh avlodni jamiyat hayotiga tayyorlash vositasidir. Tarbiyaviy 
jarayon jamiyatning shaxsga qo'yadigan talablari bilan amalga oshiriladi.Bularning 
hammasi muhim pedagogik qonunlarni belgilashga asos bo'ladi: Jamiyatning 
rivojlanishining o'zi ijtimoiy tarbiya va shaxsiy o'z - o'zini tarbiyalash bilan 
kelishadi, ya'ni uni korrektirovka qiladi. Shunday ekan ijtimoiy rivojlanish 
qonunlarini, ya'ni yangi mustaqil respublikadagi hayotning o'zgarishi, jamiyatning 
insonlarga qo'ygan talablari va boshqalarni bilmasdan yosh avlodni tarbiyalashni 
to'g'ri tashkil qilish mumkin emas. Ijtimoiy rivojlanishni boshqarish uchun demak 
tarbiyaviy vazifalarni ham echish kerak. Albatta tarbiya jarayonining maqsadi 
sharoitlari, ob'ekti, shuningdek shaxs shakllanishining vositalari yo'l va metodlarini 
jamiyat belgilaydi. Jamiyat haqidagi hamma fanlar kompleksini bilmasdan turib, 
pedagogika o'z muammolarini hal eta olmaydi. Konkret pedagogik tadqi-qotlar
uchun falsafiy qarashlar muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun ham falsafa faqat 
pedagogikaning metodologik asosigina bulib kolmasdan, uning butun fanlar 
ma'lumotlaridan foydalanishga imkoniyat yaratadi, uni xatoliklar va noto'g'ri ilmiy- 
tekshirishdan saklaydi. 
Hozirgi davrda pedagogikaning dolzarb muammolari. 
1. Tarbiyaviy jarayonning mohiyati va qonuniyatlari: 
2. Shaxs axloqiy irodaviy sifatlarini shakllantirishning yo'llari, xususan ongli, 
mehnatga munosabat, vatanparvarlik, javobgarlik, burchni sevish, pok vijdon kabi 
milliy hamda umuminsoniy sifatlarni shakllantirish. 
3. Shaxsni shakllantirishning umumiy asoslari ta'limni mehnat amaliyoti 
bilan bog'lash, aqliy, jismoniy va mehnat, estetika va mavkuraviy, ijtimoiy va 
individual sifatlarin shakllantirish. 
4. Tarbiya va o'z- o'zini tarbiyalash, tarbiya va qayta tarbiyalash va xaqozo. 
5. O'quvchilarni tug'ma qobilyat va mahoratlarini aniqlash va rivojlantirsh, 
ta'limga individual yondashish.
6. Bolaning har - xil yoshdagi sifatlarini, motiv va qiziqishlarini aniqlash, 
ularning tarbiyachilarga ota - onalariga, tengdoshlariga, kattalarga munosabatlarini, 
o'z - o'zini tarbyalashlarini o'rganish. 
7. Tarbiyaviy ishlarning tashkil etilishining samarali yo'llarini izlash. 
8.O'qituvchi ta'siri xulqidagi etika va estetika. 
9. Bolalar jamoasini shakllantirishning samarali yo'llari. 
10. Bolalarning bilish faoliyatini faollashtirish ularning aqliy faolligini 
rivojlantirish. 
11. O'quv ishining samarali yo'l va usullarini izlash. 
12. Bolani oilada va maktabda tarbiyalashning yagona tizimini yaratish va h.
Ilmiy tadqiqot uchun quyidagilar muhim. 
1). Muhim ilmiy tushuncha va tasavvurlarni bilish.


13 
2). Faktlar, hodisalarni aniq yozib borish. 
3). Bir - biriga o'xshash faktlarni ularning muhim belgilariga ko'ra tanlash. 
4) Faktlarni umumiy qoidalarga muvofiq belgilariga ko'ra gruhlash.
5) Fakt va hodisalarni tahlil qilish, ularning umumiy, alohida, muhim va 
ikkinchi darajalarini ajratish. 
6) Fakt va hodisalarni taqqoslash, ularning o'xshashlik va farqlarini, tasodifiy 
yoki qonuniylarini topish. 
7). Tushunchalarni aniq belgilash, chunki tushuncha ilmiy bilishning fanga 
erishilgan darajasini aniqlash pog'onasi.
8). Isbot va rad qilishlarni ilmiy diskussiya va ma'lum fandagi har xil 
tadqiqotlardagi qarashlar asosida ko'rsatish. 
9). Rivojlanish tendensiyasini ko'ra bilish. 
10). Ilmiy xulosa. 
Ilmiy tadqiqotning eng muhim tarkibiy elementlari katoriga quyidagilarni 
kiritish mumkin. 
1. Tadqiqot predmeti (yoki ob'ekti), ya'ni nima o'rganiladi (sifatning 
shakllanishi : uning boshqa sifatlar bilan aloqasi, hodisa yoki jarayonning 
harakteristkasi, ma'lum yoshdagi, ma'lum muhitdagi bola tarbiyasining tashqi va 
ichki omillari, tendensiyasi, sharoit va mohiyatini aniqlash). 
2. Tadqiqotning maqsadi, ya’ni tadqiqotning predmeti nima uchun 
o‘rganiladi.( tarbiyaning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, tadqiqot mavzusi 
yuzasidan yangi ilmiy informatsiyalarini topish, amaliy ishlar natijasini tahlil 
qilish,va boshqalar). 
3. Tadqiqotning vazifasi, yangi o'rganilayotgan ilmiy 
muammoni 
tekshirishning predmetga muvofiq maqsadini konkretlashtirish. Maqsad fanning 
umumiy holatiga ko'ra pedagogik nazariyaning rivojlanishi zaruriyati belgi-
lanadi.Tadqiqotning vazifasi faqat maqsaddan kelib chikibgina qolmay, maktabda 
tadqiqot ishlarini hisobga olish sharoitlari, tadqiqotning imkoniyatlari, amaliyot 
tajribalaridan kelib chikadi. 
4. Tadqiqotning dastlabki konsepsiyasi, tadqiqotchi o'z ishiga asos qilib 
oladigan nazariy qoida-lar.Tadqiqotchining tayanch pozisiyasi - fanning holatini 
chukur tahlil qilish natijasida, adabiyotlardagi eng muhim umumiy g'oyalarini 
ko'rsatish, qoida va tavsiyalar.Dastlabki konsepsiya fanda nima ma'lum, hamma 
tomondan tan olingan, qaysi masalalar bo'yicha alohida qarashlar yo'q, nima 
(ma'lum) kam o'rganilgan, fanda qaysi savollarga javoblar yo'q kabilarni 
aniqlashga yordam beradi..Bu esa tadqiqotning maqsadi va vazifalarini aniqlashga, 
gepotezalar ishlab chiqishga yordam beradi.
5. Ilmiy gipoteza, ya'ni o'rganilayotgan jarayon, hodisa qanday boradi, ma'lum 
sifat shakllanishi bilan bolada qanday o'zgarishlar bo'ladi, jarayonning borishi 
nimaga bog'liq bo'ladi va hakozolarni taxmin qilinmoqda. Gipoteza ongda 
bajaraladigan o'ziga xos tadqiqot. U tadqiqot boshlanmasdan oldin ilmiy xodim 
tomonidan ishlab chiqiladi. 
6. Tadqiqot metodikasi - tadqiqot vazifalari bajarilishiga yordam beradigan, 
ilmiy gipotezalarni tekshirishga, ishonchli ilmiy faktlarni olishga yordam 


14 
beradigan priyom, yo'l va usullar ro'yxati. 
7. Ishlab chiqarilgan tadqiqot metodlari sohasida ilmiy faktlar olish va ularni 
analiz qilish - pedagogik tadqiqotning natijalarini oilada va maktabda olib borilgan 
tarbiya natijalaridan ajratish va tadqiqot ishlarining mazmuni bilan bolalarning 
tarbiyalanganligini o'rtasida bog'liqlik o'rnatish. 
8. Ilmiy konsepsiyani ishlab chiqish, ya'ni tadqiqot natijasida olinganlarning 
muhimmlarini ajratish, pedagogik nazariya uchun g'oya va xulosalar chiqarish. 
9. Tadqiqot natijalarini amaliyotda qo'llash - bu ishning yakuniy etapining 
muhim elementi. Unda konkret metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi, metodik 
qo'llanmalar yaratiladi, tadqiqotchining pedagogik g'oyalarini ommaviy qo'llash 
uchun targ'ibot qilinadi. 
Har qanday pedagogik tadqiqot o'z ichiga yuqoridagi izchillikni olishi va bu 
tarkibiy qismlar orasida uzviy bog'liqlik bo'lishi lozim. 
Pedagogik tadqiqotlarda asosan quyidagi yo'nalishlar bo'lishi mumkin. 
1. Tarbiya nazariyasi. 
2. Didaktika. 
3. Oliy maktab pedagogikasi. 
4. Pedagogik psixologiya. 
5. Oila pedagogikasi, kasbga yo'llash, chet el pedagogikasi va boshqalar. 
Tadqiqotning asosiy predmetlari qilib quyidagilarni olish mumkin. 
1. O'qituvchi (yoki ota- ona) faoliyati. 
2. Pedagogik jamoa (yoki oila) faoliyati. 
3. Bolalar jamoasi faoliyati. 
4. Jamoatchilik ishlari (ishlab chiqarish, turar joylardagi maktabdan tashqari 
muassasalari, klublar, madaniyat uylari va hakozolar). 
5. Bolalarning o'z faoliyati. 
6. Tarbiyaviy jarayon ob'ekti va sub'ektining o'zaro ta'siri. 
Pedagogik tajribalarni umulashtirish, tadqiqot ishlarini o'tkazishning eng 
muhim yo'lidir. Masalan, ko'pgina tajribali o'qituvchilarning ish tajribalari 
pedagogik fikr taraqqiyotiga muhim ta'sir ko'rsatadi. Ilg'or pedagogik tajribalarga 
tayanish va uning ma'nosiga tushunish ko'pgina ilmiy ishlarning manbai 
hisoblanadi.
Ilg'or pedagogik tajribalar umumlashtirish va ularni qo'llash uchun 
quyidagilarga rioya qilish zarur: 
1. Ilg'or pedagogik tajribalar umumlashtirish oldin mamlakat maktablaridagi 
tajribaning ilg'orligi nima bilan harakterlanadi, shahar yoki tumandagi maktabning 
ilg'or tajribasi hosil bo'lishida atrofdagi yoki mamlakatdagi ilg'or tajribalar qanday 
ta'sir qiladi, maktab tarixi, uning an'analari qanday, pedagogik jamoa qandayligini 
aniqlash muhim. 
2. Maktab hayotining hamma tomonlari bilan amaliy tanishish zarur. Buning 
uchun bir kunda biror sinfdagi hamma darslarni kuzatish, tadqiqotchining 
qiziqtirayotgan o'quv predmeti darslarini kuzatish, shu sinfda bir hafta yoki bir oy 
davomida har - xil tarbiyaviy tadbirlarga qatnashish kerak. 
Agar tekshirishlarimiz bolalar bilan ishlashning ko'pgina shakl va 


15 
metodlarida aks etsa, u holda bunday tajtibalarni ommalashtirish zarur. 
3. Pedagogik tajribalarni o'rganishni o'quvchilar jamoasini, tarbiyachilarni, 
ularning ish uslubini, o'zaro munosabatlar, umumiy qarashlar, bir xil talablari 
kabilardan o'rganishdan boshlash kerak.Mana shular ilg'or tajribaning mohiyatini 
tashkil etadi. Bolalar va pedagoglar, o'quvchi va o'qituvchilar jamoasi o'rtasidagi 
munosabatlar tizimni o'rganish, shundan keyingina ilmiy xodimni qiziqtirgan 
muammo bo'yicha material yig'ishni bog'lash kerak. 
4. Pedagogik tajribani to'g'ri tushunish va baholash uchun uni chetdan turib 
kuzgatmasdan, balki shu pedagogik jamoani a'zosi sifatida ishlash kerak (ya'ni 
etakchi, o'qituvchi, sinf rahbari sifatida) yoki o'quvchilarning tadqiqot guruhiga 
rahbar sifatida ishlash kerak) muammoli sovet tuzish. Har qanday holda ham ilmiy 
xodim maktabning o'quv tarbiyaviy ishlarida faol qatnashishi lozim, aks holda u 
ob'ektiv xulosa chiqara olmaydi. 
5. Mamlakatdagi ilg'or o'qituvchilarning ish tajribasini o'rganishda
pedagogika fani yutuqlariga asoslanib, hozirgi zamon fani pozisiyasida turib, tahlil 
qilish kerak. 
6. Faqat birgina maktab yoki o'qituvchining tajribasi bilan cheklanib qolish 
ham to'g'ri kelmaydi. Shuning uchun ham bir necha maktab va bir necha 
o'qituvchilar ish tajribalarini taqqoslash kerak. shundagina ilg'or pedagogik 
tajribaning mohiyati aniqlanadi. 
Pedagogika fani hozirgi davrda har qachongidan ham muhim rivojlanish 
davriga kirdi. Chunki mustaqil O‘zbekiston Respublikasining kelajagi unda kamol 
topayotgan yosh avlod tarbiyasiga bog‘liq. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun 
Prezidentimiz I.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining I - chaqiriq 2 -
sessiyasida
“O‘zbekiston siyosiy - ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” 
haqida qilgan ma’ruzasida pedagogik tadqiqotlar oldiga muhim talablar qo‘ydi. 
“Zamonaviy yuksak texnologiyalarda ishlay oladigan, bozor Qonunlariga 
mos yangicha fikrlay biladigan mutaxassislarni tayyorlash hozirgi kun vazifasi” 
ekanligi va buning uchun “Maktab - o‘rta -oliy ta’lim, ilmiy - tadqiqot institutlari 
shaklidagi ilmiy - ma’rifiy komplekslarni vujudga keltirish lozimligini ta’kidladi. 
O‘zbekiston Oliy Majlisining IX sessiyasida Prezidentimiz ta’limni isloh 
qilish sohasidagi katta vazifalarni belgilab berdi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini qabul qildi. Bu pedagogik ilmiy tadqiqot 
ishlariga yanada ma’suliyat bilan yondoshishni taqozo etadi. Chunki Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturi pedagogik tadqiqotlar oldiga katta va mas’uliyatli 
vazifalarni qo‘ydi.Dasturda “Fan bilan ta’lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish” 
sohasidagi vazifalar alohida belgilab berildi.
Pedagogik ilmiy - tadqiqot ishlari bilan faqat ilmiy xodimlargina emas, balki 
maktab o‘qituvchilari ham shug‘ullanishlari, ularning ijodiy ishlari ta’lim- tarbiya 
jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi. 
Hozirgi davrda tarbiya muammosi bilan juda ko‘p jamoatchilik 
shug‘ullanmokda. Bu sohada pedagoglardan tashqari filosoflar, sotsiologlar, 
psixologlar ham keng tadqiqot ishlarini olib bormokdalar. 


16 
Tarbiya ya’ni pedagogik muammolarga bunday qiziqishni shuni bilish bilan 
izog‘lash mumkinki, O‘zbekiston Respublikasining istiqloli davrida tarbiyaning 
roli yanada oshib bormokda. Pedagogika fani kelajak avlodni tarbiyalashning 
asoslarini belgilab berishi lozim. 
Pedagogika fanining rivojlanishi faqat ilmiy xodimlarning tadqiqotlari 
bilangina kifoyalanib qolmaydi.Bu ishga keng o‘qituvchilar ommasi - 
intellegentlar ham bosh qo‘shsa, fanning rivojlanishi ancha yuqori bo‘ladi. 
Pedagogika tajribalarni umumlashtirish, uning yutuqlarini amaliyotga qo‘llash, 
pedagogika fanining va maktabdagi o‘quv tarbiyaviy jarayonlar samaradorligiga 
ta’sir qiladi. 
Hozirgi kunda pedagogika fani faqat yosh avlodni shakllantirish uchungina 
muhim bo‘lib qolmay, balki uning roli jamiyatning hamma sohalarida muhim 
bo‘lmokda. Hozirgi davrda ishlab chiqarishda yoki halq xo‘jaligining biror - bir 
sohasida kompleks tarbiyaviy tadbirlarni qo‘llamasdan turib biror bir natijaga 
erishish mumkin emas. 
Jamiyatda juda ko‘p umumiy, iqtisodiy va tashkiliy muammolar bir vaqtda u 
yoki bu jihatdan tarbiyaviy muammolar ham bo‘lib kolmokda. 
Insoniyat faoliyati orkali bo‘ladigan munosabatni 2 ga bo‘lish mumkin. 
Hozirgi davrda pedagogikaning metodologik muammolari ayniksa o‘tkir tus 
oladi. O‘zbekiston Respublikasining istiqloli munosabati bilan istiqlol mafkurasi 
shakllandi.
Juda boy ilmiy, ma‘naviy, madaniy, diniy merosimizni qayta tiklaniish ularni 
zamon ruhi talabi bilan uyg‘unlashtirib faqat shaxsiy, milliy manfaat kasb yetilib 
qolmasdan umumjahon ma‘naviy, ijgimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ulkan hissa 
bo‘lib qo‘shilishini ta’minlash bugungi pedagogikaning vazifasidir. Chunki 
jahonda hali xorijiy davlatchilik bozor iqtisodiyotiga o‘tish tajribalarida 
ma’naviyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan uyg‘un holda rivojlantirilmayapti. 
Prezidentimiz ma’naviyatni aql, axloq, ongli amaliy faoliyatda shakllaiib 
rivojlanishi haqida gapirib:" Ma’naviyat - taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat 
inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan aql va qo‘l bilan mehnat 
qilishi kerak”, degan edilar. Ma’naviyat insonda shakllanishi lozim bo‘lgan aqliy, 
axloqiy, intellektual, amaliy, jismoniy sifatlar majmuasi bo‘lishi bilan bir qatorda 
olamning ruhiy energetik, botiniy quvvati bilan ham uyg‘undir. Buni Prezidentimiz 
o‘zlarining "O‘zbekiston - XXI asrga intilmoqda" nomli ma‘ruzalarida 
quyidagicha juda yaqqol asoslab berdilar: “Ma‘naviyat haqida gap ketar ekan, men 
avvalo insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini 
boyitadigan, uning iymon-irodasi, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini 
uyg‘otadigan qudratli botiniy kuchni tasavvur qilaman”. Xuddi ana shu yangi, 
keng qamrovli, chuqur ilmiy g‘oya, yangicha fikr, ta’lim-tarbiyani yangicha 
metodologik asosini boshlab beruvchi yo‘nalinshdir. 
Halk ta’limi tizimi yaslidan boshlab, oliy o‘quv - tarbiya muasasalari 
boshqarmalarini rivojlantirish sohasida kompleks tadbirlar ishlab chiqishni, o‘quv 
tarbiya - ishlari darajasi hozirgi davr talabi asosida yaxshilashni, ta’lim metodlarini 
takomillashtirishni, pedagogik kadrlar malakasini oshirishni va ularni tayyorlashni 


17 
davr talabi asosida yaxshilashni talab etadi. Bu masalalarni muvaffaqiyatli hal 
etishi, ko‘p tomonlama o‘qituvchilarning pedagogika fani arboblari va halk ta’limi
organlarining umummetodologik tayyorgarligiga bog‘liq. 
Xozirgi taraqqiyot tarbiyaning muhim masalalarini birinchi planga 
qo‘ymokda, 
mafkuraviy 
ishlarni 
kuchaytirish, 
ta’limning 
mazmunini 
milliylashtirish, uni takomillashtirish, ta’limning tashkiliy shakl va metodlarini 
takomillashtirish, nazariy va amaliy masalalarini hal qilishga yangicha 
yondashish,metologik muammolar ustida ko‘proq fikr yuritishni talab qilmoqda. 
Umumiy ma’lumot muammosi hozirgi davrdagi eng muhim muammolaridan 
biridir, bu uning hozirgi davr talabiga javob berishi milliyligi, umuminsoniy 
sifatlarni shakllantirishga xizmat qilish, o‘quv materiallarini tashkil qilish va 
tanlash prinsplariga mos bo‘lishi kabilardir. Bular ilmiy bilimlarning ko‘payib 
borayotgan hajmi bilan maktabda ularga o‘rganish sharoitlari o‘rtasidagi ziddiyatni 
yo‘qotishga yordam beradi. Ta’lim - tarbiya metodlari, tajribalarni tushinish va 
unga ijodiy yondoshish, ta’limning tashkiliy shakllari, vositasita va usullarining 
nazariy asoslanish, uni boshqarish va mantiqiy to‘zilmasi ko‘pincha o‘qituvchining 
metodologik tayyorgarligiga bog‘liq. 
2. Ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilarning asosi vazifasi - ilmiy 
tatqiqotga tegishli barcha tushunchalar tizimini to‘la tushunib aytish, taqiqot 
ishlarini to‘g‘ri tashkil etish, ma’lum bir mavzuning mazmuni va mohiyatini 
boshqalarga aniq va ravshan yetkazib berish kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi. 
Ilmiy tushunchalar tarixiy shakllanish davrida ma’lum bir narsa yoki 
hodisaning aniq bir hususiyati yoki biror jarayonni kechish qonuniyatini bildiradi. 
Shuning uchun ham har bir tadqiqotchi o‘z ishini boshlashdan oldin o‘z sohasi va 
ilmiy tadqiqotga oid tushunchalarni o‘rganib, ularni chuqur tahlil qilishi, qaysi biri 
qay mazmunda ishlatilishi maqsadga muvofiq ekanligini aniqlab borishi maqsadga 
muvofiq.
Tushuncha deb, muayyan bir narsa yoki hodisaning eng umumiy va muhum 
hususiyatlarni, belgi va qirralarini ifodalovchi so‘z yoki so‘z birikmasiga aytiladi.
Tushunchalar narsa va hodisalarni obyektiv hususiyatlari hamda ulardagi 
qonuniyatlarini to‘la aks ettirishi lozim. 
Ilmiy faoliyat, hali ma’lum bo‘lmagan qonuniyatlarni,ya’ni yangi bilimlarni 
aniqlab berish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun, asosiy tushunchalar talqinini 
“bilim” degan tushunchaga ta’rif berishdan boshladik.
Bilim bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi ularning ichki 
zaruriyatidan kelib chiqqan bog‘liqlikdir. Bu bog‘liqlik narsa va xodisaning 
tabiatan, ya’ni tadrijidan kelib chiqib, bizning ixtiyorimizdan tashqari o‘zi mavjud. 
Shuning uchun xam uni qonuniyat, deb yuritiladi. 
Bilim - narsa yoki xodisaning xususiyati, ichki qonuniyatidan kelib chiqib, 
qoidalar umumiy ta’rif, tushuncha va atamalar shaklida namoyon bo‘ladi. 
Narsa va xodisalarning qandaydir xususiyati yoki ularni tashkil qiluvchi 
qismlar orasidagi zaruriy bog‘liqlikni kishi tafakkuri orqali his qilishlik egallashlik 
– bilish deyiladi. 
Bilish jarayoni aqliy safarbarlik orqali tafakkur faoliyati natijasida sodir 


18 
bo‘ladi. 
3. Insonning boshqa mavjudotlardan farqi shundaki, u faoliyat ko‘rsatish 
qobiliyati ega. Shuning ma’lum bir maqsad sari qilgan harakatini faoliyat deyiladi. 
Oldiga qo‘ygan maqsad turi va harakatiga qarab inson faoliyati bir necha turga 
bo‘linadi. Har qandey faoliyat sohasining provard maqsadi yo shaxsiy, yoki jamoa, 
yohud butun davlatning ma’lum bir ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
Har bir harakat uch xil faoliyat turlaridan tashkil topgan. Bular-amaliyot, ilm va 
fan.
Amaliyot, bu aniq shaxs, jamoa, yoki butun jamiyatning muayan ehtiyojidan 
kelib chiqib, tabiiy unsur yoki hodisalarni shu maqsadga bo‘ysundirish yo‘lida 
qilinadigan tartibli harakatidir. Agar inson bu harakat tartibini va tabiiy unsur yo 
hodisaning hususiyat hamda qonuniyatlarini bilib olgan bo‘lsa, u o‘z amaliyotini 
shunga asoslanib ijro etadi. Agar bu bilimlardan habardor bo‘lmasa, uni bilishga 
intiladi.Odatda bu bilimni uni biluvchi shaxsdan yoki shu soha fanidan olishi 
mumkin bo‘ladi. Shu soha fanidan ham topa olmasa, shu soha ilmiga murojat 
qiladi.
Ilmiy -tadqiqotlar olib borish yo‘li bilan obyektiv borliqdagi bir butunlikni, 
ya’ni narsa va xodisani tashkil qiluvchi qismlar orasidagi qonuniy bog‘liqlikni 
aniqlaydigan faoliyat turidir. Ilm aniqlagan bilimlar fanning mulki bo‘lib qoladi. 
Ta’lim va tarbiyaning birligi tamoyili. Kishilarda bilim berish va bu bilimlarni 
amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatish hamda ularni umumiy rivojlantirishni bir 
butunlikda amalga oshirishni taqozo etadi.
Bir butun ta’lim-tarbiya jarayonida ikki o‘zaro bog‘liqlik – hayotni bilish va 
unga amaliy munosabatini targ‘ib toptirish jarayoni namoyon bo‘ladi. Ta’lim bilan 
tarbiya o‘rtasida ma’rifiy jarayonining butunligini ta’min etuvchi uzviy bog‘liqlik 
mavjud. Bu jarayonda ta’lim yetakchi rolni o‘ynaydi. Chunki bilimni bermay turib 
insonni bu bilimni hayotga tadbiq qilishni o‘rgatib bo‘lmaydi. Ammo bilim 
berishdan maqsad bu bilimni hayotga qo‘llashlikdir. Shuning uchun ta’lim berish 
ketidan albatta bu bilimni amalda ishlatishga o‘rgatish ya’ni tarbiya jarayoni 
bo‘lishi shart.
Ta’lim tarbiya jarayonini amalga oshirishda umumiy tamoyil sifatida amal 
qilinishi shart bo‘lgan didaktikaning asosiy qonuniyatlarni tasnifini berar ekanmiz, 
dars berishda ularning hammasiga birday amal qilinishi shart ekanligini ham 
ta’kidlab o‘tish darkor. Chunki bu tamoyillarning birontasiga amal qilinmasa, 
ta’lim-tarbiya jarayonining umumiy metodologiyasiga amal qilinmagan bo‘lib, 
ta’lim-tarbiya beruvchi ko‘zlagan maqsadiga yeta olmaydi. Didaktikaning bu 
tamoyillaridan tashqari, har bir fandan dars o‘tish jarayonidi muayyan darsdan 
ko‘zlangan maqsad ko‘rsatkichlar va qonuniyatlarini ham hisobga olish zarur. 
Bu yerda inson faoliyatlarini murakkabi hisoblangan maorif sohasidagi eng 
umumiy, umumiy va xususiy metodologiyalarga amal qilish yo‘llari ko‘rib 
chiqildi. Inson faoliyatining boshqa sohalarida, shu jumladan boshqa ilm 
sohalarining tadqiqot ishi jarayonida ham xuddi shunday uch xildagi metodologik 
aoslarning ikkala qismini belgilab olib, o‘z faolitida ularga amal qilinsa kishi 
ko‘zlagan maqsadiga tez va yanglishsiz yetib boradi. 


19 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish