~ ~ O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/55
Sana30.12.2021
Hajmi3,95 Mb.
#96167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti nazariy-uslubiy asoslari va uni organishning ahamiyati

3-bosqich. 
Yakuniy qism  
(10-minut) 
 
3.1.Ma’ruzada  qilingan  har  bir  savol  yuzasidan 
umumiy yakuniy xulosa chiqaradi. 
Tinglaydi 
3.2.Talabalarning bilim va ko’nikmalarni 
baholaydi. 
O’zini nazorat qiladi 
3.3. 7-ilovadagi jadvalni to’ldirish uyga vazifa 
qilib beradi. 
 
O’UMga qaraydi 
 


~  ~ 
 
 O’ZBEKISTON TARIXI FANI PREDMETI, NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI  
VA UNI O’RGANIShNING AHAMIYATI 
 
 
Reja: 
1. O’zbekiston tarixi fanining nazariy-uslubiy asoslari. 
2. O’zbekiston tarixini o’rganishda asosiy manbalar. 
3. O’zbekiston tarixini yoritishning nazariy-metodologik asoslari. 
4.  Komil insonni tarbiyalashda tarixning roli. 
 
 
 
Tayanch tushunchalar. 
Fanning predmeti va dolzarb muammolari, xolislik, ilmiylik, tarixiylik, 
dialektik uslub, moddiy va yozma manbalar. 
 
 
 
Nazorat uchun savollar: 
1. O’zbekiston tarixini o’rganishda moddiy va yozma manbalarning ahamiyati. 
1. I.A. Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» asari O’zbekiston 
tarixidagi dolzarb muammolarni o’rganish uchun muxim yo’llanma. 
1. Fuqarolarimiz ongiga milliy istiqlol va milliy mafkura g’oyalarini 
singdirishda tarixning o’rni. 
 
 
 
Adabiyotlar 
 
1.Karimov I.A O’zbekiston buyuk kelajak sari. Toshkent. 1996. 
2.Karimov I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Toshkent. Sharq 1998. 
3.Uzbekiston tarixi konsepsiyasi. // O’zbekiston tarixi. 1999, 1 son. 
4.G’ulomov H., Tatiboyev A. O’rta Osiyo va jahon tarixi. - Toshkent.  
     Universitet, 1994. 
5.Sulaymonova F. Sharq va G’arb. - Toshkent. Fan, 1997. 
6.Jo’rayev N. Agar  ogoh sen ... Toshkent, O’zbekiston, 1998. 
7.O’zbekiston yangi tarixi konseptual - metodologik muammolar. 
Konferensiya materiallari. Toshkent, 1998. 
 
O’zbekiston  tarixiiing  predmeti  va  dolzarb  muammolari.  Manbalar.  Tarix  fani  turli  dunyo 
xalqlari qanday yashaganligi, ularning hayotida qanday voqealar sodir bo’lganligi, odamlar hayoti 
qanday  va  nima  uchun  o’zgarib,  hozirgiday  bo’lib  qolganligini  o’rgansa,  O’zbekiston  tarixi  esa 
uning  ajralmas  qismi  bo’lib,  shu  tarixiy-madaniy  jarayonlarga  mos  holda  Ona  zaminimizda 
o’tmishda yashagan xalqlarning hayoti va ularning rivojlanishi davomida sodir bo’lgan o’zgarishlar, 
voqea-hodisalar,  ularning  turmush  tarzi,  iqtisodi,  ijtimoiy  munosabatlari,  davlatchiligi,  madaniyati 
va shu kabilarni to’laligicha o’rganadigan fandir. 
Yurtboshimizning  shu  haqdagi  fikrlari  katta  ahamiyatga  egadir:  «Hozir  O’zbekiston  deb 
ataluvchi  hudud,  yaьni  bizning  vatanimiz  nafaqat  Sharq  balki  umumjahon  sivilizatsiyasi 
beshiklaridan  biri  bo’lganligini  butun  jahon  tan  olmoqda.  Bu  qadimiy  va  tabarruk  tuproqdan 
allomalar,  fozilu  fuqarolar,  olimu  ulamolar,  siyosatchilar,  sarkardalar  yetishib  chiqqan.  Diniy  va 
dunyoviy  ilmlarning  asoslari  ana  shu  zaminda  yaratilgan,  sayqal  topgan.  Eramizgacha  va  undan 


~  ~ 
 
keyin  qurilgan  suv  inshootlari,  shu  kungacha  fayzini,  mahobatini  yo’qotmagan  osori-atiqalarimiz 
qadim-qadimdan  yurtimizda  dehqonchilik,  hunarmandchilik  madaniyati,  me’morchilik  va 
shaharsozlik san’ati yuksak bo’lganidan dalolat beradi». 
O’zbekiston  tarixi  faqat  turli  bilimlar  tarzidagi  fan  emas,  balki  bir  necha  asrlar  davomida 
to’planib kelgan o’zaro ichki qonuniyatlar bilan chambarchas bog’langan bilimlar tizimi sifatidagi 
o’zining o’rganish ob’yekti va predmetiga ega bo’lgan mustaqil fandir. 
O’zbekiston  tarixi  fanining  dolzarb muammolari,  yechimini kutayotgan va  aniqlik  kiritilishi 
lozim bo’lgan masalalar talaygina. Xususan, Vatanimiz hududida eng qadimgi davrlardan boshlab 
yashayotgan  aholi  va  ularning  joylashuvi;  bu  aholining  qo’shni  qabilalar  va  elatlar  bilan  turli 
munosabatlari;  Amudaryo  va  Sirdaryo  oralig’ida  yashagan  qadimgi  mahalliy  aholini  bizning 
ajdodlarimiz ekanligini ta’kidlash va tadqiq etish shular jumlasidandir. 
Shuningdek,  dastlabki  o’zbek  davlatchiligining  paydo  bo’lishi  va  rivojlanishi  ham  muhim 
masaladir.  Ayniqsa,  mahalliy  qadimgi  aholi  o’troq  yashaganligi  dehqonchilik  xo’jaligini 
rivojlantirganligi,  dastlabki  aholi  manzilgoxlarining  paydo  bo’lganligi  dastlabki  manzilgoxlar 
rivojlanib  ilk  shaharlarga  aylanganligi;  dastlabki  shaharlarning  ijtimoiy-iqtisodiy,  madaniy  va 
ma’muriy  markazlar  sifatida  rivojlanganligi  va  nihoyat,  ushbu  jarayonlarga  asos  bo’lgan  omillar 
nihoyatda muhimdir. 
Respublikamiz  hududlaridagi  dastlabki  davlat  uyushmalarining  o’zaro  va  qo’shni  davlatlar 
bilan turli aloqalari, ularning tarixiy-geografik hududi va chegaralari ham ancha munozarali mavzu 
hisoblanadi. Hozirgi kunga qadar o’lkamiz hududlari va bu yerdan chetda bitilgan o’rta asrlarga oid 
yozma  manbalarni  o’rganish  bo’yicha  talaygina  ishlar  amalga  oshirilgan  bo’lishiga  qaramay,  bu 
yo’nalishda yanada qadimgiroq davrlarga oid qilinadigan ishlar nihoyatda ko’p. 
O’zbekiston  tarixini  o’rganishda  manbalarning  ahamiyati  beqiyos  bo’lib,  bular  moddiy  va 
yozma  manbalardir.  Tariximizning  eng  qadimgi,  yaьni  yozuvsiz  zamonlarga  oid  davrini 
o’rganishda arxeologik, antropologik va etnografik manbalar yordamga keladi. Bu manbalar turli-
tuman bo’lib, ularga - qadimgi manzilgoxlar va shaharlar xarobalari, mozor-qo’rg’onlar qoldiqlari, 
turmush  va  xo’jaliqda  ishlatiladigan buyumlar,  mehnat  va  jangovor  qurollar,  turli-tuman  ashyolar 
kiradi.  Yozma  manbalar  esa,  eng  qadimgi  yozuvlar,  bitiklar  va  kitoblardan  iboratdir.  Moddiy  va 
yozma manbalar ma’lumotlarini solishtirib, qiyoslab tarixni talqin etish muhim ahamiyat kasb etadi. 
O’zbekiston  tarixini  yoritishning  nazariy-metodologik  asoslari.  Vatan  tarixini  yoritishda 
nazariy-metodologik  asoslarni  bilish  katga  ahamiyatga  ega.  Ilmiylik,  xolislik,  tarixiylik  metodlari 
tarixni yoritishning asosiy kaliti hisoblanadi. 
Birinchidan, yaratilgan o’zbek xalqi va uning davlatchiligi millat tarixi konsepsiyasi asosida 
tarixni  davrlarga  bo’lish  va  ularni  chuqur  tahlil  qilish  lozim.  Eng  asosiy  vazifalardan  yana  biri  - 
mustaqillik  davrida  yaratilgan  yangi  tadqiqotlar  asosida  ob’yektiv  tarixni  o’rgatishni  tashkil 
qilishdir. 
Ilmiylik  bilan  bir  qatorda  xolislik  turadi.  Bunda  taxlil  qilinayotgan  har  bir  tarixiy  voqea-
hodisalarni  xolis,  haqqoniy  ravishda  o’rganish  yoki  tarixnavisning  xohish  -  irodasidan  tashqarida, 
voqea-hodisalar  qanday  sodir  bo’lgan  bo’lsa,  shundayligicha  yoritish  ko’zda  tutiladi.  Har  bir  tarix 
yozuvchi  kishi  shaxs  sifatida  o’zining  fikri-mulohazalari,  idroki  va  boshka  his-tuyg’ular  orqali 
atrofni o’rab turuvchi muhit bilan uzviy ravishda bog’liq. Bu bog’liqlik unga o’z ta’sirini o’tkazadi. 
Xolislik  talab  qiladigan  qoidalar  shundan  iboratki,  ushbu  yo’nalishda  tarixiy-madaniy 
taraqqiyotni (tarixning turli davrlarida) o’rganish jarayonida bo’lib o’tgan yoki shu taraqqiyot bilan 
bog’liq bo’lgan jamiki voqea-hodisalarni hech bir o’zgarshlarsiz, qanday bo’lib o’tgan bo’lsa, o’sha 
holatda talqin va taxlil etish, tekshirish va xulosalar chiqarib yaxlit holga keltirish o’ta muximdir. 
Bu  holatda  aniq  manbaviy  asoslarga  tayanish,  tarixiy  jarayonlarning  o’zaro  chambarchas 


~  ~ 
 
bog’liqligini  asoslash  lozim  bo’ladi.  Bu  jarayonda  hududlar  o’rtasidagi  rivojlanish  jarayonlarini 
o’zaro solishtirish, qiyoslash va taqqoslash ijobiy natijalar berishi tabiiy holdir. 
O’zbekiston  tarixini  o’rganishning  uslubiy  asoslaridan  yana  biri  -  bu  voqea  va  hodisalarni 
dialektik  tarzda  o’rganishdir.  Dialektika  olam  yagona  va  yaxlit,  unda  sodir  bo’ladigan  hodisalar, 
voqealar  umumiy  va  o’zaro  bog’lanishda,  uzluksiz  harakatda,  ziddiyatli  taraqqiyotda  bo’ladi,  deb 
ta’lim beradi. 
Bu uslub O’zbekiston tarixini o’zlashtirishda uni to’laligicha, voqea-hodisalarni bir-biri bilan 
bog’liqlikda,  ayrim  tarixiy  voqelikni  o’rgatuvchi  fanlarni  ham  bir  butunlikda,  uning  bo’laklarini 
ajratib  olmaslik  va  voqea-hodisalarni  doimo  o’zgarishda,  rivojlanishda  o’rganishni  talab  qiladi. 
Biror  bir  davr  haqida  fikr-mulohaza  yuritilayotgan  bo’lsa,  ana  shu  davrning  o’ziga  xos 
xususiyatlarini  anglab  olib,  uni  ko’rsatishni  talab  qiladi.  Dialektik  uslubga  asoslanib,  tarixiy 
jarayonni umumiylik va alohidalik qoidalardan kelib chiqqan holda tushunish lozim. 
Dialektik uslub O’zbekiston tarixini avvalo O’rta Osiyo, qolaversa, jahon xalqlari tarixi bilan 
bog’liq  holda  o’ganishni  taqozo  etadi.  Chunki  mavjud  bo’lgan  har  bir  xalq,  yoki  elat  tarixi  faqat 
o’ziga  xos  xususiyatlari  bilan  ajralib  tursada,  butun  insoniyat  taraqqiyoti  tarixi  bilan  umumiy 
bog’lanishdadir. 
Haqiqatdan  ham,  o’zbek  xalqining  siyosiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  madaniy  rivojlanishi  jahon 
tarixi  taraqiyotining  ajralshas  qismidir.  Eng  qadimgi  davrlardan  boshlab  yaqin  o’tmishga  qadar 
O’rta  Osiyo,  Sharqiy  Turkiston,  Yettisuv,  Eron,  Afg’oniston,  Shimoliy  Hindiston  kabi  hududlar 
o’rtasida yagona iqtisodiy va madaniy makon mavjud edi. 
O’zbekiston tarixini o’rganishda tarixiylik uslubi ham alohida o’rin egallaydi. Bu uslub tarix 
jarayonida  sodir  bo’lgan  voqea-hodisalarni  o’rganishda  ketma-ketlikni  talab  qiladi.  Bir  voqea-
hodisa  bilan  boshqasini  sabab-oqibatli  bog’lanishi  ham  ko’rsatiladi.  Tarixiylik  voqea-hodisalarni 
qay  tarzda  sodir  bo’lganligini,  jamiyat  rivojlanishida  ayrim  shaxslar  va  ularning  roli  to’g’risida 
to’g’ri, haqqoniy fikr yuritishga o’rgatadi. 
Tarixiylik  uslubi  xalqning  o’tmishiga,  hozirgi  zamoni  va  kelajagiga  yagona  tarixiy  jarayon 
sifatida  o’tmish  hozirgi  zamonni  tayyorlaydi,  hozirgi  zamon  kelajakni  yaratadi,  degan  taraqqiyot 
qonuni asosida qarashni talab qiladi.  
Bo’lib  o’tgan  tarixiy-madaniy  jarayonlarni,  ajdodlarimiz  qoldirgan  ulkan  merosni  qanchalik 
chuqur  va  har  tomonlama  o’rgansak,  anglab  yetsak  hamda  keng  targ’ib  etsak,  hozirgi  zamonni 
shunchalik mukammal tushunib, kelajakni yorqin tasavvur etamiz. 
Komil  insonni  tarbiyalashda  tarixning  roli.  «Ma’naviyatini  tiklashi,  tug’ilib  o’sgan  yurtida 
o’zini  boshqalardan  kam  sezmay,  boshini  baland  ko’tarib  yurishi  uchun  insonga,  albatta  tarixiy 
xotira kerak. Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson. Kim bo’lishidan qatьiy nazar, jamiyatning har 
bir  a’zosi  o’z  o’tmishini  yaxshi  bilsa,  bunday  insonlarni  yo’ldan  urish,  har  xil  aqidalar  ta’siriga 
olish  mumkin,  emas.  Tarix  saboqlari  insonni  hushyorlikka  o’rgatadi,  irodasini  mustaxkamlaydi». 
Respublikamiz  Prezidenti  Islom  Karimov  qalamiga  mansub  ushbu  so’zlar  komil  insonni 
tarbiyalashda  O’zbekiston  tarixini  xolisona  va  haqqoniy  o’rganish  naqadar,  muhim  ekanligining 
dalilidir. 
Har  tomonlama  yetuk,  komil  insonni  tarbiyalashda  O’zbekiston  tarixining  o’rni  kattadir. 
Komil inson tushunchasiga Yurtboshimiz yana shunday ta’rif beradilar: «Komil inson deganda biz 
avvalo ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, 
ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo’lmaydi, u 
har  bir  narsani  aql  va  mantiq  tarozisiga  solib  ko’radi,  o’z  fikr-o’yi,  xulosasini  mantiq  asosida 
ko’rgan kishi yetuk odam bo’ladi». 


~  ~ 
 
Butunga  kunda  xalqning,  ayniqsa,  yoshlarning  ma’naviy  ruhini  mustahkamlash  va 
rivojlantirish borasidagi ishlar davlatning oldida turgan muhim vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda. 
Ma’naviyat, ma’naviy barkamollik shundaygina kishi ruhiga kirib qolmaydi. Unga har kuni va xar 
soatda  tinmay  sabr-bardosh  bilan  mehnat  qilish  orqali  yetishish  mumkin.  Bu  xayrli  ishda 
O’zbekiston tarixini o’rganishning o’rni beqiyosdir. 
O’tmish  shunday  boy  tarixiy  tajriba  manbaidirki,  odamlar  undan  o’rganadilar,  tajribaga  ega 
bo’ladilar va undan ilhom oladilar. Xozirgi kunda tarixni bilish kundalik nazariy va amaliy vazifalar 
yechimini topishda zaruriy vosita hisoblanadi. 
 



Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish