6-mavzu. Sotsiometrik metod. Pedagogik eksperiment.
Sotsiometriya metodi. Sosiometrik metodikadagi priyomlar kompleksi. Sotsiometrik
metodikadan foydalanishda amal qilinadigan qoidalar. Biografik metod.
Pedagogik eksperiment metodi haqida tushuncha.
Eksperiment nazariyasi va uning ilmiy
asoslari.
Pedagogik eksperiment obyektlari. Eksperiment metodini qo‘llash yo‘llari. Pedagogik
eksperimentning mohiyati. Pedagogik eksperiment ob'ektlari. Eksperimentga tayyorgarlik.
Olingan eksperiment ma'lumotlarini taqqoslash.
6-MAVZU:
SOTSIOMETRIK METOD. PEDAGOGIK EKSPERIMENT
(2-SOAT)
Reja:
1.Sotsiometriya metodi.
2.Sotsiometrik metodikadan foydalanishda amal qilinadigan qoidalar.
3.Pedagogik eksperiment metodi haqida tushuncha.
4.Eksperiment nazariyasi va uning ilmiy asoslari.
5.Pedagogik eksperiment obyektlari. Eksperiment metodini qo‘llash yo‘llari.
Sosiometriya so'rash yoki xulqini yozib borish asosida o'zaro munosabatlar
strukturasini aniqlash uchun xizmat qiladigan ilmiy- tadqiqot metodidir.
Sosiometrik metod bolalar jamoaida, oila va guruhda tarkib topgan
munosabatlarni aks ettiradi. Munosabat o'z navbatida mazkur o'quvchi faoliyatida
mazkur o'quvchi faoliyatining natijasini aks ettiradi. Shuning uchun ham
sosiometrik metod intervyu va anketalar kabi an'anaviy metodlardan ham
ishonchlirok. Albatta sosiometrik metodning tarkibiy qismi anketa, lekin
41
anketaning o'zigina tadqiqot ma'lumotlarini asoslash uchun etarli bulmaydi.
Sosiometrik metodika bir kancha priyomlar kompleksidan iborat:
1. Savol - javob anketasi o'tkazish: “ Sen kim bilan bir partada o'tirishni
xohlar eding?”, “Maktabda kim bilan navbatchi bo'lishni xoxlaysan?”, “ Sen kim
bilan turistik paxodga borishni mo'ljallaysan? va xokazolar.
2. O'z tengdoshlarini baholovchi varak tuldirish:
3. Bevosita tanlash metodikasi: Masalan, har bir oltinchi sinf o'quvchisi har -
xil tasvirli 5 ta otkritkaga ega. U bu otkritkalariga bayram tabriklari yozib
pochtalonlar orkali egalariga yuboradi.
“Pochtalon” kim kancha va kanaka otkritkalar olganligi kayd qilinadi va shu
asosida jamoadagi har xil aloqalar yoktirish va yoktirmaslik, o'zaro munosabat va
shu kabilar aniqlanadi.
4. Ko'rsatilgan shaklda sinf buyicha topshiriklarni bo'lib berish: o'z
o'rtoqlaringdan quyidagi jamoat topshirikdarini yaxshi bajara oladiganlarini
familiyalarini ayt:
1. Sinfkom.
2. O'quvchilar kumitasi raisi ( uchta familya)
3. Devoriy gazeta redkollegiyasi ( uchta familya).
4. Madaniy tashkilotchi.
5. Fizorg.
6.Kichkintoylar etakchisi (kichkintoylarni yoktiradigan bolalardan uchta
familya).
7.Sanitarlar(ozoda va talabchan tengdoshlaringdan).
8. To'garak rahbarlari(kaday tugarakka, kim?)
Shunday kilb, alohida o'quvchilarning bir-birlari bilan aloqalari grafiklari
to'ziladi va bu aloqalarning kamchalik mustahkamligi aniqlanadi. Shu asosda bir-
biriga yakinlashadigan alohida o'quvchilar guruxi ajratiladi. Eksperiment davomida
bu guruhlar turli topshiriklarni bajarishlari va har xil faoliyat turlari bilan
shug'ullanishlari lozim. Asta - sekin keyinchalik aktiv bo'ladigan etakchilar tanila
boshlaydi. Ishning bunday tizimsi jamoaning shakllanishini tezlashtiradi va
jamoaning shaxsga effektiv ta'sirini ta'minlaydi va boshqalar.
Sosiometrik metodikadan quyidagilarni hisobga olgan holda foydalanish
lozim:
1. Anketa, suxbat, intervyu va o'z - o'zini baholashlarni qo'llashda
qo'yiladigan talablarga to'liq rioya qilish zarur. Tadqiqot ob'ekti haqida etarli
ishonchli ma'lumotlar majmuini beradigan priyomlarning o'zaro aloqasini aniq
planlashtirish.
2. Sosiometrik metod bilan aloqador bo'lgan va har doim ancha murakkab
harakterga ega bo'lgan munosabatlar doirasi, munosabatlar ob'ekti va shunga
o'xshashlarning echimlarini tanlash. Masalan, o'quvchilarga faoliyat turlarini
tanlash uchun imkoniyat yaratiladi, ya'ni tugarak, guruh yoki brigadalardan qaysi
biriga ular ishlashni xoxlasalar tanlashlari mumkin bo'ladi. Tanlash sabablari har
xil bo'lishi mumkin: o'rtoqlari bilan birga bo'lish, ishga qiziqish, o'rtoqlari
ishonchini kizinish, o'qituvchiga xurmat, yangi ishda kuchini sinash va hakozolar.
42
Xatto o'quvchi kim bilandir bir partada utirsa ham uning tanlash sabablari har xil
bo'ladi: urtogiga yordami, undan yordam olish, o'z tengdoshlari bilan ishlashga
qiziqish, jamoada nokulay holda bo'lganda o'ziga “kuchli ximoyachi” topish va
xokazolar. Sosiometrik metod shunday tashkil qilinishi kerakki, jamoadagi
munosabatlar harakterining sabablari ochib berilsin.
3. Olingan ma'lumotlarning sifatini nazorat kiluvchi tizim bo'lishi lozim.
Buning uchun birinchi bosqichda /unga katta bulmagan tipik guruhlarda/
tanlangan metod kullaniladi. O'quvchilar o'zlarining javoblari, tanlashlari
sabablarini tushuntiradigan maxsus suxbat va intervyular yordamida sosiometrik
metod tekshiriladi, olingan ma'lumotlar boshqa tadqiqot metodlari yordamida
tekshiriladi.
Har xil faktning ob'ektivligi, material sifrining to'g'riligi ta'minlash uchun
sosiometrik tekshirishda bolalar va jamoaning umumiy rivojlanish darajasi
haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lish muhim.
Psixologo - pedagogik tadqiqotlarda biografiyalarni o'rganish tajribasi
ancha vaktdan beri kullaniladi /1875 y./ Galtonning irsiyat va talant haqidagi ishi
biografik materiallarga asoslangan. Shuningdek biografik metodaning bush
tomonlari ham bu ishda aniqlangan, avtorning sub'ektiv pozisiyasi shunga olib
keladiki, biografk material tadqiqotchining ma'lum bir konsepsiyasiga asoslanadi
va talkin qilinadi. Galton Darkinning mashxur turlari geneologiyasiga murojaat
etib, Erazm Darvin, insonning paydo bo'lish nazariyasining asoschisi Charlz
Darvinning bobosi, tabiatshunos olim va shoirlik kobiliyatiga ega bo'lgan.
Charlz Darvin ongning ilmiy zapasini bobosidan “olgan” deb hisoblaydi. Galton
o'zining poetik belgilarni taniqli karimdoshimdan olganman deydi. Atokli
kishilar biografiyasi va doimo ko'plab /kichkina farqlar/ va deyarli har vakt u yoki
bu konsepsiyaningtasdigni topish mumkin.
1920 yilda N.Rbnikovaning “Biografiyalar va ularni o'rganish” degan
qiziqarli kitobi chikdi. Avtor shaxsning shakllanishini tadkiki qilishda biografik
metod
qanday
ahamiyatga
ega
ekanligini
ko'rsatdi.
Buyuk
shaxslar
shakllanishidagi o'xshashlik va farqlarni taqqoslash asosida inson individualligi va
talanti vujudga kelishining umumiy tendensiyalarini topish mumkin. Biografik
metod bir shaxsning tugulishidan umrining oxirigacha kadar shakllanishi haqida
maksimal katta xajmdagi informasiyalarni beradi. Biografik metodda ba'zan
kamchiliklar ham uchraydi. Ko'pincha biografiyalar atokli kishilar hayotini ancha
sub'ektiv holda bayon etadilar, tadqiqotchilar aniq faktlar urniga ba'zan estaliklar
va afsonalardan, zamondoshlarining tekshirilmagan xikoyalari va boshqalardan
foydalanadilar.
Shuning uchun ham har qanday biografiya maxsus tekshirilishi arxiv
fondlari bilan biografik material solishtirilishi lozim.
Biografiyani o'rganishdan oldin material analizining konsepsiyasini ishlab
chiqish zarur. Ya'ni biografiyadan nimani olish,nima uchun va uni qanday yaxshi
bajarish mumkin kabi.
Biografiyaning ilmiy analizi quyidagi usullardan foydalanganda chukurrok
bo'ladi:
43
1. Dunyodagi bulib utgan voqea va hodisalarni atokli kishilar hayoti bilan
bog'lash, uning axlokidagi ichki motivlari va tashqi stimullarini kurish.
2. Hamma muvaffaqiyatsizliklarni faqat tashqi nokulay sharoitga
tunkamasdan, balki shaxsiy nomukammallik elementlari va kamchiliklardan izlash.
3. Shu vaktning o'zida atokli kishilarning muvaffaqiyatini ularning o'zlarida
hosil qilgan ijobiy sifatlari bilan tushuntirish, ayniksa bunday sifatlar kiyinchiliklar
va qarshiliklarga qarshi ko'rashda aniq namoyon bo'ladi va shakllanadi.
Atokli kishilar hayotini ularning zamondoshlari hayoti bilan taqqoslash, yoki
bu davr, sinf namoyondalarining biografiyalari va axloklari bilan taqqoslash.
4. Biografik materiallarni arxiv materiallari, xujjatlari bilan tekshirish, atokli
kishilar hayotidan olingan bir voqea yoki hodisaning o'zini bir kancha shaxslarning
esdaliklari bilan solishtirish, biografiyani oxiriga kadar xujjatlashtirish.
5. Atokli kishi hayotini qarama - qarshiliklar ko'rashida ko'rsatish, qiziqishlar
tuknashuvida, atvori va o'z - o'zi bilan konfliktda ko'rsatish ya'ni, biografiyani
hamma plyus va minusiga kadar ob'ektiv analiz qilish. Shunday kilmasa
biografiyadan aniq , ilmiy, ishonchli material olish kiyin.
Biografik metoddan bolalarga psihologik - pedagogik harakteristikalar
yozishda foydalanadi. Ular har - xil tiplardan iborat: Monografik harakteristika
bola ma'naviy dunyosining umumiy kurinishi, uning asosiy sifatlari, shaxsning
yo'nalishlari bilan qiziqishlari, extiyoji va motivlari o'rtasidagi o'zaro aloqa-lar va
xokazolar. Maxsus harakteristika ( shakllanish tarixi, u yoki bu sifatlarning
tarbiyalanishi va boshqalar) turli faoliyat turlariga, kattalarga, tengdoshlariga, o'z-
o'ziga harakteristikaning bu turlari har bir konkret pedagogik tadqiqotda tadqiqot
muammosi va predmetiga karab kullaniladi.
Eksperiment ( lotincha - sinab kurish, tajriba)tadqiqotining etakchi metodi
hisoblanadi.Eksperimentning
maqsadi
maxsustashkil
qilingan
sharoitda,
tadqiqotchining kontrolligida pedagogik prosess, hodisa, pedagogik munosabat va
boshqalarni o'rganish.Eksperiment natijasida faqat pedpgogikaning eng murakkab
muammolari o'rganilib kolmasdan, balki yangi didaktik va tarbiyaviy tizimlar
yaratiladi.
Eksperimentning mohiyati shundan iboratki, tadqiqotchi sharoitni, tarbiyaviy
prosess mazmuni va metodlarini turli kurinishda o'zgartiradi va bu bilan qaysi
variant to'g'riligini tekshiradi. Keyin u olingan faktlarni umumlashtirib, analiz
qilib. takkoslab, bosh va ikkinchi darajali belgi, komponent va boshqalarni
ko'rsatib tushuntiradi. Shunday asosda, o'rganilayotgan hodisaning mohiyatini
ochib beruvchi nazariya yaratiladi.
Eksperiment nazariyasi, uning ilmiy asoslari L.F. Lazurskiy tomonidan ishlab
chiqilgan edi, keyin bu nazariya bir kancha olimlarning ishlarida aks etdi. ( N. K.
Bauman, V. I. Gmurman, M.N.Skatkin, S.G. Shapavalenko, G.I.Shukina va
boshqalar).
Eksperimentda tadqiqot ob'ektini ilmiy aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Pedagogik eksperiment ob'ektlari quyidagilar bo'lishi mumkin.
Pedagogning ma'lum sharoit va yo'nalishdagi faoliyati va axloqiy qoidalar
shakllanishining yangi usullaridan foydalanish jarayoniga rahbarlik qilishi.
44
O'quvchilar faoliyatining har- xil turlari va xususiyatlari uning yo'nalishi,
harakteri va darajasi.
3. Bola shaxsi, uning tarbiya tizimi, pedagogik ta'sirlarga munosabati, bilim
va axloqiy normalarini egallash yo'llari.
4. O'quvchilar jamoasi, uning tarkibi, yo'nalishi, alohida shaxsga ta'sir kuchi,
jamoaviy faoliyat, shaxslararo munosabatlar va boshqalar.
Pedagogik eksperiment ob'ekti bolaga oilada, maktabda, kuchada va
maktabdan tashqari muassasalar jamoalari tomonidan bo'ladigan ta'sirlar ham
bo'lishi mumkin.
Eksperimentga tayyorgarlik va uni ishlab chiqish, tadqiqot yo'nalishida uning
urni va maqsadini aniqlashni talab etadi. Eksperiment ikki qismdan iborat bo'ladi:
ob'ekt bilan maxsus ish olib borish ( ta'lim - tarbiya mazmuni, metodi va shaklini
o'zgartirish, maxsus sharoit yaratish, tarbiyalovchi munosabatlar tashkil qilish va
boshqalar). Maxsus tashkil qilingan faoliyat natijalarini ro'yxatga oluvchi
ma'lumotlarni tuplash ( kuzatish, anketa va oldin aytilgan tadqiqot metodlari ham
kullaniladi).Eksperimental ishning birinchi bo'limi - bolalarga ma'lum tarbiyaviy
maqsadlarga ta'sir metodlari va stimullari orkali tashkil qilingan sharoitlar asosida
amalga oshiriladi ( rejim, an'ana, jamoa hayotining zavkli tomoni va boshqalar).
Tadqiqotchi hamma tashqi sharoitlar, boshqa tarbiyaviy ta'sirlarni nazorat
ostiga olishi lozim, keyin bolaning ma'naviy dunyosiga ta'sir qiladigan, bir
maqsadga ko'rsatilgan tashqi ta'sirlarni tashkil qilish lozim. Shunday sharoitlar
yaratish lozimki, bu sharoit tekshirilayotgan jarayon, voqea va hodisalarni istalgan
yo'nalishda rivojlanishiga xizmat kilsin. Buning uchun esa eksperiment
o'tkazishdan oldin puxta tayyorgarlik kurish, pedagogik vaziyatni o'rganish lozim.
Pedagogik munosabatlar pedagogik etika normalariga rioya qilingan holda tashkil
qilinadi.Tadqiqotchi o'quvchilar, o'qituvchilar va tarbiyachilar bilan mustahkam
aloqada bo'lishi, ular bilan birga “ yashashi” lozimki, xech kim o'zining
tekshirilayotganligini,
tajriba-daligini
sezmasin.Tayyorgarlik
davomida
eksperimental
ishni
boshlashdan
oldin
zarur
ma'lumotlar
tuplanadi:
eksperimentining texnikasi va metodikasi ishlab chiqiladi va shunday ishlab
chiqiladiki, tashkil qilingan pedagogik faoliyat tashqi faktorlar ta'siriga yo'l
kuymaydigan tarbiyaviy faktor bulsin. Eksperimentning mazmuni hozirgi zamon
fanining tayanch g'oyalari va shu bilan bir vaktda tadqiqot faraziga asoslanadi.
Sh.I.Ganelin farazni tadqiqotning o'zagi va yuragi deb atagan edi. Unda
tadqiqotning nazariy asosi taxminiy bayon etiladi. Faraz faktlarni tuplash va
olingan materiallarni analiz qilishga ma'lum yo'nalish beradi. Faraz tadqiqotning
borishi va natijasini oldindan biladi va undan muammoni echilish loyixasi
belgilanadi. Faraz tekshirilmagan g'oya bo'lganligi sababli ham unga ma'lum
tavakkal bo'ladi va ba'zi xatolar, muvaffaqiyatsizliklar ham bo'lishi mumkin. Xato
va muvaffaqiyat-sizliklarni turli yo'llar bilan kamaytirish mumkin: Birinchidan,
fanning eng kiyingi yutuqlariga asoslanish lozim. Eksperiment ishimizda fanning
yangi Qonun qoidalari etakchilik rolini o'ynashi lozim. Bu fanning etakchi
g'oyalarini chukurlashtirsh va aniqlashtirishga yordam beradi, shuningdek, muhimi
eksperimentni muvaffaqiyatli o'tkazishni ta'minlaydi. O'quv - tarbiyaviy jarayon
45
kanchalik ilmiy tashkil qilingan bo'lsa, u shunchalik samarali bo'ladi va
eksperimental ishlarni shunchalik, kurkmasdan dadillik bilan o'tkazish mumkin
bo'ladi. Fanda yangini izlash hozirgi zamon pedagogika va psihologiya fani
yutuqlariga tayangan holdagina mumkin bo'ladi. Esperimentda uchraydigan
muvaffaqiyatsizliklarni oldina olishning ikkinchi yo'li - ilmiy izlanshni asta - sekin
murakkablashtirib borish. O'quv - tarbiyaviy jarayonni birdaniga tamoman
o'zgartirish mumkin emas. Bolalar bilan ishlashning yangi mazmuni va metodikasi
maktab, sinf hayotiga asta- sekin kirib boradi. Tadqiqotchi o'zining namunasi,
o'qituvchiga o'rtoqlik yordami orkali tarbiyaning yangicha turini o'rganishga
yordam beradi, amaliy tajribada yangi metodikaning katta samarasiga ularni
ishontiradi. Shuning bilan birga eksperimentda o'zini qiziqarli g'oya vaniyatlardan
voz kecha bilish ham lozim.Bunda har bir muvaffaqiyatsizlik sabablarini izlash,
ularni izlaganda faqat o'qituvchi kamchiliklari yoki o'qituvchining tarbiyalanganlik
darajalaridan emas, balki farazlarning, gepotezalarning noto'g'riligidan izlash,
muvaffaqiyatsiz-liklar va xatolarning sabablarini, ilmiy tushuntirish yo'llarini
izlash lozim. Ekspermentdagi uchraydigan noto'g'ri voqea, hodisalarning oldini
olishning uchinchi yo'li - uni muxokama qilish, ishni boshlashdan oldin, har bir
etap oxirida va eksperiment oxirida uni ilmiy va pedagogik jamoada keng
muxokama qilish. Jamoa muxokama natija-larini olingan faktlarni aniq va
chukurrok tahlilqilishga yordam beradi. Tadqiqotchilik faoliyatini takomillashtirish
yo'llarini ko'rsatadi.
Eksperment samarasini oshirish va kamchiliklarning
oldini olishning turtinchi yo'li - ilmiy tadqiqot guruxini tashkil qilish (ilmiy jamoa,
ilmiy laboratoriya) Ekspermentda bir kancha har-xil hayotiy tajribaga, yoshga,
kvalifikasiya va boshqalarga ega bo'lishgan shaxslarning qatnashuvi eksperimental
ishni faqat ob'ektiv va har tomonlama baholash uchun foydali bulib qolmay, balki
eksperiment metodikasini ishlab chiqish, xatolar va muvaffaqiyatsizliklarni tez va
samarali yo'qotish, tadqiqotchi-lik faoliyatida tajriba almashish uchun juda
foydalidir. Shuning uchun ham keyingi yillarda bir o'qituvchi rahbarligidagi
student - tadqiqotchilar guruxi tashkil qilinayapti, bir yirik olim tevaragida
o'qituvchi va aspirantlar jamoasi birgalikdagi kompleks mavzularni ishlab
chikmokda.
Eksperiment solishtirish va taqqoslash asosida olib boriladi. Shuning uchun
tadqiqotni shunday tashkil qilish kerakki, natijada solishtirish va taqqoslash
imkoniyati bulsin( faktlar, sonlar).
Olingan eksperiment ma'lumotlarini taqqoslashda turli usullar kullaniladi:
1. Eksperiment sinflardan faktlar nazorat sinflar bilan takkoslagan holda
olinadi.Bunda bir guruxdagi tarbiyalanganlik darajasi taxminan bir xil bolalar bilan
bir guruxda maxsus ish va boshqasida odatdagidek, tipik ish olib boriladi.
2. 3 - 4 ta tarbiyalanganlik darajasi bir xil bo'lgan bolalardan tashkil topgan
eksperiment sinflarga o'rganilayotgan xususiyat turli yo'llar bilan tarbiyalanadi.
3. Eksperiment ishlari bir xil stilda olib boriladi, lekin umumiy
tarbiyalanganlik darajasiga ega bo'lgan har - xil guruxdagi o'quvchilar
takkoslanadi: Masalan: bilishga qiziqish yaxshi, o'rta yoki kuchsiz o'zlashtiruvchi
o'quvchilarda qanday shakllanadi, o'qituvchining talabiga jamoadagilar va egoistlar
46
qanday munosabatda bo'ladi.
4. Yoshiga yoki jinsiga karab ijtimoiy axvoli yashash joyiga karab
bolalarning tarbiyasi, o'z - o'zini tarbiyalash xususiyatlari takkoslanadi.
Shuning uchun ham eksperimentda solishtirish, taqqoslash muhim bo'lgan
faktlarni qanday metodlar bilan, qaysi vaktda va o'quvchilarning qaysi
guruxlaridan olish, qaysi o'quvchilar guruxlarini o'rganish taqqoslashning ob'ekti
qilib olish lozimligini eng avval aniqlash lozim.
Biz ushbu ishda pedagogik ilmiy- tadqiqot metodlarinig ba’zilari haqida fikr
yuritdik. Pedagogik tadqiqot juda mavaffqiyatli bo‘lishi uchun ilmiy- tadqiqot
metodlaridan iloji boricha kompleks foydalanmoq lozim. Chunki tadqiqot natijalari
obyektiv bo‘lishi va xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun bu metoddan foydalanib
olingan xulosa, boshqalar yordamida teshirib ko‘riladi.Shundagini natija ishonarli,
to‘g‘ri bo‘lishi mumkin.
Pedagogik ilmiy- tadqiqot metodlaridan faqat studetlar yoki yosh pedagog-
olimlar ilmiy ishlar jarayonida foydalanib qolmasdan,balki ilg‘or o‘qituvchilar ish
tajribalarin umumlashtirishda yoki o‘qituvchi o‘z tajribalarini takomil-lashtirish
uchun ham foydalanishi mumkin. Ijodkor, izlashuvchan o‘qituvchi, pedagogik-
ilmiy tadqiqot metodlari yordamida o‘z faoliyatining yangi-yangi sahifalarini
ochishi va yuqori natijalarga erishishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |