~ ~ O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


~  ~    TEMUR DAVLATINING IChKI VA TAShQI SIYOSATI



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/55
Sana30.12.2021
Hajmi3,95 Mb.
#96167
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti nazariy-uslubiy asoslari va uni organishning ahamiyati

~  ~ 
 
TEMUR DAVLATINING IChKI VA TAShQI SIYOSATI. 
TEMUR TUZUKLARI
 
 
 
Reja: 
1. Temur davlatining ichki siyosati. 
2. Temur davlatida obodonchilik ishlari. 
3. Temur davlatining tashqi siyosati. 
4. Temur tuzuklari. 
 
Tayanch tushunchalar: 
Temur davlati, harbiy yurishlar, Anqara jangi, suyurg’ol, devonbegi, arkbegi,   
tarxon, «Kuch adolatdadir», «Temur tuzuklari», Temur davri ma’naviyati. 
 
 
Nazorat uchun savollar: 
1. Temur davlatining ichki siyosati haqida ma’lumot bering. 
2. Temur davlatida obodonchilik ishlari haqida ma’lumot bering. 
3. Temur davlatining tashqi siyosati haqida ma’lumot bering. 
4. Temur tuzuklari haqida ma’lumot bering. 
 
 
Adabiyotlar 
1. Karimov I.A. Amir Temur davridagi bunyodkorlik va hamkorlik ruhi bizga 
namuna bo’laversin. Asarlar. 4-jild. Toshkent. O’zbekiston, 1996. 
2. Karimov I.A. Amir Temur haqida so’z. Toshkent. O’zbekiston, 1996. 
3. Temur tuzuklari. Toshkent. G’afur G’ulom nomli nashriyot, 1991. 
4. Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma. Toshkent. O’zbekiston, 1996. 
5. Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. Toshkent. Kamalak, 1994. 
6. Ahmedov B. Amir Temur: rivoyat va haqiqat. Toshkent. Qomuslar bosh 
tahririyati, 1996. 
7. Ahmedov B. Amir Temurni yod etib. Toshkent. O’zbekiston, 1996.  
8. Ibn Arabshoh AmirTemur tarixi. I-IIj. Toshkent. Mehnat, 1991. 
9. Herman Vamberi. Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi. Toshkent, 1990. 
10. Ivanin M. Ikki buyuk sarkarda. Chingizxon va Amir Temur. Toshkent, 
1994. 
11. Amir Temur va temuriylar davrida madaniyat va san’at. Toshkent. G’afur 
G’ulom nomli nashriyot, 1996. 
12. Mo’minov I. Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutganurni va roli. 
Toshkent. Fan, 1993. 
13. O’zbekiston tarixi, 1-qism. Toshkent. Universitet, 1997, II-nashri, 1999. 
 
 
Temur o’zining hayoti davomida harbiy iste’dodi, mohir sarkardaliga, diplomatliliga va yetuk 
davlat  arbobi  bo’lganligi  tufayli  yuksalish  va  insonparvarlik  ruhi  bilan  sug’orilgan  ulkan 
markazlashgan daatat tuzishga muvaffaq bo’ldi. Sohibqiron turk-Mug’ul an’analariga amal qilgan 
holda o’z davlati hududlarini suyurg’ol (ulus) tariqasida inom qilish yo’li bilan boshkargan. Temur 
Movarounnahrdan  tashqaridagi  yerlarini  ulusga  bo’lib,  farzandlariga    in’om    etdi.  Bu  masalaning 
e’tiborli  tomoni  shundaki,  garchi  sohibqiron  tomonidan  bo’lib  berilgan  yerlar  ichki  mustaqillikka 
ega  bo’lsalar-da,  lekin  amalda  batamom  markaziy  hokimiyatga  bo’ysundilar.  Temurning  o’ta 


~  ~ 
 
darajadagi  zukkoligini  shundan  bilsa  bo’ladiki, u uluslar  o’rtasida nizolar kelib chiqmasligi uchun 
ularning faoliyatini doimo nazorat qilib turadi. 
Temur davlatining eng ko’zga ko’ringan va muammoli tomoni sohibqiron kichik bir viloyat 
doirasida  tarbiya  topgan  davlat  mafkurasining  boshqaruv  tayanchi  kuchli  hokimiyat  tushundi  va 
davlat, saltanat ishlarini yuzaga chiqarishda kamchilikka yo’l  qo’ymaydigan  vazirlarni tanlashga 
harakat qildi. Amir Temur vazir to’rtta sifatga ega bo’lishi lozim hisoblagan: birinchisi-asllik, toza 
nasllilik,  ikkinchisi-aql-farosatlilik,  uchinchisi-sipohu  raiyat  axdidan  xabardorlik  to’rtinchisi-sabr-
chidamlilik va tinchliksevarlik. 
Amir  Temur  hukmronlik  qilgan  davrlarda  davlatning  markaziy  ma’muriyati  boshida 
devonbegi, arkbegi va to’rt vazir turgan. Vazirlar soliqlar yig’ish, meros ishlari, askarlar maoshi va 
ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash, saroy xarajatlari bilan bog’liq bo’lgan ishlarni bajarganlar. 
Bu davrlarda yerga egalikning baьzi turlari mavjud bo’lib, ular suyurg’ol yerlar, vaqf yerlar, 
jamoa  yerlari  edi.  Xususiy  egalari  tarxon  unvonini  olganlar,  davlatga  soliq  to’lashda  ba’zi 
imkoniyatlarga ega bo’lganlar, vaqf yerlar masjid va madrasalarga qarashli yerlar bo’lib, ular soliq 
to’lashdan  ozod  qilganlar.  Amir  Temur  davrida  asosiy  soliq  daromad  solig’i  xiroj  bo’lib,  u 
olinadigan  daromadning  uchdan  bir  qismiga  teng  bo’lgan.  Temur  tuzuklarida  yozilishicha,  kimki 
biron  sahroni  obod  qilsa,  yoki  yer  osti  suvlarini  tortib  oladigan  inshoot  qursa,  yo,  biron  bog’ 
ko’kartirsa,  yoxud  biron  tashlandiq  yerni  obod  qilsa,  faqat  yerni  o’zlashtirganining  uchinchi  yili 
(birinchi,  ikkinchi  yil  umuman  to’lamagan)  qonun  doirasda  xiroj  solig’i  olingan.  Undan  tashqari 
ushr, mol, suvloq soliq turlari mavjud bo’lib, ular yillar davomida amal qilingan tartib-qoidalarga 
binoan to’plangan.  Soliq to’plovchi soliq yig’ish jarayonida soliqni yaxshi  so’zlar  bilan to’plashi, 
aholini kaltaklash hollari, zanjirband etish hollari kelib chiqmasligini nazorat qilishi shart edi. 
Amir    Temur    davlatni    mustaxkamlashda    qonun-qoidalarning  tutgan  o’rniga  keng  e’tibor 
berdi. Fransuz olimi Alfons de Lamartin Amir Temur davlati haqida shuday degan edi: «Yevropa 
Iskandarda,  na  Atillada  va  na  Moskoviya  zafarini  quchgan  fotih  Napoleonda  adolatli  qonunlar 
asosiga qurilgan bunday boshqaruvni bunyod etgan emas». «Davlat ishlarini, - deb edi Amir Temur, 
-  saltanat  qonun-qoidalariga  asoslaigan  holda  boshqardim.  To’ra    va  tuzukka    tayanib      saltanatda  
o’z  martaba va maqomimni mustahkam saqlab turdim». 
Sohibqiron  mamlakat  obodonchiligiga  ham  juda  katta  e’tibor  berdi.  Dastlab,  Samarqandni 
poytaxt qilib olgach, u katta imtiyozlarga ega bo’lgan shaharga aylanadi. Sohibqiron harakati bilan 
Samarqandda dunyoning yirik shaharlaridan keltirilgan binokorlar, me’morlar tomonidan masjidlar, 
madrasalar,  maqbaralar  barpo  etildi.  Hatto  g’ariblarga  oziq-ovqat  beradigan  g’aribxonalar, 
yo’lovchilar  qo’nib  o’tadigan  sus  joylar  ham  qurilgan.  Shahar  atrofi  mustahkam  devolar  bilan 
o’ralib,  Ohanin,  Shayxzoda,  Chorsu,  Korizgoh,  So’zangaron  va  Feruza  kabi  nomlar  bilan 
darvozalar  quriladi.  Temurning  qarorgohi  sifatida  noyob  ma’muriy  bino  Ko’ksaroy  va 
Bo’stonsaroylar  ham  aynan  shu  yerda  quriladi.  Temur  noyob  qurilishlardan  tashqari  Samarqand 
atrofida o’zining xeshu aqrabolariga atab turli go’zal bog’lar qurdirardi. 
Temur  ulkan  sohibqiron  sifatida  o’zining  ona  yurti  Keshga  katta  diqqat-e’tibor  bilan  qaradi. 
Yozma manbalardagi ma’lumotlariga qaraganda, Amir Temur Shahrisabzda Oqsaroy, jome’ masjid, 
madrasalar  barpo  ettiradi.  Sohibqirondagi  ulug’  sahovatning  yana  bir  tomoni  shunda  ediki,  u 
bepoyon dashtlar bilan qamrab olingan Turkiston shahrini ham obodonchiligiga keng e’tibor berdi. 
Jumladan,  Xoja  Axmad  Yassaviy  maqbarasini  qurish  bilan  bu  yerda  nafaqat  obodonchilik,  balki 
ko’chmanchi  va  o’troq  aholi  orasidagi  munosabatni  yaxshi  yo’lga  qo’yish,  urug’lar  o’rtasida 
tinchlik saqlash maqsadi yotgani ma’lum. 
Amir Temur davrida yangi shaharlar, savdo va hunarmandchilik keng rivojlanganligini aytib 
o’tmoq  lozim.  Temurning  sa’yi  harakatlari  bilan  Buxoro,  Shaxrisabz,  Toshkent  kabi  shaharlar 


~  ~ 
 
savdo  va  hunarmandchilik  markazlari  sifatida  rivojlanib  bordi.  Ayniqsa,  bu  davrlarda 
hunarmandchilikning  keng  rivojlanishi  shaxarlarda  xunarmandchilik  mahallalari,  savdo  rastalari 
soni  ortib  borganida  katta  ahamiyatga  ega  bo’ldi.  Sohibqiron  savdo  yo’llari  rivojiga,  uning 
tinchligiga  keng  e’tibor  berib  bordi.  Shaxsan  o’zining  nazorati  ostida  savdo  yo’llari  nazorat  qilib 
borilishi savdo karvonlarining xavfsizligini ta’minladi. 
Amir  Temur  davlatining  mafkurasi  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotni  izga  solib  yo’naltirishdan 
tashkari siyosiy hayotda ham kuch keng yo’lga qo’ydi. Sohibqiron chet davlatlar bilan aloqani keng 
yo’lga  qo’ydi.  U  davr  shart-sharoitlariga  ko’ra  tashqi  siyosatda  qat’iy,  faol  harakat  qilib,  o’z 
saltanati dovrug’ini jahon miqyosiga chiqara oldi. Sohibqironning Yildirim Boyazid ustidan bo’lgan 
g’alabalaridan so’ng Fransiya, Angliya, Genuya va Vizantiya erkin aloqalarni, savdogarlar va mol 
almashishini taklif etgan. Shunday qilib u Yevropa davlatlari bilan yaqin qo’shnichilik qilish, savdo 
karvon  yo’llarini  rivojlantirish  niyati  borligini  kursatib  o’z  davlati  shuhratini  Yevropaga  tarqata 
oldi.  Uning  saltanatini  dovrug’i  bu  mamlakatlarga  yetib  borishi  bilan  Fransiya,  Angliya,  Genuya, 
Vizantiya, Ispaniya   kabi davlatlarning qirollari sohibqiron bilan siyosiy, iqtisodiy, savdo aloqalari 
o’rnatshpga  intilganlar,  shu  bois  ular  sohibqiron  huzuriga  muntazam  elchilar  yuborib  turganlar. 
Temurning  chet  davlatlar  bilan  olib  borgan  diplomatik  aloqalarida  uning  o’g’li  Mironshoh  ko’p 
yordam bergan. 
Amir  Temur  davrida  diniy  ilmlar  va  dunyoviy  fanlar  barqaror  bo’lgan.  Sohibqiron  o’z 
davrining  fan  va  madaniyatli  jonkuyari  sifatida  shuhrat  qozondi.  Temur  taqvodor  ruhoniylarga 
chuqur hurmat bilan qaradi. Ularning  duolarini  oldi,  doimo kamsitilgan mazhab tarafdorlarini o’z 
himoyasiga oldi. Darvesh, faqir va miskinlarni o’ziga yaqin tutib, ularni ranjitmaslik uchun barcha 
talablarini bajardi. 
O’rta Osiyo xalqlarining ma’naviy taraqqiyotida Temurr diniy va dunyoviy bilimlariga e’tibor 
berishi  ahamiyatga  ega  edi.  Sohibqiron  doimo  ilm  ahli  va ulamo  bilan  suhbatda  bo’lib,  qalbi  toza 
kishilarga  talpingan.  Temur  davrdagi  ilm-fan,  me’morchilik,  san’at  sohalari  o’z  davriga  nisbatan 
o’ta  darajada  rivojlanib,  yuksak  ma’naviy  boylik  darajasiga  ko’tarildi.  Temur  davrning  nodir 
qo’lyozmalari tarixiy mo’jizasiga aylanib qoldi. 
Din  jamiyatda  mafkuraning  ustunlaridan  biri  bo’lgan  sababli  sohibqiron  dinga  keng  e’tibor 
berdi. U nafaqat askarlarini, balki barcha fuqarolarini musulmonchilik tarbiyalashga harakat qilgan, 
Uning  doimo  amal  qilib  kelgan  «Kuch  adolatdadir»  degan  so’zlari  uning  davlat  boshqarishdagi 
yuksak qobiliyatidan dalolat beradi. 
Mashhur muarrixlardan biri Nizomiddin Shomiy o’zish «Zafarnoma» asarida shunday yozadi: 
«...uniig adolatiyu siyosati o’rnatilgan kunlarda Movarounnahrning eng chekka joylardagina emas, 
balki  Xo’tan  chegarasidan  Dehli  va  Kanboyit  atrofigacha,  Bobil  Abvobdan  to  Misr  va  Rum 
hududigacha bo’lgan yerlardan savdogarlar u yerda tursin,  bolalaru, beva xotin ham ipakli matrlar, 
oltin-kumush  va  eng  zarur  tijorat  mollari  keltirardilar  va  olib  ketardilar.  Hech  bir  kimsaning  bir 
doniga ham ko’z olaytira olmaydi va bir dirhamiga ham ziyon yetkazmaydi. Bu cheksiz ne’mat va 
poyonsiz marhamatlar Amir sohibqironning siyosati va adolati natijasidandir». 
Bu o’rinda shuni ta’kidlash joizki, Temurning hayoti jangnoma, u ko’plab mamlakatlarni o’z 
tasarrufiga  oldi.  Lekin  bu  yerdaga  asosiy  masala  -  Temur  shaxsining  ustunligini  va  iroda  qilish 
qudratining  sirlariii,  mohir  sarkarda  va  tinlik  posboni,      fuqaro  farovonligi  rahnamosi  sifatidagi 
ekanligi, uning yuksak me’moriy inshootlar   qurishdagi o’rnini izohlash, uning yechimini topishdir. 
«Temur  tuzuklari»  -  adolatli  hamda  kuchli  davlat  barpo  etishdagi  muhim  qonun  -  qoidalar 
sifatida.  Amir  Temur  va  temuriylar  davrida  yozilgan  tarixiy  asarlar  anchagina  bo’lib,  ular  orasida 
«Temur tuzuklari» buyuk jahongir va faoliyatiga bag’shilangan asarlar ichida shubhasiz ahamiyat 
kasb etadi. «Temur tuzuklari» jahonning mashhur kutubxonalaridan joy olgan qimmatli asardir.  


~  ~ 
 
«Temur  tuzuklari»  ikki  qism,  56  ta  banddan  iborat  tarixiy  huquqiy  asar  bo’lib,    unda 
sohibqironning  davlat  tuzilish  mamlakatlarni  boshqarish  xususidagi  nuqtai  nazari  bayon  qilinadi. 
Bu asardan ko’plab sharq hukmdorlari o’zlarining faoliyatlari davomida foydalanganlar  va  unga  
yuqori    baho  berganlar.  Jumladan,  Shoh  Jahon    (1628-1657),      Qo’qon  xoni  Muxammad  Alixon 
(1821-1842),  Buxoro  amiri  Abdullahadxon  (1885-1910)  «Tuzukot»  dan  parchalar  ko’chirtirib, 
ulardan o’z faoliyatlarida foydalanganlar. 
«Tuzuklar»ning  birinchi  qismida  Amir  Temurning  yetti  yoshidan  to  vafotiga  qadar  (1342-
1405  yil  18  fevral)  kechgan  va  ijtimoiy-siyosiy  faoliyati,  uning  Movarounnahrda  markaziy 
hokimiyatni  qo’lga  kiritishi,  ijtimoiy  tarqoqlikka  berishi  va  markazlashgan  davlat  tuzishi,  qo’shni 
yurt  va  mamlakatlarni,  masalan  Eron  va  Afg’onistonni  o’z  tasarrufiga  kiritishi,  Oltin  O’rda  xoni 
To’xtamishxon  ustixon,  nihoyat,  buyuk  jahongirning  Ozarbayjon,  Turkiya  va  Hindistonga  qilgan 
yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan. 
Ikkinchi  kismi  Sohibqironning nomidai  aytilgan va  uning  taxt vorislariga  atalgan o’ziga  xos  
vasiyat  va  pandu  nasihatlardan iboratdir.  Unda davlatni  idora  qilishda  kimlarga  tayanish,  toju-taxt 
egalariiing burchi  va  vazifalari,   vazir  qo’shin  boshliqlarining  burch va  vazifalari,  amirlar  va  boy 
mansabdorlarning  toju  taxt  oldida  ko’rsatgan  alohida  xizmatlarini  taqdirlash  tartibi  va  hokazolar 
xususida gap boradi. 
Amir  Temur  o’z  oldiga  ulug’  davlatning  ichki  siyosati  va  ishchan  davlat  tizimini  qadimiy 
tajribalardan  ijodiy  foydalangan  holda  tuzish,  harbiy  siyosatni  zamon  talabi  asosida  bora 
takomillashtirib,  Mug’ul  istilosi  asoratlarini  tezda  bartaraf  etib,        xo’jalikni  oyoqqa  turg’izish, 
savdo-sotiq  hunarmandchilikni  bir  me’yorga  tushirish  va  rivojlantirish  aholi  manfaatlarini  himoya 
qilish,  islom  diniga  rivoj  berish,  ilm-fan,  madaniyat,  me’morchilikni  tubdan  rivojlantirish,  
obodonlashtirish ishlarini keng ko’lamda jadallashtirish kabi dolzarb vazifalarni qo’ygan edi.Uniig 
bunday  sa’yi  harakatlari  katta  kuch-g’ayrat,  mablag’,  bilim  va  oqilona  tadbirlarni  talab  etar 
edi.Temur yetuk siyosatdon va mohir davlat arbobi bo’lib, u o’zidan avval o’tgan hukmdorlardan 
farqli  ravishda,    davlat  va  mamlakatni  boshqarishda  bir  yoki  ikki  tabaqaga  emas,  balki  aholining 
barcha tabaqalariga suyangan. 
Amir  Temur  davri  ma’naviyati  va  hozirgi  zamon.  Ma’naviy  ildizlarimizdan  biri  bu  Temur 
ma’naviyatidir.  Bu  qudratli  manba  insoniyat  tarixida  tengi  yo’q  markazlashgan  davlatchlikka, 
qonunchilikka  asos  solish  bilan  yer  yuzining  deyarli  hamma  mamlakatlarida  o’rganilib,  hozirgi 
kunda ham muxim ahamiyat kasb etmoqda. Biz faqat hozirgi kunga kelgandagina bu ma’naviyatni 
naqadar zarur ekanligani va buyuk kelajak sari qadam tashlayotgan xalqimiz uchun nihoyatda qadrli 
ekanligini anglamoqdamiz. 
Amir  Temur  insonni  qadrlay  oladigan  va  uni  farqlay  oladigan  ulkan  arbob  edi. 
Musulmonchilikda, «eng yaxshi kishining ikki qo’li ham to’g’ri bo’ladi, u bir qo’li bilangana emas, 
ikki  qo’li  bilan  ham  yaxshilik  qiladi»,  degan  hikmatli  ibora  bor.  Amir  Temur  do’stiga  ham, 
dushmaniga  ham  ana  shunday  ikki  qo’li  bilan  yaxshilik  qildi.  Qolganlarni  ham  shunga  undadi. 
«Tuzukot» da ham, tarixiy asarlarning mualliflari ibn Arabshoh, Nizomiddin Shomiy, Sharafuddin 
Ali  Yazdiy,  Abdurazzoq  Samarqandiy,  Davlatshoh  Samarqandiy  asalarida  xam,  de  Klavixo 
kundaligida ham buni yaqqol ko’rish mumkin. 
Temur  o’z  faoliyati  davomida  Olloh  buyurgan  oliy  insoniy  fazilatlarga  astoydil  amal  qildi. 
Temur o’z farzandlariga qilgan vasiyatda shunday deydi: «... Millatning dardlariga darmon bo’lmoq 
vazifangizdir.  Zaiflarni  qo’ring,  yo’qsillarni  (boylar)  zulmiga  tashlamang.  Adolat  va  yillik 
(yaxshilik)  qilmoq  dasturingiz  va  rahbaringiz  bo’lsin».  Adolatni  qadrlagan  hukmdor  albatta  xalq 
orasida katta obro’-e’tiborga ega bo’lishi tabiiy hol edi. 


~  ~ 
 
Temurning  «Kuch-adolatda»  degan  so’zi  haqiqatda  shiorga  aylanib,  xamma  davrlar  uchun 
jaranglab turuvchi ibora tusini olganligi shohidi bo’lishimiz mumkin. Temur xalqning shikoyatlari 
va arzlarini o’rganuvchi maxsus  arzbegi lavozimini joriy qilgan. Arzbegi shikoyat, arizalarni ko’rib 
chiqar,  ularda  kimlar  aybdorligini  aniqlar  va  bu  xususda  kengashga  xabar  qilar.  Aybdorlar  kim 
bo’lishidai  qat’i  nazar  qattaq  jazolangan.  Soliqlar,    moliyaviy  masalalarda  qatьiy  tartib-qoida 
o’rnatilgan  Rus  sharqshunosi  D.N.Logofet  bu  xususda  shunday  deb  yozadi:  biz  hozir  zo’r  berib 
intilayotgan daromad solig’i degan uning (Temurning) hokimiyatida o’shandayoq mavjud edi». 
Temur  ma’naviyati  ulkan  manba  va  tuganmas  bir  buloqdir.  Hozirgi  mustaqillikka  erishgan 
davrimizda,  yoshlarni  Vatanga  sadoqat  ruhida  tarbiyalashda,  milliy  mafkura  goyalarini 
fuqarolarimiz  ongiga  singdirishda  bu  manbaning  ahamiyati  beqiyosdir.  Shuning  uchun  ham 
Prezidentimizning  Amir  Temur  tavalludining  660  yillik  tantanalari  va  keyingi  vaqtdagi  qator 
chiqishlarida  bu  manbaning  ahamiyati  takror  va  takror  qayd  etilmoqda.  Temur  ma’naviyatining 
bizga  o’rgatuvchi,  saboq  bo’lguvchi  joylari  juda  ko’pdir.  Zero,  bu  ma’naviyat 
bobokalonlarimizning  bebaho  ma’naviy  boyligining  bo’lagi  bo’lib,  yurtimiz  ravnaqi  va  porloq 
kelajagi hamisha xizmat qilajakdir. 
Hurmatli yurtboshimiz Islom Karimov. Amir Temur davri ma’naviyati, sohibqiron shaxsiyati 
va u qoldirgan ulkan meros nima uchun zarurligi masalalariga to’xtalib, buni quyidagicha sharhlab 
berdilar: «Amir Temur avvalo qudratli davlat qurgan. Davlat qudratli bo’lmasa, betakror ma’naviy 
meros ham, obidalar ham, tarixiy yodgorliklar ham bo’lmasdi. O’zbekistonning bugunga ozodligini 
mustaxkamlash  davrida  Amir  Temur  biz  uchun  buyuk  davlat  asoschisi  sifatida  qadrlidir.U  davlat 
poydevorini  qurgan,  davlatning  huquqiy  asoslarini  barpo  etgan.  Uning  davlatchilik  borasidagi 
fikrlari nafaqat o’z davri, balki kelgusi avloddar uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Amir Temur 
o’z  davlatini  aql-zakovat  va  huquqiy  asos  bilan  idora  etgan.  Uning  «Davlat  iisharining  to’qqiz 
ulushini  kengash,  tadbir  va  mashvarat,  qolgan  bir  ulushini  qilich  bilan  amalga  oshirdim»  degan 
so’zlari buning yorqin dalilidir». 
 



Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish