Passajirlar tashish sharoitlari. Passajirlar avtobusda qatnashi uchun, salonda sotib olingan chiptasi yoki bepul qatnash huquqiga ega bo'lgan maxsus xujjatlari bo'lishi shart.
Avtobuslarda passajirlarni tashishga xech qanday to'sqinlik bo'lmasligi lozim. Bundan iste'sno passajir belgilangan tashish qoidasini bajarmasa, agar tashishlik xokimiyat tashkiloti buyrug'iga binoan to'xtatilgan yoki favqulotdagi xolatlar bilan bog'liq bo'lsa, agar avtobusda bush joy qolmagan bo'lsa, agar passajir mast-alas xolatida bo'lsa yoki boshqa passajirlar sog'ligiga putur keltirilgan kasallik holatlarida bo'lsa.
SHaharlarda passajirlar tashuvchi avtobuslar harakatini tashkil etish. Avtobuslar harakatini tashkil etishda bir qator o'zaro va yakindan bog'liq ekspluatatsion-texnik sharoitlarini hisobga olinishi zarur. Bular qatoriga quyidagilar kiradi: avtobuslar shaxobchalarini joylashuvi (konfiguratsiyasi), marshrutlar yo'nalishi va xarakteri, yo'l va bekatlarning o'tkaza olish qobiliyatlari, tezlik va harakat intervallari, avtobus to'lganlik darajasi va oraliq yo'ldagi passajirlar almashuvi.
Bunday shartlarning barchasi shahar planirovkasi va uning xarakteri, aholilar yashovchi yirik massivlar joylashuvi, passajirlar oborotining ayrim transport uzellarida joylashganligi va shu kabilar bilan bog'liqdir.
Tashish muntazamligi marshrutdagi ma'lum sonli avtobuslar harakati muntazamligini talab etadi. Bu narsa esa harakat intervalini aniq bajarilishi (U) va unga mos (R- tez-tez kaytarilish) bo'lishiga bog'liqdir.
Harakat chastotasideyilganda sharshrut ichi biror joyidan bir soatda bir tomonga qatnovchi avtobuslar soni tushuniladi.
Marshrutning biror bo'lagida yoki kunning soatlardagi oqim quvvatining o'zgarishi, o'z navbatida avtobuslar harakat chastotasini o'zgartiradi.
Harakat chastotasi marshrutdagi passajirlar zichligiga, passajirlar almashuvi koeffitsientiga va avtobus sig'imiga bog'liq. «Tashish cho'qqqisi» paytiga to'g'ri keluvchi harakat chastotasini hisoblashda, «tashish cho'qqisi» soatlariga to'g'ri keluvchi o'rtacha passajirlar zichligi, boshqa paytlar uchun esa «tashish cho'qqisi» payti kirgazilmagan qolgan payt soatlar ichidagi o'rtacha passajirlar zichligi hisobiga olinishi lozim.
SHahar marshrutlaridagi harakat chastotasi odatda soatiga 12-15 avtobusdan, ayrim marshrutlarda esa 4-5 avtobusdan iborat bo'ladi.
Passajirlar zichligi quvvatiga katta bo'lgan marshrutlarga ertalabki va kechki «tashish cho'qqisi» soatlarida 15dan ko'p avtobuslar chiqarilishi lozim.
Harakat chastotasi harakat intervaliga bog'liq bo'lib, u ma'lum joy (bekat)dan qancha vaqt ichida navbatdagi avtobus o'tish vaqti I = 60/R harakat minutda o'lchanadi.
Harakat intervallari shahar marshrutlarida odatda 4-6 minut va kamdan-kam paytda 12-15 minut bo'ladi.
Avtobuslar harakatini muntazam tashkil etish uchun ular harakat jadvallari va chizmalari bo'lishi zarur. Harakat chizmasi har bir marshrutdagi avtobus uchun aloxida tuziladi. Bunday chizmalarni tuzishda marshrut, avtobus va xaydovchilarning ish rejimlari asos qilib olinadi. Harakat chizmalarini belgilashda sutka ichi soatlardagi xafta kunlaridagi va yil fasllardagi passajirlar oqimining o'zgarishini hisobga olish zarur.
Bir gurux marshrutlar uchun harakat chizmalarini tuzishda, marshrutlarning har birining aloxida xarakteri hisobga olinadi. Bunda turli marshrutlardagi passajirlar zichligi o'zgarishi hisobga olinib bir marshrutdan boshqasiga ayrim miqdordagi avtobuslarni o'tkazish imkoniyatlari ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Bunday o'tkazishlarda avtobuslar kamaytirilayotgan marshrutdagi passajirlar tashish ishi jiddiy susaymaydigan bo'lishi nazarda tutilishi lozim. Bundan tashqari, iqtisodiyotni nazarda tutib, o'tkaziluvchi avtobuslar qatnovini oshirmaslikka ham e'tibor berilishi lozim.
Harakat chizmalari asosida harakat jadvali tuziladi. Tuzilgan jadvallar esa aholiga eng yaxshi xizmat ko'rsatish bilan birga avtobusdan oqilona foydalanishni hisobga olgan bo'lishi zarur. Jadvalda oxirgi punktlaridan jo'nash va ularga kelish hamda passajirlar oboroti ko'p bo'lgan uzellardan o'tish vaqtlari ko'rsatilgan bo'ladi.
Bunday jadvallarni tuzishda sutka soatlari ichi ekspluatatsion harakat tezliklarini hisob qilishni belgilanishi maqsadga muvofiq va bu narsa yo'llarning yuklanganligiga, avtobuslarni to'lganligi va boshqa sharoitlar bilan bog'liqdir.
SHahar marshrutlarida yo'lovchilar tashishni tashkil etish
SHahar transporti - shaharlar qulayligining eng asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. SHuning uchun uning taraqqiyoti shahar aholisining o'sishi va ularning moddiy holatiga bevosita bog'liq. Transportdan foydalanish ishga, o'qishga va madaniy xizmatlar uchun borishida vaqtdan yutishdir. Transportda yurishga bo'lgan talab asosan boshlang'ich punkt bilan oxirgi punkt orasidagi oraliq masofa bir kilometrdan oshgandan keyin paydo bo'ladi.
Avtobus transporti jamoat yo'lovchi transportlarning bir turi bo'lib, shahar sharoitida yo'lovchilarni muntazam, uzluksiz va xavfsiz tashilishini ta'minlashi lozim.
Yo'lovchilarni tashish katta qulayliklar bilan, imkoniyat darajasidagi katta tezlikda va minimal qiymatdagi tannarxda amalga oshirilishi lozim.
Avtobus transportida yo'lovchilarni muntazam tashish asosan belgilangan doimiy marshrutlarda amalga oshiriladi.
Avtobus mashruti imkoni boricha boshlang'ich va oxirgi punktlarni eng qisqa masofalarda tutashtiruvchi hamda masofalarda tutashtiruvchi qat'iy tartibda aniqlangan bo'lishi kerak. avtobus marshruti trassasi yaxshilangan yo'llardan o'tib, to'xtash bekatlari bilan jihozlanishi, to'xtash bekatlarini, chiqish maydonchalarini, oxirgi stantsiyalarni va boshqalarni ko'rsatuvchi belgilari bo'lishi kerak.
Belgilangan marshrutdagi muntazam harakat marshrutidan tashqari, tashkilotlar foydalanuvchi, sayyohlik, xizmat va o'quvchilarni yoki boshqalarni tashuvchi bir martalik marshrutkalar bo'lishi mumkin.
SHahar aholisining o'sishi tufayli, kengayyotgan shahar territoriyasida yo'lovchilarning u yoki bu joylarga borishda ko'proq vaqt sarflanishiga to'g'ri kelmoqda. SHuning uchun shahar yo'lovchi transportini sistemali taraqqiy ettirishga talab sezilmoqda.
Avtobus transporti shahar aholisini eng qulay sharoitda manzilga yetkazishga yo'naltirilgan.
SHahar yo'lovchi transportining barcha turlarini xususiy avtomobil transporti taraqqiy ettirish va takomillashtirish o'sib kelayotgan aholining transportda yurish talabini qondirish, xizmat ko'rsatish madaniyatini yaxshilash va yaratilayotgan qulayliklarni yanada yaxshilash, manziliga yetkazishda transport bilan bog'liq bo'lgan vaqtlarni kamaytirishga qaratilgan. Bu harakatlanuvchi vosita konstruktsiyasi va turini takomillashtirish, transport tarmog'ini va marshrut tizimini taraqqiy ettirish, manzilga yetkazish tezligini sistemali oshirish, yaxshilash hisobiga erishiladi.
SHaharda yo'lovchilar tashishning o'ziga xos xususiyatlari mavjud bo'lib, sutka soatlari bo'yicha yo'lovchilar oqimining keskin tebranishi kuzatiladi. Bunda ertalabki va kechki «tig'is» paytlarda yo'lovchilarning yarmidan ko'prog'i tashilishi mumkin. SHaharda yo'lovchilar tashishning bu xususiyati harakatni tashkil etish va harakatlanuvchi tarkib turini tanlashda e'tiborga olish zarur.
Aholisi 250 mingdan kam bo'lgan shaharlarning eng asosiy transport turi avtobus transporti hisoblanadi. Avtobus transportini Yangi qurilayotgan shaharlarda ham qo'llash maqsadga muvofiqdir. Bu tur transportning bir qancha afzalliklaridan tashqari kamchiliklari ham mavjud bo'lib bulardan eng asosiysi ichki yonuv dvigatellarining shahar havo basseyniniga zararli chiqindilarni chiqarishdan iborat. SHahardagi boshqa tur transportlarga (tramvay, tralleybus, metro nisbatan tashish qobiliyati kichik bo'lib, tashish tannarxini yuqoriligi. Bu kamchiliklarga qaramasdan shahar yo'lovchi transportining asosini avtobus transporti tashkil etadi. kichik shaharlarning esa asosiy yo'lovchi transporti hisoblanadi. SHuning uchun avtobus transportidagi yuqorida qayd etilgan kamchiliklarini bartaraf etish ustida izlanishlar olib borilmoqda.)
Marshrutda xizmat ko'rsatish uchun avtobuslar sig'imi va turini tanlash
Avtobuslar turini tanlash harakatlanuvchi vositadan foydalanish samaradorligigiga va aholiga transport xizmati darajasiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Avtobuslardan ratsional foydalanish aholiga xizmat ko'rsatishda ham transport xarajatini ta'minlaydi.
Agar harakatlanuvchi vosita turi va sig'imi bo'yicha yo'lovchilar oqimi xarakteriga va quvvatiga hamda yo'lovchilarni tashish sharoitiga maksimal darajada mos kelsa avtobuslardan ratsional foydalanish kuzatiladi.
Katta sig'imli avtobuslardan yo'lovchilar oqimi kichik marshrutlarda va yo'lovchilar oqimi yuqori notekis bo'lgan marshrutda kuni bo'yi foydalanish maqsadga muvofiq emas. Bu narsa yuqori harakat oralig'iga va shuncha mos to'xtash bekatlarida kutish vaqtini oshishiga yoki transport xarajatlarining o'sishiga olib keladi. Yo'lovchilar oqimi quvvati katta bo'lgan marshrutlarda kichik sig'imli avtobuslardan foydalanish harakat oralig'ini qisqartiradi, ammo ularning soni oshadi buning natijasida ko'chada transport intensivligi oshadi.
SHunday qilib, marshrutda ishlashi uchun avtobuslar sig'imi va turini tanlashda quyidagilarni hisobga olish zarur: yo'lovchilar oqimi o'lchami; marshrut harakteriga bog'liq holdagi harakat oralig'i; tashish tannarxi.
Texnik ekspluatatsion talablardan kelib chiqib avtobuslar to'lish normasi salondagi 1 m2 maydonga 5 kishidan oshmasligi lozim, tig'is vaqtlarda esa 1 m2 8 kishigacha.
Tig'is paytlarda marshrutning yuklangan qismida yo'lovchilar oqimiga bog'liq holda avtobuslar sig'imi va turini tanlash ATIII taklif etilgan:
35- yo'lovchilargacha - 30-35
350-700 - 50-60
700- 1000 -80-85
1000 dan ortiq - 100-120.
Marshrutga zarur bo'lgan avtobuslar sonini aniqlash va harakat
jadvalini hisoblab chiqish
Tuzilgan harakat jadvali muqobil bo'lishi uchun nafaqat olingan ma'lumotlar hajmi hisobga olish balki ularni o'zaro maksimal bog'lash ham zarurdir. Manna shu masalalarni yechishda grafoanalitik hisob usuli yordam beradi.
Bu usul avtobuslar ish rejimini to'la aniqlashda va isbotlangan holda belgilash imkonini beradi. Bundan tashqari marshrutda yo'lovchilar oqimi miqdoriga nisbatan haydovchilar mehnatini tashkil etishga asos bo'ladi.
Grafoanalitik hisob usuli marshrut bo'yicha harakatlanuvchi tarkibning taqsimlanishini yo'lovchilar tashish sharoitini hisobga olgan holda sutka soatlari bo'yicha rejimi bo'yicha, smenasi va ishi davomiyligi bo'yicha e'tiborga oladi, avtobus-soatlarda transport ishi va marshrutda avtobuslarning o'rtacha ishlashi davomiyligini aniqlaydi.
Hisobni bajarishda harakatlanuvchi tarkibning haqiqiy mavjudligidan kelib chiqib ayrim cheklanishlar kiritilishi mumkin, mumkin bo'lgan harakat oralig'i qiymati, brigadani ish smenasi davom etishi va hokazo.
Avtobus turini tanlash va ularning kerakli sonini aniqlash quyidagi sharoitlardan kelib chiqib amalga oshiriladi.
«Tig'is» vaqtlardagi bir yo'nalishda ko'proq yuklangan marshrut qismdagi yo'lovchilar oqimi quvvati;
-marshrut qismlari vas utka soatlari bo'yicha yo'lovchilar oqimining notekis taqsimlanishi;
marshrutda avtobuslarning maqsadga muvofiq harakat oralig'i;
marshrut o'tgan ko'chaning o'tkazish qobiliyati va yo'l sharoiti;
avtobuslarning o'tkazish qobiliyati (avtobuslar sig'imi)
-yo'lovchilarni tashish xarajatlari.
U yoki bu marshrutda avtobuslar turini tanlashning asosiy mezoni bo'lib quyidagilar hisoblanadi. Avtobus sig'imi va maqsadga muvofiq harakat oralig'i.
«Tig'is» vaqtlarda quyidagicha harakat oralig'i qiymatlari tavsiya etiladi:
-birinchi kategoriyali marshrutlar uchun -2 minutgacha
-ikkinchi kategoriyali marshrutlar uchun 3-4
-uchinchi kategoriyali marshrutlar uchun 5-6
to'rtinchi kategoriyali marshrutlar uchun 7-8
-beshinchi kategoriyali marshrutlar uchun 9-10.
Harakat oralig'ini belgilashda boshqa marshrutlar bilan qo'shilgan uchastkalarda avtobuslar harakati chastotasini ham e'tiborga olish muhimdir.
Marshrutda avtobuslarga bo'lgan talab quyidagicha aniqlanadi: