Bog'liq ozbekiston tarixi fani predmeti nazariy-uslubiy asoslari va uni organishning ahamiyati
~ ~
14-MAVZU: MOVAROUNNAHR MUG’ULLAR ISTIBDODI DAVRIDA. CHG’ATOY ULUSI DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY VA ETNOMADANIY JARAYONLAR 1.1.MA’RUZANI OLIB BORISh TEXNOLOGIYaSI
Talabalar soni:
O’quv vaqti: 2 soat
Mashg’ulot shakli:
Informatsion ma’ruza
Ma’ruza rejasi:
1. Mug’ul davlatining tashkil topishi.
2. Mug’ul bosqini va uning oqibatlari.
3. Mug’ullarning Movarounnahrdagi davlat boshqaruvi.
4. Mug’ul istilosiga qarshi ozodlik kurashlari.
Mashg’ulotning maqsadi: Mug’ul davlatining tashkil topishi. Movarounnahr mug’ullar istibdodi davri
haqida talabalarda chuqur bilimlar hosil qilish.
Ma’ruza mazmuni: Mavzu tarixshunosligi. Mug’ullarni bir markazlashgan davlatga birlashtirish
uchun kurash. Temuchin (Chingizxon) qo’l ostida markazlashgan harbiy -despotik Mug’ul davlatining
(1206) tashkil topishi. Qoraqum qal’asining mug’ul davlati poytaxtiga aylanishi. "Yosoq" -qonunlari
majmuining qabul qilinishi."Yosoq"ning asosiy qoidalarining mazmuni. Chingizxon - yirik davlat
arbobi va lashkarboshi (1155-1227). Chingizxonning dastlabki istilochilik yurishlari. Naymanlar
(1206), Yenisey qal’asi (1207-1208), Yettisuv viloyati, Sharqiy Turkiston yeralarining bosib olinishi.
Xitoy (1211-1215)yerlarining mug’ullar davlatiga qushib olinishi. Chingizxon nigohining g’arbga –
Xorazmshohlar saltanatiga qaratilishi. Bu borada savdo-elchilik aloqalarinnng o’rnatilishi.
XSh asr boshlarida xorazmshohlar davlatining siyosiy holati. Xorazmshox va mahalliy hukumdorlar
orasidagi mavjud ziddiyatlar. Soliklar va xasharlarning kupayishi. Mug’ullarning xorazmshohlar
davlati xududiga yurishlarining boshlanishi. Mug’ul qushinlarining to’rt qismga bo’linib harakat
qilishi. Utror (1219) mudofaasi. Bosqinchilarning Movarounnaxrdagi ko’rsatgan mislsiz yovo’zliklari.
Buxoro (1220), Samarqand (1220), Ho’jand (1220), Toshkentning ishg’ol qilinishi. Mahalliy
aholining bosqinchilarga qarshi olib borgan ozodlik kurashlari. Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi,
Najmiddin Kubro kabi xalq qaxramonlarining jasoratlari. Sarbadorlar harakatining boshlanishi.
Sarbadorlarning mug’ul xoni Ilyos’ho’jaga bergan zarbasi. Mug’ullar istilosining oqibatlari.
Mahalliy zadogonlar va ruxoniylarning mug’ullar xizmatiga o’tishi. Mahalliy aholining ikki
tomonlama talanishi. Xalq noroziligining oshishi. Mahmud Torobiy ko’zg’oloni.
Pedagogik vazifalar: Mug’ullarni bitta markazlashgan davlatga birlashtirish uchun olib borilgan
kurash mohiyatini yoritib beradi. Xorazmshox va mahalliy hukumdorlar orasidagi mavjud ziddiyatlar
haqida to’liq ma’lumot beradi. Mahalliy aholining ikki tomonlama talanishi haqida ma’lumotlar
beradi.
O’qitish vositalari:
Interfaol usul, tarqatma materiallar.
O’qitish usuli va shakli
Ma’ruza, savol va topshiriqlar, aqliy xujum, guruhlar bo’lib ishlash.
O’qitish sharoiti
Elektron darsliklar tashkil etish.
Monitoring va baholash
Og’zaki nazorat, test usuli, o’z-o’zini nazorat qilish va reyting tizimi
asosida baholash.