SHaharlarda avtobuslarni ishlatishning asosiy elementlari
Ma'lum miqdor va yo'nalishlarda passajirlar oqimiga xizmat etishlik uchun avtobus marshrutlaridan foydalaniladi. Marshrutlar oralik passajirlar hosil etuvchi joylariga xizmat etishga qarab peregonga bo'linadi. Peregon - bu passajirlar transportining ikki qo'shni bekati orasidagi masofadir. Passajirlar qatnovining o'rtacha masofasi kanchalik katta bo'lsa, peregonlar o'rtasidagi masofa xam katta bo'lishligi lozim.
Peregonlar o'rtasidagi masofani kattaroq bo'lishligi ular o'rtasidagi aloqa tezligini oshirish imkoniyatini beradi.
SHaxar ichi avtobus marshrutlaridagi bekatlar aro masofa passajirlar qatnovi uzunligi hamda ularni shahar xududlaridagi joylashuviga ko'ra 300 metrdan 700 metrgacha bo'lishi tavsiya etiladi.
SHahar atrofi passajirlar tashish harakatida esa peregonlar o'rtasidagi masofa 700-1000 metr, uzoq manzillarga qatnovchi avtobus marshrutlarida esa yo'ldagi aholi yashash punktlarini hisobga olgan xolda bo'ladi.
Marshrutlardagi peregonlar soni, ular orasidagi oqilona masofalar va uy-joy massivlari joylashuvi yoki eng serkatnov passajirlar uzellariga bog'liqdir.
Avtobuslar to'xtash bekatlari-doimiy, passajirlar talabiga ko'ra va vaqtinchalik bo'lishi mumkin.
Doimiy bekatlar passajirlar oboroti doimiy va aholining gavjum joylarida tashkil etilib, ularning joylashuvi marshrutlaridagi asosiy peregonlar sonini belgilaydi.
Vaqtinchalik bekatlar amalda bekatlararo doimiy bekatlar oraligidagi sanoat korxonalari teatr spektakli boshlanishi va tamom bo'lishi oldida, stadionlarda o'tkaziladigan katta o'yinlar vaqtida va bunday bekatlarga zarur boshqa joylarda belgilanishi mumkin.
Bekatlardagi avtobuslarni to'xtab turish vaqti avtobuslar sig'imi, uning eshiklari va chikish zina poyalari kurilmasi, yilning fasli haydovchilar kasbkorlik maxoratiga hamda bekatning gavjumligiga bog'liqdir. Oraliq bekatlardagi to'xtash vaqtini xisoblashda har bir passajirni avtobusga chiqishga 1,5-2,0 minut, tushish uchun esa 1,5 minutdan ko'p bo'lmagan vaqt belgilash qabul etilgan.
Boshlang'ich va so'nggi to'xtash bekatlardagi to'xtab turish vaqti haydovchilar brigadasini hordiq chiqarish, bajarilgan reys xujjatlarini rasmiylashtirish va avtobus quruviga hisoblangan bo'lishi lozim, qisqa marshrutlar bunday maqsadlar uchun to'xtab turish vaqti faqat bir so'nggi punktdagina belgilanadi.
To'xtov bekatlarida avtobuslar tartib raqamlarini ko'rsatuvchi maxsus tablo bo'lib, unda marshrut tartib raqami, harakat intervali va boshqalar, so'nggi bekatlarda esa xizmat xonalari bilan jihozlangan bo'lishlari lozim, keyingi paytlarda passajirlar gavjum bo'lgan bekatlarda savdo shaxobchalari, tezkor qahvaxonalar tashkil qilinayotir.
Bir transportdan boshqasiga qayta o'tirish bekatlari turli transport uchun bir- birlariga yakin joyga, agar passajirlar harakati siyrak bo'lsa bir joyning o'zida birlashtirib tashkil etiladi.
Harakat xavfsizligini hisobga olgan xolda va bekatlar o'tkaza olish qobiliyatlarini oshirish maqsadida, chorraxalarga yakin bekatlar, ulardan 20-30 metr o'tkazilib tashkil etiladi.
Avtobus marshrutlari bo'yicha shart bo'lgan bekatlarni joylashtirish kuchalarini o'tkaza olish qobiliyati va aloqa tezligini kamaytiradi. Bu narsani oldini olishlik uchun ularni yo'lga nisbatan maxsus ichkarilikka joylashtirib, ularni «yul chuntaklari» deyiladi. To'xtov bekatlarining utkazuvchanlik kobiliyati avtobuslarni tezlana olish va tormozlash masofasiga, uning sig'imiga, eshiklar soni va uning katta-kichikligiga, bekatlardagi passajirlar oboroti bilan bog'liqdir. SHuning uchun ikkita ketma-ket kelayotgan avtobuslar orasidagi minimal intervalni hisoblashda avtobusning tezlana olishi, tormozlanishi, avtobusni to'lganligi va bekatlarning passajirlar oboroti ko'rsatgichlarining maksimal miqdorlari olinadi.
Bekatning o'tkaza olish qobiliyati deyilganda unda 1 soat ichida bir tomonga maksimal miqdordagi avtobuslar o'ta olishligi tushuniladi.
CHorraxalarga yakin joylashgan bekatlarning o'tkaza olish qobiliyati taxminan soatiga 100 avtobus bir tomonga hisoblanadi.
Avtotobuslar harakati jadallashganda bekatlarga kirib ketuvchi avtobuslar orasidagi interval vaqti, belgilangandan kam bo'ladi. Bunday xollarda oralig'i 20-30 metr farqlanuvchi ikki to'xtov joyi tashkil etilishi tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |