~ ~ O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/55
Sana30.12.2021
Hajmi3,95 Mb.
#96167
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti nazariy-uslubiy asoslari va uni organishning ahamiyati

~  ~ 
 


~  ~ 
 
 XIV ASRNING IKKINCHI YARMIDA MOVAROUNNAHRDA  
SIYOSIY VAZIYAT. TEMUR DAVLATINING TASHKIL TOPISHI 
 
 
Reja: 
1. XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrda siyosiy vaziyat. 
2. Temur davlatining tashkil topishi. 
3. Amrir Temur tomonidan Movarounnahrning birlashtirilishi. 
 
 
Tayanch tushunchalar: 
Markazlashgan davlat, Amir Temur, «Loy    jangi», Iyosxo’ja, Sarbadorlar, 
Temur  davlati, Movarounnahrning birlashtirilishi. 
 
 
 
Nazorat uchun savollar: 
1. XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrda siyosiy vaziyat qanday edi.  
2. Amir Temurniig xokimiyat tepasiga kelishi. 
3. Amir Temurning markazlashgan davlat tuzishi. 
4. Samarqand – Amir Temur davlatining poytaxti. 
5. Amir Temur tomonidan Movarounnahrning birlashtirilishi. 
 
 
Adabiyotlar 
1. Karimov I.A. Amir Temur davridagi bunyodkorlik va hamkorlik ruhi bizga 
namuna bo’laversin. Asarlar. 4-jild. Toshkent. O’zbekiston, 1996. 
2. Karimov I.A. Amir Temur haqida so’z. Toshkent. O’zbekiston, 1996. 
3. Temur tuzuklari. Toshkent. G’afur G’ulom nomli nashriyot, 1991. 
4. Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma. Toshkent. O’zbekiston, 1996. 
5. Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. Toshkent. Kamalak, 1994. 
6. Ahmedov B. Amir Temur: rivoyat va haqiqat. Toshkent. Qomuslar bosh 
tahririyati, 1996. 
7. Ahmedov B. Amir Temurni yod etib. Toshkent. O’zbekiston, 1996.  
8. Ibn Arabshoh AmirTemur tarixi. I-IIj. Toshkent. Mehnat, 1991. 
9. Herman Vamberi. Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi. Toshkent, 1990. 
10. Ivanin M. Ikki buyuk sarkarda. Chingizxon va Amir Temur. Toshkent, 
1994. 
11. Amir Temur va temuriylar davrida madaniyat va san’at. Toshkent. G’afur 
G’ulom nomli nashriyot, 1996. 
12. Mo’minov I. Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutganurni va roli. 
Toshkent. Fan, 1993. 
13. O’zbekiston tarixi, 1-qism. Toshkent. Universitet, 1997, II-nashri, 1999. 
 
 
XIV  asr  o’rtalarida  Chingizxon  egallab  olgan  yerlar  uning  merosxo’rlari  qul  ostida  bo’lsa 
ham, bu yerlar mayda bo’laklarga bo’linib ketib, ularda toju taxt, hokimiyat uchun o’zaro nizolar 
kuchayib  ketgan  edi.  1348  yilga  kelib  Sharqiy  Turkiston  yerlarida  Mug’uliston  feodal  davlati 
tashkil  topdi,  uning  xoni  etib  Chig’atoy  avlodidan  Tugluq  Temur  ko’tarildi.  Tug’luq  Temur 
dastlabki  davrlardanoq  o’z  yerlarini  kengaytirish  maqsadida  Movarounnahr  yerlariga  bir  necha 
harbiy  harakatlar  uyushtirdi.  XIV  asr  o’rtalariga  kelib,  chig’atoy  ulusidagi  barqarorlik  Qozonxon 
vafotidan  so’ng  (1336-1347)  barxam  topdi.  Siyosiy  va  iqtisodiy  inqiroz  Amir  Qozag’on  (1347-


~  ~ 
 
1357) davrida yanada avj oldi. Amir Qozag’on fitna natijasida o’ldirilgach, Chig’atoy ulusi beklari 
o’zlarini mustaqil deb e’lon qildilar: Keshda Amir Xoji Barlos, Xo’jandda Boyazdi jaloyir, Balxda 
O’ljoy Bug’o Suldus, Shibirgonda Muxammad Xoja Aperdi nayman, Xuttalonda Amir Kayxusrav 
va O’ljoy Aperdi, Totkand va Saripulda Xizr Yasovuriy, Ko’xistonda Amir Sotilmish xukmronlikni 
qo’lga  kiritdilar.  1348  bil  taxtni  egallagan  Tug’luq  Temur  Movarounnaxrda  o’z  mavqeini  tiklash 
uchun  ikki  marta  (1360-1361)  yurish  qildi.  Shu  vaqtda  Tug’luq  Temur  xizmatiga  kirgan  Amir 
Temur  Shaxrisabz  xokimi  etib  tayinlandi.  1362  yilda  u  Balx  xokimi  Amir  Xusayn  ibn  Musallab 
bilan  yaqinlashib,  Mug’ullarga  qarshi  ittifoq  tuzdilar.  Biroq  1365  bil  Ilyosxo’jaga  qarshi  bo’lgan 
«Loy  jangi»  dagi  mag’lubiyat  ularning  ittifoqiga  raxna  soladi.  Samarqandni  ishg’ol    qilmoqchi 
bo’lgan  Ilyosxo’ja  esa  sarbadorlardan  mag’lubiyatga  uchrab,  chekinadi.  Ikki  amir  kelib, 
Samarqandni egallaydi. Sarbadorlar boshliqlarining Amir Xusayn tomonidan qatl etilishi o’rtadagi 
ittifoqning  barxam  topishiga  sabab  bo’ladi.  1370  yil  Amir  Temur  qo’shinlari  Balxda  Amir 
Xusaynni  mag’lubiyatga  uchratdi  va  shu  yerda  amirlar  qurultoyida  Amir  Temur  Movarounnaxr 
xukmdori  etib  saylandi.  Amir  Temur  xukmronligi  yillarida  Chingizxon  naslidan  Suyurgatmish 
(1370-1388) va uning o’g’li Sulton Maxmud (1388-1402)  rasmiy ravishda taxtni boshqardilar. 
Amir  Temur  Movarounnaxrning  qonuniy  xukmdori  bo’lib  olgach,  mamlakat  hududlarini 
birlashtirishga kirishdi. Xorazm ustiga besh  marotaba (1371, 1373, 1375, 1379, 1388) yurish qildi. 
Shosh, termiz, Xisor, Badaxshon, Qunduz xukmdorlari tobelik bildirdilar. Mug’uliston ustiga to’rt 
marta yurish qilib, sharqiy hududlar daxlsizligini ta’minlaydi 1371, 1374, 1375, 1376, 1377). Uch 
bor Mang’ishloq xokimi To’yxoja o’g’lon farzandi, Oltin O’rda  xoni To’xtamishga qarshi yurish 
qilib, (1389, 1391, 1394. 1395) Oltin O’rdani mag’lubiyatga uchratdi.  
Amir  Temur  1380  yildan  boshlab  Xuroson  yurishlarini  boshlaydi.  Tus,  Nishopur,  Sabzavor 
jangsiz taslim bo’ldi. Shundan so’ng  Amir Temurning Eronga qarshi uch yillik  (1386), besh yillik 
(1392), yetti yillik (1399) amalga oshiriladi. 1398-1399 (sentyabr-mart) yillarda Xindiston yurishi, 
1401  bil  Shomga,  1402  yili  Boyazidga  qarshi  yurishlari  muvaffaqiyatli  yakunlandi.  Eng  asosiy 
yurishlardan  biri  Xitoyga  qarshi    mo’ljallangan  edi.  Bu  yurishga  1404  yil  kuzidan  tayyorgarlik 
boshlandi, biroq Amir Temurning 1405 yil 18 fevralda vafot etishi Xitoy safarining amalga oshmay 
qolishiga sabab bo’ldi. 
Amir Temurning davlat boshqaruv tizimi butun hududda yagona markazlashgan siyosiy tartib 
asosiga qurilgan edi. Davlat o’z tarkibiy tuzilishiga ko’ra xarbiy-siyosiy tartiblarga asoslangan edi. 
Amir Temur o’ziga qadar mavjud bo’lgan davlatchilikning sakkizta asosiga amal qiladi: 
davlat siyosiy jixatdan mustaqil bo’lishi. 
Davlat va jamiyatning siyosiy yaxlitligi buzilmasligi. 
Davlat va jamiyat muayyan qonunlar, tartiblar, mafkura asosida boshqarilishi. 
Boshqaruv tizimi muvofiqlashtirib turuvchi qoidalar shakillangan bo’lishi. 
Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar axvoli davlat e’tiborida bo’lishi. 
Fan va madaniyat ravnaqi to’g’risida doimiy qayg’urish. 
Xar  bir  davlat  shart-sharoiti,  tartiblariga  ko’ra  davlat  jamiyat  ichki  taraqqiyoti  masalalarini 
tashqi dunyodagi mavjud omillardan foydalangan xolda olib borishi. 
Davlat  tepasidagi  kuchlar  o’tmish,  zamona  va  kelajakni  teran  tafakkur,  mustaxkam  iyon, 
g’oyat yuksak ma’naviyat va millatparvarlik ila anglamog’i. 
Amir  Temur  davlatchilikning  bu  asoslariga  to’qqizinchisini,  ya’ni,  jamiyat  rivoji  va  barcha 
ijtimoiy tabaqalar, manfaatlarini ta’minlashini qo’shdi. Boshqaruv ikki idordan: dargox va vazirlik 
(devon)  dan  iborat  bo’lgan.  Dargoxni  Oliy  xukmdor  boshqargan.  Dargox  faoliyatini  boshqarish, 
uning devonlar, maxalliy xokimyat idoralari bilan bog’lanib turish ishlarini Oliy devon yuritgan. 


~  ~ 
 
Oliy devonda-ijroiya xokimyatida bosh vazir, xarbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, 
moliya  vaziri turgan. Sarxadlar va tobex mamlakatlar boshqaruvi  bilan shug’ullanuvchi  uch vazir 
devonbegiga  xisobot  berib  turgan.  Markaziy  xokimyat  tizimida  shayxuislom,  qozikalon,  qoziy 
axdos  (odat  bo’yicha  xkum  chiqaruvchi  qozi),  qozi  askar,  sadri  axzam  (vaqf  yerlari,  mulklari 
musasaddisi),  dodxox  (shikoyatlarni  qiruvchi),  eshikog’a,  saroy  vaziri,  yasovul  va  boshqalar 
bo’lgan. 
O’zbek  xalqi  davlatchiligi  tarixida  Amir  Temurning  xizmati  shundaki.  U  davlatchilikning 
boshqaruv  tizimi,  ichki  va  tashqi  siyosatining  tartib  qoidalar,  xuquqiy  asoslarini  yangi  tarixiy 
sharoitda  takomillashtirdi.  Tashqi  va  ichki  favqulodda  voqealardan  voqif  turuvchi  ming  nafar 
piyoda, ming nafar tuya mingan, ming nafar ot ming choparlar bo’lgan. Butun saltanat bo’ylab bir 
kunlik yo’l oralig’ida yemxonalar tashkil etilgan. Xar bir yemda 20-200 boshdan ot – ulov tutilgan. 
Amir  Temur  mamlaktatni  boshqarishda  o’z  yaqinlariga  suyangan.  Davlat  boshqaruv  ishlarida 
Soxibqiron islom qonun-qoidalariga asoslangan. 
Amir  Temur  xokimyat  tepasiga  kelgach,  barcha  soxada  Mug’ullardan  qolgan 
vayronagarchilikni    tugatish  va  obodonlashtirishi,  qishloq  xo’jaligi  va  sug’orish  tarmoqlarini 
ta’mirlash  ishlariga  asosiy  e’tibor  qratdi.  Davlat  turli  toifaga  mansul  mulk  soxiblari  birlashtirildi. 
Qattiq  intizom  o’rganildi.  Mamlakatda  axvol  yaxshilanib,  xunarmand  axolining  turmush  darajasi 
yaxshilandi.  Temur  davlatidagi  ijtimoiy  tuzum  davlat  tarkibiga  kirgan  xalqlarning  turli  tumanligi, 
ularning bir-biri bilan aloqadorligi, inobati bilan bog’liq edi. Amir Temur mamlakatni boshqarishda 
axolining o’n ikkita ijtimoiy guruxga bo’lganligi manbalarida qayd etilgan. Ular quydagi ijtimoiy 
toifalardir:-sayyidlar, olimlar va shayxlar. 
katta tajribaga ega ilmli kishilar. 
Duo qiluvchi taqvodorlar. 
Lashkarning sipoxlari, sarxang va amirlar. 
Askarlar va xalq ommasi. 
Dalat boshqaruv ishlarini a’lo darajada biladigan maslaxatgo’y dono va aqlli kishilar. 
Vazirlar, kotiblar, devon boshlig’i. 
Tibbiyot axli, munajjim va muxandislar. 
Muxaddislar va muarrixlar. 
Tasavvuf vakillari va oriflar. 
Xunarmandlar va san’atkorlar. 
Ajnabiy sayyoxlar va savdogarlar. 
Bu ijtimoiy  toifalar  yoki qatlamlar Amir Temur  davlatining  ma’muriy-boshqaruv tizimidagi 
tartiblar bilan aloqador xolda uning xarbiy siyosiy xarakterda bo’lganligini ham ko’rsatib turibdi. 
XV asrda ziroatchilik bilan shug’ullanuvchi qishloq axli orasida bir qismi imtiyozlariga ega 
bo’lgan  va  ular  soliqlarning  oz  miqdorini  to’lashgan.  Axolining  juda  katta  qismini  ijarachi-
chorikorlar va jamoa dexqonlari tashkil etgan. Qishloqlar jamoa  yoki qariya deb yuritilgan. Uning 
mulki butun jamoa axliga qarashli bo’lgan. 
Xunarmandchilik  soxasida  asosiy  ishlab  chiqaruvchi    ijtimoiy  toifa  erkin  xunarmandlar 
bo’lgan.  Ular  shaxarda  yashovchi  savdogarlar  bilan  bir  qatorda  madaniy  markazning  o’rta  xol 
vakillari  sanalganlar.  Temuriylar  davrida  soliqning  asosiy  turi-xiroj  bo’lgan.  Yer  solig’i  xosilning 
uch  bir  qismigacha  bo’lgan.  Bog’lardan  tanobona  solig’i  olingan.  Shuningdek,  jon  solig’i,  ulog’, 
begar ham mavjud edi. 
Yerga  egalikning  keng  tarqalgan  turixususiy  yer  egaligi  bo’lgan  suyurg’ol  edi.  XV  asrda 
ziroatchilar qanday yer mulklarida yashab, ekin ekishlariga qarab xiroj to’laganlar. Ular asosan to’rt 
turga 


~  ~ 
 
davlat yerlarida ishlovchi ziroatkorlar. 
Xususiy mulk yerlarida ishlaydigan ziroatchilar. 
O’z yerida ishlovchi ziroatchilar. 
Vaqf yerlarida ishlovchi ziroatchilarga bo’lingan. 
Xiroj asosan maxsulot yoki pul bilan olingan. Mag’lub shaxar aholisidan sari shumor (jizьya) 
olingan. Mamlakat xavf ostida qolgan vaqtda favqulodda soliq - avorizot yig’ib olingan. Do’kondor 
hunarmandlardan  tamg’a  solig’i  olingan.  Xalq  ko’plab  xashar  ishlari  (begar)ga  jalb  etib  turilgan. 
Shuningdek  mulkdorlar  o’z  mulklarining  qirqdan  bir  qismi  miqdorida  zakot  to’lab  turganlar. 
Chegaradagi bojxonalarda chetdan kelgan savdogarlardan boj undirilgan, mahalliy savdogarlar esa 
tagjoy solig’i, bog’dorlar tanobona to’laganlar. 
Amir Temur davlatida xuquqiy munosabatlar boshqa Sharq davlatlarida bo’lgani kabi Qur’oni 
Karim, hadislarda bayon etilgan tartib - qoidalarga asoslangan edi. 
Amir Temurning xuquq va qonun unsurlari «Temur tuzuklari»da o’z aksini topgan. Bu asarda 
davlat  yumushlari,  harbiy  soha,  raiyat  va  ijtimoiy  tuzumning  barcha  qatlamlari  xaqida  so’z 
yuritiladi. Unda ta’kidlanishicha, dunyoviy jixatlarni xukmdorning o’zi, ya’ni, Amir Temur nazorat 
qilgan  va  kerakli  jazoni  sham  o’zi  bergan.  Shariat  ishlari  bilan  esa  shariat  qozisi  shug’ullangan. 
Shuningdek,  davlat devonining turli bo’g’inlarida ham turlicha qozilar faoliyat yuritgan, masalan, 
lashkar  uchun  maxsus  qozi,  raiyat  uchun  aloxida  qozi  tayinlangan.  Amir  Temur  davlatida  xuquq 
tizimi quydagicha bo’lgan: 
Shayxulislom-mamlakatda musulmonlarni nojo’ya ishlardan saqlash va savob ishlarga undash 
bo’yicha masxul shaxs. Sadrlar-axli islomga boshchilik qilgan. Asosiy vazifalari vaqflarni nazorat 
qilish bo’lgan: shuningdek ular suyurg’olni ham belgilab turganlar. 
Mutavalliy-sadrlar  tomonidan  vaqflarni  boshqarish  va  nazorat  qilish  bilan  shug’ullanuvchi 
shaxs. 
Qozi-xar  bir  shaxar  va  viloyatla,  devonning  turli  bo’g’inlarida  qonunni  nazorat  qilgan. 
Qozilar martabasi va darajasiga ko’ra bir-birilan farq qilgan. 
Mudarris-diniy masalalar, shariat, tafsir, xadis va fiqxdan dars beruvchi shaxs. 
Muxtasib-bozorlarda tarozi, narx-navoni nazorat qiluvchi maxsul. 
Bular  orasida  qozi  va  sadrlar  o’z  ishlar  yuzasidan  shaxsan  Amir  Temurning  o’ziga  xisobot 
berib  turganlar.  Amir  Temur  qat’iy  qonunlar  va  tartiblarni  o’z  tuzuklarida  yozib  qoldirgan:-
xazinabon moliya ishlariga xiyonat qilsa, o’zlashtirib olgan mablag’i maoshidan ikki barobar ortiq 
bo’lsa, ortig’i oladigan maoshi xisobidan ushlab qolingan: 
agarda  sipoxiy  biror-bir  kimsaga  zulm  qilsa,  uni  o’sha  jabrlangan  kishiga  topshirganlar  va 
jabrlanuvchi o’zi xoxlagancha jazolagan: 
qishloq yoki shaxar amaldorlari pastroq toifadagi kishilarga zulm yetkazsalar, katta miqdorda 
jarimaga xukm etilganlar: 
xalqqa jabr zulm qilgan kishi jarima bilan yoki darra bilan jazolangan: 
kimda-kim o’g’irlik qilsa, o’g’irlangan narsani qaytarishi shart bo’lgan yoki qattiq jazolangan. 
Kishilarga  yetkazilgan  xar  qanday  zarar  uchun,  jismoniy  zarar  uchun  hamda  sharob  ichish, 
zino  ishlar  bilan  mashg’ul  bo’lishi  kabi  jinoyatlar  shariat  qozisi  chiqargan  xukmga  binoan 
jazolangan. 
Vatan  haqida  qayg’urish,  Vatan  mustaqilligini  tiklash  haqidagi  fikrlar  shu  yillar  yuzaga 
chiqib,  Amir  Temur  Balx  shahrida  chaqirilgan  qurultoyda  Movarounnahrning  amiri  deb  e’lon 
qilinadi. Temur o’z tasarrufida markazlashgan davlatni yuzaga keltirish maqsadida Kesh shahridan 
Samarqandga  ko’chib  ugib,  uni  Movarounnahrning  poytaxtiga  aylantiradi.  Sohibqiron  aniq 
mulohazalari  bilan  xalqni  zulmdan  ozod  qilish  va  uzoq  yillik  boshboshdoklik  hukmron  bo’lgan 


~  ~ 
 
yerda  markazlashgan  davlat  tuzish  mushkulligini  sezganligi  sababli  dastlab  mamlakatni  tashqi 
xavfdan  saqlash  maqsadida  asossini  barlos  urug’lari  tashkil  etgan  yengilmas  va  jangovor  milliy 
qo’shin tuzadi, ularga katta imtiyozlar beradi. 
Temur  davlat  boshqaruvida,  ichki  va  tashqi  sissatda  asosan  o’z  qo’shinlariga  suyanganligi 
sababli  harbiy  islohotga, ya’ni  qo’shin  boshliqlarini tanlash, lashkar qismlar,  ularning joylashishi, 
askarlarnipg qurollanishi va harbiy intizom masalalarita keng e’tibor bergan. U qo’shinlarini o’nlik, 
yuzlik, minglik kabi askariy birikmalarga bo’lgan. Uning uchun har bir askar jang qilish uslublarini 
yaxshi bilishi farz hisoblagan. Amir Temur lashkarlarga ham katta e’tibor berib, ular nizomni qat’iy 
bajarishga,  jangda  ayovsiz  va  dovyurak  bo’lishga,  dushmanga  yumshoq  muomalali  va  adolatli 
bo’lishi  lozim  deb  hisoblardi.  Ibn  Arabshohning  yozishicha,  Temur  askarlari  ichida  taqvodor, 
saxovatli.  xudojuy  kshiilar  ko’p  bo’lgan.  Ular  bechoralarga  xayru  ehson  ko’rsatish,  boshiga  og’ir 
kunlar  tushganda  yordam  qo’lini  cho’zish,  asirlarga  yumshoq  muomalada  bo’lish  va  ularni  ozod 
etishga  odatlanganlar.  Amir  Temur  doim  jangda  jasorat  ko’rsatgan  amirlar  va  askarlarga  alohida 
e’tibor bilan qarardi. Natijada Sohibqiron uyushqoqlik hukm surgan yuz minglik qo’shinlari ichida 
intizomni  mustahkamlash  bilan  o’z  davlatining  poydevori  bo’lgan  qo’shin  tuzishga  muvaffaq 
bo’ldi. 
Temur  Movarounnahr  taxtini  etallagan  vaqtdan  boshlab,      o’z  davlati  chegaralarini  mumkin 
qadar  kengaytirishga  kirishadi.  Shu  maqsadda  u  Amudaryo  va  Sirdaryo  oralig’idagi  yerlarni  o’z 
tasarrufiga oladi. Xorazmga besh marotaba yurish qilib,  1388 yilda uni butunlay bo’ysundiradi, bu 
yerda hukmronlik qilayotgan so’fiylar, sulolasini tugatadi. Temur o’zining uch yillik (1386-1388),  
besh  yillik  1392-1398).  yetti  yillik  (1399-1405)    yurishlari  davomida  Ozarbayjonda  jaloyirlar, 
Sabzavorda  sarbadorlar  davlatini,  Hirotda  kurdlar  davlatini  tugatib,  Eron  va  Xurosonni  o’z 
tasarrufiga oladi. 1394-1395 yillarda Oltin O’rda xoni To’xtamishga qarshi yurish qilib, uning ko’p 
sonli qo’shinini mag’lubiyatga uchratadi va Oltin O’rda hududini egallaydi. Temurning bu galabasi; 
Oltin O’rdaga juda katta   zarba   berish   bilan birga Temur qushinlarining Volga daryosi bo’ylarida 
bemalol  yurishlariga  ham  keng  yo’l  ochdi.  Ta’kidlash  joizki,  Temuriing  bu  g’alabalari  tarix 
sahifasida ulkan ahamiyat kasb etdi. 
Amir  Temur  1398  yilda  Hindistonga  qilgai  yurishida  Dehli  shahrini,  1400  yilda  Suriyaga 
qilgan yurishida Halab va Bayrut shaharlarini, 1401 yilda Damashq shahrini egallaydi. 
1402  yilda  usmonli  turklar  imperiyasining  sultoni  Yildirim  Boyazidga  qarnsh  yurishida  uni 
mashubiyatga  uchratdi.  Bu  g’alaba  bilan  Temur  Yevropani  usmoniylar  asoratiga  tushishini  bir 
necha o’n yillar orqaga surib yubordi. 
Temur    1404  yidda  Kichik  Osiyodan  Samarqaidga  ksladi  va  Xitoyga  yurshp  uchun  harbiy 
taraddud  ko’radi.  Shubhasiz,  Temur  bu  yurish  uchun  uzoq  yillar  tayyorlaiib,  jang  uchup  kerakli 
bo’lgan  ma’lumotlarni  yillar  davomida  to’plagan  edi.  1404  yilda  Temur  200  miiglik qushin  bilan 
Xitoy  safariga  otlandi.  Ammo  Temurning  qattiq  betobligi  tufayli  uning  qo’shinlari  1405  yiliing 
yanvar oyida Xitoyga yaqin bo’lgan chegara shahar O’tror shahrida to’xtadilar va shu yerda 1405 
yilning 18 fevralida buyuk sohibqiron Amir Temur vafot etadi 



Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish