~ ~ O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Urug’  jamoasi-birgalikda  yashagan  va  hamkorlikda  mehnat  qilgan



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/55
Sana30.12.2021
Hajmi3,95 Mb.
#96167
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti nazariy-uslubiy asoslari va uni organishning ahamiyati

Urug’  jamoasi-birgalikda  yashagan  va  hamkorlikda  mehnat  qilgan, 
umumiy  mehnat  qurollari  va  qurol-yaroqqa  ega  bo’lgan  qon-qarindoshlar 
jamoasi. Urug’ jamoasi so’ngi paleolit davriga kelib (40-35 ming yillliklarda) 
paydo bo’lgan
 
So’nggi  tosh  davrida  (mil.avv.  40–12  ming  yilliklar)  zamonaviy  qiyofadagi  odamlarning 
vujudga kelishi bilan birga yirik hayvonlarni ov qilish jarayoni rivojlandi. Yerto’la va chaylasimon 
turar joylar paydo bo’ldi. Jamiyatda juft oilalar paydo bo’ldi, urug’ jamoasi yuzaga keldi. Ayolning 
jamiyatdagi  mavqei  ancha  yuksaldi.  Ona  urug’i  davri  –  matriarxat  vujudga  keldi.  So’nggi  tosh 
davrining  eng  katta  yutuqlaridan  biri  tasviriy  san’atning  yuzaga  kelishi  edi.  Haykaltaroshlik  va 
rassomchilik, diniy tushunchalar shakllana boshladi.  
  Mezolit  –  o’rta  tosh  davrida  (mil.avv.  12–7  ming  yilliklar)  muzlik  chekindi  va  xayvonot 
hamda  nabotot  dunyosida  ko’pgina  o’zgarishlar  sodir  bo’ldi.  Inson  hayotidagi  dastlabki  yirik 
kashfiyotlardan  biri  –  o’q-yoy  kashf  etildi.  Ovchilik  bilan  birga  baliqchilik  ham  rivojlandi. 
Xayvonlarni  xonakilashtirish  natijasida  chorvachilikka  asos  solindi.  Mezolit  davrining  so’nggi 
bosqichlaridan Old Osiyo va ikki daryo oralig’ida dexqonchilik xo’jaligi shakllandi va bu jarayon 
O’rta Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda keyinroq yuzaga keldi.  


~  ~ 
 
   Neolit-yangi  tosh  davrida  (mil.avv.6-4  m.yy)  Janubiy  Turkmaniston  hududlarida 
dexqonchilikka o’tish boshlandi. Xo’jalikning ishlab chiqarish shakliga o’tilishi insoniyat tarixida, 
kishilik jamiyatida inqilob yuz berishiga olib keldi. 
Eneolit-mis-tosh davrida (mil.avv. 4-3 m.yy) odamlar metallni kashf etdilar va shu davrlardan 
boshlab O’rta Osiyo kishilik jamiyati tarixida yangi madaniy va iqtisodiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. 
Kulolchilik, to’quvchilik vujudga keldi, paxsadan uylar qurila boshlandi. Qurilishda xom g’ishtdan 
ham foydalanildi hamda ko’p xonali turar joylar barpo etildi.  
Miloddan avvalgi 4 ming yillikda O’rta Osiyo janubida sug’orma dexqonchilik yuzaga keldi, 
ko’plab sug’orish tarmoqlari vujudga keltirildi, unumdorlik asta  sekin oshib bordi.  
Bronza  davri  boshlanishi  bilan  (miloddan  avvalgi  3-ming  yillik  o’rtalari)  jamiyatda  otaning 
mavqei  oshdi  va  patriarxat  yuzaga  keldi.  Bu  davrda  O’zbekiston  hududlarida  dexqonchilik  keng 
tarqaldi. Ishlab chiqarish munosabatlari rivojlandi va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar taraqqiy etdi. 
O’rta  Osiyo  hududida  ibtidoiy  jamoa  tuzumi.  Antropogenez  jarayonlari.  Ibtidoiy  jamoa 
tuzumi kishilik jamiyati taraqqiyotidagi eng uzoq davom etgan va eng qadimga davridir. Bu davrni 
yozma  manbalar  asosida  o’rganib  bo’lmadi.  Shuning  uchun  ham  bu  davrni  chuqur  o’rganshda 
arxeologiya, etnografiya, antropologiya kabi fanlarning ahamiyati beqiyosdir. Kadimgi odamlar o’z 
faoliyati  davrida  atrof-muhitga  ta’sir  ko’rsatib,  kundalik  hayotda  o’ziga  zarur  bo’ladigan  mehnat 
qurollari  yasagan,  yashash  uchun  makonlar  tanlagan,  keyinchalik  esa  boshpanalar  qurganlar.  O’z 
navbatida bu jarayonlar inson faoliyatiga ta’sir ko’rsatgan. 
Hozirgi  paytda  O’rta  Osiyo  hududida  ibtidoiy  jamiyat  rivojlanishning  alohida  bosqichlari 
quyidagi davrlarga bo’linadi: 
1.  Paleolit  («palayos»-qadimgi,  «litos»-tosh)  davri;  bundan  taxminan  800  ming  yil  ilgari 
boshlanib, 15-12 ming yil ilgari tugaydi; o’z navbatida bu davr uchga bo’linadi; 
a) ilk  paleolit-Ashelь davri,   800-100   ming   yilni  o’z ichiga oladi; 
b) o’rta paleolit-Mustьye davri,   miloddan  avvalgi   100-40 ming yilliklar; 
v) so’ngga paleolit-miloddan avvalgi 40-12 ming yillik. 
2. Mezolit («mezos»-o’rta, «litos»-tosh) miloddan avvalgi 12-7 ming yilliklar. 
3. Neolit («neos»-yangi tosh) miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklar. 
4. Eneolit (mis-tosh davri) miloddan avvalgi 4 ming yillikning oxiri 3 ming yillikning boshi. 
5. Bronza davri-miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklar. 
6. Temir davri-miloddan avvalgi 1 ming yillikning boshlaridan. 
O’zbekiston  hududlaridagi  eng  qadimgi  odamlarning  manzilgohlari  Farg’ona  vodiysidagi 
Selung’ur,  Toshkent  viloyatidaga  Ko’lbuloq,  Buxorodagi  Uchtut  makonlaridan  topilgan.  Bu  davr 
odamlari toshlardan qo’pol qurollar (chopperlar) yasab, termachilik va jamoa bo’lib ov qilish bilan 
shug’ullanishgan.  Ilk  paleolit  davri  odamlari  jismoniy  jihatdan  ham,  aqliy  jihatdan  ham  hozirga 
odamlardan  farq  qilishgan.  Ular  tabiat  oldida  ojiz  bo’lib,  unda  tayyor  bo’lgan  mahsulotlarni 
o’zlashtirganlar. Ular na diniy tushunchani, na dehqonchilikni va na chorvachilikni bilganlar. 
O’rta paleolit davri makonlari Toshkent vohasidagi Obirahmat, Xo’jakent,     Samarqanddagi 
Omonqo’ton,  Boysun  tog’laridagi  Teshiktosh  kabi  ko’pgina  makonlardan  aniqlangan  bo’lib, 
ulardan shu davrga oid ko’pgina turli-tuman toshdan yasalgan mehnat qurollari topilgan. Obirahmat 
makoni  yoysimon  shaklda  bo’lib,  bu  yerda  10  m  qalinlikdagi    21  ta  madaniy  qatlam  aniqlangan. 
Topilmalar  orasida  nukleuslar,  parrakchalar,      o’tkir    uchli    sixchalar,  qirg’ichlar  uchraydi, 
shuningdek, turli  hayvonlar suyaklari ham ko’pchilikni tashkil etadi.  Yana  bir  mashhur yodgorlik 
Teshiktosh g’or makoni bo’lib, bu yerdan turli-tuman qurollar va hayvon suyaklaridan tashqari, 9-
10  yashar  bolaning  qabri  qazib  ochilgan.  Qabrdagi  murdaning  yoniga  turli  tosh  qurollar  va  arxar 
shohi qadab qo’yilgan. 


~  ~ 
 
O’rta  paleolit  davriga  kelib  ibtidoiy  jamiyat  odamlarining  mehnat  qurollari  takomillashib, 
turmushida  yangi  unsurlar  paydo  bo’la  boshlaydi.  Eng  muhimi,  ibtidoiy  to’dadan  urug’chilik 
jamoasiga  o’tish  boshlanadi.  Shimoldan  ulkan  muzlik  siljib  kelishi  natijasida  olov  kashf  etiladi. 
Odamlar o’choqlar atroflarida to’planib, ibtidoiy turar-joylarga asos soldilar. Jamoa bo’lib ov qilish 
paydo bo’ldi. 
So’nggi  paleolit  qadimga  tosh  asrining  so’nggi  bosqichidir.  Bu  davrga  oid  makonlar 
Ohangarondagi  Ko’lbuloq,  Toshkentning  g’arbidaga  Bo’zsuv  1  hamda  Samarqand  shahridan 
topilgan.  Ulardan  topilgan  topilmalar  orasida  kirg’ichlar,  kesgichlar,  sixchalar,  pichoqlar,  boltalar 
kabi qurollar bor. Bu davrga kelib odamlar faqat tog’li hududlarga emas, tekisliklarga ham tarqala 
boshlaydilar. Bu davrning eng katga yutug’i urug’chilik tuzumiga (matriarxat) o’tilishidir. 
Paleolit  davriga  xulosa  yasab  shuni  aytish  mumkinki,  bu  davrda  ibtidoiy  odamlar  xo’jalik 
yuritishning  eng  oddiy  yo’llaridan  (terib-termachlab)  murakkabroq  ko’rinishlariga  (ovchilik, 
baliqchilik) ga o’tdilar.Olov kashf etildi. Ibtidoiy turar-joylar o’zlashtirildi. Insoniyat ibtidoiy poda 
davridan urug’chilik tuzumiga o’tdi. Mehnat qurollari takomillashib, ularining turlari ko’paya bordi. 
Shuningdek, bu davr ibtidoiy odamlari orasida dastlabki diniy qarashlar paydo bo’ldi. 
Mezolit  davri  yodgorliklari  Surxandaryodagi  Machoy  g’or  makonidan,  Markaziy 
Farg’onaning  ko’pgina  yodgorliklardan  topib  o’rganilgan.  Bu  davrga  kelib  muzlik  yana  shimolga 
qaytadi.  Xayvonot  va  o’simlik  dunyosida  katta  o’zgarishlar  sodir  bo’ladi.  Insoniyat  o’z tarixidagi 
dastlabki murakkab moslama-o’q-yoyni kashf etadi. 
Mezolit  davri  qurollari  paleolitga  nisbatan  ixchamligi  va  sifatliligi  bilan  farq  qiladi.  Mezolit 
davri  qabilalari  asosan ovchilik  va termachilik xo’jaligi  yuritganlar.  Bu  davrning  oxirlariga  kelib, 
dastlabki uy chorvachiligi yoki hayvonlarni xonakilashtirish boshlanadi. 
Neolit davriga kelib, qadimgi qabilalar hayotida katta-katta o’zgarishlar sodir bo’ladi. Bu davr 
odamlari aksariyat hollarda daryo sohillari va tarmoqlari yoqasida, ko’llar bo’ylarida yashab, tabiiy 
imkoniyatlardan  kelib  chiqib  baliqchilik  va  ovchilik  yoki  dehqonchilik  va  chorvachilik  hamdi 
qisman  hunarmandchilik  bilan  shug’ullanganlar.  Bu  davrning  eng  katta  yutuqlardan  biri 
kulolchilikning  paydo  bo’lishidir.  Shuningdek,  bu  davrga  kelib  to’qimachilik  va  qayiqsozlik  ham 
paydo bo’ladi. Neolit davri qabilalari xo’jalik shakllariga qarab quyidagi madaniyatlariga bo’linadi: 
Joytun madaniyati, Kaltaminor madaniyati, Hisor madaniyati. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish