Paxtaobod pedagogika kolleji


- MAVZU: Yurish va yugurish mashqlarini



Download 19,92 Mb.
bet183/298
Sana29.05.2022
Hajmi19,92 Mb.
#615573
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   298
Bog'liq
bol jismoniy tarbiyasi 2021

11 - MAVZU: Yurish va yugurish mashqlarini
o’tkazish
Reja:
1.Yurish mashqlarining axamiyati.
2.Kichik va o’rta guruhlarda yurish mashqlarining turlari.
3.Yugurish mashqlarining axamiyati.
4 Katta va tayyorlov guruhlarda yugurish mashqlarining turlari.


Tayanch iboralar:

Yurish – ходьба - Walk
Yugurish – бег - Run
Emaklash – ползать - Crawl
Tirmashib chiqish – восхождение-Climb out of
Uloqtirish – кидать - Throw
Muvozanatni saqlash –равнавесия -Balance
Sakrash - прыгать - Hop



1.Yurish mashqlarining axamiyati.
Yurish - kishining siklik harakatiga mansub tabiiy siljish uslubidir. To’g’ri
yurish ko’nikmasini shakllantiruvchi mashqlarning vazifasi bolada to’g’ri qaddi- qomat olg’a qadam tashlash gavda muvozanatini saqlashga tovon gumbazining shakllanishiga yordam beruvchi qo’l va oyoq harakatlarni yo’qligini tarbiyalashdan iboratdir.
Odatdagicha olg’a yurish yerga tovon bilan qo’yiladi, so’ng esa gavda og’irlik markazi oldinga ko’chirilsa, og’irlik tovondan asta- sekin oyoq uchiga o’tadi.
Bola yurganda ko’krak holatini kuzatib borish zarur: u oldinga yo’naltirilgan bo’lishi lozim: shuningdek uning pastki qismidagi nafas olish harakatlariga halaqit beruvchi to’siqlarni bartaraf etmog’i lozim.
Bola o’z hayotining birinchi yili ohirida yurishga o’rgana boshlaydi. Bu yoshda ikkinchi yoshda undagi harakatlar aftomatizm va kordinatsiyasi ham yaxshi rivojlanmagan bo’ladi. Dastlab bola oyoqlarini keng yozgan holda yuradi: qo’llarini yon tomonlarga, yuqoriga va oldinga uzatgan holda muozanatni saqlaydi. Bu harakatlar muozanatni saqlash bilan bog’liqdir.
Tik turganda bola gavdasining og’irlik markazi kattalarnikiga nisbatan yuqoriroqda joylashgan bo’ladi, shuning uchun ham osongina yiqiladi. Bola qadam tashlar ekan, oyoqlarini to’liq rostlay olmaydi. (ular biroz tizzalarida va chanoq son bo’g’imlaridan bukilgan bo’ladi).
Oyoqlarni parallel va yoki uchini ichkariga qaratib qo’yadi. Bola yurayotib qadamini tovondan oyoq uchiga o’tkazmasdan qo’yadi, boshqacha aytganda, oyog’ini yerdan to’liq uzadi. Ko’pchilik bolalar yurganda yon tomonlarga tebranadilar. Qo’llarini gavdalariga уopishtiradilar,oyoqlarini poldan to’liq uza olmaydilar (sudraydilar).Bolalarda harakatlar suratining noteksligini ko’ramiz: ular gohida tez yurib,qadamlarini sekinlatadilar,bola ikki yoshga qadam qo’yganida o’zi uchun qulay bo’lgan sur’atda yuradi,uch yoshga qadam qo’ygan barcha bolalarda oyoq va qo’l harakalarining uyg’unligini ko’ramiz:bolalar yurganda yo’nalishiga rioya qiladilar,yurishdan yugurishga o’tadilar.
2.Turli yosh guruhlarda yurish mashqlarining ahamiyati va turlari.
Kichik guruh;yurish:to’p-to’p bo’lib yurishga,doira bo’ylab juft juft bo’lib yurishga, yurishdan yugurishga o’tishga, ketma-ket yurishga o’rgatish nazoratda tutiladi.
O’rta guruh;yurish : oyoq uchida tizzalarini baland ko’tarib yurishga tovonda, oyoqni kaftlarini yon tomoni bilan yurish, turli buyumlar oralab, yon tomonga yurish. Harakat tempi va yo’nalishini o’zgartirib safda yurish.
Katta guruh; yurishni mashq qilish: turli usullarda, yarim o’tirgan holda tovonda barmoq uchlari bilan qadam tashlab, turli tomonga oyoqni yo’llanma qilib, qarsak chalib yurish, oyoq uchida, qo’llarni bosh orqasiga qo’yib yurish. Ko’zni yumgan holda 3-4 m masofani bosib o’tish, oyoqlarni chalishtirib yurish, harakatlarni bajarib yurish.
Tarbiyachi bolalarning yosh imkoniyatlarini hisobga olgan holda harakatlar sifatiga juda katta talablar qo’yadi. Odatdagi to’g’ri yurish quyidagi belgilar bilan harakterlanadi: gavda tik holda tutiladi, yelkalar kerilgan, qorin chiqarilmaydi, bosh biroz ko’tarilgan ( yo’lni ko’rish nazorati oyoq ostidan 2-3m)bo’ladi. Nafas ritmik holda burun yoki og’iz orqali bir tekis olinadi. Barcha qadamlar bir xil, muayyan yo’nalish va ritmda tashlanadi, qo’l va oyoq harakatlari kordinatsiyasi to’g’ri bo’ladi.
Avvalgi yosh guruhlarda egallangan yurish ko’nikmalari mustahkamlanadi va takomillashtiriladi: tovonda yurishni oyoq uchida yurish bilan, oyoqning yon tomoni bilan yurishni ichki tomonlarida yurish bilan almashib turadi.
Barcha bolalar endi boshlovchi bo’la oladilar fazoda tarbiyachi topshirig’iga binoan mustaqil mo’ljal ola biladilar. Olti yoshga qadam qo’ygan bolalarning yurishi bir muncha barqarorligi va sur’atining sekinligi, qadamining kattaligi bilan xarakterlanadi. Yetti yoshli bolalar oqilona raxbarlik qilganda yaxshi va erkin shug’ullanadilar to’g’ri qaddi- qomatga, harakatlar kordinarsiyasiga ega bo’ladilar, turli sharoitlariga kirishib ketadilar va shuning uchun ham yurishning turli usullaridan foydalana oladilar, uning texnikasini o’zlashtirib oladilar.
Yurishni takomillashtirish maqsadida ularga bir muncha murakkab mashqlar beriladi: cho’qqayib yurish, oyoqlar tizzalaridan bukilgan bo’ladi, qadam tashlaganda oyoq uchidan tovonga o’tiladi,so’ng oyoq ichiga o’tilib, yuzaga tiralib itariladi, homla qilib yurish tizzadan bukilgan oyoq oldinga uzatiladi, yerga to’liq bosiladi va qadam tashlaganda rostlanadi: ikkinchi orqada oyoq uchida turgan o’ng oyoq bilan siltaniladi, qo’llar erkin tutiladi.
Bundan tashqari, 7yoshli bolalar ko’zlarini yumib orqa bilan oldinga yurishni mashq qiladilar. Yurishni takomillashtirish maktabgacha bo’lgan butun bolalik davri mobaynida davom ettiriladi. Yoshi ortib borishi bilan yurish ko’nikmasini o’zlashtirishning faqat sifat ko’rsatkichi emas, balki miqdor ko’rsatgichi ham o’zgaradi: to’rt yoshli bolalarda qadam uzunligi 39-40 sm dan yetti yoshga yetguncha 51-53 sm gacha uzayadi, shunga muvofiq qadamlar soni minutiga 170-180 tadan 150 gacha kamayadi.
Yugurish- siklik tipdagi harakatdir. Yurish kabi u ham tayanch momentlarining yuzada almashib turishi bilan bajariladigan sikllarning takrorlanishi, oyoqlarning navbatma navbat oldinga ko’chirish, qo’llar harakatining yo’g’onligi bilan harakterlanadi. Yugurishga o’rgatishdagi mashqlar oyoqqa va qo’lning muvofiq harakati bilan kechadigan oldinga intiladigan yengil, tezkor, erkin harakatni hosil qilishga qaratilgandir.
Yurish jarayonida katta miqdordagi muskul guruppalarining navbatma navbat qisqarishi va bo’shashi yuz beradi. Yugurish paytida kuch sarfi oshadi, shuning uchun nafas olish hajmi, qon aylanishi, gaz almashish tezkorligi ortadi. To’g’ri tozalangan yugurish umumiy jismoniy rivojlanishiga, markaziy nerv sistemasining chiqishiga yordam beradi.

Download 19,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish