~ ~
►
SOPOL BUYUMLARNING PAYDO BO’LISHI
►
MURAKKAB MEHNAT QUROLLARI
►
MAKROLIT
QUROLLAR
►
BOLTALAR ASRI
►
SILLIQLASH
►
PARDOZLASH
►
QIRTISHLASH
►
BURG’ULASH
►
O’TROQ HAYITGA O’TILISHI
►
ISHLAB CHIQARISHGA O’TILISHI
►
JUFT OILALARNING VUJUDGA KELISHI
►
MATRIARXATNING YUZAGA KELISHI
►
TOQIMACHILIK
►
OVCHILIK,
BALIQCHILIK, TERMACHILIK
►
ZIROATCHILIKNI VUJUDGA KELISHI
►
CHAQMOQLI
►
JOYTUN
►
KALTAMINOR MADANIYATI
►
JONBOS-4
►
DARVOZAI QIR
►
MAHANDARYO
►
SAZAG’ON
►
ZARAFSHON AMUDARYOGA QUYILGAN
~ ~
O’RTA OSIYO HUDUDIDA IBTIDOIY JAMOA TUZUMI
(tosh davri manzilgohlari va dastlabki ibtidoiy xo’jalik)
Reja:
1. Jahon taraqqiyoti tarixida O’rta Osiyo sivilizatsiyasining o’rni.
2. O’rta Osiyo hududida ibtidoiy jamoa tuzumi.
3. Antropogenez jarayonlari.
4. Ibtidoiy tasviriy san’at.
Tayanch tushunchalar:
Sivilizatsiya, Ibtidoiy jamoa tuzumi, antropogonez, Selung’ur, tosh davri, ibtidoiy
xo’jalik, ibtidoiy tasviriy san’at, mezolit, neolit, ishlab chiqaruvchi xo’jalik,
eneolit.
Nazorat uchun savolar:
1.O’zbekiston hududidagi dastlabki manzilgohlarni aniqlang?
2.Dastlabki odamzotning turmush tarzi va xo’jaligi haqida ma’lumot bering.
3.Antropogenez jarayoni nima va uning bosqichlarini aniqlang.
4.Mezolit davri manzilgohlari va yangiliklari aniqlang.
5.Neolit davri yangiliklari va manzilgohlarini aniqlang.
6.Ishlab chiqaruvchi xo’jalik nima va qachon paydo bo’lgan?
7.Eneolit davri xo’jaligi va yangiliklari.
Adabiyotlar:
1. Arxeologlar hikoya qiladi. To’plam.
Toshkent, 1974.
2. Arsixovskiy A. Arxeologiya asoslari. Toshkent, 1970.
3. Askarov A, Alьbaum L.Poseleniye Kuchuktepa.
Tashkent, 1970.
4. Borisovskiy A.I. Drevneysheye proshloye chelovechestva. Moskva. Nauka,
1980.
5. Kabirov J, Sagdullayev A.O’rta Osiyo arxeologiyasi. Toshkent, 1990.
6. Muhammadjonov A. Qadimgi Buxoro. Toshkent, 1991.
7. Okladnikov A.P. Paleolit i mezolit Sredney Azii. Vkn.
Srednyaya Aziya v
epoxu kamnya i bronzi. M. - L., 1966.
8. Tolstov S.P. Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab. Toshkent, 1964.
9. Taylor E.B. Pervobыtnaya kul’tura. Per. s angl. D. A. Koropchevskogo.M.,
1989.
10. Cheboksarov N.N., Cheboksarova I.A. Narodы, rasы, kulьturiы. M.: Nauka,
1985.
11.O’zbekiston tarixi. Sagdullayev A., Eshov B. tahriri ostida.
Toshkent.Universitet, 1997, 2-nashri, 1999.
Jahon taraqqiyoti tarixida O’rta Osiyo sivilizatsiyasining o’rni. O’zbekiston hududlari eng
qadimgi davrlardan boshlab jahon sivilizatsiyasining o’choqlaridan biri ekanligiga ilmiy jihatdan
hech qanday shubha yo’q. O’zbekiston va O’rta Osiyo hududlarida olib borilayotgan keng
miqyosdagi tadqiqot ishlarining natijalari ham Vatanimizning jahon sivilizatsiyasida tutgan o’rnini
tasdiqlaydi.
~ ~
Dunyoning turli burchaklarida yashaydigan xalqlarning turli davrlarda, ijgimoiy-iqtisodiy va
madaniy jarayonlarda erishgan yutuqlari hamda taraqqiyot bosqichiga ko’tarilishini sivilizatsiya
tushunchasi o’zida aks ettiradi. Bu taraqqiyot bosqichi insoniyatning paydo bo’lishi va rivojlanishi,
jamiyatning rivojlanish darajasi, moddiy va ma’naviy madaniyatning yuksalishi, qabilalar va
xalqlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar bilan izoxlanadi.
O’rta Osiyo sivilizatsiyasi turli hududlarda turli davrlarda paydo bo’ldi va rivojlandi. Misol
uchun, janubiy hududlarda yashagan qadimgi qabilalar mil.avv. VI ming yillikdayoq
dehqonchilikka o’tib, unumdor xo’jalikni rivojlantirgan bo’lsalar, bu davrda shimoliy hududlardagi
qabilalar asosan ovchilik, baliqchilik va chorvachilikning ilk shakllari bilan shug’ullanganlar. Bu
notekislik jarayonini tabiiy geografik sharoitlar va o’zaro munosabatlar bilan izoxlash mumkin. Bu
o’rinda Urta Osiyoning cho’l va dasht hududlari hamda tog’oldi va daryo vohalari hududlarining
rivojlanish darajasidagi madaniy notekislikni taqqoslab ko’rish (Kopetdog’, Hisor,
Zarafshon tog’oldi hududlari hamda Kizilqum, Koraqum, Kashqadaryo va Zarafshon vohasining
dasht hududlari) muhimdir.
Undan tashqari, O’rta Osiyoda turli-tuman madaniyat yaratgan qadimgi aholining neolit
davridayoq, yaьni mil.avv. VI-IV ming yilliklardagi o’zaro munosabatlari va bu aholining
Sharqdagi, dastavval Old Osiyodaga boshka qadimgi sivilizatsiya o’choqlari bilan uzviy aloqada
bo’lishi ham mahalliy sivilizatsiyaning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatgan. O’zbekiston hududida
eng qadimgi odamlar tosh davrining ilk davrlaridayoq joylasha boshlangan. Ilk paleolit davriga oid
makonlar Farg’ona vodiysidagi Selungur va Toshkent viloyatida joylashgan Ko’lbuloq
makonlaridan topib o’rganilgan. Ularning makonlari asosan buloq va daryo bo’ylarida joylashgan,
asosan ovchilik va termachilik bilan shug’ullanganlar.
O’zbekiston hududida qadimgi odamlarning dastlabki vakillaridan biri neandertalь odamlari
hisoblangan. Bu odam qoldiqlari Boysun tog’idagi Teshiktosh g’oridan topilgan bo’lib, miloddan
avvalgi 100 – 40 ming yilliklarda Osiyo va Yevropada keng tarqalgan edi. Bu davrda odamlar
qo’lidagi qurollar turlari ko’paydi va nayzasimon, qirg’ichsimon, pichoqsimon va boshqa qurollar
paydo bo’ldi. Bu davrda iqlim ancha sovuq bo’lib, odamlar g’orlarda yashaganlar va olovdan
foydalanganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: