~ ~ O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/55
Sana30.12.2021
Hajmi3,95 Mb.
#96167
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti nazariy-uslubiy asoslari va uni organishning ahamiyati

~  ~ 
 


~  ~ 
 
 MOVAROUNNAHR MUG’ULLAR ISTIBDODI DAVRIDA. 
CHG’ATOY ULUSI DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY VA  
ETNOMADANIY JARAYONLAR 
 
 
Reja: 
1. Mug’ul davlatining tashkil topishi.  
2. Mug’ul bosqini va uning oqibatlari. 
3. Mug’ullarning Movarounnahrdagi davlat boshqaruvi. 
4. Mug’ul istilosiga qarshi ozodlik kurashlari.  
 
 
Tayanch tushunchalar: 
Mug’ul davlati, Temuchin, Chingizxon, O’tror, davlat boshqaruvi, dorug’a, 
shulen, qopchur, Yasoq, mug’ul istilosi, Chig’atoy ulusi. 
 
 
Nazorat uchun savollar: 
1. Mug’ul davlati qachon tashkil topgan. 
2. Mug’ullarning harbiy bosqinchilik yurishlari haqida ma’lumot Bering. 
3. Mug’ullar Movarounnahrda qanday davlat boshqaruvi siyosatini olib 
borganlar 
4. Mug’ullarning soliq siyosati haqida ma’lumot bering. 
5. Chig’atoy ulusi hududini aniqlang. 
6. Movarounnahrda mug’ullarga qarshi ozodlik kurashlari haqida ma’lumot 
bering. 
 
 
 
Adabiyotlar: 
1. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar, T, O’qituvchi, 1994. 
2. Bartolьd V.V. Turkiston mug’ul istilosi davrida, Asarlar, I jild, M., 1963. 
3. Mirzo Ulug’bek . To’rt ulus tarixi. – “Cho’lpon”, 1994. 
4. Mirkarim Osim. Ajdodlarimiz fojeasi. Tarixiy qissalar. T, 1983. 
5. Mirmuhsin. Xo’jand qal’asi. Roman. T, 1991. 
6. Muhammadjonov. A. O’zbekiston tarixi, Toshkent, 1994. 
7. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Toshkent, 2000. 
8. Karimov Sh., Shamsutdinov R. Vatan tarixi, Toshkent, 1997.  
 
 
 
Mug’ullar  davlati.    XIII  a.ning  1-yarmida  Chingizxon  va  uning  vorislarining  istilochilik 
urushlari  natijasida  barpo  etilgan  davlat.  1206  y.  bahorda  Mug’ulistondagi  turli  toifa  qabilalar 
sardorlarining qurultoyida Temuchin xon etib tayinlangan va unga “Chingizxon” (“Ulug’ xon”) deb 
nom  berilgan,  tashkil  etilgan  davlat  “Yakka  mongol  ulus”  deb  atalgan.  Chingizxon  xokimiyatni 
mustahkamlash  yo’lida  bir  qancha  islohotlar  o’tkazgan.  Jumladan,  ming  oilani  bir  ma’muriy 
birlikka  bo’lishga  asoslangan  va  harbiy  tus  berilgan  yangi  ma’muriy  tuzum  joriy  etilgan.  Unga 
ko’ra, Chingizxonga tobe bo’lganlar jami o’5 ta “ming oila” birligiga bo’lib chiqilgan va bularniig 
har  biriga  urush  davrida  Chingizxonga  sadoqat  bilan  xizmat  kursatgan  kishilar  boshliq  qilib 
tayinlangan.  Lekin  amalda  ayrim  mingliklar  bir  necha  ming  oiladan  iborat  ham  bo’lgan. 
Mingliklarni  tashkil  etishda  imkon  boricha  bir  toifadagi  qardosh  avlodlarni  va  qabilalarni  bir-
biridan ajratmaslikka e’tibor berilgan. Mazkur “ming oila” lar, o’z navbatida, g’arbiy  “o’ng qanot” 


~  ~ 
 
va sharqiy “so’l qanot” markaziy va toqliklar kabi 4 qismga bo’lingan. Har bir ming oila yuzlikka 
va o’nlikka bo’lingan. Aholini ro’yxatga olish ishlari amalga oshirilgan. 15 yoshdan 70 yoshgacha 
bo’lgan  erkaklar  harbiy  xizmatga  yaroqli  deb  topilgan.  Qo’shinda    qattiq  tartib  o’rnatilgan, 
qonunbuzarlar  uchun  qattiq  jazo,  qonun  ustuvorligini  himoya  qilganlarga  esa  hurmat  bildirilib, 
mukofot  belgilangan.  Savdo  yo’llari  avvalambor  Buyuk  ipak  yo’lining  hanfsizligini  ta’minlab, 
undan  to’la  foydalanishga  e’tibor  berilgan.  BVu  tadbirlar  Chingizxon  hokimiyatini 
mustahkamlashda ijobiy samara bergan. 
Chingizxon  Mug’ullardan  ko’p  sonli  yaxshi  qurollangan,  qattiq  intizomga  asoslangan  va 
uyushganv qo’shin tuzadi. 13- a. muallifi Juvayniyning yozishicha, osoyishtilk davrida chorvachilik 
bilan mashg’ul bo’lgpn barcha Mug’ul aholisi muhoraba e’lon qilinishi bilan tezda o’n, yuz, ming, 
o’n ming jangchi-tuman bo’linmalaridan iborat muntazam qo’shinga aylantirilardi. Har bir jangchi 
harbiy yurish vaqtida o’ziga zarur bo’ladigan qurol-yarog’, turli anjomlar va ot-ulovlarini oldindan 
tayyorlab  qo’yishga  majbur  bo’lgan.  Qo’shin  yuzboshi,  mingboshi,  tumanboshilar  tomonidan 
boshqarilgan. Tuman bo’linmalariga, odatda, shahzodalar qo’mondonlik qilgan. Asosiy qo’shindan 
tashqari,  Chingizxon  ixtiyorida  harbiy  zodagonlardan  tuzilgan  maxsus  gvardiya  (“keshik”)  ham 
tashkil  etiladi.  Bu  gvardiya  faqat  favqulotda  sodir  bo’ladigan  xavf-xatarga  qarshi  tashlanardi. 
Davlat  ma’muriyatini  markazlashtirish  maqsadida  Chingizxon  Qoraqurum  qal’asini  o’z 
imperiyasining  poytaxtiga  aylantiradi.  Xat-savodga  mutlaqo  ega  bo’lmagan,  madaniyatini 
nihoyatda  tuban  Mug’ullar  davlat  boshqaruv  ishlarida  uyg’urlardan  ‚xamda  musulmon 
savdogarlaridan foydalandilar. Chingizxon va no’yonlarining maslaxatchilari, mirzolari va ba’zi bir 
mulk  maьmurlari,  asosan,  uygurlardan  bo’lgan.  Mas.,  Sharqiy  uyg’urlar  xoni  Idiqut  (Saodatbek) 
xonning yaqin  do’sti va maslaxatchisi edi. Tashatun ismli uyg’ur esa davlat Muxrdori lavozimini 
hamda shahzodalarni xat-savodga o’rgatuvchi ustod vazifasini bajargan. Chingizxon tarqoq jangari 
mug’ul  urug’larini  birlashgirgach,  tajovuzkorlik  siyosatini  yurgizdi  (mug’ullar  istilosi).    Zabt 
etilgan  ulka  va  viloyatlarni  Chingizxon  1224  y.da  o’g’illari  va  nabiralariga  taqsimlab  berdi.  Jan. 
Sibirь,  dashti  Kipchoq  Volga  buyi,  Xorazm  va  darbandgacha  bo’lgan  o’lka  Chingizxonning 
to’ng’ich  o’g’li  Jo’jiga  (uning  vafotidan  keyin  asa,  nabirasi  Botuga  meros  bo’lgan)  topshirildi, 
Sharqiy  Turkiston,  Yettisuv  va  Movarounnahrga  uning  2-o’g’li  Chig’atoy  ega  bo’ldi.  Chingizxon 
o’z  vatani  Mo’g’ilistonni,  shumingdek,  Xitoyni  3-o’gli  va  vorisi  O’qtoyga  berdi.  Kenja  o’g’li 
Tuluga aea Xuroson, Eron va Hindiston tegdi. Shunday qilib, Mug’ullar bosib olingan viloyatlarni 
uluslarga taqsimlab boshqarishga kirishadi. 
Chingizxonning nabirasi Munke hukmronligi davrida (1251—59) M.d. tarkibiga Mug’uliston, 
Shim.  Xitoy,  Koreya,  tangutlarning  Si-Sya  podsholigi,  Markaziy  va  O’rta  Osiyo,  Zakavkazьye, 
Eron, Afg’oniston va Rusь yerlarimnig aksariyati kirgan. Biroq M.d.da ichki birlik yo’q edi, u turli 
tillarda  so’zlashuqchi  ko’plab  xalqlarni  zo’rlik  bilan  birlashtirgan  edi,  bu  xalq  turli  ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy taraqqiyot bosqichida bo’lib ularning ko’pchiligi taraqqiyot darajasiga ko’ra 
Mug’ullardan ancha ustun edilar. Munke o’limidan so’ng M.d. parchalanib keta boshlagan. Undan 
dastlab  Botu  (1236—55  y.lar  hukmronlik  qilgan)  va  Huloku  (1256—65  y.lar  hukmronlik  qilgan) 
uluslari  ajralib  chiqib,  Mug’ullar  sulolasi  hukmronligi  ostida  mustaqil  davdatlar  tuzganlar  (Oltin 
O’rda,  Hulokuiylar  davlati).  Bu  davlatlar  M.d.  ishlariga  aralashmaganla  va  o’z  navbatida, 
boshqalarning  ham  ularning  ishlariga  aralashishiga  yo’l  qo’ymaganlar.  Munkening  o’rniga  taxtga 
chiqqan  ukasi  Xubilay  (1260—94  y.lar  hukmronlik  qilgan)  davrida  Mug’ullar  Xitoyning  butun 
hududini bosib olishgan. Xubilay va uning vorisdari saltanati Yuanь deb atala boshlagan. 1368 y. 
Xitoydagi  xalq  qo’zg’oloni  natijasida  Mug’ullar  u  yerdan  quvilganlar.  Ko’likovo  Jangidan  so’ng 
mo’g’illarning  Rusdagi  hukmronligiga  darz  ketgan.  14-a.ning  2-yarmida  Eron,  Zakavkazьye  va 
O’rta Osiyoda Mug’ullar hukmronligi tugatilgan. 14-a.ning so’nggi choragida M.d. barham topgan. 


~  ~ 
 
15-a.da  Esenxon  (1440—55  y.larda  xonlik  qilgan)  va  Dayanxon  (1479—1543  y.larda  xonlik 
qilgan)  kabi  hukmdorlar  birlashib  M.d.ni  tiklashga  harakat  qildidar.  Ammo  bu  harakatlar  natija 
bermadi.  Dayanhonning  o’limidan  keyin  mamlakat  Jan.  Mongoliya  va  Shimoliy  Mongoliyaga 
bo’linib ketdi. Shim. Mongoliya ham, o’z navbatida, G’arbiy va Sharqiy qismlarga ajraldi. 16-a.da 
Mongoliyaning 3 qismida jami 200 hokimlik (knyazlik) mavjud edi.. 
Mug’ullar istilosi — Chingizxon boshchiligidagi mo’g’illarning Osiyo va Sharqiy Yevropaga 
qilgan  bosqinchilik  yurishlari  (13-a.).  Mug’ul  no’yonlari  harbiy  tashkilot  tuzib,  ko’p  xalqlarni 
bosqinchilik  urushiga  tortdilar.  Ular  qo’shinning  asosiy  kuchi  —  ko’chmanchilardan  iborat  ko’p 
sonli  va  juda  harakatchan  otliq  askarlar  edi.  Ular  bosqinchilik  urushlarida  bosib  olgan 
mamlakatlarining  harbiy  kuchi  va  texnika  yutuqlaridan  ham  foydalanganlar.  Ko’shin  birlashgan 
qo’mondonlikka  ega  bo’lib,  qattiq  intizom  va  yaxshi  qurollanganligi  hamda  o’zining  jangovar 
sifatlari bilan qo’shni mamlakat  qo’shinlaridan ustun turar edi. Osiyo va Sharqiy Yevropaning juda 
ko’p  mamlakatlaridagi  ichki  nizolar  va  rahbar  tabaqaning  xoinligi  Mug’ullarning  osonlik  bilan 
galabaga erishishiga qo’l keldi. 
M.i.  Chingizxon  boshliq  Mug’ullar  davlatining  tashkil  topishidan  boshlanib,  13-a.  oxiriga 
qadar  davom  etgan.  1207—11  y.larda  Sibirь  va  Sharfiy  Turkiston  xalqlari  (buryat,  yoqut,  oyrot, 
qirg’iz  va  uygurlar)  bo’ysundirildi.  Tangut  davlati  (Si-Sya)ga  qarshi  bir  qancha  yurishlar  kilindi 
(1227 y. butunlay vayron qilinda). 1211 y. Chjurchjen davlati (Shim. Xitoy)ga xujum boshlandi, 90 
ga  yaqin  shaharni  vayron  qilib,  1215  y.  Pekinni  bosib  oldilar.  1217  y.  Xuanxe  daryosining  shim. 
dagi yerlarning hammasi Mug’ullar qo’liga o’tdi. 
Mug’ullarning  Movarounnahrni  istilo  qilishi.  O’tror  voqeosi  va  undan  keyin  Chingizxon 
elchisi Ibn Kafroj Bug’roning o’ldirilishi, Movarounnahrga Chingizxonning bostirib kirishi uchun 
bahona  bo’ldi.  Bu  yurishda  Chingizxon  dastdab  Sharqiy  Turkiston  va  Yettisuvni  zabt  etdi. 
Chingizxonning  Movarounnahrrga bosqini  avvaldan  puxta tayyorgarlik  ko’rib  rejalashtirilgan  edi. 
Chingizxon G’arbga  harbiy  yurishini  boshlamasdanoq  o’z  dushmanining  kuch-qudrati  va  urushga 
tayyorgarligi  to’g’risida  savdogarlar  orqali  to’plagan  ma’lumotlarini  sinchiklab  o’rganib, 
Xorazmshohlarning  davlatining  ichki  ahvolidan  to’la  voqif  edi.  Xorazmshohlar  davlati  ko’p  sonli 
turkiy qo’shin va yaxshi qurollangan ko’ngillilar lashkari hamda yetarli oziq-ovqati zahirasiga ega 
edi.  Afsuski,  xorazmshoh  bilan  sarkardalar  hrtasida  mavjud  ixtiloflar  avval  boshdanoq  bunday 
ustunlikdan foydalanishga imkon bermadi. Kengashda fikrlar bo’linib ketdi. Xorazmning mashhur 
faqihi,  muftiy  Shahobiddin  Xivakiy  barcha  qo’shin  (400  ming  askar)ni  Sirdaryo  bo’yiga  to’plab 
uzoq  yo’l  safarida  toliqib  kelayotgan  Mug’ullarni  qarshi  olish,  dushmanga  hali  o’zini  o’nglab 
olmasidan turib, bor kuch bilan katta jangda to’satdan zarba berish to’g’risida birdan-bir to’g’ri fikr 
bayon qiladi. Biroq Muhammad xorazmshohga bunday fikr ma’qul bo’lmaydi. Chunki, uo’uzining 
oliylashkarboshilardan  bo’lgan  qipchoq  dashkarboshilarga  tamoman  ishonchsizlik  bilan  qarar  edi. 
Shuning uchun ham u katta qushinni bir joyga to’plashdan va ular fursatdan foydalanib uni taxtdan 
ag’darib tashlashlaridan qo’rqar edi. Askariy kuchini qal’a va istehkomlarga bo’lib yuborib, ayrim 
shaharlarni  Mug’ullarga  qarshi  qo’yish  bilan  dushmanga  zarba  bermoqchi  bo’ldi.  Xorazmshoh 
Mug’ullarning  asosiy  zarbasi  Movarounnahrning  Zarafshon  Vodiysiga  qaratilsa  kerak  degan  fikr 
bilan Samarqand va Vuxoro shaxarlarini mustahkamlashni buyurdi. Samarqandning tashqi devorini 
qayta  qurish  maqsadida  shahar  aholisidan  hatto  bir  yil  ichida  3  marta  xiroj  ham  yig’ib  olinadi. 
Barcha qurilgan chora-tadbirlarga qaramasdan xorazmshoh hujumga tayyor emas edi. 1219 y.ning 
kuzida  Chingizxon  xorazmshoh  saltanatiga  qarshi  yurish  boshladi.  Jami  askari  200  mingga  yaqin 
bo’lgan  Mug’ullarga  uyg’ur  xoni  Idiqut  va  Olmaliq  hukmdori  Sig’moq  teginlar  ham  o’zlarining 
harbiy  kuchlari  bilan  qushilgan  edi.  Chingizxon  O’tror  sh.  yaqinida,  Movarounnahr  va  Xorazmni 
qisqa  muddat  ichida  zabt  etish  uchun  qo’shinni  4  qismga  buladi.  Uning  bir  qismini  o’g’illari 


~  ~ 
 
Chig’atoy  va  O’qtoy  boshchiligida O’trorni  qamal  qilish  va  uni  egallash  uchun  qoldirdi. Ikkinchi 
qismga  Jo’ji  boshliq  etilib,  Sirdaryo  etagi  tomon  yuboriladi  va  unga  Sig’noq,  O’zgan, 
Barchinlig’kent, Jand, Yangikent va b. shaharlarni bosib olishni buyuradi. 5 ming kishilik uchinchi 
qo’shinni  Oloq  nuyon  hamda  Suketu-cherbi  qo’mondonligida  Banokat  va  Xo’jand  sh.lari  tomon 
yuboradi. Chingizxonning o’zi asosiy kuchlari bilan Qizilqum orqali Buxoro tomon lashkar tortadi. 
Inolchiq  rahbarligida  O’trorliklar  shaharni  mudofaa  qilib  5  oy  davomida  o’z  qo’llarida  ushlab 
turadilar.  Nihoyat  Mug’ullar  shaharni  egallashga  muvaffaq  bladi.  Aholini  shahardan  tashqariga 
haylab chiqaradilar va qatl etadilar, shaharni esa talaydilar (yana.q O’tror mudofaasi). Shu asnoda 
Buxoroga  yo’nalgan  Chingizxonning  asosiy  kuchlari  yo’lda  Zarnuq  va  Nur  qalalarni  ishg’ol 
qiladilar.  1220  y.  fev.da  Chingizxon  Buxoroga  yetib  boradi  (q.Buxoro  mudofaasi).  Mug’ullar 
Vuxoroni vayron qilgandan keyin Samarqandga yo’l oldi. Chingizxon Buxorodan haydab keltirgan 
asirlardan  tashqari  o’g’illari  Chig’atoy  va  O’qtoylarning  O’trordan  olib  kelgan  bandilarini  ham 
Samarqand  qamaliga  safarbar  etadi  (q.  Samarqand  mudofaasi),  Muhammad  xorazmshoh  Subutoy 
bahodir  va  Jebe  nuyon  bosh  bo’lgan  Mug’ul  qo’shinining  ta’qibidan  qochib,  Kaspiy  dengiziniig 
jan.dagi  orollardan  birida  panoh  topadi  va  sal  vaqt  o’tmay  g’ariblikda  zotiljam  kasali  bilan  vafot 
etadi.  Bu  davrda  Mug’ullarning  Jo’ji  boshliq  askariy  ismlari  Sirdaryo  etaqlarida  bosqinchilik 
qilmoqda eli. Jo’ji shaharni jangsiz taslim bo’lishini talab qilib, Sig’noqqa elchi sifatida yuborgan 
Hasanxoja  ismli  Savdogarni  sig’noqliklar  o’diradilar.  Bundan  darg’azab  bo’lgan  Jo’ji  shaxarga 
hujum  boshlaydi.  Bosqinchilar  shaharni  talab,  aholisini  bitta  qoldirmay  qiradi.  Bu  voqeadan 
daxshatga tushgan O’zgan sh. aholisi Mug’ullarga jangsiz taslim bo’ladi ammo, Barchinlig’kentni 
olishda yana kuch ishlatadilar. 1220 y. Jandga hujum boshlaydidar. Jand noibi Qulughon shaharni 
tashlab  Xorazmga  qochadi.  Bosqinchilar  Jandni  qarshiliksiz  egallab,  uni  talaydilar.  Aholisining 
qurollangan  qismi  qatl  etilib,  shahar  vayron  qilinadi.  Bu  vaqtda  Oloq  nuyon,  Suketu  cherbi  va 
To’g’ay kabi Mug’ul sarhanglari 5 ming qo’shin bilan Banokat va Xo’jand kishilari ustiga yuradi. 
Banokat  himoyachilari  qilichdan  o’tkazilib,  qolganlari  qullikka  mahkum  etiladi.  Shahar  zabt 
etilgach, navbat Xo’jandga keladi. Asli nasabi turk bo’dgan Temur Malikning shaxsiy kaxramonligi 
bilan xo’jandliklar mo’g’illarga kutiliagan qarshilik ko’rsatadilar. Juvayniy va Rashiduddinlarning 
asarlarida  Xo’jand  qamalida  20  miig  Mug’ul  va  50  ming  asir  qatnashganligi  aytilgan.  Biroq 
hinoyachilarning  kuchi  teng  bo’lmatanligidan  Temur  Malik  shaharni  tashlab  chiqib  ketishga 
majbo’r  bo’ladi.  1220  y.ning  yozida  Movarounnahr  jan.da  shu  vaqtgacha  bosib  olinmagan 
shaharlarni  zabt  etishga  Chingizxonning  shaxsan  o’zi  kirishadi.  Avval  u  Nasafga  bostirib  kiradi. 
Shaharliklar  daxshatga  tushib  shahar  darvozalarini  ochib  beradilar.  U  Termizga  askar  tortadi. 
Termizning  noibi  Faxriddin  Xabash  qattiq  qarshilik  ko’rsatadi.  Termiz  sh.  va  aholisi  ham 
Mug’ullarga  qarshilik  ko’rsatgan  boshqa  shaharlar  fojiasini  boshidan  kechirdi.  Sirdaryo  havzasi, 
Zarafshon va Qashqadaryo vohalari, Amudaryo o’rta oqimining o’ng sohili viloyatlari zabt ztilgach, 
Chingizxon  asosiy  kuchni  xorazmshohlar  davlatining  markazi  Gurganchga  tashaydi.  Bu  harbiy 
kuchni Chingizxonning o’g’illari Jo’ji, Chig’atoy va O’qtoydar boshqaradi (q. Urganch mudofaasi). 
Xorazmshohlar  davlati  bosib  olingach,  Mug’ul  jangarilari  o’z  kuchini  yirik  savdo  va  madaniyat 
markazlari  bo’lmish  Balx,  Xirot,  Marv  va  G’azna  kabi  shaharlarga  yo’naltiradi.  Ammo  bu  yerda 
ular Jaloliddin Manguberdining qattiq qarshiligiga uchraydi. Mug’ul qo’shinining atoqli jangchilari 
Jaloliddinga  qarshi  tura  olmaydilar.  Mug’ullarning  Parvon  dashtidagi  mag’lubiyatidan  keyin  (q. 
Parvon  jangi)  Chingizxon  harbiy  harakatlarni  shaxsan  o’zi  boshqarali.  Chingizxon  G’aznaga 
lashkar  tortadi,  Jal  liddin  esa  urushsiz  Sind  (Hind)  daryosi  sohillariga  chekinadi.  Daryo  bo’yida 
1221  y.ning  noyab.da  ikki  o’rtada qattiq  jang bo’ladi.  Mug’ullarning pistirmaga  qo’ygan  10 miig 
nafarli  saralangan  lashkari  jang  oqibatini  qal  qiladi  (q.  Sind  daryosi  bo’yidagi  jang).  Raqibining 
jasoratiga  qoyil  qolgan  Chingizxon  uni  ta’qid  qilish  fikridan  qaytadi.  1225  y.ga  kelib,  Mug’ul 


~  ~ 
 
qo’shinlarining  asosiy  qismi  Mug’ulistonga  qaytib  ketli.  Jebe  nuyon  va  Subutoy  baxodir 
qo’mondonligidagi  Mug’ul  qo’shini  g’arbda  urushni  davom  ettiradi  va  Shim.  Eron  orqali 
Zakavkazьyega bostirib kirdi. Gruziya va Ozarbayjonning bir vismini vayron qildi. Kaspiy dengizi 
sohili bo’ylab harakat qilib, alanlar yeriga bostirib kirdi va ularni tor-mor keltirdi (1222). 1223 y. 31 
mayda  Kalka  jangida  Mug’ullar  birlashgan  rusqipchoq  qo’shinini  yengib,  uni  Dnepr  daryosi 
etagigacha quvib, keyin o’rta Volgaga chekindi. Biroq Volga-Kama Bulg’or mag’lubiyatga uchrab, 
Mug’ulistonga  qaytib  ketdi  (1224).  Bu  Mug’ul  otliq  askarlarining  kelgusida  g’arbga  qilinadigan 
yurishlari oldidan olib borgan razvedkasi edi. 
Chingizxon vafot etgach (1227), O’ktoyni ulug’xon (qoon) deb ko’targan qurultoy (1229) dan 
so’ng M.i. 2 yo’nalishda olib borildi. Sharqda Shim. Xitoy to’la bosib olindi (1231-34) Va Koreya 
bilan urush boshlandi (1231-34). Mug’ullar bir qancha yirik yurishlar (1236, 1254, 1255, 1259) dan 
so’ng  1273  y.  Koreyaning  katgagina  qismini  bosib  olishga  muvaffaq  bo’lgan.  1229  y.  Subutoy 
bahodir  30  ming  kishilik  qo’shini  bilan  Yoyiq  daryosi  bo’yiga  chiqdi.  Jo’ji  ulusiniig  hukmdori 
Botuhon  qo’shini  bilan  birgalikda  Kaspiy  bo’yyi  dashtdaridan  saksin  va  qipchoqlarni  siqib 
chiqishga  erishdi.  1232  y.  Mug’ul  qo’shinlarinig  Volga-Kama  Bulg’oriyasiga  yorib  kirishga 
urinishlari  bekor  ketdi.  Jo’ji  ulusiniig  kuchlari  bilan  g’arbga  qilingan  hujum  ham  natija  bermadi. 
1235  y.  qurultoy  chaqirilib,  unda  boshqa  uluslar  harbiy  kuchlarini  Botuga  yordamga  yuborishga 
qaror qilindi. 14 Mug’ulxoni ishtirok etib qo’shinning umumiy soni umumiy soni 150 mingga yetdi. 
1236  kuzida  Mug’ul  qo’shinlari  yana  Volga-Kama  Bulg’oriyasiga  hujum  qilib,  uni  vayroi  qildi. 
Ular  1237  y.ning  baxori  va  yozida  alanlar,  qipchoqlar  va  O’rta  Volgabo’yi  xalqlari  bilan  urushni 
davom attirib, kuzda Shim.-Sharkiy Rusga yurish kilish maksadida hoz. Voronej atrofiga to’plandi. 
1237  y.  qishning  boshlarida  Botu  Ryazanь  knyazligiga  hujum  qilli,  6  kunlik  qamaldan  so’ng 
Ryazanь  taslim  bo’ldi.  1238  y.  Kolomna  ostonasida  Vladimir  knyazligi  askarlarini  tor-mar  qildi. 
Mug’ul qo’shinlari Kolomna va Moskvani vayron qilish bilan birga 1238 y. fev. oyi mobaynida 14 
rus shahrini (Rostov, Uglich, Yaroslavlь, Kostroma, Kashin, Ksnyatin, Gorodets, Galich-Merskiy, 
Pereyaslavlь-Zalesskiy, Yurьyev,  Dmitrov,  Volok-Lamskiy,  Tverь, Tor jok)ni  bosib oldi. 1240 y. 
kuzida Jan. Rusga yurish boshlandi. Dekabrning oxirlarida Kiyev, Vladimir-Volinskiy, Galich va b. 
shaharlar bosib olindi 
1241  y.  bahorida  Mug’ul  qo’shinlari  rus  hamda  Sharkiy  Yevropaning  boshqa  xalqlari 
ko’rsatgan kaxramonona qarshiligiga qaramay, G’arbga tomon ilgariladi. Botu ko’shiniiing asosiy 
qismi Karpat dovonlari orkali Vengriyaga kirib bordi va qirol Bela IV ning 60 miing lik qo’shini 
tor-mor  keltirdi.  Vengriya  poytaxti  —  Pesht.  sh.  ishg’ol  etilib,  vayron  qilindi,  mamlakatning  ko’p 
qismi xarobaga aylantirildi. Ba’zi Mug’ul otryadlar Sharqiy Chexiyagacha kirib bordi, biroq qirol 
Vatslav  I  tomonidan  qattiq  qarshilikka  uchrab  orqaga  qaytdi.  1241  y.  oxirlarida  Botu  o’z  
qo’shinining  Avstriya  va  Xorvatiya  orqali  Adriatika  dengizi  tomon  boshladi.  1242  y.  sohilda 
joylashgan qal’alarni zabt eta olmagan Botu Bosniya, Serbiya va Bolgariya bo’ylab orqaga kaytgan. 
Shunday qilib Mug’ullarning Markaziy Yevropaga qilgan hujumi tugadi. 
M.i.  G’arbda  —  Kichik  Osiyo  va  Yaqin  Sharqda  uzoq  muddatga  cho’zilgan.    Mug’ullar 
Zakavkazьyeni  bosib  olgach,  Kshniya  sultonligini  tor-mor  keltirdi.  1256  y.  da  Xuloku  Eron  va 
Mesopotamiyani,  1258  esa  Arab  halifaligining  poytaxti,  Bag’dodni  bo’ysundirdi.  Mug’ullar 
Suriyani  ishg’ol  qilib,  Misrga  qarshi  hujumga  tayyorlana  boshladilar.  Biroqj  1260  y.  Misr  sultoni 
qo’shinlari bilan bo’lgan jangda mag’lubiyatga uchraganlar. M.i. G’arbda shuning bilan tugadi. 
13-a.ning  2-yarmida  Mug’ullar  Sharq  va  Jan.  Sharq  mamlakatlarini  zabt  qilishga  kirishdi. 
Mug’ul qo’shinlari Jan. Sun imperiyasiga chegaradosh Dali davlati (1252—53) va Tibet (1253)ni 
bosib oldi. 1258 y. Mug’ul qo’shinlari har tomondan Jan. Xitoyga bostirib kirdi, biroq Munkening 


~  ~ 
 
to’satdan vafot etganligi tufayli Jan. Sun periyasini zabt etish kechikdi. 1267-79 y.dagina Jan. Xitoy 
yangi Ulug’ xon Xubilay tomonidan ishg’ol qilindi. 
1281 y. Yaponiyani bosib olish maqsadida 1000 kema, 100 ming kishilik qo’shin jo’natilgan. 
Ammo,  mazkur  flot  to’fonda  qolib  g’arq  bo’lgan.  Mug’ullar  o’zlarinig  Jan.-  Osiyoga  qilgan 
yurishlarida Xitoy  armiyasi  va  flotidan  foydalangan  bulsalar-da, muvaffaqiyatga erisha  oliaganlar. 
Mug’ul-Xitoy qo’shinlari bir necha yurishalar (1277 y. 2 marta va 1282, 1287 y.larda) dan so’ng 
Birmani  ishg’ol  qildi,  birof  tezda  (1291)  u  yerdan  haydab  chiqarildi.  Mug’ul-Xitoy  qo’shinlar  va 
floti bir necha marta Vьyetnamga hujum qili (1257, 1258, 1284, 1285, 1287—88), uni bo’ysundira 
olmadi.  Tьyampu  davlati  (Hindixitoyning  jan.-sharqida  ham  o’z  mustaqilligini  Mug’ullardan 
himeya qila oldi. M.i. 1300 y. Birmaga qilingan yanga yurishdan so’ng tugadi. 
M.i.  davrida  tarixiy  va  madaniy  yodgordiklar  vaxshiylarcha  yakson  qilindi.  M.i  va 
hukmronligi  davrida  mag’lub  va  mazlum  bo’lgan  xalqlarning  yagona  halokati  shu  bo’ldiki,  ular 
dushmanga qarshi barcha nizolarni chetga surib, birgalikda kurashiiig zarurligini anglab yetmadilar. 
  Mug’ullar  qabilalari    va  elatlarining  qudratli  davlatga  birlashuv  jaryoni  Mug’ul  xoni 
Temuchin (1155-1227 yy) nomi bilan bog’liq. 
1205  yildayoq  Qoraqurumda  Mug’ulla  bilan  yonma-yon  yashab  kelgan  va  ularning 
xukmronligi  ostida bo’lgan jaloyir, o’yrot, keyroyit, nayman, qoraxitoy, qirg’iz, uyg’ur, qorliq kabi 
turkiy  qabilalar  ham  ishtirok  etgan  qurultoy  bo’ldi  va  unda  Temuchin  Chingizxon  nomi  bilan 
Mug’ul  xoni  etib  saylandi.  O’sha  davr  sharqida  eng    qudratli  davlat  xisoblangan  Xorazmshohlar 
davlati  dastlab  Mug’ullar  bilan  bir  qancha  elchilik  va  savdo  aloqalari  olib  borgan  bo’lsada, 
keyinchaliu  bu  munosabatlar  dushmanlikka  aylandi  va  1219  yilda  Mug’ullar  Xorazmshohlar 
davlatiga  qarshi  xarbiy  xarakatlarni  boshlab  yubordilar.  1219  yil  kuzida  O’trorga  dastlabki  zarba 
berildi va 5 oylik qamaldan so’ng qal’a bosib olindi.  
1220 yilning ilk baxorida Chingizxon musulmon Sharqining yirik madaniy markazi bo’lgan 
Buxoro ustiga qo’shin tortdi va shaxar qamal qilindi. Qamalning 12 kunida shaxar taslim bo’ldi va 
axoli qirg’in qilindi.  
Keyingi  xujum  Samarqandga  qaratildi.  Garchi  Samarqandda  Xorazmshohning  100  ming 
kishilik qo’shini turgan bo’lsada, himoyachilar yetarli qarshilik ko’rsata olmadilar. Qo’shin uch kun 
qarshilik  ko’rsatgach, Chingizxonning yolg’on va’dasiga uchgan  qang’liklarning 30  ming  kishilik 
qo’shini  taslim  bo’ldi.      Biroq,  shaxar  egallangach,  axolining  katta  qismi  bilan  birgalikda 
qang’liklar ham qirib  tashlandi.  Ularning yo’lboshchilari   Borushmas,  bog’on,  Sarziqhon va yana 
20 nafar sarkarda qatl etildi. 
Uzoq  va  qattiq  qarshilikdan  so’ng  Xo’jand  shaxri  ham  Mug’ullar  tomonidan  bosib  olindi. 
Xo’jand himoyasiga shaxar qal’asi qo’mondoni Temur Malik katta jonbozlik ko’rsatadi. 
Mamlakatdagi  eng  buyuk  shaxarlarning  qo’ldan  ketishi  Alovuddin  Muxammad 
Xorazmshohni  qattiq  larzaga  soladi.  Saroyda  fitna  va  xiyonat  kuchayadi.  Qunduz,  Badaxshon 
xokimlari  undan  yuz  o’girishdi.  1220  yil  aprelda  Muxammad  Xorazmshoh  Nishopurga  keldi. 
Ammo  Subutoy  no’yonning  uni  ta’qib  etib  kelayotgani  sababli  hech  kim  Muxammad 
Xorazmshohni  kutib  olmadi  va  Kaspiy  dengizdagi  Ashura  orolida  qo’nim  topdi.  U  1220  yil 
dekabrda Jaloliddin taxt vorisi etib tayinlab, bir oz o’tmay vafot etdi. Xorazmshohning O’zloqshoh 
va  O’qshoh  ismli  o’g’illari  Mug’ullar  tomonidan  o’ldiriladi.  Mug’ullarning  Urganchga  xujumi 
chog’ida shaxarda 110000 qo’shin bor edi. Shaxar ximoyasida Jaloliddin, Temur Malik, Axmad ibn 
Umar  Xivaqiy-Shayx  Najmiddin  Kubro  kabi  sarkarda  va  ulamolar  mislsizqaxramonliklar 
ko’rsatdilar.  Urganch  qamal  yetti  oy  davom  etdi.  Mug’ullar  bu  yerda  bir  necha  o’n  minglab 
odamlarni qirg’in qildilar. Garchi Xorazmshoh amirlaridan Faridun Udiy boshchiligidagi sarbozlar 


~  ~ 
 
Mug’ullarni  shaxardan  xaydab  chiqargan  bo’lsada,  shaxar  Mug’ullar  tomonidan  qaytadan  bosib 
olindi va manbalarga ko’ra Urganch axolisidan million kishi o’ldirilgan. 
Jaloliddin  va  Temur  Maliklar  umrlarining  oxirigacha  Mug’ullarga  qarshi  kurashlarga 
raxbarlik qildilar. Jaloliddin Manguberdi 1231 yil avgustida xinona o’ldirildi. Mug’ullar tomonidan 
bosib olingan hududlarda esa keyinchalik ulus vujudga keldi. Chingizxon xalqi xayotlik vaqtidayoq 
bosib  olingan  hududlarni  to’rt  o’g’liga  boshqarish  uchun  taqsimlab  bergan  edi.  Irtish  daryosining 
narigi  tomonidan  to  «Mug’ullar  otining  tuyog’i  yetgan  joy»  gacha  bo’lgan  yerlar,    Sirdaryoning 
quyi oqimi (Sig’noq, Barchinlig’kent, Janikent, Ashnas shaxarlari) va Xorazmning shimoliy-g’arbiy 
hududalri to’ng’ich o’g’li Jo’chiga berildi. Jo’chining yaylovlari Irtishda, qishloq joyi Sirdaryoning 
quyi oqimi edi. 
Qoshg’ar, Yettisuv, Movarounnaxr ikkinchi o’g’li Chig’atoyga berildi. Chig’atoyning qo’shi 
Ili daryosi bo’yida edi. Uchinchi o’g’li O’g’adoyxonga G’arbiy Mug’uliston va Tarbag’atoy o’lkasi 
ajratildi. Uning qo’shi Chuguchakda edi. Chingizxonning kenja o’g’li Tuluyga esa otasidan Xalxa 
Mug’uliston, ya’ni, Shimoliy Mug’uliston meros qoldi. Uning qo’shi Kerulen daryosi bo’yida edi. 
Jo’chining  o’g’li  Botuxon  (1227-1255),  O’g’adoy  (1227-1241)  va  Tuluyning  o’g’li  Munqa(1251-
1260)  zamonida  Mug’ullar  saltanati  ijtimoiy-siyosiy  xayotida  muhim  o’zgarishlar  bo’ldi  va  Oltin 
O’rdaga asos solindi. 
Chig’atoy (1227-1241)  o’z yerlariga inju tarzida egalik qilgan. Olg’uygacha (1261-1266) bu 
yerlarda xoqonning hokimiyati joriy etilgan. Xoqon nomidan Chig’atoy ulusini Maxmud Yalavoch 
boshqargan.  1239  yilda  u  Xitoyda  Pekinga  xokim  etib  tayinlangach,  o’rniga  o’g’li  Ma’sudbek 
(1239-1289)  o’tqazilgan.  Harbiy  xokimyat,  axolini  ro’yxatdan  o’tkazish,  soliq  yig’ish  ishlari 
doruxachi va tanmachi deb atalgan Mug’ul amirlari qo’lida bo’lgan. 
Maxmud  Yalavoch  Xitoyga  jo’natilgan,  Ma’sudbekka  Uyg’uristonga  qarashli  Xo’tan, 
Qoshg’ar,  olmaliq,  Qoyalikdan  to  Samarqand  va  Jayxun  daryosi  sohillarigacha,  Beshbaliq  va 
Qoraxo’ja yerlari in’om etilgan. Chig’atoy ulusida Kepakxon xukmronligi davrigacha (1309, 1318-
1326) siyosiy barqarorlik bo’lmadi va bir qancha siyosiy kurashlardan so’ng, 1251 yil Qoraqumda 
bo’lgan  qurultoy  qaroriga  ko’ra  Chig’atoy  ulusi  ikki  qismga  bo’linib  ketdi:  Sharqiy  Turkiston, 
G’ulja  o’lkasi,  Yettisuv,  Farg’onaning  shimoliy-sharqiy  qismi  qoon  ixtiyorida  qolgan  bo’lsa, 
movarounnaxr, Farg’onaning g’arbiy qismi Oltin O’rda ko’l ostiga o’tdi. 
Olg’uy  ibn  Boydar  ibn  Chig’atoy  (1261-1266)  Chig’atoy  ulusini  Oltin  O’rda  ta’siridan 
qutqarish  choralarini  ko’rgan  bo’lsa,  Baroq  ibn  Yisonqur  ibn  Komkor  ibn  Chig’atoy  (1266-1271) 
Chig’atoy  ulusini  ancha  kuchayishiga  erishdi.  Biroq,  ko’p  o’tmay  Chig’atoy  ulusiO’g’dayning 
nabirasi  Kaydu  va  Oltin  O’rda  xoni  Mangu  Temur  (1267-1280)  ta’siriga  tushib  qoldi.  Kaydu 
Chig’atoy  ulusi  taxtiga  Baroqxonning  o’g’li  Duvaxonni  (1291-1306)  o’tkazdi.  Andijonning 
tiklanishi, O’zganning Farg’ona o’lkasi poytaxtiga aylantirilishi uning nomi bilan bog’liq. Duvaxon 
Kaydu  bilan  xamkorlikda  katta  e’tiborga  erishdi.  Duvaxon  vafotidan  so’ng  uning  o’g’illari 
Kunjakxon va tolg’u ibn Qudug’ay ibn Bo’ri mutugan ibn Chig’atoylar xonligi uzoqqa cho’zilmadi. 
Kepakxon  urug’doshlarining  barcha  nizolariga  barham  berdi  va  markaziy  xokimyatni 
mustaxkamlashga xarakat qildi. Chig’atoy davlatining rivoji, shaxarlar qurilishiga omil bo’lgan pul 
va  ma’muriy  isloxotlar  Kepakxon  nomi  bilan  bog’liq.  Nasafdan  ikki  farsax  masofada  qurilgan 
Qarshi  shaxri  uning  nomi  bilan  bog’liq.  Ma’muriy  isloxotlarga  ko’ra  mamlakat  Buxoro  va 
Samarqand  vioyatlrida  tumanlarga,  Farg’ona  va  Sharqiy  Turkistonda  orchinga  (poytaxt  atrofi 
noxiyalari) bo’lindi. Yangi pul birligi «kepakiy» deb yuritilgan va bir dinor kepakiy ikki misqol, bir 
dirham kepakiy uchdan bir misqolga teng bo’lgan. 
1326  yil  Duvaxonning  o’g’illari  Elchigidoy  va  Durra  Temur  o’rtasida  taxt  uchun  kurashlar 
boshlandi.  Keyinchalik  taxtni  egallagan  Alovuddin  laqabli  Tarmashirin  (1326-1334)  mustaxkam 


~  ~ 
 
mavqega ega bo’ldi. Duvaxonning  nabiralari Buzan, Chankshi, Yesun Temur 1334-1338 yillarda 
nomigagina xon bo’lib turdilar. XIV asr 40-yillarida Chig’atoy ulusi ikkiga-Yettisuv,, Farg’onaning 
Sharqiy qismi, Sharqiy Turkistonda iborat Mug’ulistonga bo’linib, siyosiy jixatdan parchalandi. 
Mug’ullar davlati yarim ko’chmanchi, xarbiy tartiblarga ega siyosiy tashkilot edi. Chingizxon 
va  uning  avlodlari  xon  unvonida  bo’lib,  ularning  qo’l  ostida  xarbiylashgan  amaldorlar  pog’onasi 
turardi. Chig’atoy ulusi davrida Movarounnaxrni  boshqarish maxalliy xukmdorlarga topshirilgan. 
Buxoroda esa maxalliy zodagonlar va ruxoniylar xokimyatini o’z qo’llariga olgan bo’lib, amirlar va 
sadrlar deb yuritilgan. 
Chig’atoy ulusi xonlari o’z yerlarini inju tarzida boshqarib, faqatgina daromaddan foydalanish 
xuquqiga  ega  bo’lganlar.  Yer  solig’i  mol  (xiroj)  o’n  foizni  tashkil  etgan.  Ko’chmanchilar 
to’laydigan  qo’pchur  yuz  boshdan  bir  bosh  xisobida  bo’lgan.  Savdodan  targ’u  jarimasi  olingan. 
Munqa  nomidan  pul  zarb  etilgan,  1270  yildan  boshlab,  soliqlar  pul    ko’rinishida  olingan.  Pul 
ulusning eng yirik shaxarlaridan zarb etilgan. 1271 yil Ma’sudbek pul isloxoti o’tkazdi va ulusning 
barcha  hududlari  uchun  bir  xil  vazndagi  kumush  tangalar  muomilaga  kiritildi.  Isloxot  iqtisodiy 
munosabatlarning  jonlanishiga  olib  keldi  va  XIII  asrning  80-90  yillarida  ulusning  16  shaxrida 
shunday zarbxonalar ochildi. 
Yuqorida aytilgan soliqlardan tashqari chorvadorlardan shulen solig’i olingan: har  suruvdan 
bir qo’y  va ming  bosh otdan bir  bosh biya. Xunarmand, savdogarlardan olinadigan yarg’u solig’i 
o’ttizdan bir ulush miqdorida bo’lgan. Bundan tashqari xalq turli yig’imlar va to’lovlarga, majburiy 
ishlarga  ham  jalb  etilgan.  Ulug’  qoonlar  Guyukxon  (1246-1248),  Munqaxon  (1251-1260), 
Chig’atoy  xoni  Olg’uy  (1261-1266)  xukmronligi  vaqtida  boshqa  Mug’ul  shaxzodalarining 
Movarounnaxr  ichki  xayotiga  aralashuviga  chek  qo’yilgan,  bu  esa  asta-sekin  iqtisodiy  xayotning 
jonlanishiga ta’sir ko’rsatgan. XIII asr o’rtalaridan boshlab, o’zbek qabilalarining o’zaro uyushuvi 
kuchayadi.  Jumladan  barloslar  Qashqadaryoda,  jaloyirlar  Oxangaron  vodiysida,  arlotlar 
Afg’onistonning shimolida, qovchinlar Farg’ona vodiysida mustaxkam o’rnasha boradilar. Bu hol 
o’zbek xalqining tashkil topishida muxim omillardan biri bo’lgan. 
XIII  asrning  boshlariga  kelib  (1206-1215)  Mug’ulistonda  Chingizxon  hukmronligida 
kuchmanchi  mo’tullarning  ulkan  davlati  paydo  bo’ldi.  Bu  davrda  O’rta  Osiyo  hududlarida 
xorazmshohlar  davlati  mavjud  bo’lib,  o’zaro  urushlar  va  boshboshdoqlik  oqibatida  bu  qudratli 
saltanat  inqirozga  yuz  tuga  boshlagan  davr  edi.  Chingazxon  bilan  Muhammad  Xorazmshoh 
o’rtasida  qisqa  muddat  (1215-1218)  elchilik  munosabatlari  davom  etgan  bulishiga  qaramay  bu 
munosabatlar  oxir-oqibat  fojiali  tugadi.  Harbiy  jihatdan  puxta  tayyorgarlik  ko’rgan  Mug’ul 
ko’shinlari  xorazmshohlar  davlatidagi  iqtisodiy,  siyosiy  va  ishtimoiy  tushkunlik  vaziyatidan 
foydalanib, qisqa muddatda (1218-1221) O’rta Osiyo yerlarini bosib oladilar. 
Asrlar davomida moddiy va ma’naviy madaniyati rivojlanib kelgan O’rta Osiyodagi  ko’pgina 
shaharlar- Buxoro, Samarqand, Xo’jand, Termiz, O’tror, O’zgan, Urganch, Kesh kabilar vayronaga 
aylayatirildi.  Dehqonchilik  vohalari  xarobalarga  aylandi.  Mug’ul  bosqinchlari  mahalliy  aholiga 
hamda ularning madaniyatiga hech bir shafqat qilmadilar. Arab tarixchisi Ibn al-Asir (1160-1214) 
O’rta  Osiyodagi  Mug’ul  bosqini  haqida  shunday  yozadi:  «...Xitoy  chegaralaridan  bir  xalq  chiqib, 
Turkistondagi Kashg’ar va Balasog’un kabi viloyatlarni, Movarounnahrdagi Samarqand, Buxoro va 
boshqa shaharlarni... vayron etib, qirg’in qilib, talon-toroj qilib egalladi. Tatarlar (Mug’ullar) hech 
qaysi  shaharni  omon  qoldirmadilar,  ketayotib  vayron  etdilar.  Ular  nimaniki  yonidan  o’tgan 
bo’lsalar, uzlariga yoqmagan narsalarga o’t qo’ydilar». 
O’rta Osiyo xalqlari Mug’ul bosqinchlariga qarshi qahramonona kurash olib bordi. Xususan, 
O’tror  hokimi  Inalxon,  Buxoro  mudofaachilari  Ixtiyoriddin  Qushlu,  Hamid  Pura  Qoraxinoy, 
Suyunchixon,  Xo’jand  hokimi  Temur  Malik,  Urganch  shayxi  Najmiddin  Kubro,  shahzoda 


~  ~ 
 
Jaloliddin kabilar Vatan mustaqilligi va ozodligi uchun qon tukib kurashdilar. Ammo ular ona-yurt 
ozodligini saqlab qolisha olmadi. Mug’ullar istilosi  oqibatida Movarounnahr va Xurosoning obod 
viloyatlari, shaharlari xarobazorga aylantirildi. 
Zarafshon,  Marv,  Xorazm vohalarida sug’orish tarmoqlari buzib tashlanishi natijasida  yam-
yashil    dalalar,      bog’-roklar  xarobazorga  aylandi.  Bu  davrda  ilm-fan  va  ma’rifatga  yetkazilgan 
jarohat ham oz bo’lmadi. 
Bosqinchilar  to’s-to’poloni  vaqtida  Buxoroda,  Samarqandda,  Urganchda  bir  nechta 
kutubxonalar yonib ketdi. Misol uchup Buxoroda «Mas’udiya» madrasasi va katta kutubxona yonib 
ketdi. Faqat XIII asrping 70-80- yillariga kelib O’rta Osiyoda asta-sekinlik bilan bo’lsa-da, shahar 
hasti,  hunarmandchilik  jonlana  boshlandi.  Mug’ul  bosqini  davrida  inqirozga  yuz  tutgan  v  fan-
adabiyot,      ma’rifat  va    madaniyatning  ayrim    tarmoqlari  ham  tiklana  boglaydi.  XIII    asrda  
Buxoroda  «Mas’udiya»  va «Xoniya»  madrasalari  qurildi. Jaloliddin  Rumiy,   Sa’diy Sheroziy,  
Amir  Xusrav  Dexlaviy    kabilar  adabiyot  sohasida  ijod  etdilar.  Undan  tashqari  Abu  Umar 
Mirxojiddin  Jusjoniyning  «Tabaqoti  Nosiriy»,  Alouddin  Otamalik  Juvayniyning  «Tarixi  jahon 
gushay»  («Jahon  fotihlari  taraxi»),  Fazlullloh  Rashididdinning  «Joms  at-chavorix»  («Tarixlar 
to’plami») kabi tarixiy asarlari yaratiladi. 
 



Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish