~ ~ O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


~  ~    MOVAROUNNAHR TEMURIYLAR DAVRIDA



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/55
Sana30.12.2021
Hajmi3,95 Mb.
#96167
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti nazariy-uslubiy asoslari va uni organishning ahamiyati

~  ~ 
 
MOVAROUNNAHR TEMURIYLAR DAVRIDA 
 
 
Reja: 
1. Temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy hayot. 
2. Temuriylar davlatining zaiflashuvi sabablari. 
3. Movarounnahrning Shayboniyxon tomonidan bosib olinishi. 
 
 
Tayanch tushunchalar: 
Temuriylar davri, siyosiy hayot, davlatning zaiflashuvi, Pirmuhammad, Xalil 
Sulton, Shayboniyxon. 
 
 
Nazorat uchun savollar: 
1. Temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy hayot qanday edi. 
2.Shohruhning davlat boshqaruvi haqida ma’lumot Bering.  
3. Ulug’bekning davlat boshqaruvi va ma’rifiy ishlari haqida ma’lumot bering   
4. Temuriylar davlatining zaiflashuvi sabablarini aniqlang. 
5. Movarounnahrning Shayboniyxon tomonidan bosib olinishi haqida 
ma’lumot bering. 
 
 
Adabiyotlar: 
1. Ahmedov B. Amir Temur: rivoyat va haqiqat. Toshkent. Qomuslar bosh 
tahririyati, 1996. 
2. Ahmedov B. Ulug’bek. Toshkent. Yosh gvardiya, 1989.  
3. Ahmedov B. O’zbekiston xalqlari tarixi manbalari, Toshkent, O’qituvchi, 
1991. 
4. Bartolьd V.V. Ulug’bek va uning davri, Asarlar, II jild, 2-kitob, M., 1964. 
Ibn Arabshoh AmirTemur tarixi. I-IIj. Toshkent. Mehnat, 1991. 
5. Herman Vamberi. Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi. Toshkent, 1990. 
6. Amir Temur va temuriylar davrida madaniyat va san’at. Toshkent. G’afur 
G’ulom nomli nashriyot, 1996. 
7. O’zbekiston tarixi, 1-qism. Toshkent. Universitet, 1997, II-nashri, 1999. 
 
 
1405  yilda  Amir  Temur  vafotidan  so’ng  uning  yirik  davlati  parchalana  boshladi.  Temuriy 
shahzodalarning  taxt  uchun o’z kurashlari qudratli davlatning bo’linishiga asosiy sabablardan biri 
bo’ldi.  Sohibqiron  taxtiga  valiaxd  qilib  nabirasi  Pirmuhammadni  qoldirgan  bo’lsada,  ko’pgina 
amirlar  va  amaldorlar  uning  hukmronligini  tan  olmadilar.  1405  yil  mart  oyida  Temurning  boshqa 
bir  nabirasi  Xalil  Sulton  Samarqand  taxtini  egalladi.  Undan  tashqari,  Xurosonda  Shohrux;  Balh, 
G’azna  va  Kandahorda  Pirmuhammad;  g’arbiy  Eron  va  Ozarbayjonda  Mirzo  Umar  va  Abu  Bakr 
Mirzo;  Turkiston,  Sabron,  O’tror,  Sayramda  Amir  Berdibek;  O’ratepa  va  Farg’onada  amir 
Xudoydod, Xorazmda amir Idiku o’zlarini xukmdor deb e’lon qildilar. 
Mamlakatdagi parokandalik va o’zaro urushlarga barham berish uchun Shohruh Mirzo ko’p 
sa’yi-harakatlar  qildi,  XVasrning  20-yillariga  kelib  Amir  Temur  mulklarining  qariyb  hammasi 
Shohruh  va  uning  oila  a’zolari  qo’l  ostida  edi.  soxibqiron  Movarounnahr  yerlarini  1409  yildan 
boshlab  Shohruhiing o’g’li  Mirzo Ulutbek boshqara boshladi. Ulug’bek hukmronlik davri (1409-
1449  yy.)  asosan,  Movarounnahr  ijtimoiy-iqtisodiy  hayot,    ilm-fan  va  madaniyatning  rivojlanishi 
bilan izohlanadi. 


~  ~ 
 
Ulug’bek  bobosi  Amir    Temur    kabi  harbiy    iste’dodli  emas  edi.  U  mamlakat  ichidagi  va 
atrofidagi  osoyishta  saqlab  turish  maqsadida  ayrim  harbiy  yurishlar  qilib  turdi  xolos.  1447  yilda 
Shohruh  Mirzo  vafotidan  so’ng  Temuriyzodalar  o’rtasida  kurash  boshlanib  ketdi.  Oqil    va  dono 
hukmdor  Ulug’bek  bu  kurashlarga  barxdm  berishga  xarchand  harakat  qilmasin  buning  uddasidan 
chiqolmadi,  Aksincha,  o’g’li  Abdulatifning  bevosita  ishtiroki  tufayli    o’zi    bu  kurashlarining 
qurboni  bo’ldi.  Xullas,  XV  asrning  o’rtalariga  kelib,  Mirzo  Ulug’bek      vafotidan  keyin  (1449  y.) 
Temuriy  shahzodalar  o’rtasida  toj-taxt  uchun  kurash  yana  avj  oldi.  Abduqosim  (1452-1457)  va 
Abdusaid  Mirzolarning  (1458-1468)  faoliyati  ham  o’zaro  urushlarga  barham  bera  olmadi.  1469 
yilga  kelganda  Xurosonda  Xusayn  Boyqaro  hokimiyatni  egallab,  bu  hududlarda  tinchlik  o’rnatdi. 
Uning  do’sti  -  buyuk  shoir  Alisher  Navoiy  (1441-1501)  muhrdor,  vazir,  Astrobod  hokimi 
lavozimlarida  ishlab,  Xuroson  ijtimoiy-siyosiy    hayotida    katta  rol  o’ynaydi.  Navoiyning  sa’y-
harakatlari  bilan  Hirotda  ilm-fan,      madaniyat    gurkirab    rivojlandi.  O’zaro  urushlarga  nisbatan 
barham berildi. 
Movarounnahrda esa bu davrga kelib siyosiy tarqoqlik avjiga chiqdi. Har bir viloyat, har bir 
shaharlarda  temuriy  shahzodalar  o’zlarining  mustaqil  hukmronligini  o’rnatishga  harakat  qildilar. 
Ular  hokimiyat  uchun  o’zaro  kurashlarda  Dashti  Qipchoq  qabilalari  kuchlaridan  foydalanishar 
edilar. Masalan: 1451 yilda Urusxonning nabiralari Abdusaidga hokimiyatni egallash uchun yordam 
bergan  bo’lsa,  oradan  uch  yil  o’tgach  Abulhayron  Muhammad  Juqiyga  hokimiyatni  egallashga 
ko’maklashdi. Bu o’zaro kurashlar Movarounnahr ahlining ahvolini yomonlashishiga olib keldi. 
XV asr oxirlariga kelib, Movarounnahrda Temuriylarning bir-biridan o’zaro mustaqil bo’lgan 
uchta hokimiyat vujudga kelda. 1. Samarqandda Sulton Ahmad Mirzo hukmroiliga (1468-1503); 2. 
Toshkentda  Sulton  Mahmud  Mirzo  hukmronligi  (1468-1498);                3.  Andijonda  Umarshayx  I 
Mirzo hukmronligi (1468-1494).  
Bu  uchala  davlatning  o’zaro  urushlari  Movarounnahr  ahlining  temuriylardan      noroziligini  
yanada      avj      oldirdi.  Ayniqsa,  yuqori  tabaqa  vakillari  markazlashgan  davlat  tarafida  turdilar.  Bu 
temuriyzodalarning davlat boshqaruvida mustahkam tayanchga ega emasligidan dalolat berardi. Bu 
vaqtda  temuriylar  huzurida  ta’lim  olgan  Abulxayrxonning  nevarasi  Muxammad  Shohbaxt  Dashti 
Qipchoqda dasht urug’larini birlashtirib o’z hokimiyatini mustahkamlamoqda edi.  
Shayboniyxon  harbiy  harakatlar    olib    borib    markazlashgan  davlat  tuzish  maqsadida  goh 
temuriylar, goh shimoldan mo’gullar bilan ittifoq tuzdi. U 1487-88 yillarda O’tror,  Sayram,  Yassa 
(Turkiston), Sig’noq shaharlarini bosib olib,  1499 yilda Movarounnahr hududlarida jiddiy harbiy 
harakatlar boshladi.  
Mahalliy  hukmdorlar  o’rtasidagi  o’zaro  kurashlar  avj  olgan  Samarqand  shahrini 
Shayboniyxon  1500  yilning  boshlarida  egalladi.    Dasht  ulug’lari  bir  necha  oy  shaharni  shafqatsiz 
talon-taroj  qildilar.  Bu  esa  mahalliy  feodallar  noroziligiga  sabab  bo’ldi.      Bundan  foydalangan 
Temuriy shahzoda Zaxiriddin Muhammad Bobur o’sha yili (1500 yil) Samarqand taxtini ikkinchi 
marta  egalladi.  Ammo  mahalliy  zodagonlar    ko’pchiligi    Boburni    qo’llab-quvvatlamadilar.  1501 
yilning  bahorida  Bobur  Shayboniyxon  bilan  bo’lgan  jangda  yengiladi  va  Samarqandni  unga 
toshpiradi. 
Dashti  Qipchoqliklar  qisqa  muddat  ichida  Buxoro  (1500),  Samarqand  (1501),  Toshkent 
(1503),  Hisor  (1504),  Urganch  (1505),  Hirot  (1507)  kabi  shahar  va  viloyatlarni  egallab,  Sharqiy 
Turkiston chegaralaridan Markaziy Afg’oniston hududlarigacha cho’zilgan yerlarda markazlashgan 
shayboniylar  davlatiga  asos  soldilar.  Temuriylar  davlatidagi  siyosiy        tarqoqlik,  ayrim 
hukmdorlarning  ajralib  mustaqillikka  intilishi  bu  davlat  yemirilishiga  olib  kelgan  bo’lsa, 
Shayboniyxon bunday tarqoqlikka chek qo’yib mamlakatning birligini mustahkamlay oldi. 


~  ~ 
 
Shayboniyxonning janubga tomon yurishlari Eron shohi Ismoil I tomonidan to’xtatildi. 1510 
yil Marv atroflarda bo’lgan jangda dasht qo’shinlari tor-mor etildi va Shayboniyxon halok bo’ldi. 
Eroniylar tomonidan qo’llab-quvvatlangan Bobur 1511 yilda Hisor, Ko’lob, Qunduz, Badaxshon va 
Samarqandni  egalladi.  Ammo  1512  yilda  shayboniylardan  bo’lgan  Ubaydulla  Sulton  qo’shinlari 
G’ijduvon  yaqinida  Bobur  va  shoh  Ismoilning  birlashgan  kuchlarini  mag’lubiyatga  uchratdi. 
Shundan so’ng Bobur avval Qobulda,   keyin esa Hindistonda hokimiyatini o’rnatdi. Dashti qipchoq 
qabilalari esa Movarounnahrda o’rnashib qoldilar. 
XV asr oxiri XVI asr boshlaridagi Dashti Qipchoq, Movarounnahr va Xurosondagi ijtimoiy-
siyosiy  voqealar  to’g’risida  yozilgan    muallifi    noma’lum    «Tarixi    guzidai    Nusratnoma» 
Muhammad  Solihning  «Shayboniynoma»,  Boburning  «Boburnoma»  asarlari  muxim  manbalar 
hisoblanadi. 
Temuriyzodalar  o’rtasidagi  o’zaro  urushlar,  birodarkushliklar  nafaqat  quyi  tabaqa  ahlining, 
balki yirik zodagonlarning ham norozliklariga sabab bo’ldi. Natijada Amir Temur asos solgan ulkan 
saltanat  tanazzulga  yuz  tutdi  va  tugatildi.  Temuriylardan  keyin  hokimiyat  tepasiga  kelgan 
shayboniylar  sulolasi  davrida  ham  markaziy  hokimiyat  unchalik  mustahkam  emas  edi  (bu  o’rinda 
Abdullaxon II hukmronligi davri (1583-1598) birmuncha diqqatga sazovordir). Bu holat o’sha davr 
Vatanimiz  hududlarining  parchalanib,  alohida  davlatlarga  bo’linib  ketishi  va  zaiflashuvi  uchun 
zamin yaratdi. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish