Passajirlar tashishning asosiy elementlari dars Oquv maqsadi


Avtobus marshrutlari sifat ko'rsatgichlari



Download 124,65 Kb.
bet13/18
Sana30.06.2022
Hajmi124,65 Kb.
#720092
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
8-mavzu

Avtobus marshrutlari sifat ko'rsatgichlari.
Avtobus marshrutlari harakatini tashkil etishdagi passajirlarga xizmat ko'rsatish darajasi va transport vositalaridan foydalanish samaradorligini belgilovchi asosiy sifat ko'rsatgichilariga quyidagilar kiradi: harakat intervali, salon sig'imining to'lganlik koeffitsienti, passajirlar almashish koeffitsienti va ularning o'rtacha qatnov masofasi.
Marshrutning bog'lanish punktida to so'nggi to'xtov punktigacha avtobus yurishi qatnov (reys) deb ataladi. Avtobusni marshrut bo'yicha ikkala yo'nalishdagi qatnovi, ya'ni avtobusning boshlang'ich punktidan so'nggi punktigacha borib, yana boshlang'ich punktgacha qatnovi aylanma qatnovi (reys) deb ataladi. Odatda avtobuslar yo'nalish davomida o'z sig'imlariga nisbatan 1,3-1,6 marta ko'prok passajirlar tashiydilar.

  1. Passajirlar oboroti va passajirlar oqimi

Passajirlar oboroti deyilganda bajarilishi lozim bulgan ish hajmi yoki passajirlar tashish bo'yicha bajarilgan transport ishi tushuniladi. Passajirlar oboroti ko'rsatgichi bajarilgan passajir-kilometrlardan o'lchanadi. Bajarilgan passajir oboroti miqdori aholining serkatnovligi va passajirlar qatnovining o'rtacha masofa miqdoriga bog'liqdir. Aholining serkatnovligiga shaharning planirovkasi qo'lami, aholining asosiy passajirlar hosil bo'luvchi va passajirlar qatnovi magistrallariga nisbatan joylashuvi xarakteriga transport shaxobchalarining rivojlanganlik darajasiga, harakatning muntazamligi, kira haki miqdori va boshqalar bilan bog'liqdir. Passajirlar oboritining o'z konuniyatlari bor va ularni passajirlar tashishni to'g'ri tashkil etish hamda aholi talablarini to'la qondirish maqsadida doimo o'rganilib turilishi lozim.
Passajir oboroti tushunchalarining barisi yuk oboroti tushunchalari bilan bir xil bo'lib, qo'shimcha aniqliklarni talab etmaydi. Aytilganlarga ko'ra passajirlar oborotini sutka soatlari, xafta va oy kunlari, ayrim punktlar, marshrutlar, tuman, shahar va avtobuslar yo'nalishiga bog'lab o'rganishlik zarurati bor.
Passajirlar oqimi deyilganda bir yo'nalish bo'yicha qatnayotgan passajirlar umumiy miqdori tushuniladi. Passajirlar oqimi tushunchalarining ham barisi yuk oqimi tushunchalariga xamoxangdir. Passajirlar oqimi ham yuk oqimi kabi epyura va sxema shakllarida berilib u ma'lum marshrut bo'lagi, marshrut va yo'nalish tumandagi passajirlar tashish keskinligini bildiradi.
SHahar ichi passajirlar oboroti unda doimiy yashovchi, shahar atrofidan kelgan va shaharga kelib vaqtincha yashovchi passajir oboroti yig'indisidan iborat bo'ladi.
Yirik shaharlar atrofidan keladigan aholi uning passajirlar oborotiga katta ta'sir etadi va ular shahar ishlab-chiqarish kuchlari ob'ektlarida ishlaydigan va transportdan doimiy foydalanuvchi hamda transportdan onda-sonda foydalanuvchilarga bo'linadi.
Passajirlar oqimini o'rganishda barcha qatnovlarni ikki guruhga bo'lamiz: ishlab chiqarish bilan bog'liq va ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lmagan passajirlar oqimi.
SHahardagi passajirlar oboroti o'zining fasl ichi, xafta ichi, sutka ichi soatlari va yo'nalishlari bo'yicha o'zgaruvchanligi bilan xarakterlidir.
Fasliy o'zgaruvchanlik ayniqsa kurort shaharlari va yirik madaniy markalari uchun xarakterli va ularda yakkol ko'zga tashlanadi. Bunda passajirlarning eng ko'p miqdori yoz oylariga to'g'ri keladi.
Xafta ichi o'zgaruvchanlikdagi eng ko'p passajirlar miqdori dam olish, bayram va bayram oldi kunlari bilan bog'liq bo'ladi.
Sutka ichi soatlar bo'yicha passajirlar oqimini o'zgarish xarakteri ish boshlanish oldi va ishlar tamom bo'lish vaqti bilan bog'liq bo'lib, uning o'zgaruvchanlik xarakteri tasvirlangan.
Sutkaning turli soatlarida har xil marshrutdagi qarama-qarshi yo'nalishlar o'zgaruvchanlik. Tashkilotlar va korxonalar shahar yoki tuman markazlarida joylashgan bo'lsa passajirlar oqimi odatda markazga qarab yoki markazdan chetga qarab yo'nalishlari bo'yicha anchagina katta bo'ladi.
Avtobus marshrutlarida passajirlar oqimini o'rganishning turli uslublari bor va ular ichida avtobus haydovchi to'ldiruvchi chipta-hisob varaqasi ko'rsatgichlariga asoslangan statistika usuli aloxida o'rin tutadi. Bu usuldan foydalanish uchun tashish jarayonida passajirlarga sotilgan chiptalar xarfi belgisi va tartib raqamlar marshruti boshlang'ich va so'nggi, agar iloji bo'lsa marshrut ichidagi ko'p passajirlar almashish oralik punktida yozilib berilishi lozim. Bunda to'ldirilgan chipta-hisob ko'rsatgichlari har bir reys uchun bo'lishligi shart.
Passajirlar oqimini o'rganishning eng qulay usulini tanlash uchun, avvalom bor qanday ko'rsatgichni o'rganishlik, u yoki bu usulni aniq sharoitda qo'llash mumkinligini bilish lozim. Passajirlar oqimini o'rganishda tekshiruv o'tkazish qo'lami va shakli turlicha bo'lishi mumkin, qabul etilgan qo'lamga ko'ra tekshirish surunkasiga, ya'ni barcha marshrut shaxobchalarida bir maxalda, yoki tanlab o'tkaziladigan, masalan, ayrim marshrutlarda, sutkaning ayrim soatida yoki ish soatning boshidan oxirgacha xaftaning ayrim bir kunda yoki xaftaning barcha kunlarida.
Passajirlar oqimi yo'ldagi boshqa transport turlari bilan kesishishi joylariga nisbatan, marshrut davomida yirik sanoat korxonalari va idoralar joylashuvi va shu kabilarga ko'ra marshrut davomida o'zgarib boradi va ular shahar markazlari yoki yirik tuxtov joylardagi aholi zich yashovchi joylariga nisbatan uzoqlashib borgan sari siyraklashib boradi.
4.SHAHAR TRANSPORT SHAXOBCHALARI
SHahar mikrotumanlari yoki passajirlar oqimi ko'p bo'lgan yirik uzellardagi korrespondentlar ( ya'ni passajirlar) tashuvchi yo'llarni yoki marshrutlarni tashkil etish asoslari bo'lib, ularning yig'indisi shahar transport shaxobchalarini tashkil etadi. Aytilgan shaxobchalarni shahar xududlariga oqilona joylashtirish va turli xildagi shahar transportlari orasida passajirlar tashish ishini muvofiqlashtirishda marshrutlarni iloji boricha passajirlar qatnovi uchun zarur bo'lgan vaqtni tejash, ya'ni uni minimal bo'lishi, harakat muntazamligi va tekisligini hisobga olib, marshrutlarni to'g'ri chiziqli bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Bunday talablarni bajarishlik uchun harakatni eng qisqa yo'nalish bo'yicha, aholi zich yashaydigan va markazni chetki tumanlar bilan birlashtiruvchi hamda turli xil, eng avvalo bor metropoliten transportlari bilan tutashuvchi marshrutlar tashkil etilishi tavsiya etiladi.
Marshrutlar yo'nalishi va transport shaxobchalarining joylashuvi passajirlar hosil etuvchi va passajirlarni ko'plab qabul etuvchi uzellar shahar xududidagi joylashuviga bog'liq bo'lmay, shaharning transport harakatlari kommunikatsiyalarini joylashuvi, kuchalarining aloxida xususiyatlar, ulardagi harakat zichligi va jadalligi kabilarga ham bog'liqdir.
Amalda bor yirik shaharlardagi passajirlarga xizmat etish shahar transporti turlari ichida eng ko'p tarqalgan avtobus transportidir. Avtobus transporti kichik va o'rta shaharlarda yagona passajirlar tashuvchi transport turidir.
Texnik-ekspluatatsion ko'rsatgichlariga binoan passajirlar transportining har bir turining eng oqilona ishlatish joylari bor.
Juda katta quvvatli passajirlar oqimiga, ayniqsa markaziy joylarda yer usti transporti ishini yengillashtirishda metroning xizmati bekiyosdir: metroning bir yo'nalishi soatiga 50-60 ming kishi tashish quvvatiga ega bo'lgan passajirlar oqimiga xizmat qiladi.
Tramvay muhim axamiyatli katta quvvatli passajirlar oqimiga xizmat qiladi: metro yo'nalishining davomi sifati shahar tumanlarini shahar atrofi bilan bog'lashda ko'pincha tramvaydan foydalaniladi. Bir tramvay yo'li, undagi vagonlar soniga ko'ra soatiga 15-18 ming passajirlar oqimi quvvatiga ega yo'nalishiga xizmat qila oladi. Sutkasiga kamida 5 ming passajirlar oqimi bo'lgandagina tramvay yo'llarini qurish maqsadida muvofiqdir.
Trolleybus tramvayni shaharning asosiy yo'nalishlarida almashtirishda hamda passajirlar oqimi kam bo'lmagan xollarda shaharni uning atrofi bilan birlashtirishda qo'llanidi: bir trolleybus yo'li soatiga 5-9 ming passajirlar oqimiga xizmat qiladi. Trolleybus yo'nalishini ochishlik uchun ayni yo'nalishda sutkasiga kamida 2 ming passajirlar oqimi bo'lishligi maqsadga muvofiq deb topilgan.
Avtobuslar shaharning markaziy xududlaridagi qisqa masofali qatnovlarda metro, tramvay va trolleybus yo'nalishlariga parallel qo'shimcha, ya'ni ular marshrutlarini yanada to'ldirish maqsadida ishlatiladi. Passajirlar transportining boshqa turlari bo'lmagan yoki passajirlar oqimi kichik joylarda mustaqil ravishda avtobus marshrutlari xizmati tashkil etiladi: shahar bilan shahar atrofi passajirlar aloqalarini o'rnatishda avtobus xizmatining aloxida o'rni bor. Bir harakat lentasi bir avtobus yo'li soatiga 5-7 ming passajirlar oqimiga va paralel lentali harakatlarda esa 10 ming passajirlar oqimiga xizmat qobiliyatiga ega.
Yirik shaharlardagi passajirlar tashuvchi barcha transport turlarining aloxida shoxobchalari o'zaro bog'langan bo'lib, ular passajirlar oqimi katta bo'lgan joylarni to'g'ridan-to'g'ri bog'laydilar va shahar ichi transport shoxobchalarini shahar atrofi aloqalari bilan birlashtirishda xizmat etadilar.

Download 124,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish