~ ~ O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


~  ~    O’RTA OSIYO HUDUDIDA DASTLABKI DAVLAT BIRLAShMALARI



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/55
Sana30.12.2021
Hajmi3,95 Mb.
#96167
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti nazariy-uslubiy asoslari va uni organishning ahamiyati

~  ~ 
 
O’RTA OSIYO HUDUDIDA DASTLABKI DAVLAT BIRLAShMALARI. 
ERON AHAMONIYLARI VA ALEKSANDR MAKEDONSKIY ISTILOSIGA QARShI 
OZODLIK UChUN KURASh. 
 
 
Reja: 
1.Ilk davlatlar paydo bo’lishining asosiy omillari.  
2.O’zbekiston hududidagi dastlabki davlatlar. 
3.Eron ahamoniylar davlatiga qarshi ozodlik kurashlari. 
4.Aleksandr Makedonskiy istilosiga qarshi kurash. 
 
 
Tayanch tushunchalar: 
Ilk davlatlar, ilk shahar, dehqonchilik madaniyati, shaharsozlik madaniyati, 
dastlabki davlatlar, Qadimgi Baqtriya, Qadimgi Xorazm, ozodlik kurashlari. 
 
 
 
Nazorat uchun savollar: 
1.O’zbekiston hududida ilk davlatlarning paydo bo’lishi omillarini aniqlang. 
2.Qadimgi Baqtriya davlati va hududi haqida ma’lumot bering. 
3.Qadimgi Xorazm davlati haqida ma’lumot bering. 
4.Eron Ahamoniylarining bosqinchilik yurishi va ularga qarshi ozodlik 
kurashlari. 
5.To’maris, Frada va Shiroqning jasorati haqida qaysi yozma manbalar 
malumot beradi? 
6.Aleksandr Makedonskiyga qarshi ozodlik uchun kurash. 
7.Spitamen qo’zg’oloni. 
 
 
 
Adabiyotlar: 
1. Asqarov A. O’zbekiston tarixi (eng qadimgi davrlardan eramizning V 
asrigacha) T, 1994. 
2. Ahmedov B. O’zbekiston tarixi manbalari, Toshkent, 1991. 
3. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. T, 1994. 
4. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Toshkent, 2000. 
5. Muhammadjonov. A. O’zbekiston tarixi, Toshkent, 1994. 
6. Karimov Sh., Shamsutdinov R. Vatan tarixi, Toshkent, 1997.  
7. Hidoyatov G. A. Mening jonajon tarixim. T, 1992. 
 
 
Arxeologik ma’lumotlarga asosan, mil.avv. II ming yillik o’rtalarida O’zbekistonda (Surxon 
vohasi)  dexqonchilik  madaniyati  ta’sirida  ilk  davlatchilikka  o’tila  boshlandi.  Dastlabki  davlatlar 
alohida makonlar yoki ilk shaharlar hamda ishlov beriladigan yerlar va sug’orish tizimi maydonlari 
bilan  chegaralanganligi  bois,  kichik  hududlarda,  axoli  zich  joylashgan  voxalarda  paydo  bo’ldi. 
Bunday voxalar axolisi uchun tashqi xarbiy bosqinlardan himoyalanish, makonlar va manzilgoxlar 
hududini  mudofaa  qilish,  sug’orish  va  dexqonchilik  ishlarini  tashkil    qilish  jamoaning  ichki  va 
tashqi  aloqalarini  boshqarib  turish  masalalarini  yechish  muxim  va  xayotiy  zaruriyat  edi.  Bu 
vazifalarni hal etish zururiyati, turli vazifalarni amalga oshirish maqsadida qabila orasidan xurmatga 
loyiq  kishilar-yo’lboshchilar  ajralib  chiqa  boshladi.  Shu  tariqa,  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlar 


~  ~ 
 
tarqqiyoti  aloxida  o’ringa  ega  bo’lgan,  qabiladagi  ijtimoiy  va  xo’jalik  xayoti  ustidan  nazorat 
qiluvchi kishilarning ajralib chiqishiga olib keldi, biroq bular hali xukumron tabaqaga aylanmagan 
edilar.  Jamiyatda  dastlab  axloqiy  va  obro’  nuqtai  nazaridan  ajralib  turgan  kishilar  asta-sekin 
jamiyatdagi otadan o’g’ilga meros qoluvchi xokimiyat egalariga aylanib bordilar. 
  O’zbekistonning  dastlabki  davlat  uyushmalari  ham  dexqonchilik  vohalari  axolisini  chetdan 
bo’ladigan  bosqinlardan  himoya  qilish  va  jamoadagi  munosabatlarni  huquqiy  jixatdan  boshqarib 
turish  uchun  tashkil  topdi.  O’zbekistonning  bronza  davriga  oid  ilk    davlatchiligi  xaqida  faqatgina 
arxeologik manbalar mavjud bo’lsa, miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmiga oid tarixi 
yozma  manbalarda  yoritilgan.  Bular  «Avesto»,  Axamoniylar  davri  mixxat  yozuvlari,  antik  davr 
Rim  va  Yunoniston  tarixchilari  asarlarida  O’zbekistonning  davlatchilik  tarixi  xaqida  ilk 
ma’lumotlar jamlangan. Biroq, faqatgina yozma manbalar yordamida bu masalaning to’la moxiyati 
ochib berilishi imkonsiz bo’lgani uchun bu davrdagi davlatchilik tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy 
va siyosiy turmush tarzi arxeologik manbalar yordamida ham o’rganiladi. 
  «Avesto»  tili,  viloyatlarning  tarixiy  geografiyasi  nomlanishi  kabi  xususiyatlarga  ko’ra 
Xorazm hududlarida paydo bo’lgan. «Avesto» ning eng qadimgi geografik nomlari O’rta Osiyo va 
unga chegaradosh viloyatlar  bilan bog’lanadi. Unda qadimgi geografik tushunchalar, xuddiy, etnik 
qabilalar  va  viloyatlar  nomlari,  qadimgi    mamlakatlarning  ro’yxati,  iqtisodiy  va  ijtimoiy 
munosabatlar, iqtisodiy va siyosiy tuzum, zardushtiylarning falsafasi, dunyo tarixining rivojlanishi 
xaqidagi ma’lumotlar va boshqalar o’rin olgan. Axamoniylar davri yozuvlarida O’rta Osiyo xalqlari 
va viloyatlari to’g’risida ma’lumotlar saqlangan bo’lib, bu yozuvlar mil.avv. VI-V asrlarga oid va 
ular  Bexistun  va  Naqshi  Rustam  qoyalarida,  Suza,  Persopolь,  Xamadon  shaharlaridan  topib 
o’rganilgan.  Antik  dunyo  mualliflaridan  Ktesiy  (mil.avv.  V  asr),  Gekatey  (mil.avv.  VI-V  asrlar), 
Geradot  (mil.avv.  V  asr)  va  boshqalar  ham  O’zbekiston  hududida  qadimdan  mavjud  bo’lgan 
davlatlar,  xalqlar,  ularning  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  va  madaniy  turmush  tarzi  xaqida    ko’pgina 
qimmatli  ma’lumotlarni  yozib  qoldirganlar.  Shuni  aloxida  ta’kidlash  lozimki,  XIX  asr  oxiridan 
boshlab,  oldingi  yillar  jaxon  tarixshunosligida  O’rta  Osiyodagi  ilk  davlatlarning  paydo  bo’lishi 
muammolari  haqida  va  ularni  o’rganishda  yuqorida  eslatilgan  mualliflarning  asarlari,  «Avesto» 
ma’lumotlari va boshqalar asos bo’ldi. Ilmiy adabiyotlarda O’rta Osiyoda ahamoniylar davrigacha 
mavjud bo’lgan quyidagi davlatlar va davlat uyushmalari xaqida so’z yuritiladi: 
Aryoshayyona-O’rta Osiyodagi qadimgi viloyatlar uyushmasi. 
Aryonam Vayjo ham Aryoshayyonadek yoki uning markazi Ariya va Marg’iyonada bo’lgan 
«Katta Xorazm» yoki Amudaryoning quyi oqimidagi Xorazm davlati. 
Qadimgi Baqtriya davlati. 
Olimlarning fikricha, Aryoshayyona, «Avesto» da tilga olingan Kavi Vishtaspning podsholigi 
bo’lib,  mil.avv.  IX-VIII  asrlarda  Drangiana,  Satagadiyab  Ariya,  Marg’iyona,  Amudaryo  o’rta 
oqimidagi yerlarni birlashtirgan. G’arb olimlari V.B.Xenning va I.Gershevichlarning fikricha, Kavi 
Vishtaspning  davlati Marv  va  Xirot  atrofida  joylashgan  «Katta  Xorazm»  bo’lgan.  Bu  masala  hali 
to’liq  o’z  yechimini  topgan.  Biroq,  S.P.Tolstov  va  Ya.G’.G’ulomovlar  Xorazm  davlati  qadim 
zamonlaridanoq aynan Amudaryoning quyi oqimlarida yuzaga kelgan degan fikrni ilgari surishgan. 
Bu  davlat  hududi  xozirgi  Xorazmdan  ancha  katta  bo’lgan.  Mil.avv.  700-540  yillarda  Qadimgi 
Baqtriya  davlatining  (Baqtriya,  Marg’iyona,  So’g’diyonaning  bir  qismi)  ancha  rivojlangan  davri 
bo’lib, uning hududlari Murg’ob vohasi, Xindiqush tizmasi, Badaxshon, Nurotak tizmasi va Buxoro 
hududlarigacha borib yetgan deb taxmin qilinadi. 
  Baqtriya  bu  davrda  Xorazm  davlati  va  sak-massagetlar  harbiy-siyosiy  uyushmasiga 
chegaradosh  bo’lgan.  Marg’iyona  va  So’g’diyona  Baqtriyaning  ayrim  qismlari  bo’lganligi  xaqida 
ham ayrim ma’lumotlar mavjud. 


~  ~ 
 
  Arxeologik manbalarga ko’ra, Xorazmda mil.avv. IX-VIII asrlarda paxsa va xom g’ishtdan 
qurilgan  uy-joylar,  mudofaa  inshootlari  va  boshqalar  topilmagan.  Shuningdek,  bunday  narsalar 
Baqtriya  va  So’g’diyona  hududlarida  ham    uchramagan.  Mil.avv.  VII  asrga  oid    Ko’zaliqir  va 
Baqtriyadagi  Qiziltepa    shaharlari  mudofaa  devorlaridagi    o’xshashliklar  shu  davrda  bu  yerlarda 
yirik shahar markazlari bo’lganligidan dalolat beradi. 
  Miloddan  avalgi  VI  asrdagi  Xorazm  sopol  idishlarining  Marg’iyona,  Baqtriya, 
So’g’diyonadagi  shunday  buyumlarga  o’xshashlik  jixatlari  ko’p  bo’lgan.  Bu  umumiylik  va 
o’xshashlik yuqoridagi davlatlarning umumiy madaniyatga mansub bo’lganliklaridan dalolat beradi. 
Mil.avv. VII-VI asrlarda shakllangan va ancha yirik bo’lgan Qadimgi Xorazm va Qadimgi Baqtriya 
davlatlarining  axolisi  til,  urf-odatlari,  madaniy  xayot  tarzi  jixatidan  umumiylikka  ega  bo’lgan.  Bu 
davrda  jamiyatning  hududiy  bo’linishi  shakillanib,  o’troqlashuv  jarayoni  kuchaydi,  shaharlar, 
qal’alar paydo bo’ldi, xo’jalik tarqqiy etdi. 
  Arxeologik tadqiqotlar natijasida o’zbek arxeologlari O’zbekistonning turli viloyatlarida bir 
qancha  qadimgi  shaxarlar    xarobalarini topib  o’rgandilar.  Tadqiqotlarning  guvoxlik  berishicha,  bu  
shaxarlarning  ayrimlari  bundan  2700  yillar  avval  paydo  bo’lgan.  Ularga  Afrosiyob  (Samarqand), 
Qiziltepa (Surxon vohasi), Uzunqir, Yerqo’rg’on (Qashqadaryo vohasi) kabilar kiradi. Bu qadimiy 
shaxarlar  an’analari  Samarqand    (Afrosiyob,  maroqand),  Kitob-Shaxrisabz  (Uzunqir),  Qarshi 
(Yerqo’rg’on) hududlarida davom etgan. 
   Eng  qadimgi  shaxarlarga  xos  belgilardan  asosiysi  uning  mudofaa  devorlari  bilan  o’rab 
olinganligidir.  Devorlar  suv  to’ldirilgan  chuqur  xandaq  bilan  o’rab  olingan.  Bu  shaxar-qal’alarda 
ichki qal’a, axoli yashaydigan dahalar, xunarmandchilik ustaxonalari va savdo rastalari joylashgan 
qismi  mavjud  bo’lgan.  Shaharlar  atrofida  dexqon  xo’jaliklari  va  ekin  maydonlari,  bog’lar 
joylashgan.  Ilk  davlatlarning  hududiy  asosini  aloqador  dexqonchilik  tumanlari  tashkil  qilgan. 
Xo’jalik  yuritish  maqsadida  o’zlashtirilgan  yerlarda  axoli  zich  joylashib,  ular  «madaniy-xo’jalik» 
vohalari  deb  yuritilgan.  Manzilgoxlarning  soni  va  o’zlashtirilgan  yerlarning  umumiy  maydoniga 
qarab,  madaniy-xo’jalik vohalari bir necha guruxlarga bo’lingan  va  ularning chegaralari sug’orma 
dexqonchilik hududlari va sug’orish tarmoqlari chegaralari  bilan bog’liq bo’lgan. Mil. avv. VII-VI 
asrlarda aholi nisbatan zich joylashgan o’troq vohalarda dexqonchilik jadal rivojlangan. Axolining  
asosiy  mashg’uloti-dexqonchilikdan  tashqari  xunarmandchilik  va  chorvachilik  bilan  ham 
shug’ullangan.  Ayrim  uy  xonalaridan  topilgan  ustaxonalar  shundan  dalolat  beradi.  Qishloq 
jamoalari  o’rtasida  tovar  ayirboshlashda  «pul»  vazifasini  kulolchilik  va  temirchilik  buyumlari, 
qishloq xo’jalik maxsulotlari egallangan. 
  Tashqi  savdo  (viloyatlar,  mamlakatlar  o’rtasidagi)  pul  o’lchovini  xom  ashyo,  qimmatbaho 
xunarmandchilik  buyumlari  (metall  idishlari,  qurol-yarog’lar,  zeb-ziynat  buyumlari),  qimmatbaho 
tosh,  oltin  va    kumush  bajargan.  O’rta  Osiyoda  mil.avv.  VII-VI    asrlarda  qulchilik munosabatlari 
deyarli  rivojlanmagan,  uning  eng  ko’p  tarqalgan  ko’riniish  «uy  qulchiligi»  bo’lgan.  Bunday  uy 
qullari «Avesto» da «vaysa» lar deb atalgan. 
O’tgan  asrning  oxirlaridan  boshlab  hozirgi  kunga  qadar  «Avesto»  ma’lumotlari 
(viloyatlarning Aryoshayyona bo’yicha birlashishi) Gerodot va Gekatey asarlari («Katta Xorazm»), 
shuningdek,  Ktesiyning  qadimgi  Baqtriya  podsholigi  haqida  ma’lumotlari  va  nihoyat  arxeologik 
tadqiqotlar  natijalari  O’rta  Osiyoda  ilk  davlat  uyushmalarining  paydo  bo’lishi  muammolarini 
o’rganish  uchun  asos  bo’lgan  bo’lishiga  qaramasdan,  qadimgi  davlatlar  hududlari,  shakllari, 
boshqaruv  tizimi  sanasi  bilan  bog’liq  bo’lgan  mavzularniig  ayrim  yo’nalishlari  hamon  ilmiy 
bahslarga sabab bo’lmoqda. 
Ijtimoiy-iqtisodiy  ahvolni  taxlil  qilish  shuni  ko’rsatadiki,  mil.  avv.  I  ming  yillikning 
boshlariga  kelib,  O’rta  Osiyoning  nisbatan  rivojlangan  hududlarida  ilk  davlat  uyushmalari  paydo 


~  ~ 
 
bo’la boshlaydi. Mil. avv. IX-VIII asrlarga kelib Baqtriya (Janubiy O’zbekiston, Janubiy Tojikiston, 
Shimoliy  Afg’oniston)  hududlarida  harbiy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  siyosiy  birlashmalar  tashkil 
topadi. O’sha davrda Marg’iyona va So’g’diyona qadimgi Baqtriyaning ayrim qismlari bo’lganligi 
haqida  turli  ma’lumotlar  bor.  Baqtriya  Sharqdagi  eng  muhim  harbiy  iqtisodiy  markazlardan  biri 
bo’lib,  aholining,  qudrati  shaharlar  va  qal’alarning  ko’pligi,  tabiiy  xom  ashyoga  boyligi,  muhim 
markaziy savdo yo’llari chorrahasida joylashganligi, hunarmandchilikning ravnaqi shundan dalolat 
beradi. 
So’nggi    yillarda    olib    boriltan  tadqiqotlar    «Katta    Xorazm»,    «Qadimgi  Xorazm» 
masalalariga  birmuncha  aniqlik  kiritdi.  Arxeologik  tadqiqotlar  natijalariga  ko’ra,    Xorazm 
tuprog’ida  mil.  avv.  VIII-VII  asrlarga  oid  paxsa  yoki  xom  turar  joylar  aniqlanmagan  (turar  joylar 
yarim  yerto’lalardan  iborat).  Qadimga  Xorazm  davlati  mil.  avv.  VI  asrda  Amudaryoning  o’rta 
oqimi  qismidan  Orolga  yaqin  bo’lgan  yerlarda  vujud  kelgan.  Baqtriya  va  Xorazm  davlatining 
hududiy chegaralari O’rta Amudaryo oqimidagi yerlar orkali o’tgan. Xorazmning yirik inshootlari 
mil.  avv.  VI-V  asrlarga  oiddir.  O’lkada  bu  davrlarga  oid  ko’pgina  shahar  va  qishloqlar  xarobalari 
ochib o’rganilgan. Ulardagi topilmalar, manzilgohlar, xom g’isht va paxsadan qad ko’targan bo’lib, 
aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan. Shaharlarda hunarmandchilik rivojlangan.  
Qadimgi  So’g’diyona,  Zarafshon  va  Qashqadaryo  vohalarida  joylashgan  bo’lib,  janubi-
sharqda  Baqtriya,  shimoli-g’arbda  bilan  chegaradosh  bo’lgan.  So’g’diyona  haqida  «Avesto», 
ahmoniylar  davri,  mixxat  yozuvlari  va  yunon-rim  tarixchilari  ma’lumotlar  beradilar. 
Qashqadaryodagi  bir  qator  turar-joylar  va  uy-qo’rg’onlar  qoldiqlari  mil.  avv.  IX-VIII  asrlarga 
oiddir. So’g’diyonada Afrosiyob, Yerqo’rg’on, Uzunqir kabi yirik shahar markazlari hamda qo’shni 
viloyatlar va davlatlar bilan o’zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojlanadi. 
O’zbekiston  hududlaridagi  eng  qadimgi  davlatlar  haqida  zardo’shtiylarning  muqaddas  diniy 
kitobi  «Avesto»,  ahmoniylarning  mixxat  yozuvlari  (Bexistun,  Naqshi  Rustam,  Suza,  Persepol) 
yunon-rim  tarixchilarining  (Gerodot,  Gekatey,  Kursiy  Ruf,  Arrian,  Strabon  va  boshqalar) 
ma’lumotlar  beradi.  So’nggi  yillarda  qadimgi  Baqtriya,  So’g’diyona  va  Xorazm  hududlarida  olib 
borilgan arxeologik tadqiqotlar ko’p hollarda yozma manbalar ma’lumotlarini tasdiqlaydi. 
Mil. avv. 559 yilda Eronda podsho Kir II ahmoniylar davlatiga asos soladi. Mil. avv. 545-540 
yillarga kelib ahmoniy podsholari O’rta Osiyodagi Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya, So’g’diyona kabi 
viloyatlar  va  ko’chmanchi  qabilalar  ustidan  o’z  hukmronliklarini  o’rnatdilar.  O’rta  Osiyo  xalqlari 
bosqinchilarga qarshi mardonavor kurash olib bordilar. Xususan, ko’chmanchi massaget qabilalari 
ahmoniylarning katta qo’shinlarini tor-mor etdilar (mil. avv. 530 yil). Bu jangda fors podshosi Kir 
II ham halok bo’ldi. Shuniigdek, mil. avv. 522 va        519-518 yillarda Marg’iyonada hamda saklar 
o’lkasida forslarga qarshi qo’zg’olonlar ko’tariladi. 
Bu  davrda  qadimgi  Baqtriya  aholisining  asosiy  mashg’uloti  dehqonchilik  edi.  Kuchuktepa,   
Qiziltepa,   Qizilcha, Bandixon kabi mil. avv. VI-IV asr yodgorliklaridan ko’plab mehnat qurollari 
topilgan. Dehqonchilik sun’iy sugorishga asoslangan. Bu hududlarda undan tashqari chorvachilik, 
kulolchilik, temirchilik va badiiy hunarmandchilik (Amudaryo xazinasi) xam rivojlanadi. 
Mil.  avv.  VI-IV    asrlarda      So’g’diyonada      ko’plab      shahar  qishloqlar    bo’lib,      ular    fors   
podsholariga      katta-katta    soliqlar      to’lab    turganlar.  Xususan,      bu    davrga      oid      Uzunqir, 
Yerqo’rg’on, Afrosiyob, Lolazor, Xo’ja Bo’ston, Sangirtepa, Chordara,   Qo’rg’oncha,   Ko’ktepa 
kabi  50  dan  ziyod  yodgorlik  o’rganilgan.  Bu  hududlardan  topilgan  ko’pgina  topilmala  aholining 
dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanganidan dalolat beradi. Shuningdek,  
savdo-sotiq o’zaro aloqalar ham ancha rivojlanadi. 
Bu  davrda  Xorazm  hududlarida  ham  yirik-yirik  manzilgohlar  mavjud  edi.  Qishloqlarda 
dehqonchilik,  shaharlarda  hunarmandchilik  rivojlangan  edi.  Jonbosqal’a,  Ko’zaliqir,  Tuproqqal’a 


~  ~ 
 
kabilar madaniy markazlar hisoblangan. O’zbekistondagi eng qadimgi mahalliy yozuv namunalari 
Xorazm hududlaridan (Tuproqqal’a, mil.avv. IV asr) topildi. 
Mil.  avv.  329  yilga  kelib,  makedoniyalik  Iskandarning  O’rta  Osiyoga  yurishlari  boshlandi. 
Iskandar qo’shinlari So’g’diyona, Ustrushona yerlarida juda qattiq qarshilikka duch keldi. Janglarda 
Iskandarning o’zi ham bir necha marta yarador bo’ldi.  Mil. avv.329-327 yillar davomida mahalliy 
so’g’diy  aholi  Spitamen  boshchiligida  yunon-makedon  bosqinchilariga  qarshi  kurash  olib  borib, 
ularga  juda  katta  talafot  yetkazdi.  Iskandar  qo’shinlari  qachon  So’g’diyonadagidek  qarshilikka 
uchramagan edi. 
Mil. avv. 323 yilda makedoniyalik Iskandar vafot etganidan so’ng O’rta Osiyo yerlari Salavka 
xukmronliga  ostiga  o’tadi  (mil.  avv.  306  yil).  Salavkiylardan  bo’lgan  Antiox  I  davrida  (mil.  avv. 
280-261  yy)  O’rta  Osiyo  viloyatlarida  tinch  hayot  boshlanib,    qishloq  ho’jaligi,  hunarmandchilik, 
savdo-sotiq anchagina rivojlanadi. O’rta Osiyo yerlari salavkiylar davlatining muhim qismi bo’lib, 
harbiy-strategik  va  iqtisodiy  ahamiyatga  ega  edi.  O’rta  Osiyo  viloyatlarining  salavkiylar  davlati 
tarkibiga kirgan davri yunon-makedon yurishlarida vayron bo’lgan ishlab chiqaruvchi kuchlarning 
va baqtriyaliklar, so’g’diylar xamda pafiyaliklarning bosqinchilarga qarshi kurashda birlashuv davri 
bo’ldi. 
Mil.  avv.  III  asrning  o’rtalariga  kelib,  salavkiylar  davlatida  taxt  uchun  o’zaro  kurashlar  avj 
olib  ketdi.  Natijada  dastlab  Parfiya,  keyin  esa  Yunon-Baqtriya  davlatlari  salavkiylardan  ajralib 
chiqdi.  Mil.  avv.  250  yilda  birinchi  Baqtriya  podshosi  Diodod  o’zini  hukmdor  deb  e’lon  qildi  va 
tangalar  zarb  etdi.  Tangashunoslik  ma’lumotlariga  ko’ra,  avv.III  asrning  oxirigacha  Yunon-
Baqtriyada  bir  necha  podsholar  o’tganki,    ular  yozma  manbalarda  eslatilmaydi.  Mil.  avv.  II  asr 
boshlariga  kelib  Demetriy,  Yevkratid  kabi  podsholar  Yunon-Baqtriya  yerlarini  janubga  tomon 
kengaytirib  boradilar.  Mil.  avv.  II  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  ko’chmanchi  qabilalarning 
hujumlari va o’zaro kurashlari natijasida Yunon-Baqtriya podsholigi qulatiladi. 
O’tgan  asrning  oxirlaridan  boshlab  hozirgi  kunga  qadar  «Avesto»  ma’lumotlari 
(viloyatlarning Aryoshayyona bo’yicha birlashishi) Gerodot va Gekatey asarlari («Katta Xorazm»), 
shuningdek,  Ktesiyning  qadimgi  Baqtriya  podsholiga  haqida  ma’lumotlari  va  nihoyat  arxeologik 
tadqiqotlar  natijalari  O’rta  Osiyoda  ilk  davlat  uyushmalarining  paydo  bo’lishi  muammolarini 
o’rganish  uchun  asos  bo’lgan  bo’lishiga  qaramasdan,  qadimgi  davlatlar  hududlari,  shakllari, 
boshqaruv  tizimi  sanasi  bilan  bog’liq  bo’lgan  mavzularning  ayrim  yo’nalishlari  hamon  ilmiy 
bahslarga sabab bo’lmoqda. 
Ijtimoiy-iqtisodiy  ahvolni  taxlil  qilish  shuni  ko’rsatadiki,  mil.  avv.  I  ming  yillikning 
boshlariga  kelib,  O’rta  Osiyoning  nisbatan  rivojlangan  hududlarida  ilk  davlat  uyushmalari  paydo 
bo’la boshlaydi. Mil. avv. IX-VIII asrlarga kelib Baqtriya (Janubiy O’zbekiston, Janubiy Tojikiston, 
Shimoliy  Afg’oniston)  hududlarida  harbiy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  siyosiy  birlashmalar  tashkil 
topadi. O’sha davrda Marg’iyona va So’g’diyona qadimgi Baqtriyaning ayrim qismlari bo’lganligi 
haqida  turli  ma’lumotlar  bor.  Baqtriya  Sharqdagi  eng  muhim  harbiy  iqtisodiy  markazlardan  biri 
bo’lib,  aholining,  qudrati  shaharlar  va  qal’alarning  ko’pligi,  tabiiy  xom  ashyoga  boyligi,  muhim 
markaziy savdo yo’llari chorrahasida joylashganligi, hunarmandchilikning ravnaqi shundan dalolat 
beradi. 
So’nggi    yillarda    olib    boriltan  tadqiqotlar    «Katta    Xorazm»,    «Qadimgi  Xorazm» 
masalalariga  birmuncha  aniqlik  kiritdi.  Arxeologik  tadqiqotlar  natijalariga  ko’ra,    Xorazm 
tuprog’ida mil. avv. VIII-VII asrlarga oid paxsa yoki xom turar joylar aniqlanmagan (turar joylar 
yarim  yerto’lalardan  iborat).  Qadimga  Xorazm  davlati  mil.  avv.  VI  asrda  Amudaryoning  o’rta 
oqimi  qismidan  Orolga  yaqin  bo’lgan  yerlarda  vujudga  kelgan.  Baqtriya  va  Xorazm  davlatining 
hududiy chegaralari O’rta Amudaryo oqimidagi yerlar orkali o’tgan. Xorazmning yirik inshootlari 


~  ~ 
 
mil.  avv.  VI-V  asrlarga  oiddir.  O’lkada  bu  davrlarga  oid  ko’pgina  shahar  va  qishloqlar  xarobalari 
ochib o’rganilgan. Ulardagi topilmalar, manzilgohlar, xom g’isht va paxsadan qad ko’targan bo’lib, 
aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan. Shaharlarda hunarmandchilik rivojlangan.  
Qadimgi  So’g’diyona,  Zarafshon  va  Qashqadaryo  vohalarida  joylashgan  bo’lib,  janubi-
sharqda  Baqtriya,  shimoli-g’arb  bilan  chegaradosh  bo’ltan.  So’g’diyona  haqida  «Avesto», 
ahamoniylar  davri,  mixxat  yozuvlari  va  yunon-rim  tarixchilari  ma’lumotlar  beradilar. 
Qashqadaryodagi  bir  qator  turar-joylar  va  uy-qo’rg’onlar  qoldiqlari  mil.  avv.  IX-VIII  asrlarga 
oiddir. So’g’diyonada Afrosiyob, Yerqo’rg’on, Uzunqir kabi yirik shahar markazlari hamda qo’shni 
viloyatlar va davlatlar bilan o’zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojlanadi. 
O’zbekiston  hududlaridagi  eng  qadimgi  davlatlar  haqida  zardo’shtiylarning  muqaddas  diniy 
kitobi  «Avesto»,  ahamoniylarning  mixxat  yozuvlari  (Bexistun,  Naqshi  Rustam,  Suza,  Persepol) 
yunon-rim  tarixchilarining  (Gerodot,  Gekatey,  Kursiy  Ruf,  Arrian,  Strabon  va  boshqalar) 
ma’lumotlar  beradi.  So’nggi  yillarda  qadimgi  Baqtriya,  So’g’diyona  va  Xorazm  hududlarida  olib 
borilgan arxeologik tadqiqotlar ko’p hollarda yozma manbalar ma’lumotlarini tasdiqlaydi. 
Mil. avv. 559 yilda Eronda podsho Kir II ahmoniylar davlatiga asos soladi. Mil. avv. 545-540 
yillarga kelib ahmoniy podsholari O’rta Osiyodagi Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya, So’g’diyona kabi 
viloyatlar  va  ko’chmanchi  qabilalar  ustidan  o’z  hukmronliklarini  o’rnatdilar.  O’rta  Osiyo  xalqlari 
bosqinchilarga qarshi mardonavor kurash olib bordilar. Xususan, ko’chmanchi massaget qabilalari 
ahmoniylarning katta qo’shinlarini tor-mor etdilar (mil. avv. 530 yil). Bu jangda fors podshosi Kir 
II ham halok bo’ldi. Shuniigdek, mil. avv. 522 va        519-518 yillarda Marg’iyonada hamda saklar 
o’lkasida forslarga qarshi qo’zg’olonlar ko’tariladi. 
Bu  davrda  qadimgi  Baqtriya  aholisining  asosiy  mashg’uloti  dehqonchilik  edi.  Qalaimir,   
Kuchuktepa,      Qiziltepa,      Qizilcha,  Bandixon  kabi  mil.  avv.  VI-IV  asr  yodgorliklaridan  ko’plab 
mehnat  qurollari  topilgan.  Dehqonchilik  sun’iy  sugorishga  asoslangan.  Bu  hududlarda  undan 
tashqari chorvachilik, kulolchilik, temirchilik va badiiy hunarmandchilik (Amudaryo xazinasi) xam 
rivojlanadi. 
Mil.  avv.  VI-IV    asrlarda      So’g’diyonada      ko’plab      shahar  qishloqlar    bo’lib,      ular    fors   
podsholariga      katta-katta    soliqlar      to’lab    turganlar.  Xususan,      bu    davrga      oid      Uzunqir, 
Yerqo’rg’on, Afrosiyob, Lolazor, Xo’ja Bo’ston, Sangirtepa, Chordara,   Qo’rg’oncha,   Ko’ktepa 
kabi  50  dan  ziyod  yodgorlik  o’rganilgan.  Bu  hududlardan  topilgan  ko’pgina  topilmala  aholining 
dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanganidan dalolat beradi. Shuningdek,  
savdo-sotiq o’zaro aloqalar ham ancha rivojlanadi. 
Bu  davrda  Xorazm  hududlarida  ham  yirik-yirik  manzilgohlar  mavjud  edi.  Kishloqlarda 
dehqonchilik, shaharlarda hunarmandchilik rivojlangan edi. Jonbosqal’a,   Ko’zaliqir, Tuproqqal’a 
kabilar  madaniy  markazlar  hisoblash  O’zbekistondagi  eng  qadimgi  mahalliy  yozuv    namunalari 
Xorazm hududlaridan (Tuproqqal’a, mil.avv. IV asr) topildi. 
Mil.  avv.  329  yilga  kelib,  makedoniyalik  Iskandarning  O’rta  Osiyoga  yurishlari  boshlandi. 
Iskandar qo’shinlari So’g’diyona, Ustrushona yerlarida juda qattiq qarshilikka duch keldi. Janglarda 
Iskandarning o’zi ham bir necha marta yarador bo’ldi. Mil. avv. 329-327 yillar davomida mahalliy 
so’g’diy  aholi  Spitaman  boshchiligida  yunon-makedon  bosqinchilariga  qarshi  kurash  olib  borib, 
ularga  juda  katta  talafot  yetkazdi.  Iskandar  qo’shinlari  qachon  So’g’diyonadagidek  qarshilikka 
uchramagan edi. 
Mil. avv. 323 yilda makedoniyalik Iskandar vafot etganidan so’ng O’rta Osiyo yerlari Salavka 
xukmronliga  ostiga  o’tadi  (mil.  avv.  306  yil).  Salavkiylardan  bo’lgan  Antiox  I  davrida  (mil.  avv. 
280-261  yy)  O’rta  Osiyo  viloyatlarida  tinch  hayot  boshlanib,    qishloq  ho’jaligi,  hunarmandchilik, 
savdo-sotiq anchagina rivojlanadi. O’rta Osiyo yerlari salavkiylar davlatining muhim qismi bo’lib, 


~  ~ 
 
harbiy-strategik  va  iqtisodiy  ahamiyatga  ega  edi.  O’rta  Osiyo  viloyatlarining  salavkiylar 
davlati  tarkibiga  kirgan  davri  yunon-makedon  yurishlarida  vayron  bo’lgan  ishlab  chiqaruvchi 
kuchlarning  va  baqtriyaliklar,  so’g’diylar  xamda  pafiyaliklarning  bosqinchilarga  qarshi  kurashda 
birlashuv davri bo’ldi. 
Mil.  avv.  III  asrning  o’rtalariga  kelib,  salavkiylar  davlatida  taxt  uchun  o’zaro  kurashlar  avj 
olib  ketdi.  Natijada  dastlab  Parfiya,  keyin  esa  Yunon-Baqtriya  davlatlari  salavkiylardan  ajralib 
chiqdi.  Mil.  avv.  250  yilda  birinchi  Baqtriya  podshosi  Diodod  o’zini  hukmdor  deb  e’lon  qildi  va 
tangalar  zarb  etdi.  Tangashunoslik  ma’lumotlariga  ko’ra,  mil.avv.  III  asrning  oxirigacha  Yunon-
Baqtriyada  bir  necha  podsholar  o’tganki,    ular  yozma  manbalarda  eslatilmaydi.  Mil.  avv.  II  asr 
boshlariga  kelib  Demetriy,  Yevkratid  kabi  podsholar  Yunon-Baqtriya  yerlarini  janubga  tomon 
kengaytirib  boradilar.  Mil.  avv.  II  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  ko’chmanchi  qabilallarning 
hujumlari va o’zaro kurashlari natijasida Yunon-Baqtriya podsholigi qulatiladi. 



Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish